React development
July 15

Reactda {children} haqida

{children} - bu maxsus prop bo'lib, u komponentga boshqa komponent va elementlarni o'rab olishga imkon beradi.

U ham oddiy prop'dir. Masalan, prop attribyut orqali ota komponentdan bola komponentga beriladigan bo'lsa, {children} esa komponentga ota komponent ichida o'sha komponentni ochuvchi va yopuvchi teglar sifatida chaqirib uning ichida boshqa komponent va elementlarni yozish va o'sha asl komponent ichidagi return kod qismida {props.children} yoki {children} orqali ota komponent tomonidan berilgan komponent va elementlarni qabul qiladi.

function Wrapper(props) { return ( <div className="box"> {props.children} </div> ); }

// Usage: <Wrapper> <h1>Hello!</h1> <p>This is some content.</p> </Wrapper>

🧠 Qisqacha xulosa:

  • {children} bu komponent ichiga joylashtirilgan kontentni olish uchun ishlatiladi
  • Bu orqali komponentlar moslashuvchan va qayta ishlatiladigan bo‘ladi
  • Bu React’ning maxsus qiymati, lekin oddiy prop sifatida ishlaydi