JavaScript 📜
October 2
bind() metodi
bind() metodi bilan biror obyekt boshqa obyektning metodini (qarzga) olishi mumkin.
Quyidagi misolda member obyekti person obyektining fullName metodini (qarzga) oladi
const person = {
firstName:"John",
lastName: "Doe",
fullName: function () {
return this.firstName + " " + this.lastName;
}
}
const member = {
firstName:"Hege",
lastName: "Nilsen",
}
🔎 bind() nima?
JavaScript-da bind() metodi funksiya bilan ishlatiladi.
- U funksiyani darhol chaqirmaydi.
- Buning o‘rniga, yangi funksiya qaytaradi, va shu yangi funksiya ichida
thisbiz ko‘rsatgan obyektga doimiy bog‘lanadi.
thisArg → this qiymati bo‘lib ishlatiladigan obyekt
arg1, arg2, ... → funksiyaga beriladigan argumentlar (ixtiyoriy)
const person = { name: "Davron" };
function greet(greeting) {
console.log(`${greeting}, ${this.name}`);
}
const boundGreet = greet.bind(person);
boundGreet("Salom"); // Salom, Davron