React development
July 1

React'da Hook'lar

Reactda barcha hooklar 'use' so'zi bilan boshlanadigan maxsus funksiyalardir. Ular doim komponentning boshida e'lon qilinadi.

  • useState(),
  • useEffect()

useState() anatomiyasi

Qachonki biz useState() ni chaqirganimizda biz Reactga shu komponent biror narsani eslab qolishi kerakligini aytayotgan bo'lamiz.

const [index, setIndex] = useState(0);

Bu holatda biz React index'ni eslab qolishini hohlaymiz.

Xalqaro konvensiya kodni [something, setSomething] ko'rinishida yozishni tavsiya etadi. Biz hohlaganimizcha nom berishimiz mumkin: Masalan:

[narsa, nimadirlarYozish]

Lekin konvensiya tavsiyasiga amal qilish katta loyihalarda tushunarlilikni oshirishga xizmat qiladi.