CSS Position haqida
HTML elementlari sahifada yuqoridan pastga va chapdan o'nga qarab joylashadi.
Elementlarni position qiymati quyidagicha bo'ladi:
static qiymati
HTML da elementlar dastlab shu qiymatga ega bo'ladi. static qiymat berilgan degani elementlar joylashtirilmagan, position xossasi deyarli berilmaganligini bildiradi.
relative qiymati
Elementga position: relative; xossasi berilganda element avvalgi normal joylashgan joyiga nisbatan o'zgaradi. Elementga top, right, bottom, left qiymati berilganda shu elementdan oldingi va keyingi elementlarga ta'sir ko'rsatmaydi. Oldingi va keyingi elementlar position: relative; xossasi berilgan element hali ham joyida turganday o'zlarini tutishadi.
fixed qiymati
position: fixed; xossasini qabul qilgan element viewportga nisbatan joylashadi.
Agar block element bo'lsa inline-block elementga aylanadi.
absolute qiymati
position:absolute; qiymati berilgan element o'zining eng yaqin joylashtirilgan ajdod elementiga nisbatan joylashadi.
Joylashtirilgan degani bu - elementga position: static; xossasidan boshqa position xossasi berilgan elementga aytiladi.
Agar positioned ajdod elementi bo'lmasa absolute qiymati berilgan element body ga nisbatan joylashadi
sticky qiymati
sticky qiymatiga ega bo'lgan element scroll ning holatiga qarab joylashadi. Bu qiymat relative va fixed qiymatlari kombinatsiyasidan iborat va ma'lum bir vaqt o'zini relative va ma'lum bir vaqt o'zini fixed qiymatiday tutadi. Scrollning holatiga qarab albatta.