Sanoq sistemalari haqida
Ikkilik, sakkizlik, o'nlik va o'n oltilik sanoq sistemalari haqida gaplashamiz
Aytaylik, biror o'nlik sanoq sistemasidagi sonni ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazish kerak. Qanday yo'l tutiladi?
O'nlik sanoq sistemasidan ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazishning bir nechta usuli bor. Ulardan birinchisi sonni 2 ga bo'lib qoldiq qismini yig'ib borish, toki butun qism 0 ga yoki 1 ga teng bo'lguncha
Ikkinchi usul esa anchagina oson usul hisoblanadi. 8 ta 0 va birdan iborat bo'linma yaratamiz:
Bunda oxirgi o'rinda turgan sonni 1, undan oldindagini 2, undan oldindagini 4, undan oldindagini 8 deb tushunamiz va hokazo;
Keling 44 sonini ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazamiz.
44 soni 128, 64 sonlaridan kichik. Shuning uchun bu raqamlar o'rniga 0 0 raqamlarini yozamiz. 32 dan esa katta, shuning uchun bu son o'rniga 1 yozamiz. Natijamiz hozircha quyidagicha bo'ldi: 0 0 1
Endi esa 32 ga 16 ni qo'shamiz. 44 dan katta raqam chiqayapti. Demak bu bo'lim o'rniga 0 yozamiz. Natija hozircha 0 0 1 0 bo'ldi.
Endi 32 ga 8 ni qo'shamiz. 40 hosil bo'ldi. Bu raqam 44 dan kichik demak. 8 bo'limi tagiga 1 yozamiz. Natija quyidagicha bo'ldi: 0 0 1 0 1
Endi esa undan keyingi 4 bo'limini qo'shamiz. Hisob 44 bo'ldi va natija esa quyidagi ko'rinishga keldi. 0 0 1 0 1 1
keyingi bo'limni qo'shish shart emas. shuning uchun ular tagiga 0 va 0 raqamlarini yozib qo'yamiz. Demak natija 0 0 1 0 1 1 0 0 ga teng.
44 soni ikkilik sanoq sistemasida 00101100 ga teng bo'lar ekan. Buni odatda boshidagi nollarni olib tashlab quyidagicha yozish mumkin. 44 = 101100;