PHP PDO Class haqida
PDO bu turli xil ma'lumotlar bazalariga ulanish uchun ishlatiladigan PHP sinfi.
Ma'lumotlar bazasiga ulanish uchun biz quyidagi o'zgaruvchilarni yaratamiz:
$dsn = "mysql:dbname=db_name;host= host_name";
Endi PDO sinfiga yuqoridagilarni argument sifatida yuborib yangi obyekt yaratamiz.
PDO sinfidan yangi $pdo obyekti yaratildi va ma'lumotlar omboriga ulandi.
SQL so'rovlarini tayyorlash uchun biz endi PDO ning prepare() usulidan foydalanamiz. U PDOStatement obyektini qaytaradi. Biz esa uni $pdoStatement o'zgaruvchisida saqlaymiz.
$pdoStatement = $pdo->prepare("
( `name`, `city`, `birthday`, `mark`)
Ma'lumotlar omboriga tayyorlanga so'rovlarni jo'natish uchun PDO ning execute() usulini ishlatamiz. U ma'lumotlarni bazaga yuborib boolean qiymat qaytaradi.
Brovzerni yangilasak ma'lumotlar bazasiga so'rov yuboriladi. Har safar brovzer yangilanganda ma'lumotlar bazasiga so'rov yuborilaveradi.
PDO Statement fetch()
PDP Statementning fetch() usuli SQL so'rovining javobidan faqat 1-qatorni ko'plik sifatida oladi.
Ustun nomlari esa ko'plik indeksi bo'ladi.
$dsn = 'mysql:dbname=college;host=localhost';
$password = '';
$pdo = new PDO ($dsn, $user, $password);
$pdoStatement = $pdo->prepare(" SELECT * FROM `students` ");
$pdoStatement->execute();
fetch() ni necha marta chaqirsak shuncha marta ma'lumotlar bazasidan qiymatlarni oladi. Har safar chaqirganda keyingi qatordan qiymatlarni oladi.
Hammasini birdaniga chaqirish uchun while aylanmasidan foydalanamiz. fetch() ko'plik qaytaradi. Ko'plik boolean ga o'girilsa, true ga teng bo'ladi va while aylanmasi ishlaydi. Barcha qatorlar tugasa fetch() false qaytaradi va while to'xtaydi.
while($row=$pdoStatement->fetch()) {
print 'Ismi: ' . $row['name'] . ' , shahri: ' . $row['city'] . ', tug\'ilgan kuni: ' . $row['birthday'] . '.';