May 30, 2024

Javascript funksiyalari

Javascriptda funksiyalarni 3 xil usulda yozish mumkin.

1. Function declaration (nomsiz funksiya deb ham nomlanadi) - funksiya "function" kalit so'zi yordamida yaratiladi. Masalan:
function functionName(p1, p2) {
     statement 1;
     statement 2;
     statement 3;
}

Yuqoridagi funksiyani elon qilishdan oldin ishlatish mumkin.

2. Function expression - bunda funksiya biror bir o'zgaruvchiga tenglab qo'yiladi.
  const functionName = function (p1, p2) {
      statement 1;
      statement 2;
      statement 3;
}

Bu funksiyani elon qilishdan oldin ishlatib bo'lmaydi. Chunki o'zgaruvchilarni elon qilishdan oldin ishlatib bo'lmagani singari bu funksiyalar ham o'zgaruvchiga tenglangani uchun elon qilishdan oldin ishlatib bo'lmaydi. Ya'ni bunday turdagi funksiyalarni oldin e'lon qilib keyin ishlatiladi.

3. Arrow function - bu funksiyalar function expression yozishning qisqaroq usuli bo'lib => belgisi yordamida yaratiladi va function kalit so'zi ishlatilmaydi.
const functionName = (p1, p2) => {
      statement 1;
      statement 2;
      statement 3;
}

Arrow function ga misollar

const kvadrat = (son) => {
      return son*son;
}
console.log(kvadrat(5));   //25

Agar parametr bitta bo'ladigan qavslarni yozish shart emas:

const kvadrat = son => {
      return son*son;
}
console.log(kvadrat(5));   //25

Agar statement bitta bo'lsa gulli qavslarni yozish shart emas va return kalit so'zi ham:

const kvadrat = son => son*son;
}
console.log(kvadrat(5));   //25