June 26

Unforgettable betrayal

2-qism

Flashback davom etadi

Hana va Jonson restorandan chiqqach, yomg‘ir sekin-asta yog‘a boshladi. Ko‘chalardagi chiroqlar yomg‘ir tomchilarida yaltirab, manzaraga bir necha daraja sirli romantika qo‘shdi. Jonson Hananing ustidan kurtkasini echib, unga yopdi.

— Sovuq bo‘lib qoladi, — dedi u jilmayib.

Hana qo‘lini kurtkadan olib, Jonsonning yelkasiga qo‘ydi.
— Menga g‘amxo‘rlik qilishingni yoqtiraman. Lekin sen ham o‘zingni ehtiyot qil.

Ular ko‘chaning narigi tomoniga o‘tib, bir-birlariga yaqinlashishdi. Hananing yuragi jonlanib, Jonsonning yuzlariga tikildi. Yomg‘ir ostidagi jimjitlik o‘rtasida u qizning qo‘llarini ushladi.

— Hana, — dedi Jonson ovozida titroq bilan, — sen mening hayotimdagi eng yorqin nur bo‘lgansan. Seni ko‘rgan kunimdan beri boshqa hech narsa muhim emas.

Hana boshini sekin pastga egib, so‘ngra unga javob qildi:
— Jonson... Men bu so‘zlarni eshitishni uzoq vaqtdan beri orzu qilgan edim.

Uning lablari yaqinlashib, bir-birlariga ehtiros bilan yaqinlashishdi. Yomg‘ir ularning yuzlarini qoplayotgan bo‘lsa-da, ular uchun dunyo o‘sha lahzada to‘xtab qolgandek edi.

Ammo bu romantika uzoq davom etmadi. Qorong‘ilik ichidan kuchli bir ovoz keldi:

— HANA!

Bu Hananing otasi edi. U ularga qarab qadam tashlar ekan, ko‘zlari jahldan yonib turardi.

— Sen yana kim bilan uchrashayotganingni bilaman, — deb baqirdi u. — Bu bola kim ekanini bilasanmi? Bizning oilamizning izzatini bulg‘ovchi bir hech kimsa!

Hana orqasiga qaramay, Jonsonning qo‘lidan ushladi.
— Dadam, iltimos, bunday demang. Jonson mening do‘stim...

Hananing otasi yaqinlashib, uning bilagidan ushladi va kuch bilan tortib oldi.
— Unga yaqinlashishni to‘xtat! Agar yana bir marta shunday ko‘rsam, seni uyda qamab qo‘yaman!

Jonson orqaga bir qadam tashladi.
— Meni haqorat qilishni to‘xtating. Men Hananing hissiyotlarini hurmat qilaman, va siz ham buni qiling.

Bu gapdan so‘ng, otasi jon-jahdi bilan unga hujum qilmoqchi bo‘ldi, lekin Hana to‘xtatdi.
— Yetar! Bu bizning hayotimiz va tanlovimiz! Mening yuragim Jonsonni tanladi.

Otasi bir lahza jim qoldi, so‘ng shivirlab gapirdi:
— Bu gaplaring uchun qimmatga tushasan, Hana.

Ular o‘sha kechani birga tugatmadilar. Hananing yuragi parcha-parcha bo‘lib, Jonsonni qo‘yib yubordi. Ammo u bir narsani aniq bilar edi: bu sevgi uchun kurashga arziydi.

---Comeback

Aveline POV

Tongda Aveline yana dadasining dag‘al ovozidan uyg‘ondi. Holasi keldi va o‘zining odatiy hukmfarmonlik kayfiyatida edi.

— Aveline, hali ham onangni orzu qilayapsanmi? Yana o‘sha ahmoqona fikrlaringni eshitamanmi? — dedi u.

Aveline jilmayib javob berdi:
— Ha, orzu qilaman. Chunki onam menga ishonardi. Va men bir kun kelib bu og‘ir hayotdan qutulaman.

Holasi kuldi:
— Sen buni tushunmaysan, qizim. Bu hayot seni sindiradi.

Aveline ko‘zlari yosh bilan to‘lsa-da, o‘zini dadil tutdi. Uning qalbida onasini ko‘rishga bo‘lgan orzusi uni yashashga majbur qilardi. Bu orzu unga kuch va sabr bag‘ishlar edi.

Ammo uning qalbida boshqa bir savol ham bor edi: “Yana qancha bu azobga chiday olaman?”


Tongni xira yorug‘ligida, Aveline deraza yonida, quchoqlab olgan eski ko‘ylagini hidlab o‘tirardi. Bu onasidan qolgan yagona narsa edi. Uning qalbida savollar girdobi bor edi: "Nega hayot bu qadar shafqatsiz? Nega bu dunyo menga mehr ko‘rsatmaydi?"

Eshik ortidan holasining dag‘al ovozi eshitildi:
— Aveline! Ovqat tayyor! Men seni har doim kutib turadigan xizmatkor emasman!

Aveline ko‘z yoshlarini artib, jilmayishga majbur bo‘ldi. U pastga tushdi, lekin har bir qadami unga og‘irlik qilardi. Holasining nigohlari sovuq edi, otasi esa bu nigohlarga qo‘shimcha qilib, tanbehlar berishni ham unutmasdi.

— Nega yuzing shunday? — deb holasi ovozini ko‘tardi. — Bu uyda seni asrab-avaylayapmiz. Lekin sen faqat o‘z dardlaringni o‘ylaysan.

Aveline chiday olmadi:
— Meni asrab-avaylash demang! Sizlarning o‘zingizdan boshqa hech kimga g‘amingiz yo‘q.

Holasi otasiga qaradi:
— Ko‘rib turibsanmi? Sen unga haddan tashqari ko‘p erkinlik berding. Endi esa qo‘pol gapiradi!

Otasining yuzi qorayib, qizga yaqinlashdi:
— Onang menga xiyonat qilgan. Sen shu oilaning qora dog‘isan! Agar sen bo‘lmaganida, biz baxtli bo‘lardik!

Aveline qattiq titrab, javob berdi:
— Agar men qora dog‘ bo‘lsam, unda siz qanday otasiz? Onamning o‘limi uchun meni emas, o‘zingizni ayblang!

Bu gaplar xonadagi sukutni sindirdi. Otasi uning yuziga qattiq tarsaki tushirdi.
— Hozir xonangdan chiqma!


Flashback

Hana uyida ota-onasining qattiq ovozlarini eshitib, pastga tushdi. Otasi uning kechki uchrashuvini yodiga solib, yana g‘azabga to‘ldi.
— Sen hali ham o‘sha yaramas bola bilan uchrashasanmi? Men senga qat’iyan taqiqlaganman!

Hana javob qaytarishga urindi:
— Jonson yaramas emas, dadam! Siz uni bilmay turib hukm qilayapsiz!

Otasi uning gaplarini kesib o‘tdi:
— Men sening hayotingni yaxshiroq bilaman! Bu sevgi degan narsalar faqat vaqtni bekorga ketkazadi.

Hana yig‘lab yubordi:
— Siz meni hech qachon tushunmaysiz. Men faqat bir oz baxt istayman.

Onasi yonidan o‘tib, qizini yupatishga urindi, lekin otasi uning oldini to‘sib qo‘ydi.
— Hana, sen bu oilaning nomusini saqlashga majbursan. Agar yana uni ko‘rsam, qattiq jazolayman!

Jonson bu paytda o‘z xonasida, Hananing ahvolidan xavotirda edi. U telefoniga bir necha marta qo‘ng‘iroq qilgan edi, lekin Hana javob bermadi. Nihoyat, u barcha xavf-xatarga qaramay, Hananing uyiga bordi.

Tun qorong‘i edi, lekin uning yuragi yorqin edi. U hovlidan tosh otib, Hananing diqqatini tortdi

@Ophidra_fanfic - kanali uchun maxsus.