July 20

Dark red

𝑴𝒖𝒂𝒍𝒍𝒊𝒇~𝑽𝒂𝒍𝒍𝒐𝒊𝒔 𝑨𝒗𝒆𝒍𝒊𝒏𝒆

Misoo va Sohee honimlar ichlarida qanday to‘lqin ko‘tarilmasin, har doimgidek vazminlik bilan o‘zlarini bosib turishardi. Ularning nigohida sokinlik, lekin yuraklarida yashirin olov porlab turardi.

Shia esa oppoq kelinlik liboslari orasida aylandikcha, ko‘zlari charaqlab, lablarida yashirin bir tabassum bilan to‘xtadi. U barmog‘i bilan bir ko‘ylakni ko‘rsatdi — nafis atlasdan tikilgan, bejirim kashtalari yurakni o‘g‘irlovchi darajada go‘zal.

— Menga shu yoqdi... — dedi u shivirlab, xuddi orzusini topganday. — Shuni olishni xohlayman.

Sotuvchi ayol, yengil bosh irg‘ab, iltifot bilan javob qildi:

— Avval bir kiyib ko‘ring, go‘zal honim.

Shia ko‘ylakni qo‘liga olib, unga qarab bir zum jim qoldi.

Shia nozik harakatlar bilan kelin ko‘ylagini bag‘riga bosdi-da, yengil qadamlab kiyinish xonasiga yo‘l oldi. Uning har bir qadamida ishonch, har bir nafasida yashirin g‘urur sezilib turardi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, u qayta paydo bo‘ldi — oppoq libos uning ustida go‘yo yoritilgan orzudek porlab turardi.

Zal bir lahzaga jim bo‘lib qoldi.

— Shia, senga juda ham yarashibdi... — dedi Misoo jilmayishga o‘xshash sohta ifoda bilan, lekin ko‘zlarida tan olinmagan hasad miltillab turardi.

Sohee esa yonidan kulimsirab qaradi, ohangida yengil kinoya aralash:

— Misoo, qizim... agar bu ko‘ylakni sen kiyganding, balki u yanada chiroyliroq ko‘ringan bo‘lardi.

Shia ko‘zguga bir qarab, sochlarini yelkalariga to‘kib qo‘ydi-da, lab burchagida ayyorona jilmayish bilan yuzlandi:

— Afsuski, mening bo‘lajak erimga sen turmushga chiqa olmading... Qanday sharmandalik, shunday emasmi?

So‘zlari ipakday yumshoq tuyulsa-da, yurakni tirnaydigan tig‘day o‘tkir edi. Havo sokin edi, ammo uning gaplari o‘rtadagi havoni muzdek qilgan, jimjitlik esa go‘yo yanada og‘ir tortganday edi.

Shia oppoq kelin ko‘ylagini qo‘lida ushlab, do‘kon eshigidan tashqariga chiqdi. Quyosh nurlari libosining atlasida yaltirab, uni orzulardagi kelinchakdek ko‘rsatardi. Yuzida quvonch porlab turardi — orzusi ushalganday edi. Ammo yuragining bir chekkasida tushuniksiz g‘am soyasi ham ilondek sirg‘alib o‘tirardi. Bu g‘am — kutgan baxtiga yetishganday bo‘lsa-da, kimnidir ortda qoldirgandek hissiyot edi.

~ ~ ~

Bu orada, allaqayerda Jungkook jimjit xonada yolg‘iz o‘tirar, qo‘lida bir dona surat — Minaning surati. U suratga uzoq tikilib qoldi. Nigohi qotib qolgan, yuragida esa go‘yo vaqt to‘xtab qolganday edi. Uning ichidan o‘tgan fikrlar lablariga shivirlab to‘kildi:

— Qani edi... sen bilan yana birga bo‘lsak... Qani edi qo‘llaringdan yana bir bor tuta olsam, mening qora sochli farishtam...

U ko‘zlarini yumdi. Xotiralarning isiriqdek iliq nafasi yuragini silkitdi. Mina bilan birga bo‘lgan baxtli damlar — beg‘ubor kulgular, tunlar davom etgan suhbatlar, unutilmas qarashlar — bularning bari xayolida jonlanib ketdi.

Shu payt eshik sekin ochildi. Ichkariga Sunho kirib keldi. U bir zum to‘xtadi, Jungkookning qanday holatda ekanini tushundi, sekin yoniga borib o‘tirdi. So‘ng yuragidagi haqiqatni ohangsiz, ammo chuqur ohangda aytdi:

— Bilasanmi, Jungkook... bu aslida sevgi emas. Bu — shunchaki bog‘lanib qolish, o‘tmishdagi yaxshi xotiralarni qo‘yib yuborishni istamaslik, xolos...

Uning so‘zlari havoda yengil uchib yurganday tuyulsa-da, ichida og‘ir haqiqatni ko‘tarib kelgandi. Jungkook jim bo‘ldi. Ko‘zlarida xotira, yuragida bo‘shliq. Sevgi ba’zida qalbni quvontiradi, ba’zida esa — xotiralar og‘ushida jimjimador g‘amga aylanadi.

Jungkook g‘amga botgancha jim o‘tirardi. Ko‘zlari hali ham suratga tikilgan, xuddi Minaning nigohlarini unda qidirayotgandek. Yuragidagi og‘riq sukunat bilan bo‘g‘ilib borardi. Uning yonida o‘tirgan Sunho esa bir lahza do‘stining holiga termildi — biror so‘z aytmoqchi bo‘ldi, lekin tiliga hech nima kelmadi. Og‘ir bir xo‘rsinish bilan orqasiga qarab o‘girdi-da, so‘zsizgina xonani tark etdi. Chunki ba’zi og‘riqlarga so‘z emas, sukut hamdard bo‘la oladi.

~ ~ ~

Va nihoyat... orziqib kutilgan, bir umr xotiralarda qoladigan o‘sha kun — to‘y kuni yetib keldi. Osmon musaffo, havoda bahorning eng nozik nafasi yillar tugab, orzular ro‘yobga chiqayotganini faryod qilayotgandek.

Shia oq libosda go‘yo osmondan tushgan farishtadek porlab turardi. Uning har bir qadami — orzu, har bir qarashi — umid edi. U yurib kelar ekan, oppoq libosining etaklari shamolda ohangli silkinar, yuzidan esa beg‘ubor nur taralib turardi. Unga tikilgan nigohlar orasida hayrat, havas va sukut yashirin edi. Chunki u bugun nafaqat kelin edi — u bugun orzulari ro‘yobga chiqqan ayol edi.

Ammo... olomon orasida bir nigoh yurardi — siniq, sokin, lekin ich-ichidan yongan bir yurakning aksidek. Jungkook.

U ko‘pchilik orasida turar, lekin tanho edi. Uning nigohi Shiani izlab topdi. Ko‘ngli silkinib ketdi. Bir paytlar unga tabassum qilgan, bir paytlar faqat unga qarashga odatlangan o‘sha ko‘zlar — endi boshqa yo‘nalgan edi.

Jungkookning yuragi qattiq siqildi. Ko‘zlarida yo‘qotilgan baxt aks etar, xayolida esa faqat bitta savol aylanardi:
“Agar hammasi boshqacha bo‘lganida-chi?”

Ammo hozirgi haqiqat — Shianing boqiy jilmayishi va unga qarab chaqnayotgan kelajak edi. Yuzidagi tabassumda g‘alaba, yuragida esa nihoyat topilgan tinchlik yashar edi.

Shunday qilib, vaqt shafqatsiz soatlar bag‘rida siljib, tunning so‘nggi choragiga yetdi. Soat 22:00 bo‘ldi. To‘y yakunlandi. Musiqa jim bo‘ldi, chiroqlar birin-ketin o‘chirildi, mehmonlar bir-bir ketib, hayajonli tabassumlar o‘rnini sokinlik egalladi. Kun tugadi, ammo yuraklarda tugamagan hislar, aytilmagan so‘zlar hali ham jim turgancha yashardi.

Shia va Jungkook esa birga ketishdi Jungkookning shaxsiy haydovchisi boshqaruvidagi mashinada. Mashina shahar chiroqlari orasida sokin harakat qilardi. Yoqimli musiqa fonida, yo‘l jimjit, lekin yuraklar sokin emasdi.

Shia o‘zini mashina ichida g‘alati his qilardi. Nafasi torayib, yuragi bir nimani bosib turgandek siqilib ketdi. U oynadan tashqariga qarar, lekin hech nimani ko‘rmasdi. Nigohlari o‘chgan, lablari qimirlamas edi.

Jungkook bu holatni sezdi. U sukutda yotar ohangni anglab, sekin Shianing qo‘llarini ushlab oldi. Bir lahzalik iliqlik na mehr, na da’vo shunchaki bir insonning boshqasiga nisbatan his qilgan insoniy hamdardligi edi bu. So‘ng u mashinaning oynasini sekin ochdi. Tashqaridan kirgan salqin havo ichkarini yengillatdi, ammo yurakdagi og‘irlikni ko‘tarmadi.

Shia unga qaradi. Nigohlar kesishdi. Bir lahza uzoq yillik tarixni eslatganday, lekin u nigohlarda sevgi emas edi. Bu ikki qalb allaqachon turli yo‘llarga burilib ketgandi. Bu oddiy mehr, xotira, va yengil ko‘ngil ko‘tarish edi xolos.

Jungkook Shianing qo‘lini asta qo‘yib yubordi. Mashina harakatda davom etdi. Tun esa hamon guvoh edi tugamagan so‘zlarga, aytilmagan “kechikkan” sevgilarga.

𝟒-𝒒𝒊𝒔𝒎 𝒕𝒖𝒈𝒂𝒅𝒊

𝑲𝒆𝒚𝒊𝒏𝒈𝒊 𝒒𝒊𝒔𝒎𝒅𝒂

-Oyoqlaringni kengroq ochsang òzinga yaxshi boʻladi
Jungkook zarb bilan ichimga kirardi

-ahh se.kin se.kinroq
Shia ogʻriqdan qichqirardi va tinmay yigʻlab sekinroq deb baqir-chaqir qilardi bu Jungkookning asabiga tegardi va har ichiga kirganda tezlashardi

-Shia ozgina chida òzing ham bilasanku bu ishni òzim hohlaganim uchun qilmayapman biz farzandli bòlishimiz kerak bòlmasa bobom meni ham seni ham tinch yashashimizga qòymaydi

-ular jinsiy aloqa qilar ekan Jungkook endigina 20 yoshga tòlayotgan qizni qanchalik qiynalayotganini òylab sekinlashardi