Moonshine
Yucera POV:
Kasalxonadan chiqib, tun osmoniga boqarkanman, sovuq shamol yuzimni oʻpar, yuragimda esa qandaydir iliqlik uyg‘onardi. Taehyungning bu ishni nimaga qilganini bilmasdim. Ammo bir narsa aniq edi: u hayotimga shunchaki qaytmagan edi. Ich-ichimda buni sezardim.
Uyga kelib, xonamda yolg‘iz qoldim. Charchoqdan badanlarim og‘rir, lekin xayollarim mendan tinchlikni olib qo‘ygandi. Taehyung... U bilan bo‘lgan damlar... Hali-hamon yuragimning eng nozik joylarini qitiqlardi. Bir vaqtlar sevgi bilan to‘lgan o‘sha ko‘zlar, uning samimiy so‘zlari... Ammo bu sevgi o‘tmishda qolgan. Shunday emasmi?
Telefonimning titrashidan hayolim bo‘lingan edi. Ekranda noma’lum raqam chiqdi. Ko‘nglim g‘ashlanib, javob berdim.
— Allo?
Uning ovozi. Bu ovoz meni shunchaki hayratga solib qo‘ygani yo‘q, yuragimni gursillashga majbur qildi.
— Yucera, bu menman, Taehyung.
Bir lahza gapira olmadim. Nafas olishni ham unutgandek edim. So‘ng o‘zimni qo‘lga olib, past ovozda javob qaytardim:
— Sen...? Nega qo‘ng‘iroq qilding?
U jim qoldi. Bu jimlik gaplardan ko‘ra ko‘proq edi. Nihoyat, u gap boshladi:
— Sen bilan gaplashishim kerak. Yillar davomida ayta olmagan narsalarim bor.
Ichimda qandaydir qattiq his uyg‘ondi. Bu hisni ta’riflash qiyin edi. Xursandchilik, iztirob va hadikning birlashmasi. Bir oz sukutdan so‘ng javob berdim:
— Yaxshi. Qaerda uchrashamiz?
— O‘sha bog‘da, biz doim boradigan joyda, — dedi u va qo‘ng‘iroqni uzdi.
Yucera POV:
Qorong‘ilik ichida eski bog‘ga yo‘l oldim. Bu joy men uchun har doim sirli edi. Taehyung bilan o‘tgan baxtli damlarimiz bu yerda saqlanayotgandek edi. Yetib kelganimda, uni koʻrdim. U sovuq shamolda tik turardi. Ko‘rinishidan oʻzgarib ketgan edi: kattarib, ammo bir vaqtlar sevib qolgan yigitimning soya-salobatini saqlab qolgan.
— Sen kelasan deb o‘ylamagandim, — dedi u, ovozida yengillik bor edi.
— Nega keldim deb so‘rama, Taehyung. Sen sababchisan, — dedim, ovozim titrab.
U chuqur nafas oldi.
— Yucera... Men seni tark etganimdan beri har kuni o‘zimni aybdor his qilyapman. Lekin o‘shanda boshqa yo‘lim yo‘q edi.
— O‘sha kun haqida gapirma, — dedim. Ko‘zlarimga yosh kelib, yuzimni boshqa tomonga burdim.
— Lekin gapirishim kerak. Chunki men seni hech qachon unutolmadim, — dedi u past ovozda.
Bu so‘zlar qalbimni muzlatib qo‘ygandek bo‘ldi. “Unutolmadim”, dedi u. Lekin men nima qilishim kerak? Yillar davomida yig‘ilgan iztiroblarni qanday unutishim mumkin?
— Nega hozir buni aytyapsan, Taehyung? Hayotimda barqarorlikka erishganimda, yana keldingmi? — dedim.
U bir qadam oldinga yurdi.
— Chunki men seni yo‘qotishni xohlamayman, Yucera. Sen mening yagona haqiqatim bo‘lgansan va hamon shundaysan.
Uning ko‘zlaridagi samimiyat meni qimirlatib qo‘ydi. Ammo hayotning ayanchli haqiqatlari meni bu erkalikka berilmaslikka undardi.
— Bu haqiqatni o‘zgartira olmaysan, Taehyung. Men endi o‘sha emasman. Biz endi o‘sha emasmiz, — dedim va orqaga bir qadam tashladim.
U jim turib qoldi. So‘ng xo‘rsinib, ohista gapirdi:
— Balki shundaydir. Ammo hech bo‘lmasa seni sevganimni bil. Va bu sevgi hech qachon o‘zgarmaganini.
Bu gaplar mening yuragimni larzaga soldi. Ammo javob bermasdan orqaga burilib, yo‘lga tushdim. Taehyung qolgan joyida, meni kuzatib turardi. Bu uchrashuv hayotimning yangi bobini ochgan edi. Lekin bu bob qanday tugashini faqat vaqt ko‘rsatardi.
Yucera POV:
Taehyung bilan bo‘lgan suhbat menda qandaydir chuqur iz qoldirdi. Uning so‘zlari, uning qarashlari… Hammasi haqiqatdek edi. Lekin yuragim hamon ikkilanardi. Uni kechira olishimga ishonchim yo‘q edi. Hayot meni juda ko‘p sinovlardan o‘tkazgan edi, bu sevgi yana shunday sinovlarning boshlanishi bo‘lishi mumkin edi.
Uyga qaytib, ichkariga kirar ekanman, oy nuri xonamni yoritib turardi. Hamma joy tinch, ammo ichimda qaynayotgan hislarim ko‘kka chiqqandek edi. Bir necha daqiqa yolg‘iz qoldim, ko‘zlarimni yumdim va Taehyungning so‘zlarini yana va yana esladim.
"Men seni hech qachon unutmadim."
Bu so‘zlar qalbimda do‘stona iliqlik qoldirsa-da, shubhalarimni ketkaza olmas edi. Men bilan bo‘lgan paytda meni tark etgan, endi esa yana qaytib kelgan bu odamga qanday ishonishim mumkin?
Keyingi kun ishxonada bo‘lganimda, ishga diqqatimni qaratishga harakat qilardim. Ammo hamma narsa qandaydir qiyin edi. Min janobning so‘zlari meni hushyorlatdi:
— Bugun ko‘rinishingiz boshqa kunlardagidan o‘zgaribdi, Yucera xonim. Biror muammo bormi?
Bir muddat sukutda qoldim, keyin bosh irg‘ab, javob berdim:
— Hammasi joyida, Min janob. Faqat biroz charchoq...
Ish kunining oxirida telefonim yana titradi. Bu safar tanish raqam edi — Taehyung. Javob berishim kerakmi yoki yo‘qmi, deb o‘ylab turdim. Nihoyat, javob berdim.
— Allo?
— Yucera, yana bir bor gaplashishimiz kerak. Bu safar barcha shubhalaringni ketkazmoqchiman, — dedi u. Ovozi qat’iyat bilan to‘liq edi.
— Nega buni qilishni xohlaysan? — deb so‘radim.
— Chunki seni yo‘qotishga jur’atim yetmaydi, — dedi u.
Ovozidagi samimiyat meni shubhalar girdobidan biroz bo‘lsa-da chiqara oldi.
— Yaxshi, — dedim oxiri. — Uchrashamiz.
Yucera POV:
Bog‘ning o‘sha bir burchagida, quyosh botib borayotgan manzarada Taehyung bilan uchrashdik. U sokin edi, lekin ko‘zlarida nimadir porlab turardi. Bu sevgi bo‘lishi mumkinmidi?
— Seni mendan tortib olgan hayot edi, Yucera, — dedi u sekin. — Lekin endi bu hayot bilan kurashishga tayyorman. Sening uchun.
Men uning gaplariga ishonishni xohlardim. Ammo birinchi bo‘lib aytganim shu edi:
— Bu gaplarni eshitish oson emas, Taehyung. Men endi o‘zimni himoya qilishga o‘rganganman.
U qo‘limni ushladi, bu harakatimni to‘xtatdi.
— Bilaman. Lekin bu safar seni himoya qilish men uchun birinchi o‘rinda bo‘ladi, — dedi u qat’iyat bilan.
Bu safar uning ko‘zlariga qaraganimda, undagi samimiyatni ko‘rdim. Bu o‘sha Taehyung edi — o‘tmishda sevib qolganim yigit. Lekin shu bilan birga, boshqa Taehyung edi — qiyinchiliklarni yengib, o‘z sevgisini isbotlamoqchi bo‘lgan odam.
O‘zimni qattiq ushlab, javob berdim:
— Yaxshi, Taehyung. Menga o‘zgarishingni isbotla. Ammo shuni bilki, bu safar ortga qaytish yo‘q.
U yengil jilmaydi.
— Men shunday bo‘lishini kutganman. Va seni yana yo‘qotishga hech qachon yo‘l qo‘ymayman.
Bu safar qandaydir umidni yuragimda his qildim. Taqdir bizni yana birga bo‘lishga chorlayotgandek edi. Ammo bu safar men ehtiyot bo‘lardim. Chunki bu sevgi, bu hayot yangi sinovlar keltirishi tayin edi.
Shu payt, bog‘ning qadrdon tinchligi ichida, biz yangi hayotga birinchi qadamni qo‘ygandik. Va bu safar sevgi faqat og‘riq emas, balki baxtning ham manbai bo‘lishiga ishonardik.
Yucera bilan yana gaplashish, uni o‘zimga ishonishga majbur qilish men uchun oson emas edi. Men uni hayotimdagi hamma narsadan ortiqroq sevganimni his qilardim, lekin o‘tmishdagi xatolarim uning yuragida katta chuqur qoldirgan edi.
Yucera bog‘da mendan uzoqlashar ekan, ko‘zlarimni yumib, chuqur nafas oldim. Bu safar uni yo‘qotmaslik uchun hamma narsani qilishga tayyor edim.
Uyga qaytdim. O‘zimni qulay his qilmasdim, chunki hayotimdagi eng qiyin davr endi boshlangandek edi. O‘tmishimga ko‘z yugurtirib, nega uni yo‘qotganimni yana bir bor esladim. Oilaviy majburiyatlar, qarorlar va o‘z g‘ururim meni undan uzoqlashtirgan edi. Lekin endi bularning hammasi ortda qolgandi. Endi faqat uni qaytarishni istardim.
Shu payt telefonim jiringladi. Bu Seoyna edi.
— Taehyung, — dedi u. Ovozi xavotirga to‘la edi. — Yucera bilan gaplashganingni bilaman. Ammo u qizning yuragini yana sindirishga jur’at qilma. U yetarlicha azob chekdi.
— Seoyna, men uni hech qachon yana xafa qilmayman, — dedim qat’iyat bilan. — Bu safar haqiqatan ham uning yonida bo‘laman.
— Men sening va’dalaringga emas, harakatlaringga ishonaman, Taehyung, — dedi u va aloqani uzdi.
Uyga qaytganimda, yuragim tinchimagan edi. Taehyungning ko‘zlaridagi samimiyatni his qilgan bo‘lsam-da, ichimdagi xavotirlar meni tinch qo‘ymasdi.
Bir necha kun o‘tdi. Taehyungdan xabar yo‘q edi. Ichimda bir tuyg‘u meni o‘ylantirardi: “U o‘z so‘zida turarmikan?”
Ishxonada kun odatdagidek davom etardi. Lekin bugun odatdagidan boshqacha edi. Min janob xonasiga chaqirdi. Ichkariga kirganimda, stol ustida katta guldasta turardi.
— Bu siz uchun, Yucera xonim, — dedi u jilmayib.
Guldastaning ichida kichkina yozuv bor edi:
“Ishonch qozonish uchun vaqt kerak, lekin sevgini isbotlash uchun yurak kerak. Men tayyorman. Taehyung.”
Gul yaproqlari orasidan xushbo‘y hid kelar, lekin bu guldan ko‘ra ko‘proq uning so‘zlari yuragimni larzaga soldi. O‘zimni tutish uchun chuqur nafas oldim va xonadan chiqib ketdim.
Kechasi uyda Taehyungdan xabar keldi. U menga restoranga taklif qildi. Avval ikkilanib turdim, lekin keyin rozi bo‘ldim. Men bu safar haqiqatni bilishni istardim.
Taehyung meni kutib turgan edi. U qimirlamasdan, qo‘llarini bir-biriga mahkam ushlab turgancha kutardi. Ko‘zlarida qandaydir ishonchsizlik bilan aralash umid bor edi.
— Keldingmi? — dedi u sokin ovozda.
U dasturxon chetiga o‘tirdi va men ham qarshisiga joylashdim.
— Bilaman, Yucera, bu hammasi sen uchun oson emas. Lekin men seni bir savol bilan qiynamoqchiman: hali ham yuragingning bir qismi meni sevadimi?
Savol kutilmaganda edi. Men bir lahza unga javob berolmay qoldim. Ammo haqiqatni yashirishga hojat yo‘q edi.
— Sevadi, Taehyung. Lekin bu sevgining tagida ko‘plab azoblar yotadi.
U boshini egdi, so‘ng yana ko‘zlarimga tik qaradi.
— Men seni yana baxtli qilish uchun hamma narsaga tayyorman, Yucera. Faqat menga imkon ber.
Uning gaplari meni larzaga soldi. Bu so‘zlarda yolg‘on yo‘qligini his qilardim. Lekin yuragim hali ham ehtiyotkor edi.
— Bu imkoniyating bor, Taehyung. Lekin meni yana xafa qilishingga jur’at qilma, — dedim qat’iy ovozda.
U jilmaydi.
— Seni baxtli qilish uchun qo‘limdan kelgan barcha narsani qilaman.
Bizning hikoyamiz yangi boshlanish edi. Va bu safar, ehtimol, haqiqiy sevgi uchun kurashishga arzigulik edi.