𝑫𝑨𝑹𝑲 𝑹𝑬𝑫
– Misoo, bugun Taehyungni kutib olish uchun bor. U allaqachon aeroportda, – dedi onasi eshik oldida turib.
– Hop, oyi, boraman, – dedi Misoo qisqagina javob berib.
U sekin ichkariga yurdi, sumkasini olib, yana bir marta atrofga qaradi. Keyin uyning oldidagi mashinasiga chiqdi. Eshikni ohista yopdi va mashina ichida biroz o‘tirib qoldi.
Yo‘lga chiqishdan oldin Sohee haqida o‘ylab qoldi. Sohee onasi edi. Uni yaxshi ko‘rardi, baribir onasi edi. Lekin qilgan ishlarini, ayrim gap-so‘zlarini ko‘tara olmasdi. Ko‘ngli g‘ash edi.
Mashinani ishga tushirarkan, yuragida biroz og‘irlik bor edi. U bilardi, bu safar faqat Taehyungni kutib olish emas. U kutayotgan savollari ham bor edi... Shu savollarga javob topish uchun ham bormoqda edi.
Yo‘l uzoq emasdi, lekin har soniyada yuragidagi hissiyotlar biroz og‘irlashib borayotgandek edi.
Misoo mashinani asta haydab yo‘lga chiqdi. Yo‘l bo‘ylab daraxtlar jimjit turardi, havo esa salqin edi. Mashina ichida faqat dvigatelning past ovozi eshitilardi.
U shunchaki Taehyungni kutib olish uchun ketayotgandek tuyulsa-da, ichida bir narsa tinch emas edi. Sohee haqida o‘ylayverdi. "Nega u har doim hammasini o‘zi biladigandek qiladi?" deb o‘ylardi. Onasi uni yaxshi ko‘rardi, lekin hamma qarorini o‘zi chiqargisi kelardi. Misoo esa endi bunday yashashni istamasdi. U o‘z fikriga ega bo‘lishni xohlardi.
Mashina yonidagi radioda sekin musiqa chalinar, Misoo esa har safar svetofor oldida to‘xtaganda chuqur nafas olar, biroz ko‘zini yumardi. Vaqt asta o‘tardi. Yo‘l ham, yuragidagi fikrlar ham biroz jimjimador edi.
Aeroportga yaqinlashganida, yuragi tez ura boshladi. Taehyung uzoq vaqt yo‘q edi. U bilan oxirgi gaplashganida qandaydir sovuq bo‘lib qolgan edi. Bu safar uchrashuv qanday bo‘ladi, bilmasdi.
Mashina to‘xtaganida, chuqur nafas oldi. Kalitni o‘chirib, eshikni ochdi. Asta mashinadan tushdi. Ichkariga kirishga hali shoshmasdi. Avval atrofga bir qarab oldi.
Ichki ovozi unga sekin shunday dedi:
"Bugun oddiy uchrashuv emas. Bu safar boshqa narsa boshlanadi."
Mina bir muddat Sunho tomon qarab turdi. Uning ko‘zlarida qandaydir umid, qandaydir iliqlik bor edi. Oddiygina aytdi:
Sunho esa chuqur nafas oldi. Bir qarashda u ham bu so‘zlarni eshitishni istagandek edi. Ammo so‘ng, past ovozda javob berdi:
— Men ham, Mina. Lekin bilasanmi… men seni emas, Misoo’ni xohlayman.
Mina bir zum jim bo‘lib qoldi. Ichida nimadir qisilib ketdi. Lekin hech narsa demadi. Faqat qarab turgancha turaverdi.
— Seni faqat Jungkook chin dildan sevgan. U hech qachon seni yomonlamagan. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, u doim seni himoya qilgan. Sen esa… unga dard bo‘lding, Mina.
Mina ko‘zlarini olib qochdi. Yuragi siqilar edi. Shunchaki past ovozda so‘radi:
— Demak, hech narsa qolmadi-a?
Mina asta orqaga yurdi. Uning yurishida og‘irlik bor edi. Og‘riqni yashirishga urinsa-da, ich-ichidan buzilayotganini sezish qiyin emasdi. U hech nima demasdan burilib ketdi.
Sunho esa turib qoldi. U Mina ketayotgan tomonga uzoq qarab turdi. Hamma gap aytildi. Endi faqat vaqt o‘tadi. Vaqt va sukut.
Mina uyga borib keldi. Yo‘lda hech kimga telefon qilmadi, hech nima yozmadi. Faqat yuragi siqilgan edi. Uyni ochib kirgach, sumkasini stulga qo‘ydi. Oshxonaga o‘tib suv ichdi. Boshqa hech nima qilgisi kelmasdi.
Yotoqqa kirib, karavotga o‘tirdi. Telefonini oldi, ekraniga uzoq qarab turdi. Jungkook bilan yozishmalari hanuz o‘chmagan edi. Bir nechtasini ochib o‘qidi. Har bir satr yuragini yana og‘ritdi.
U deraza oldiga bordi. Tashqarida shamol sekin esib turardi. Daraxt barglari asta tebranardi. Qushlar ovozi eshitilardi. Oddiy bir tong, oddiy bir kun... Lekin uning ichida shuncha og‘irlik.
Birdan eshik chalingandek bo‘ldi. U eshitganini to‘g‘ri tushunganiga ishonmasdan jim turdi. Yana bir marta eshik taqilladi. Sekin yurib bordi, eshikni ochdi.
Eshikda hech kim yo‘q edi. Faqat yerda bir kichkina konvert yotar edi. Mina egilib olib ichkariga kirdi. Konvert ichida hech qanday ism yozilmagan edi. Faqat bitta qog‘oz bo‘lib, unda oddiygina so‘zlar yozilgan edi:
“Agar haqiqatni bilmoqchi bo‘lsang, ertaga soat 5 da eski stansiyaga kel.”
Mina biroz titrab ketdi. Bu xatni kim yozdi? Nega? Va… qaysi haqiqat?
U qog‘ozni qo‘liga mahkam ushlab turdi. O‘ziga savollar ko‘paydi. Ammo bu safar qo‘rqmasdi. Chunki yuragining bir chekkasida hali ham umid bor edi.
U sekin o‘rnidan turdi. Endi u kutmaydi. U boradi. Va agar bu haqiqat Jungkook haqida bo‘lsa… unda bilishga arziydi.
Ertasi kuni Mina juda erta uyg‘ondi. Soat hali 4 dan ham o‘tmagan edi. Uy jim, hamma uxlardi. U yuvinib, sekin kiyinib oldi. Tashqarida salqin havo bor edi. Sumkasiga telefonini, kalitni va o‘sha kecha topgan konvertni solib qo‘ydi.
Soat 4:30 bo‘ldi. U eshikni ohista ochdi, pastga tushib mashinasiga o‘tirdi. Ko‘chada hali ham qorong‘i edi, faqat bir-ikki fonar yoqilgan, yo‘l esa deyarli bo‘sh edi. Mina mashinani sekin haydab, eski stansiya tomon yo‘l oldi.
Yo‘l davomida yuragi g‘alati urardi. Bu joyda uni kim kutyapti? Nega aynan u yerga chaqirishdi? Va bu xat ortida kim bor?
Eski stansiyaga yetib keldi. Joy ancha huvillagan, beg‘am edi. Binolar eski, ba'zilari qulashi mumkin edi. Mina mashinani chetga qo‘yib, sekin yurib ichkariga kirdi. Atrofda hech kim yo‘qdek tuyuldi. U to‘xtab, atrofga quloq soldi. Hech qanday tovush yo‘q edi.
U shunchaki kutdi. Soat 5:00 bo‘ldi. Lekin hech kim ko‘rinmadi. Oradan 10 daqiqa o‘tdi. 15 daqiqa... hamon jimlik. U yuragini bosib, orqaga qaradi. Hech narsa. Lekin keyin... uzoqdan kimningdir sekin qadam tovushi eshitildi.
Mina cho‘chib tushdi. Qadamlar yaqinlasha boshladi. U o‘girildi.
Oldida yoshi taxminan o‘ttizlarda bo‘lgan notanish erkak turardi. Qo‘lida qora papka bor edi. U Mina tomon yurdi, lekin hech qanday salom bermadi, faqat papkani uzatdi.
Mina uni oldi. U hali ham hech nima demadi. Erkak orqasiga o‘girilib ketdi. Mina esa papkani asta ochdi.
Ichida bir nechta suratlar bor edi. U suratlarga qarab qoldi. Ular orasida Jungkook ham bor edi. Va... u tirik edi. Suratda u qandaydir joyda – go‘yoki davolanishda yoki yashirin bir joyda.
Mina chuqur nafas oldi. U hech nima deya olmadi. Faqat yuragi tez ura boshladi.
U xotirjamgina papkani yopdi. Endi bilar edi — u uni topadi.