March 28

Sening telba oshigʻingman 

"*Kuz ajoyib fasl. Ba'zan quyoshli, ba'zan yomg'irli, ammo barbir betakror, huddi Unika kabi. Kim Unika 23yoshli sof dil qizaloq, onasi bilan yashaydi, dadasi yoshligida boshqa oila bilan tashlab ketgan, akasi Namjoon chet elda kasal oyisining dori - darmoni uchun pul ishlab yuribdi.**Kuz quyoshi Unikaning kichik uyi kichik derazasi orqali uning yuzini asta silarkan, qiz asta ko'zlarini ochdi, yana bir charchoqli, azobli, bo'lishi xohlanmagan kun. U kafeda ofitsiant bo'lib ishlaydi.*Unika: nimadir kerak bo'lsa qo'ng'roq qiling, ehtiyot bo'ling. sizni yaxshi ko'raman*oyisining yuzidan o'pib, xolidan xabar olgan qiz, kiyimini almashtirib kafega ishlashga yana ketdi. Kafe unchalik katta emas ammo sokin va tinchlanish uchun ajoyib joy.**kun biroz erta bo'lgani uchun hali mijozlar yo'q, Unika esa stollarni artib tartibga keltiryabdi. Soat 8.37larga yaqin mijozlar asta kela boshladi ammo qiz ularga e'tibor bermay ishini davom ettirdi, mijozlarni boshqa ofitsiantlarga qoldirdi.**1-2soatdan so'ng yana boshqa mijoz kirib keldi. bir mijoz.. qora niqob, qora kepka, qora ko'ylak va shim, bir qo'lida bejirim ammo sezilarli qora tatirovka, 2 barmog'i uzukka to'lgan., boshqa qo'lida esa ish noutbooki. U atrofni ko'zdan kechirdiyu negadir ko'zlari Unikada qolib ketdi. Yigit unga qararkan qiz ishi bilan ovora, yigit unga termularkan yuragida g'alati hissiyot. Ammo u darrov buni sezib, boshina chayqadi va o'ziga shivirladi**Va u kafe burchagidan oxirgi qatordagi bo'sh joyga o'tirib noutboogida ishlashni boshladi.**Unika bosh chayqab, oshxona tomon qaytdi va yigit buyurgan qahvani tayyorlashni boshladi. bu orada mijoz ishiga fikrini qaratolmas faqat Unika haqida o'ylardi: qanchalar chiroyli ammo kichikina qiz, balki himoyachisi yo'qdir. yo'q shunday qizning yigiti bo'lmasa axmoqgarchilik bo'ladi. Yigit fikrlarini o'zi sezib yana boshini chayqadi va yuziga yengil yurib qo'ydi*X: yana ishdan chalg'isang o'ldim deyaver.*qiz qahvani tayyorlab bo'lgach unga biroz termuldi, u haqida o'ylay boshladi: kiyimlari yarashgan, niqobi va kepkasi uni battar kelishgan ko'rsatyabdi. ammo darrov u ham boshini chayqab hayolini yig'ib oldi.*Unika: dadam qilgan ishni esla axmoq, sevish mumkin emas.*Shu kundan boshlab yigit kafega tez-tez qatnar va Unikaga bo'lgan hislari o'z o'rnidan otilib ketayotganini sezardi. Albatta qiz ham unga o'rganib qolgan, doim bir xil ofitsiant sifatida samimiy tabassum va qahva bilan uning ko'nglini olardi, ammo ularrda faqat ko'zlar aloqasi, so'zlar emas...**yigitning ham xulqida o'zgarishlar sezildi, qo'riqchilar bilan yurar, tungi klublarni va qizlarni kamaytirgandi ammo o'zining sovuq va hissiyotsiz yuzini yo'qotmagan. Unika uchun bu barbir ajoyib. shundan so'ng Yigit qiz haqida ma'lumotlar to'play boshladi. Oilasi haqida xabardor bo'lgach qizga sevgisi yanada ortar va unga g'amxorlik qilgisi, Unikaning suyanchig'i bo'lgisi kelardi.**qo'riqchilar darrov bosh irg'ib Unikani bilagini qisib qiynayotgan erkakalar stoli tomon yo'l oldi*

_______________*Jeon Jungkook (o'sha qora nioqbli yigit) 27 yosh, eng xavfliva kuchli mafia boshlig'i. Ota-onasi yoshligida dadasining dushmanlari tomonidan o'ldirilgan. Qasos o'ti uni yuraksiz va hissiyotsiz qilib tarbiyaladi va mana natija, dunyodagi eng kuchli mafia boshlig'i. Hatto Korea prezidenti va harbiylar ham unga qarshi chiqolmaydi, va aslida uni xohishiga ko'ra ish tutadi. Qora rangli styleni yaxshi ko'radigan Jeon Jungkook xalq orasida kepka va niqobda yolg'iz jimgina yuradi. ammo jaxlini chiqargan odamga chin dildan achinaman...*

_______

1-qism tugadi...🍃