Sen ketma
"Bahor keldi, ketdi jim,
Sening nafasi — bir yodim.
Koʻzimda yongan oʻsha olov,
Bugun zulmat ichra yolgʻiz boʻlib qoldim."
Doimgidek tongni kutib, soat qoʻngʻirogʻi chalinganida oʻrnimdan turdim. Soat 6:40 edi. Har kuni ichiladigan bir finjon qahva bugun ham qoʻlimni isitdi. Uydagi jimjitlikni boʻlishadigan hech kim yoʻq – oyim ishda, dadam esa uzoq yillar oldin, 5 yoshimda vafot etgan.
Men 10-sinfman. Lekin bu oddiy hayotimning bir qismi emas. Ichimda bir parcha qora boʻshliq – rak kasaligi. U mening har bir kunimni soʻroq qiladi, har bir nafasimni oʻziga oʻgʻirlaydi.
Bugun ham ertalabki birinchi dars – matematika. Sinfxonaga kirganimda koʻpchilik menga gʻalati qaradi. Doim oʻzim, burchakda, yolgʻiz oʻtiraman. Sinfdagilarning soʻzlari esa jarohatni yangitdan ochadi: “Sen kasalsan, baribir oʻlasan.” Ularning nafrati menga tushunarsiz. Axir mening borligim ularga qanday zarar qilishi mumkin?
Lekin bu kun boshqalardan farq qildi. Jeon Jungkookning darsida birdan hushimni yoʻqotdim. Koʻzlarimni ochganimda shifoxonada edim. Yonimda oʻtirgan oʻsha Jungkook edi. Uning koʻzlaridagi tashvish menga yoqimsiz bir iliqlikni berdi.
— Lunette, yaxshimisan? Hech qayering ogʻrimayaptimi?
Uning ovozi mayin, lekin ichida bir ogʻirlik bor edi.
— Siz juda gʻalati odamsiz, — dedim yuzimni undan chetga burib.
U kulimsiradi:
— Balki sen boshqacha boʻlganing uchun meni shunday deb oʻylarsan.
Men uning javobiga javob bermadim. Kòzlarimni yumib, jim oʻtirishga qaror qildim. Bir ozdan keyin u oʻrnidan turib chiqib ketdi.
Lekin uning orqasida qolgan bir narsani koʻrib, yuragim tez ura boshladi. Bu — kundaligi edi. Ehtiyotkorlik bilan uni qoʻlimga olib, varaqlay boshladim. Oʻrtasida bir she’r bor edi. Har bir satr oʻzimga qaratilgandek tuyuldi:
"Sen mening bahorim, begʻubor tongim,
Har bir nafasimda bor boʻlib qolding.
Koʻzlaring ichida qumtepalar yolgʻon,
Men esa haqiqat – sening baxtingman."
She’rni oʻqir ekanman, ichimda qandaydir titroq paydo boʻldi. Bu nima edi? Muhabbatmi? Yoʻq, bu juda koʻp edi – muhabbatdan ham koʻra murakkab, ogʻir va shirin.
Keyingi kunlarda Jungkook bilan koʻp suhbatlashdim. U oʻzini yillar oldin yoʻqotgan sevgisini eslatib oʻtdi. Mening kasalligim va uning oʻtmishdagi ogʻriqlari qandaydir tarzda birlashdi, lekin bu birlashuv baxt keltirmadi.
Oxir-oqibat, kasallik oʻz yoʻlini qildi. Men tunda hushimni yoʻqotib, qayta uygʻonmadim. Ammo mening oʻlimim Jungkookning hayotida chuqur iz qoldirdi.
Bir yildan keyin Jungkookning oʻzini oʻldirganini eshitishdi. Uning oʻsha kundaligi yonida qoldirilgan xat bor edi:
"Lunette, sen mening bahorim eding. Lekin bahor oʻtdi. Mening bu hayotda seniz nafas olishga kuchim yoʻq. Hozir esa sen bor joyda boʻlishni istayman."
Baxt bizni topmadi. Biz ham baxtni topmadik. Hayotimiz esa gʻalati, achchiq va koʻngilsiz sevgi ertagiga aylandi.