"Dark Affection" (Qorong‘i muhabbat)
Sugana Lorenz POV:
Taehyungning meni himoya qilish haqidagi so‘zlari qulog‘imda yangrab turardi. Bu gaplar bir vaqtning o‘zida meni xavotirga solib, qalbimga iliqlik ham olib keldi. Unga ishonish xavfli edi, lekin yuragim bu xavfni qabul qilayotganga o‘xshardi.
Ertalabki tong. Quyosh o‘zining ilk nurlarini deraza orqali xonaga yoyar, men esa oshxonada choy tayyorlayotgan edim. Taehyung birdan paydo bo‘ldi. U har doimgidan ham muloyimroq tuyuldi.
— Kecha yaxshi uxladingmi? — so‘radi u.
Bu so‘zlari meni hayratga soldi. Taehyung hech qachon bunday mayda-chuyda narsalarni so‘ramasdi. Men uning ko‘zlariga qaradim va bir lahza jim qoldim.
— Ha, yaxshi. Sen-chi?
U jilmaydi. Bu jilmayish g‘alati edi — unda avvalgi sovuqqonlikning asari yo‘q edi.
— Men yaxshi emasman, Sugana. Chunki o‘zimni seni himoya qilishga majbur his qilyapman. Bu o‘zimga ham yoqmaydi.
Men qotib qoldim. Bu odam nimani nazarda tutyapti? Bu nimadir his qilishining isboti emasmikan?
— Taehyung... — dedim, lekin so‘zlarimni tugatolmadim.
— Bilaman, men sen uchun yaxshi inson emasman. Lekin endi sening zarar ko‘rishingni istamayman.
Uning bu so‘zlari yuragimni larzaga soldi. Nega birdan o‘zgardi u? Nega o‘zi uchun emas, men uchun qayg‘urayapti?
Taehyungning ichki monologi:
Suganani sevib qoldim, deya olmayman. Bu nimaga olib kelishini bilaman. Sevgining narxi bor. Men esa bu narxni to‘lashga tayyor emasman. Lekin uning kulgisi, nigohlari... U bilan har bir lahza hayotimdagi boshqa narsalarga nisbatan muhimroq tuyula boshladi. Bu hissiyot menga yoqmaydi, lekin undan qochishning iloji yo‘q.
Sua Lorenz POV:
Men Taehyungni kuzatib yurganimda, uning Suganaga bo‘lgan munosabati o‘zgarganini sezdim. Bu meni aqldan ozdirayozdi. Taehyung endi mening tarafimda emas edi. U endi mening rejamni amalga oshirishga xalaqit beradigan to‘siq edi.
Jungkookga qaradim.
— Bu safar Taehyungning hissiyotlarini uning zaif joyiga aylantiramiz, — dedim men.
Jungkook menga yaqinlashdi va qo‘limdan ushlab, o‘ziga tortdi.
— Biz bu jangda g‘olib bo‘lamiz. Lekin avval Suganani bizning o‘yinimizga qo‘shamiz.
Kechqurun:
Villada sokinlik hukm surayotgan edi. Taehyung Suganani o‘z yonida saqlashga intilib, uni barcha xavflardan uzoqlashtirishga harakat qilardi. Ammo bu kecha Sua va Jungkook rejasini amalga oshirishni boshladi.
Sua Suganaga yaqinlashib, sovuq tabassum bilan dedi:
— Bizga qo‘shil. Bu kurashda biz bilan bo‘l, Taehyung seni qutqara olmaydi.
Sugana unga qattiq qaradi.
— Men buni qilmayman. Sizlarning rejangiz shafqatsiz va men bunga qo‘shilmayman!
Sua o‘zini jilovlashga harakat qilib kuldi, lekin ko‘zlarida g‘azab uchqunlanib turardi.
— Taehyung seni saqlay olmaydi, Sugan. Bir kun kelib uning o‘zi seni sotadi. Ishonmasang, kuzat.
Taehyung POV:
Men deraza yonida turib, pastdan kelayotgan ovozlarni eshitdim. Sua va Jungkook Suganaga bosim o‘tkazmoqchi edi. Ichimda nimadir yonib ketdi. Men bu muammolarni shunchaki rejaga moslashtirishni istagan odam edim, lekin endi bu reja menda nafrat uyg‘otmoqda edi.
Xonaga kirib bordim va Sua tomon qarab sovuqqina dedim:
— Uning hayotiga qadam bosishga jur’at qilmang.
Sua menga o‘girildi.
— Nega u senga muhim bo‘lib qoldi, Taehyung? U sening o‘yinchang emasmi?
Men hech narsani inkor etmadi. Faqat Suganaga qaradim. Uning ko‘zlarida dahshat va ishonchsizlik bor edi. Shu paytda men o‘zimga e’tirof etdim: Men uni sevib qoldim. Bu bir lahzalik hissiyot emas, balki chinakam tuyg‘u edi.
Sugana Lorenz POV:
Taehyungning qahrli nigohi Sua va Jungkookka qaraganda meni hayratda qoldirdi. U hech qachon meni bunday qat’iyat bilan himoya qilmagan edi. Bu vaziyatda nima bo‘layotganini tushunmasdim, lekin ichimda nimadir o‘zgara boshlaganini his qilardim.
Taehyung Suaga yaqinlashib, sekin va keskin ovozda dedi:
— Unga zarar yetkazmoqchi bo‘lsang, o‘zingni yo‘qotishga tayyor bo‘l.
Sua istehzoli kuldi.
— Taehyung, sen ham bizning o‘yinga tushib qolding. Lekin unutmang, sevgi zaiflikdir, va bu zaiflik seni yo‘q qiladi.
Uning so‘zlari meni hayratga soldi. Taehyung sevgi haqida nima biladi? Bu insonning his-tuyg‘ulari hech qachon menga tushunarli bo‘lmagan. Lekin shu payt Taehyungning nigohlari mening yuragimni larzaga soldi.
Sua Lorenz POV:
Taehyungning birdan o‘zgargan munosabati meni g‘azablantirdi. Bu odam har doim o‘zini sovuqqon va shafqatsiz ko‘rsatardi. Endi esa... bu holat menga zarar yetkazmoqda edi. Chunki men bilardim: agar Taehyung o‘yinimdan chiqsa, rejalarim barbod bo‘ladi.
Jungkook yonimda turar, uning ko‘zlari sovuq edi.
— Ularni bir-biriga qarshi qo‘yishning vaqti keldi, — dedi u past ovozda.
Men bosh irg‘adim. Ha, bu kurash sevgi va qasos o‘rtasida bo‘ladi.
Jungkook POV:
Men Taehyungning zaif tomonini topganimizni tushundim: Sugana. Bu oddiy o‘yinni yanada murakkablashtirardi. Endi Taehyungni mag‘lub qilish uchun Sugananing hissiyotlari bilan o‘ynashimiz kerak edi.
Sua menga qarab dedi:
— Sen Suganani ishonchga kirgizishing kerak. U Taehyungdan uzoqlashsin. Bizning tomonga o‘tishini ta’minlasang, hammasi silliq ketadi.
Men bu vazifani bajara olishimga shubha qilmasdim. Lekin ichimda biror narsani his qilardim: bu qasos menga ko‘proq zarar yetkazishi mumkin edi.
Sugana Lorenz POV:
Kecha tunda uxlay olmadim. Taehyungning so‘zlari, uning meni himoya qilishi haqida bergan va’dalari qulog‘imda takror-takror jaranglab turardi. Lekin shu payt bir savol meni o‘ylantirardi: nega u buni qilmoqda?
Ertalab Taehyung yonimga keldi. Uning qo‘lida bir stakan qahva bor edi.
— Bu sen uchun, — dedi u va stakanni menga uzatdi.
Men uning yuziga qaradim. Ko‘zlarida avvalgidan boshqa narsa bor edi: samimiyat va iliqlik.
— Nega buni qilyapsan? — so‘radim nihoyat.
U indamadi. Faqat chuqur nafas oldi va dedi:
— Chunki sen men uchun muhim bo‘lib qolding.
Men qotib qoldim. Bu so‘zlarni eshitishni kutmagan edim. Taehyung hech qachon o‘z his-tuyg‘ularini ochiq bildirmagan, lekin endi u... buni ochiq aytayapti.
— Sen... meni sevasanmi? — so‘radim shivirlab.
U bir lahza jim qoldi, so‘ngra menga qarab dedi:
— Balki bu sevgi, balki boshqa narsa. Lekin men seni himoya qilish uchun hamma narsaga tayyorman.
Sua Lorenz POV:
Ularning yaqinlashayotganini kuzatib, ichimda yonayotgan nafrat meni harakatga undardi. Jungkook bilan rejamizni muvofiqlashtirib olgach, Suganani o‘z tomonimizga tortishga qaror qildik.
Tongda Sugana bilan yolg‘iz qoldim.
— Seni ogohlantirmoqchiman, Sugana. Taehyung faqat o‘z manfaatlari uchun senga yaqinlashmoqda, — dedim yolg‘on gapirib.
Uning nigohlari qattiq edi, lekin ichida shubha borligini sezdim.
— Menga ishonmasang, o‘zing bil, — dedim davom etib. — Lekin esingda bo‘lsin, Taehyung hech qachon hech kimni haqiqatan sevgan emas.
Taehyung POV:
Men Sua va Jungkookning biror yomon narsa qilishini sezardim. Ularning harakatlarini kuzatib borar ekanman, Suganani bu xavfdan uzoqlashtirishni o‘zimning burchim deb bildim.
Shu payt u bilan yolg‘iz qoldim.
— Men seni olib ketmoqchiman, Sugana, — dedim qat’iyat bilan.
— Bu joy xavfli. Sua va Jungkook senga zarar yetkazishni xohlayapti. Men seni bu o‘yindan olib chiqib ketaman.
Uning yuzida shubha va ishonchsizlikni ko‘rdim.
— Nega buni qilyapsan? Meni bu o‘yinga kim majburlaganini bilaman-ku, Taehyung.
Men chuqur nafas olib, uning yuziga tikildim.
— Chunki men seni sevib qoldim, Sugana.
Uning ko‘zlari katta ochildi, qo‘llari qaltirab ketdi. Bu so‘zlarni u hech qachon kutmagan edi.
𝐖𝐑𝐈𝐓𝐄𝐑: @SUGANA_CR