Dark red
Shia hotdogni yeb oʻtirardi. Zinalar pastidan Jungkook sekin chiqib kelardi. U Shiani koʻrib, miyigʻida kuldi.
U Shianing yoniga borib to‘xtadi.
Shia indamadi, faqat yelka qisdi. Yeyishni davom ettirdi.
Jungkook bir necha soniya turdi, keyin yoniga oʻtirib oldi.
— Sohee seni yana urdimi? — deb so‘radi u.
Shia bu safar ham javob bermadi.
— Nega gapirmayapsan? — dedi Jungkook.
— Chunki sen baribir hech narsa qilolmaysan, — dedi Shia.
Jungkook bu gapdan keyin biroz jim boʻldi. U Shiani yuziga qaradi.
— Bilasanmi, agar sen xohlasang, men yordam beraman, — dedi u. — Lekin doim jim yuraversang, hech kim hech narsa bilmaydi.
Shia bir lahza unga qaradi. So‘ngra boshini egdi.
— Yordam so‘rashdan charchadim, — dedi u sekin.
— Bo‘ldi, unda shunchaki o‘tir. Men ketmayman. Shu yerda o‘tiraman, — dedi.
Shia oxiri hotdogni tugatdi. Qog‘ozni yonidagi axlat qutisiga tashladi. Jungkook yonida jim o‘tirardi. U hech narsa demasdi.
Ikalasi jim bo‘lib, bir necha daqiqa zinalarda o‘tirishdi. So‘ng Shia asta:
Jungkook faqat boshini qimirlatdi.
Jungkook va Shia jim oʻtirishdi. Atrof sokin edi. Jungkook telefonini olib soatga qaradi. Soat 17:42 edi.
— Kech boʻlib qolyapti, — dedi u.
— Uyga qaytasanmi? — deb soʻradi Jungkook.
— Yo‘q, hozircha shu yerda oʻtiraman, — dedi u.
— Bo‘ldi, men seni shu yerda qoldirmayman. Kutaman.
U yonida o‘tirishda davom etdi. Hech narsa demasdi.
Bir necha daqiqa oʻtib, Taehyung zinapoyaning yuqori tomonida paydo boʻldi.
— Shia, seni Sohee chaqiryapti, — dedi u.
Shia norozi koʻrinishda turdi.
— Yana nima kerak ekan, — dedi past ovozda.
— Agar istamasang, borma, — dedi.
— Yoʻq, boraman. Qochib yurishdan foyda yoʻq, — dedi u.
U asta zinapoyadan chiqib ketdi.
— Hali ham uni qo‘riqlayapsanmi? — dedi.
— Ehtiyot boʻl, u oddiy qiz emas, — deb aytdi Taehyung va orqaga qaytdi.
Jungkook esa zinalarda oʻtirishda davom etdi. U Shia haqida oʻylardi, lekin nima qilishi kerakligini hali oʻzi ham bilmasdi.
Jungkook hanuz zinapoyada oʻtirardi. Telefoni titray boshladi. Ekranga qaradi — bu Aveline edi. U javob bermadi. Telefonni choʻntagiga qayta solib qoʻydi.
Shia yuqoriga chiqqach, Sohee uni mehmonxonaga olib bordi. Sohee stolda oʻtirgan edi, oldida bir nechta qogʻozlar turardi.
— Oʻtir, — dedi u sovuq ohangda.
— Bobo seni chaqirgan, — dedi Sohee.
— Men ham bilmayman. Lekin hoziroq borishing kerak.
Shia stol ustidagi telefonni koʻrdi. Unga tegmadi. Sohee unga qogʻozlarni ko‘rsatdi.
Shia qogʻozlarni olib chiqdi. U uy ichida jim yurib borardi. Jungkook hali ham zinapoyada edi. U Shiani koʻrib, turdi.
— Qayerga ketyapsan? — deb soʻradi u.
— Men baribir boraman, — dedi u qisqa qilib.
Shia indamay oldinga yurdi. Jungkook ham orqasidan yurdi.
Ular uyning orqa tomonidagi xonaga yetib borishdi. Xona eshigi ochiq edi. Ichkaridan Dante chiqdi.
— Keldinglarmi? Juda yaxshi. Ichkariga kir, Shia, — dedi u.
Shia va Jungkook ichkariga kirishdi.
Xonada kimdir oʻtirgan edi. Shia uni tanimadi. Jungkook esa toʻxtab qoldi.
— Bu... bu Yunaning singlisi-ku... — dedi u past ovozda.
— Yana muammolar boshlanadi, — dedi ichida.
Jungkook joyida qotib qoldi. U qizni tanigandi. Unga qarab turgan qiz esa hech nima demadi. Shia stolga yaqinlashdi va qogʻozlarni qoʻydi. Dante ularga oʻtirishni aytdi.
— Hozir bu yerda bo‘lishingiz kerak. Barchangiz. Chunki bu masala sizlarga ham tegishli, — dedi Dante.
Jungkook asta o‘tirib, boshini egdi. U hech nima demasdi. Shia esa qizga yana bir marta qaradi.
— Isming nima? — deb so‘radi Shia.
— Sera, — dedi qiz qisqa qilib.
Dante qog‘ozlarni oldi. Tezda ko‘z yugurtirdi.
— Bu hujjatlar Yunaning o‘limidan keyingi mol-mulk va meros masalalari bilan bog‘liq. Sera — uning qonuniy vorisi, — dedi u.
Jungkook qattiq nafas oldi. U endi tushunayotgandi, nima uchun bu qiz bu yerda ekanini.
— Menga nima aloqasi bor? — deb so‘radi u.
— Chunki senga ham ulush tegadi. Yunaning vasiyatida sening isming ham bor, — dedi Dante.
Shia hech nima demasdi. U faqat eshitardi.
Sera esa faqat Jungkookka qarardi. Ko‘zlarini uzmasdan.
— Men bu narsalarni xohlamayman, — dedi Jungkook birdan.
— Bu senga yoqmasa ham, qonuniy tartibda shu holat. Hamma narsa yozilgan. Sen imzo qo‘yishing kerak bo‘ladi.
Jungkook hech nima demadi. Uning ichida g‘alati hissiyotlar uyg‘onayotgan edi. Shia asta turdi.
Shia chiqib ketdi. Jungkook ham bir necha daqiqadan keyin xonani tark etdi. Koridorda Shia uni kutib turardi.
— Nima qilmoqchisan? — deb so‘radi Shia.
— Hozir bilmayman, — dedi Jungkook. — Lekin bular menga kerak emas.
— Lekin bular oddiy narsa emas, — dedi Shia. — Sen hammasini o‘ylab ko‘rishing kerak.
Jungkook indamadi. U devorga suyanib turdi. Shia esa sekin orqasiga o‘girilib yurdi. Endi u ham charchagan edi.
Jungkook devorga suyanganicha turgancha qoldi. U hech narsani tushunmayotgandi. Hammasi birdaniga o‘zgarayotgandek edi. Sera degan qiz paydo bo‘ldi, hujjatlar, vasiyat, meros... Yuna haqida eslash ham unga og‘ir edi.
Shia esa zinapoyadan sekin pastga qarab tushardi. Unga ham bular yoqmasdi, lekin vaziyatdan chiqish kerak edi. Uy jim edi. Faqat Jungkookning og‘ir nafas olgani eshitilardi.
Bir necha daqiqa o‘tgach, Jungkook telefonini chiqarib bir raqamga qo‘ng‘iroq qildi. Ammo hech kim javob bermadi. U qo‘ng‘iroqni yana qaytadan urdi. Yana javob yo‘q.
U oxiri pastga tushdi. Oshxonada Sohee nimadir pishiryapti. Hidi butun uyni bosib ketgan. Shia esa mehmonxonada divanda o‘tiribdi. U hech nima demay, telefonga qarayapti.
— Sohee, Sera hozircha shu yerda qoladimi? — deb so‘radi Jungkook.
— Ha, bobong shunday dedi. Hujjatlar hal bo‘lguncha bu yerda yashaydi.
Jungkook indamadi. U mehmonxonaga kirib Shianing ro‘parasida o‘tirib qoldi.
— Hali hammasi chalkash, — dedi u.
— Men ham aniq tushunmayapman. Lekin ehtiyot bo‘l. Bu qiz oddiy qizga o‘xshamaydi.
Ular jim bo‘lib qolishdi. Hech biri gap boshlashni istamadi. Televizor o‘chgan, xona jim. Faqat tashqaridan mashinalarning ovozi eshitilardi.
Jungkook birdan Shiani chaqirdi.
— Shia, menga yordam berishing kerak. Hamma narsa boshqacha bo‘lib ketdi. Men yolg‘iz eplay olmayman.
— Men yordam beraman. Lekin shart bilan.
— Qanaqa shart? — deb so‘radi Jungkook.
— Hamma narsani ochiq aytasan. Yashirincha harakat qilmaysan. Meni chetga surmaysan.
Jungkook o‘ylanib qoldi, keyin bosh irg‘adi.
Shia unga qaradi. Bu safar ko‘zlarida biroz ishonch bor edi.