June 16

MENDAN QOCHOLMAYSAN

𝟭𝑪𝒉𝒂𝒑𝒕𝒆𝒓

"Sevgi kulrang hayotga rang kiritadigan yoki rangli hayotni kulrang qila oladigan g'alati tuyg'u..."

Bugun maktabdan qaytganimda qo‘limga yana bir kitob oldim. Har galgidek, uning hikoyalari meni boshqa olamlarga olib ketishini bilib, yotoqxonamdagi sevimli burchagimga cho‘kdim. Ammo bu safar tanlagan kitobim avvalgilariga o‘xshamasdi. U o‘zining sirliligiyu davrning uzoqligi bilan darrov meni o‘ziga tortib oldi. 1901-yil voqealarini o‘z ichiga olgan bu kitob avvaliga oddiy tuyuldi, lekin sahifalari o‘qilgan sari sirli eshiklarni ochardi.

Shahzoda va malika haqida hikoya qilishar, ularning sevgi yo‘llarida duch kelgan sinovlari yurakni larzaga keltirardi. Bu hikoyani o‘qir ekanman, beixtiyor o‘zimga savol berdim: "Nega men hech qachon sevib qolmadim? Axir allaqachon ulg‘aydim, bu yil o‘n birinchi sinfga ham kirdim-ku."

Oxirgi bobni o‘qiganimda esa yuragimda yengillik his qildim. Ularning hikoyasi baxtli yakun topmagan edi. Bu achchiq voqeaning men uchun qandaydir tasallisi bor edi, xuddi sevgining alamidan o‘zimni asrab qolganimga o‘xshab. Kitobni yopdim, lekin yuragimda bir orzu uyg‘ondi – yana o‘qish, yana o‘sha sehrli dunyoga qaytish. Kitobning nomi esa o‘zimni yana qayta undayotgandek edi: "Menga sevgi ko‘zlari bilan qara."

O‘zimni o‘ylarga ko‘mib turganimda, eshik ochilib, oyimning tanish ovozi eshitildi:
– Azizam, Runa, ovqat yeyishing kerak. Yuraqol.
– Mayli, hozir, – dedim va sekin o‘rnimdan turdim.

Ovqat paytida oyim yuzimga qarab, ichimda nimadir borligini sezdi shekilli, savol bera boshladi:
– Bugun kayfiyating nega yo‘q? Biror narsani o‘ylab yuribsanmi?
– Hech nima bo‘lmadi, oyijon, faqat kitoblarim haqida o‘ylayapman, – dedim.

Oyim boshini irg‘ab, bu javobdan qanoatlanmadi, ammo savolini davom ettirmadi. Ovqatdan so‘ng idishlarni yuvdim, oyim esa xonasiga kirib uxlab qoldi. Men ham o‘z xonamga qaytdim va yotishga chog‘landim.

Tun jim edi. Ko‘zlarimni yumgancha uyquga ketayotganimda, birdan yuzimga kimningdir muloyim teginishi sezildi. Bu shunchalik yoqimliki, bir lahza yana chuqur uyquga botgim keldi. Ammo ko‘zlarimni ochib, atrofga nazar tashlaganimda, qaltirab ketdim. Men uyimda emas edim! Atrofda dabdabali qasrning yorqin manzaralari, oltin bezaklari jilolanardi.

Shu payt eshik ochilib, muloyim ovoz eshitildi:
– Honim, nihoyat ko‘zlaringizni ochdingiz!
– Men... men qayerdaman? – deya so‘radim titroq ovozda.

Hizmatkor qiz yengil ta’zim qildi:
– Malikam Aveline, siz o‘zingizning qasringizdasiz. Qattiq yiqildingiz shekilli, shuning uchun o‘zingizga keling. Endi yaxshimisan?

To‘satdan aqlimda bir haqiqat yarq etib chaqnadi – men o‘sha kitobdagi dunyoga tushib qolgandim! Endi men malika Aveline edim. Bu qanday sodir bo‘lganini anglashga ulgurmay, yugurib oynaga qaradim. Yuzim – bu mening o‘z yuzim edi, ammo kiyimlarim... ular huddi malikalarniki kabi hashamatli edi.

Shu payt yana eshik ochilib, uzoqdan bir erkak menga qarab yaqinlashib keldi. Uning yuzi, jilvasi, hatto qadam tashlashi ham maftunkor edi. Bu – o‘sha Kim Taehyung edi!

U menga kulib qaradi va dedi:
– Mening chirog‘im uyg‘onibdi-da. Eshtishimcha, qattiq yiqilibsan. Yaxshimisan?
– Nega meni "chirog‘im" deb atayapsiz? – deya qiziqish bilan so‘radim.
– Bu so‘zning ma’nosi shuki, sen mening hayotimni yoritadigan insongan. Chirog‘im – sen, Aveline. Nega mendan o‘zingni olib qochyapsan?

Uning so‘zlari yuragimni larzaga soldi. Lekin bu lahzalar qanchalik yoqimli bo‘lmasin, ichimda nimadir notinchlik hissini uyg‘otardi. O‘zimni odatdagidek tutishga harakat qildim.

U asta davom etdi:
– Bugun kechki bazimga boramiz. Hardoimgidek, qizil rangdagi libosingni kiy. U senga shunchalar yarashadiki, hech bir nigoh sendan uzilolmaydi.

Men xursand ham, xavotirda ham edim. Oldimda qanday kechalar kutayotgani haqida hech qanday tasavvurim yo‘q edi...

Taehyungning so‘zlari haligacha qulog‘im ostida jaranglardi. Qizil libos, bazim... Bu hammasi qiziq edi, ammo ichimdagi hadik bosilmadi. “Bu dunyo shunchaki tushmi yoki haqiqiymi?” degan savolga javob topolmasdim. Ammo vaziyatga moslashishdan boshqa choram yo‘q edi.

Qizil ko‘ylakni kiyib, sochlarimni oppoq gullar bilan bezashga yordam berishayotgan xizmatkorlarga qarar ekanman, atrofda ajoyib muhit hukmron edi. O‘zimni xuddi boshqa zamon, boshqa olam malikasi kabi his qilardim. Har nafasim bu olamning sehriga bog‘lanib borardi.

– Malikam, hammasi tayyor. Sizni kechki bazimda intiqib kutishmoqda, – dedi xizmatkorlardan biri yengil ta’zim qilib.

Men faqat bosh irg‘ab, hech nima demadim. Yuragim tez-tez urar, qasr zallari orqali yurganim sari oyoqlarimni nimadir ushlab qolgandek edi. Nihoyat, katta zal eshigiga yetib keldik. Eshik sekin ochildi va barcha nigohlar menga qadaldi. Zal hashamatli edi, oltin bilan bezatilgan devorlar, marvarid chiroqlar nur sochardi.

Taehyung zaldagi mehmonlarni orqasida turgan edi. U yonimga kelib, qo‘lini uzatdi:
– Mening chirog‘im, hush kelibsan.

Men sekin uning qo‘lini tutdim. Nigohlarimiz to‘qnashganda yuragimda g‘alati his paydo bo‘ldi. Lekin bu mehrmi yoki shunchaki hadik ekanini anglolmadim. Biz bazimning markaziga yo‘l oldik. Taehyungning lablarida sirli tabassum, ko‘zlarida esa nimadir yashiringandek edi.

Bazim davom etar ekan, ichimda ajib bir quvonch bilan birga notinchlik hukmron edi. Mehmonlar bilan tanishtiruvlar, xushomadlar, ajoyib musiqalar... Bularning bari tashqi olam edi, lekin ichimdagi savollar jim bo‘lmasdi.

Bir mahal Taehyung meni chetga olib chiqdi. Biz qasrning balkoniga chiqdik. Tashqarida yulduzli osmon uzra sokinlik hukm surardi. Uning ovozi esa yulduzlar jilvasidek sokin va ishonchli edi:
– Aveline, men seni ko‘rganimda hayotimning mazmunini topgandek bo‘laman. Sensiz bu dunyo ma’nosiz.

Men unga qarab, qaltiragan holda dedim:
– Taehyung, bu yerda nima bo‘layotganini tushunmayman. Men bu dunyoda o‘zimni begonadek his qilaman...

U yengil kuldi va yuzimga muloyim teginib dedi:
– Aveline, bu dunyo sening dunyoying. Faqat ishon. Taqdir bizni birga qo‘shdi. Menga imkon ber – men senga bu yerdagi haqiqiy baxtni ko‘rsataman.

Uning so‘zlari qalbimga kirib bordi. Lekin xuddi shu lahzada bir xizmatkor yugurib keldi.
– Janob Taehyung, sizni chaqirishmoqda.

U menga qaradi va muloyimlik bilan dedi:
– Men tezda qaytaman. Senga hech kim zarar yetkazolmaydi.

U ketgach, balkonning sovuq havo quchog‘ida yolg‘iz qoldim. Endi bu hikoya qanday davom etishini bilmasdim. Ammo bilardimki, oldinda meni taqdirning sirli, jumboqli yo‘llari kutmoqda...

1-qism tugadi reaksiya va comment yozish esdan chiqmasin ushbu fanfic Runa uchun yozilmoqda umid qilamanki unga ham juda yoqadi