"Dark Affection" (Qorong‘i muhabbat)
2BOB
muallif:sendan nafratlanaman ham sevaman ham lekin unutma seni unutmayman
Sugana Lorenz POV:
Bu kecha o‘zgacha edi. Taehyungning nigohida biror narsaning o‘zgarganini sezdim. U avvalgidek sovuqqon emasdi. Nigohlari bir lahza bo‘lsa ham meni quvvatlashga harakat qilayotgandek edi.
O‘sha paytda Sua va Jungkook yana qandaydir rejalar tuzish uchun xonadan chiqib ketishdi. Men va Taehyung yolg‘iz qoldik. Xonani sukunat qopladi.
Taehyung asta menga qaradi. Bu safar uning ko‘zlarida nafrat yoki befarqlik emas, balki g‘alati bir iliqlik bor edi.
— Nega menga ishonasan, Sugana? — dedi u birdaniga.
Men qizarib ketdim.
— Ishonmayman. Faqat sen boshqa variant qoldirmading. Men tanlashga majburman.
U menga yaqinlashdi va qattiq kuldi.
— Sen tanlashga majbursan, lekin men buni o‘zgartira olaman.
Men hech narsani tushunmasdim. Taehyungni oldimga o‘tqazib, yuziga tikildim.
Taehyung menga boshdan oyoq qaradi. Uning ovozi endi yumshoq va samimiy edi:
— Men seni asrayman, Sugana.
Bu so‘zlar meni larzaga soldi. Bu odam faqat o‘z foydasi haqida o‘ylardi-ku. Nega endi menga yordam berishni xohlayapti?
Men bu hisni qabul qilishni xohlamadim. Sugana faqat Sua bilan bo‘lgan kurashda bir vosita edi. Lekin u haqiqatan ham boshqacha. Uning pokligi, qat’iyati, va hatto qanchalik zaifligini bilganimda, yuragimda nimadir o‘zgardi. Yo‘q, bu zaiflik. Lekin buni to‘xtatolmayapman... Men unga o‘rganib qoldim.
Yarim tun. Villaning ichida og‘ir sukunat hukmron edi.
Havo qalin edi, go‘yo butun xonadagi odamlarning nafrati va rashki uni bosib turgandek. Taehyung, Sugana, Sua, va Jungkook bir-biriga tikilib turishardi. Har birining yuragida maqsad va qalbida kurash bor edi.
Taehyung qurolini asta qo‘liga oldi, ammo harakatida hech qanday shoshilinchlik yo‘q edi. U o‘z kuchini bilardi va boshqalarning harakatini oldindan seza olardi. U jilmayib so‘z boshladi:
— Qiziq, bugun bu yerda nima sodir bo‘lishini hammamiz bilamiz. Ammo sizni qiziqtirgan narsa shu emas, to‘g‘rimi?
Sua o‘zini yo‘qotmadi, lekin ichida adolat va nafrat birlashib, uni qurollantirayotgandek edi. U xotirjam gapirdi:
— Taehyung, sen hammamizning hayotimizni vayron qilding. Bugun esa javob berish vaqti keldi.
Jungkook Suaning yonida turardi, uning yuzidagi ifoda qat’iy edi. U asosan jim bo‘lsa-da, bu jimlikda juda ko‘p gap yotardi. Ammo bir lahzalik sukutdan so‘ng u gap boshladi:
— Biz sening o‘yiningga kirdik, Taehyung. Lekin endi bu o‘yin bizning qoidalarimiz bilan davom etadi.
Sugana esa bu gaplarning barchasidan charchagandek, boshini chayqab gapirdi:
— To‘xtanglar! Bu qadar nafrat va qon to‘kilishining oxiri qayerda? Nega bir-biringizni yo‘q qilishga intilyapsizlar?
Taehyung unga tikilib qaradi. U juda sovuqqon va o‘ylangan ohangda javob berdi:
— Chunki bu hayotda faqat kuchlilar g‘alaba qozonadi, Sugana. Va men hech qachon yutqazmayman.
Men uchun bu faqat qasos edi. Taehyung mening oilamni, hayotimni va bolaligimni yo‘q qilgan. Uni yer bilan yakson qilmaguncha bu yurak tinchlik topmaydi. Ammo Sugana, mening qizcha singlim, bu jangning o‘rtasida turib, menga xiyonat qilayotgandek edi. U Taehyungni himoya qilardi, lekin nega? Nega u meni tushunmayapti?
Jungkook bilan bo‘lgan kelishuvimiz oddiy edi: Taehyungni yo‘q qilish. Ammo bir narsa meni Jungkook haqida hayratda qoldirardi. Uning ko‘zlarida nimadir yashirin edi – o‘zining yashirin rejasi. Unga butunlay ishonish mumkinmi?
Ammo bu haqida o‘ylashga vaqt yo‘q edi. Taehyung harakat qilishi bilan men o‘z qadamimni tashlashim kerak edi.
Sua meni nafrat bilan qarshi oldi, lekin men bunday odamlarni yaxshi bilardim. Ular nafratdan kuch oladi, lekin o‘zlarining zaif joylarini yashira olmaydi. Uning zaifligi – bu Sugana edi.
Jungkook esa boshqa masala edi. U ko‘z ostida harakat qilardi, hech qachon o‘z niyatini ochiq aytmasdi. Lekin men bilardim: u menga qarshi emas, balki bu jangda o‘z o‘yinini o‘ynayotgan edi.
Sugana esa bu o‘yinda hammaning markazida edi. Unga qarab turib, men o‘zimni g‘alati his qilardim. Yo‘q, bu sevgi emas edi. Bu – taqdirning meni unga bog‘lab qo‘ygan zanjirlari edi.
Bu jang oddiy emasdi. Bu nafaqat Taehyungni, balki men va Sua o‘rtasidagi kuchni ham sinovdan o‘tkazadigan jang edi. Sua menga yordam bera oldi, lekin uning ichida yashirin bir narsani sezardim.
Taehyungni yengish oson emas edi. U harakatni oldindan sezish qobiliyatiga ega edi. Ammo men ham bir oddiy kishi emasdim. Mening kuchim – bu sabr va imkoniyatni sezish edi.
Sua yonimda qotib turardi. Ammo men bilardim: uni bu jangga faqat nafrat olib kelgan. Va bu nafrat bizning kuchimizni birlashtirardi.
Taehyung birinchi bo‘lib harakat qildi. U qo‘lidagi qurolni yuqoriga ko‘tardi va Suaga qarata o‘qtaldi. Ammo Sua uning harakatini oldindan sezdi va yon tomonga o‘zini otdi. Shu payt Jungkook uning orqasidan chiqib, Taehyungga zarba berishga urinib ko‘rdi, lekin Taehyung buni ham oldindan sezdi.
— Taehyung, bas qil! Hech bo‘lmasa bu yerda meni tingla!
Taehyung to‘xtab, unga qaradi. Shu payt Sua vaziyatdan foydalanib, unga qarata pichoq otishga urindi. Ammo pichoq Taehyungni tirnamadi ham. U tezda orqaga qadam tashladi va kuldi:
— O‘ylaganingizdan ham kuchli ekanligimni tushundingizmi?
Ammo hech kim kutmagan narsa sodir bo‘ldi. Sugana uning yoniga kelib, qurolni olishga urindi. Bu holatda Taehyung o‘zida yo‘q holda uni tortib oldi.
— Sugana, nima qilmoqchi eding?!
— Men hech kimning qoni to‘kilishini istamayman.
Shu payt Jungkook orqadan kelib, Taehyungni yerga yiqitdi. Sua esa uning qurolini olib, uni maqsadga qaratdi.
— Bu safar sen yo‘q qilinishing kerak, Taehyung.j
Ammo bir narsa noto‘g‘ri edi. Taehyung hech qachon qo‘rquv ko‘rsatmasdi, lekin bu safar u jilmayib turardi.
Taehyung:
— Siz meni yengganingizni o‘ylaysizmi? Yo‘q. Bu hali boshlanishi.
Sugana Lorenz POV:
Bu kecha o‘zgacha edi. Taehyungning nigohida biror narsaning o‘zgarganini sezdim. U avvalgidek sovuqqon emasdi. Nigohlari bir lahza bo‘lsa ham meni quvvatlashga harakat qilayotgandek edi.
O‘sha paytda Sua va Jungkook yana qandaydir rejalar tuzish uchun xonadan chiqib ketishdi. Men va Taehyung yolg‘iz qoldik. Xonani sukunat qopladi.
Taehyung asta menga qaradi. Bu safar uning ko‘zlarida nafrat yoki befarqlik emas, balki g‘alati bir iliqlik bor edi.
— Nega menga ishonasan, Sugana? — dedi u birdaniga.
Men qizarib ketdim.
— Ishonmayman. Faqat sen boshqa variant qoldirmading. Men tanlashga majburman.
U menga yaqinlashdi va qattiq kuldi.
— Sen tanlashga majbursan, lekin men buni o‘zgartira olaman.
Men hech narsani tushunmasdim. Taehyungni oldimga o‘tqazib, yuziga tikildim.
Taehyung menga boshdan oyoq qaradi. Uning ovozi endi yumshoq va samimiy edi:
— Men seni asrayman, Sugana.
Bu so‘zlar meni larzaga soldi. Bu odam faqat o‘z foydasi haqida o‘ylardi-ku. Nega endi menga yordam berishni xohlayapti?
Men bu hisni qabul qilishni xohlamadim. Sugana faqat Sua bilan bo‘lgan kurashda bir vosita edi. Lekin u haqiqatan ham boshqacha. Uning pokligi, qat’iyati, va hatto qanchalik zaifligini bilganimda, yuragimda nimadir o‘zgardi. Yo‘q, bu zaiflik. Lekin buni to‘xtatolmayapman... Men unga o‘rganib qoldim.
Jungkook va Sua rejalarini amalga oshirish uchun yana yig‘ilishdi. Ammo Taehyung endi ularni to‘xtatishga qaror qildi. U Suganani himoya qilishni o‘z burchi sifatida his qila boshladi. Shu bilan birga, Taehyung o‘zining ichki hissiyotlari bilan kurashmoqda edi.
Sua: "Suganani himoya qilish kerak emas, Taehyung. U faqat bizning kurashimizni qiyinlashtiradi."
Taehyung: "Yo‘q, men uni himoya qilaman."
Bu qarama-qarshilik Taehyung va Sua o‘rtasida kuchli ziddiyatga olib keladi. Shu paytda Taehyung Suganaga chin yurakdan mehr qo‘yib ulgurgan edi, lekin o‘z sevgisini tan olishga hali tayyor emas edi.
𝐖𝐑𝐈𝐓𝐄𝐑: @SUGANA_CR