Unforgettable betrayal
Aveline pov:Tugʻilganimdan buyon oyimni koʻrish orzusi menda mavjud. Har bir bola onasini bagʻridan ajralmas bir vaqtida men onamni hatto bir marotaba ham koʻrish baxtiga ega boʻlmaganman. Har doim dadamni gaplari meni shashtimni soʻnishiga sabab boʻlardi, har safar bir gapni eshtib turli xil hayolllar qilardim va orzularim sayin sekin sekin qadam bosardim. Yagona orzuyim esa onamni koʻrish. Garchi dadam uni osmonda desada men uchib borib uni koʻrishni va uni bagʻridan chuqur nafar olishni xohlardim. Yosh edim atigi 5 yosh.. hayot kutilmagan sirlarga bor kim ham biladi debsiz men tugʻilganim uchun tovonni oyim berishlarini. Oyim meni tugʻgan oni dunyodan koʻz yumgan..
Bir payt, otasining dag‘al ovozi xonada yangradi:
— Aveline! Yana nima o‘ylayapsan? Bugun holang keladi. Yodingda bo‘lsin, unga qo‘pollik qilma! Mening g‘azabimni keltirsang, nima bo‘lishini bilasan!
Aveline qo‘rquv ichida, yerga tikilgan ko‘zlarini sekin ko‘tardi:
— Dada, men... Men holamga qo‘pollik qilmoqchi emasman... faqat, nega u yana kelmoqchi ekan?
Otasi jahldan qizarib ketdi va o‘sha zahotiyoq javob berdi:
— Gap qaytarma! Men nima desam, xuddi shuni qil!
Qizning ko‘zlaridan yosh oqib ketdi. Uning ovozi mayin va titroq edi:
— Dada... Nega siz shunchaki mehribon bo‘la olmaysiz? Men onamning o‘limida aybdor emasku. Men faqat qizingizman. Nega meni baqir-chaqir bilan jazolaysiz?
Ammo bu gaplar otasining jahdini yanada qo‘zg‘atdi. U oldinga bir qadam tashlab, qizning yuziga qattiq tarsaki tushirdi:
— Men senga aytdim, menga gap qaytarma deb! Sen ham onangga o‘xshab tarbiyasizsan!
Aveline nafasi bo‘g‘ilib, ko‘z yoshlarini arta boshladi:
— Onam haqida bunday demang, dada! Axir siz uni sevganman degansiz-ku! Nega bunday so‘zlarni aytayapsiz?
Otasi yuzini o‘girdi, nigohlari uzoqlarga tikildi.
— Ha, sevganman... Lekin u menga xiyonat qilgan. Bu ishni hech qachon kechira olmayman.
Avelinening yuragi yana bir bor qaqshadi. Ammo bu savol uning tilida qolaverdi: "Nega?"
Quyoshning iliq nurlari Hananing yuziga urilar, u sekin ko‘zlarini ochdi. Xizmatkorning odobli ovozi uning qulog‘iga chalindi:
— honim, soat 6:55 bo‘ldi. Kech qolmaslik uchun tayyorlanishingiz kerak.
Hana boshini silkitib, mayin ovozda javob qildi:
— Hozir turaman. Kiyimlarimni tayyorlab qo‘yib, chiqib ketaver.
U maktabga borish uchun mashinaga chiqarkan, har bir nigoh uni kuzatardi. Maktabdagi eng chiroyli va boy qiz bo‘lishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor edi. Dugonalari uning atrofida bo‘lishdan mamnun edi, lekin ular doimo uning boyligi uchun yurganini Hana bilardi.
Kechga yaqin, darslar tugagach, Jonson unga yaqinlashdi. Ko‘zlarida yaltirash, tilida iltimos bor edi:
— Hana, bugun restoranga birga boramizmi? Bu safar hisobni men to‘layman. Bilasanmi, men faqat sen bilan birga ovqatlanish uchun kunu tun ishladim. Iltimos, rad etma.
Hananing yuragi tez ura boshladi. U Jonsonni 5-sinfdan beri yoqtirardi. Lekin o‘z sevgisini yashirish uchun sovuq muomala qilardi. Shu safar nimadir uni to‘xtatib qoldi va jilmayib javob berdi:
— Mayli, boraman.
Minatozaki yonida turib, e’tiroz bildirdi:
— Hana, axir sen biz bilan ovqatlanmoqchi eding-ku!
Hana jilmayib, yelka qisdi:
— Axir Jonson kunu tun ishlagan. Unga raxmim kelyapti, shuning uchun borishga rozi bo‘ldim.
Jonson bu gaplarni eshitib, xijolatli jilmaydi.
Restoranda ular jim o‘tirishdi, lekin Jonsonning ovozi jimlikni buzdi:
— Hana, sen ba’zida shunchalik jiddiy bo‘lasanki, ammo jilmayganingda yuzingda quyosh paydo bo‘lganday bo‘ladi.
Hana bir lahza o‘ylanib, sekin javob berdi:
— Men ham o‘zimni ba’zan tushunmayman. Lekin... seni tushuna olaman.
Jonson sekingina kuldi va javob berdi:
— Nega men seni sevaman, deysanmi? Chunki yulduzlar ko‘p, lekin oy faqat bitta va u boshqacha.
Hananing yuzida mayin jilmayish paydo bo‘ldi.
— Boshqacha deysanmi? Lekin bilasanmi, men ortimdan yurganlarning hech biriga senday mehr bera olmayman.
Bu tun Hana va Jonsonning yuraklariga muhabbatning ilk qo‘ng‘iroqlari urilgan edi.
@Ophidra_fanfic - kanali uchun maxsus.