Unforgettable betrayal
Tong. Xona ichi sokin. Holasining e'tirozlari va otasining dag‘alliklariga o‘rganib qolgan Aveline bu safar o‘zida bir oz qat'iyat his qildi. Har tong qattiq so‘zlar eshitishdan charchagan qiz bu gal o‘z ichidagi savollarga javob topishga harakat qilmoqchi edi.
O‘zi bilan suhbatlashib ketdi:
"Men hammasiga chidab kelganman. Lekin qachongacha? Nega har bir qilgan ishlarimga biror yomonlik izlashadi? Nega mening orzularim hech kimga qiziq emas? Onamning yonida bo‘la olmasam ham, hech bo‘lmasa uning kim ekanini bilishim kerak. Nega otam hech narsani tushuntirmaydi?"
Holasi ovqatlanish xonasida kutib turar ekan, yana o‘sha tanqid ohangida gap boshladi:
— Aveline, sen hech narsaga arzimaydigan qizsan. Faqat o‘z qobig‘ingga o‘ralib olasan. Hayot seni chetga surib qo‘ygani aniq.
Aveline uning gaplarini sukut bilan eshitdi. Har safar bu gaplarni eshitganda qattiq xafa bo‘lardi, lekin hozirda yuragidagi alam boshqacha bir kuchga aylana boshlagandi.
Ovqat paytida otasi ham odatdagidek jiddiy edi. Bir payt uning holasi birdan:
— Bizga yangi xizmatkor kerak, — deb gap boshladi. — Aveline, endi uy ishlariga sen qaraysan. Ko‘p o‘ylab o‘tirma.
Bu gap Avelinening ich-ichidan g‘azabini qo‘zg‘adi, ammo u biror narsa demadi. Faqat ichida bir qarorga keldi:
"Bu hayotni o‘zgartirishim kerak. Onamning o‘limi bilan bog‘liq sirni bilmasam, hech qachon tinchimayman."
Tunda, hamma uxlagach, Aveline otasining xonasidagi eski sandiqni ochdi. U yerda onasiga tegishli bir necha surat va xat bor edi. Suratlar ichida birida onasining kulib turganini ko‘rdi. Aveline suratni uzoq vaqt ko‘zdan kechirib, o‘zicha pichirladi:
— Onajon, meni kechiring. Sizni hech qachon ko‘rmasdan ulg‘aydim. Lekin sizni topish uchun qo‘limdan kelganini qilaman.
Xatlarni o‘qishga kirishdi. Ulardan birida shunday yozilgandi:
"Men uchun hech qachon qayg‘urma, qizim. Agar bu xatni topib o‘qiyotgan bo‘lsang, demak, men ketganman. Lekin bir narsani unutmang: sizdagi kuch — sizni hech kim sindira olmaydi."
Avelinening ko‘zlaridan yosh oqdi. Bu so‘zlar unga o‘zining to‘g‘ri yo‘lda ekanini isbotladi. Endi u bir narsani aniq bilardi:
"Men bu hayotning zulmiga qarshi kurashaman. Onamga bo‘lgan orzu va sevgi meni to‘xtata olmaydi."
Ertasi kuni, Aveline birinchi marta holasining gaplariga javob qaytardi. U bu safar ovozini baralla chiqardi:
— Siz meni sindira olmaysiz. Men boshqacha hayot uchun kurashaman.
Holasi bu gapdan hayron qoldi. Otasi esa uzoq vaqt unga tikilib turdi, lekin biror narsa demadi.
Bu Avelinening hayotidagi yangi sahifaning boshlanishi edi. U endi nafaqat onasining sirlarini bilishga intilar, balki o‘z hayotini o‘zi boshqarish uchun ham dadil qadam tashlardi.
Kechasi yana sokin. Lekin bu safar Aveline ko‘p narsani o‘zgartirishga tayyor edi. Yuragida qandaydir qorong‘u, ammo kuchli his uyg‘onib, uni hayotining sirlarini ochishga undardi. Holasining uyquga ketganini eshitgach, yana sandiq oldiga bordi. Bu safar u bir necha varaqlangan, qon dog‘lari bilan qoplangan bir xatni topdi. Xatda faqat bir satr yozilgan edi:
"Haqiqiy o‘lim — unutishdir."
Xatni o‘qir ekan, yuragidagi qiziqish va qo‘rquv aralash hislar kuchayardi. Lekin qiziqish uni yanada chuqurroq tortardi.
Tongga yaqin bir narsani sezganday bo‘ldi. Balki bu yomon his edi, yoki ichki ovozining qichqirig‘i. Lekin shu lahzada u nimadir yomon voqea sodir bo‘lishini his qildi.
Jonson bilan kechgan voqealar Hananing qalbida haligacha aks-sado berar edi. Otasining tazyiqi, boylik va ijtimoiy mavqei uni sevgisidan voz kechishga majbur qilayotgandi. Lekin bu tun Hana uchun ham o‘zgacha edi. Yomg‘ir tomchilari deraza oynasini urib turganda, u Jonsonni yana bir bor o‘yladi. Unga bo‘lgan tuyg‘ulari har qancha chiroyli bo‘lmasin, ich-ichidan Jonson bilan bo‘lish baxti uni uzoqqa olib ketmasligini bilar edi.
Tun yarmida telefon titradi. Qiziq, bu paytda kim bo‘lishi mumkin? Ekranda Jonsonning nomi paydo bo‘ldi. Hana nafasini ushlab, qo‘ng‘iroqni qabul qildi.
— Hana, — dedi Jonson. Uning ovozida umidsizlik ohangi bor edi. — Menga ko‘proq vaqt kerak. Men seni olib ketishga tayyor emasman. Lekin seni sevaman.
Hana jim qoldi. U ichida bir narsani aniq bilar edi: Jonsonning muhabbati uni har qancha tortmasin, otasining zulmi undan ko‘ra kuchliroq edi. Ammo yuragi baribir o‘z sevgisini yashira olmasdi.
— Jonson, — dedi Hana, ovozini nazorat qilgan holda. — Biz bir-birimizni sevamiz. Lekin bu yetarli emas.
— Nima demoqchisan? — so‘radi Jonson.
— Bu sevgi bizni faqat zulmatga olib boradi, — deya davom etdi Hana. — Lekin agar birga
Aveline uzoq o‘ylab turdi. U onasining sirlarini bilishga intilardi, lekin ichida nimadir uni hayratda qoldirardi. O‘sha qonli xatni o‘qiganidan keyin u ichki ovozini eshitayotganday bo‘ldi:
"Haqiqiy haqiqat qorong‘ulikdan boshlanadi."
Tong otar ekan, uy ichida qandaydir g‘alati ovozlar eshitildi. Holasi bilan otasi qattiq tortishib turishardi. Aveline ularning so‘zlarini tinglash uchun eshik yonida turdi. Holasining ovozi titroq bilan chiqardi:
— Sen uni bu narsalardan xabardor qilmasliging kerak edi! Agar bu sirni bilib qolsa, bizning barchamiz yakson bo‘lamiz!
Otasi javob qaytardi:
— U bilishi kerak. Qonidan kelgan qismatni yashira olmaymiz!
Bu gaplar Avelinening ichida yana bir ko‘proq savollarni uyg‘otdi. U o‘zini kuchsiz his qilardi, lekin ichidagi zulmat va qiziqish uni dadil qadam tashlashga undardi.
O‘sha kun kechqurun Aveline yashirin eshik ortida qandaydir o‘tkir bir narsani his qildi. Eshikni ochib qaraganida, u yerda onasining suratini va qandaydir qoralangan kitobni topdi. Kitob ichida faqat bitta yozuv bor edi:
"Qorong‘ulikda saqlanadigan sirlar, yolg‘on yorug‘likda yo‘q bo‘ladi."
U kitobni ko‘tardi va uni o‘qish uchun tayyorlandi. Chunki bilar edi: hayoti endi avvalgiday bo‘lmaydi.
@Ophidra_fanfic - kanali uchun maxsus.