March 28

Sening telba oshigʻingman

*Qo'riqchilar darrov bosh irg'ib Unikani bilagini qisib qiynayotgan erkakalar stoli tomon yo'l oldi. Stolga yetib borishgach, ularning keng yelkali va muskul qo'lli tanalari Unikani 2tarafdan o'rab oldi. Biror ogohlantirish yoki so'zsiz, ular 2erkakni qo'lidan ushlab, uni Unikaning bilagidan bo'shatishdi. So'ng ularni tashqariga sudrab, mashinaga ortishdi. 2erkak bo'lsa biror shikoyat yoki qarshilik qilishga ham ulgurmadi, hayollari nima bo'layotganini tahlil qilish bilan band edi. Keyin qo'riqchilardan biri haydovchi tomon borib, unga 2erkakni uyga olib borib bog'lab qo'yib keyin yana qaytib kelishini buyurdi va cafega qaytib kirdi.*

*Qo'li bo'shatilgan va 2gavdali qo'riqchilar tomonidan o'rab olinganini payqagan Unika birdan xayotir ola boshladi, bular kim o'zi? Nega unga yordam beryabdi? Balki o'zlarini foydalari uchun ishlatishmoqchidir? Uning yelkasidagi qaynoq taftli qo'llar qizni hayollaridan chalg'itib yubordi. Jungkook 2erkak olib ketilgach, o'rnidan turib qiz tomon borgandi, qanday e'tiborini tortishni bilmay yelkasiga qo'lini asta qo'ygandi. Ammo bu paytdagi g'alati tuyg'u... Jungkook va Unika uchun ham yangi, ham murakkab ammo yoqimli hissiyot edi.*

Unika hayollaridan chalg'ib, yigit tomon katta ochilgan ko'zlari bilan unga qaradi.*

Jungkook: yaxshimisan? Qo'ling og'rimayabdimi?

Unika: *nima deyishni bilmay, birdan so'zlar bo'g'ziga tiqilib qoldi* a? Ha... men... y-yaxshiman. Ra-raxmat. *Ta'zim qilib* ming bor uzr janob.

*so'ng darrov Jungkookdan uzoqlashib, o'z ishiga qaytdi. Hayollari to'zg'igan: na erkaklar haqida o'ylashni bilardi, na Jungkookning iliq taftini eslashni, va na o'zi nega bu yerdaligini anglab yetardi... shu hayollar bilan u yana qahva tayyorlashga tushdi (hech Kim buyurmagan, tasodifiy qahva), ammo behosdan qo'liga qaynoq suv to'kilib, uni kuydirdi*

*buni ko'rgan Jungkookning yuragi xavotirdan tezroq ura boshladi, Unika tomon borib uning jarohatini tekshirishni, bag'rida birozga bo'lsada tutib turishni, u haqida ko'proq bilishni xohlardi ammo qanchalik qiyin bo'lmasin o'zini tiyib turishi shart. Ular do'st tugul hali oddiy tanishlar ham emas, ularda bori oddiy mijoz va ofitsiant munosabatlari, ammo ikkisi ham bexabar bo'lgan sevgi uchqunlari...💫

*Unika qaynoq suvni terisida sezgach, darrov reallikka qaytib og'riqni his qildi va qo'lini sovuq suvga darrov yuvib tashladi. Issiqlik ketgach, bosh barmog'ining orqasida kichik kuygan iz qolib ketdi*

Unika: lanati, o'zi shu yetmay turgandi*Jungkook uning har bir aytgan past ovozli so'zlarini ham eshita olardi, "shu yetmay turgandi? U nima haqida gapiryabdi? Boshqa muammolari ham bormi? Hayoti shunchalik qiyinmi bu quyoshchamni?" Ha, "quyoshcha" Jungkook Unikaga sevgi munosabatlaridan oldin topib olgan laqabi edi😁. Albattada, bunday olib qarasak, Jk uni uchratgandan so'ng asta o'z sovuqqonligini yo'qotdi, xulqi o'zgardi, hayotida ma'no paydo bo'ldi, bemani odatlari kamaydi, va asosiysi zulmatda nur sochgan gulni ko'rganday his qilardi yigit o'zini.*

Kafedan so'ngi mijoz ham chiqqach, Jungkook ham 2qo'riqchisi bilan chiqdi, lekin ketishmadi. Chunki oktabr oyining oxiri, ko'chalar qorong'u va sovuq, Jungkook o'zi qayg'uradigan odam va narsalarni bunday qiynalishini hech xohlamagan, xohlamayabdi, xohlamaydi ham. U orqa oynalari qora moshinasida jimgina qahvaxona eshigiga tikilarkan, Unikani chiqishini kutardi. Ammo 9.30bo'lsa ham u chiqa qolmadi.*

*Soat 10.24larga yaqin, qahvaxona chiroqlari o'chirilib ichidan Unika ko'z yoshlar bilan chiqib keldi*

FLASHBACK]Qo'lini kuydirgan qiz, oshxona ichida qo'lining jarohati sababli buyumlarni yaxshi ushlolmasdi va bir qimmat idishni sindirib qo'ygandi. Buni bilgan boshliq ish vaqtidan so'ng uni xonasiga chaqirtirgandi. Ish tugagach Unika boshliq (Boss) xonasini taqillatdi

Unika: kirsam bo'ladimi, janob?Boss: *sovuq ovozda* kiring!

eshikni sekin ochib, ko'zlari yerga qadalgan Unika paydo bo'ldi xonada.*

Unika: boya chaqirtirgan edingiz...Boss: *o'rnidan turib uni atrofida aylandi qo'llarini qizning yelkasida asta aylantirardi* ha chaqirtirgan edim... qo'ling yaxshimi? *u qo'llarini yelkalaridan pastga tirsagigacha bo'lgan masofa tushirdi, qiz bundan qaltirardi ammo bildirmasdi*

Unika: h-ha, raxmat janob, men yaxshiman. Iltimos menda nima gapiz bor edi? Kech tushib qoldi ketishib kerak

Boss: *uning qo'llari qizning kuygan jarohati ustida to'xtadida va uni maxkam siqdi* sen yo singan idishni qayta joyiga qo'yasan, yoki senga qayta joylash usulini sevimli oyijoning bilan tajribada ko'rsataman, go'zalim.

Unikaning jarohati birdan og'riy boshladi, va qiz og'riqdan kichik ovoz chiqardi: ayyy. Boshlig'ining so'ngi so'zlari qulog'ida aylanarkan u nima bo'lishini bilardi*

Unika: *ovozi iltijoli* iltimos janob, oyimni tinch qo'ying uni bunda aybi yo'q. Axir idishni men sindirdim, ammo u hatto guvoh ham bo'lmagan. barini o'zim ham qilaman

Boss: *birdan jaxli chiqib unga baqirdi* OLGAN OYLIGING IDISHNI O'RNINI BOSISJGA YETMAYDI? QANDAY HAMMASINI TO'G'IRLAMOQCHISAN AXMOQ QIZ?

qiz qo'rquvdan qaltirardi, ammo ko'zyoshlariyu og'riqlarini tutib turishga yetadigam kuchi bor, yoshligidan beri boshlangan qiyinchiliklardan to hozirgacha to'plangan kuch...*

Boss: xullas, gap tamom. Hisoblab chiqsak, u idish sening 4oylik ish haqqingga to'g'ri keladi. Shunday ekan ishla lekin oylikdan umid qilma.

Unika: mayli, mayli roziman janob. Faqat oyimga tengmang.

Boss: ertaga kechikmay kel, 1soat qo'shimcha ishlaysan endi 4oy

*shu bilan boshliq qizga ketishiga ruxsat berdi. UNIKA hurmat bilan egilib, xonani tark etdi. Kafe chiroqlarini o'chirarkan, ko'z yoshlar to'lqini unga deyarli tahdid qilardi va u to'plagan kuchiga ortiq tayanolmaydi. O'sha yerda birinchi ko'z yosh tomchisi ko'zlarini asta namladi. Keyin butunlay yig'lab, Kafedan chiqdi.

[RIGHT NOW]Jungkook qizni ko'zidagi yoshlarni ko'rib unga borgisi, bag'riga olib ovutgisi, hammasi yaxshi bo'lishiyu uning suyanadigan odami borligini aytgisi kelardi, oradagi yagona to'siq ularning hatto do'st ham emasligi edi xolos...

*qiz ko'z yoshlaru xayollar bilan fikrini band qilarkan, yo'lkadan sekin ketardi. Qora moshina ham uning ortidan sekin van bilintirmasdan kuzatib borardi. Uning ichida o'sha qudratli mafia boshlig'i qizning xavfsizligini ta'minlab turardi...*

Uyining darvozi oldiga yetib kelgan qiz, chuqur nafas oldi va ko'z yoshlarini artdi. Oyisi undan nima bo'lganini so'rab, o'sha voqealarni yana eslashni xohlamasdi. Shuning uchun o'zini yaxshidek ko'rsatib uyga kirib ketdi.*

*Jungkook uning uyigacha kuzatib bordi. Hatto qiz uyda o'z joyini egallaganda ham ketmagandi. Va o'ziga jimgina uni har qanday xolatda himoya qilishga va yordam berishga vada berdi.*

*Hali quyosh chiqmay, Unika uyqidan uyg'ondi va kechagi voqealarni esladi ammo boshida yong'oq chaqilyotgandek og'roq sezardi. Birdan u kecha tunda darvoza chetidagi xatni eslab, tashqariga shoshdi. Xatni har yerdan izladi ammo uning o'rnida katta Teddy ayiq va guldasta turardi, gulning o'rtasida esa xat. U hayajonlanib nima bo'layotganiga ishonmasdi va tezda xatni ochdi*___2-qism tugadi...🍃