May 25

Moonshine

𝟭𝑪𝒉𝒂𝒑𝒕𝒆𝒓


Sovuqlik suyak-suyagimdan o‘tib, har qadamda yelkamga og‘ir yukday bosilardi. Hayotning mashaqqatlari, hamma tengdoshlarimning orzulari ortidan quvib, ilm olish bilan band bo‘lgan bir paytda, men ishga yugurardim. O‘zimni allaqachon bu hayotga ko‘nikkan, deya ovutardim, lekin har kunning o‘z sovuq iztirobi bor edi.

Ertalab ishxonaga biroz erta yetib bordim. Eshikdan ichkariga kirar ekanman, sovuqdan qotgan qo‘llarimni bir-biriga ishqaladim. Yonimdan o'tayotgan Min janob salomlashib, muloyim ohangda so‘radi:
— Bugun ishga erta kelibsiz, Yucera xonim.
Yumshoq jilmayib, qisqa javob berdim:
— Ba’zi bir sabablarga ko‘ra.

U dasturxon ustidagi hujjatlarni izlay boshladi.
— Kecha ularni stolingizga qo‘ygandim, janob Min, — dedim eslab. U bir "tushunarli" dedi-da, xonadan chiqib ketdi.

O‘zimni chalg‘itish uchun qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘ldim. Telefonni qo‘limga oldim va hamshiraga qo‘ng‘iroq qildim:
— Eshitaman, Yucera xonim.
— Dadamning ahvoli yaxshimi? Hozir nima qilmoqdalar? Men operatsiya uchun pulni bugun yetkazaman, iltimos, ularga yaxshi qarang, Hanel xonim, — dedim yuragim siqilgan holda.

Uning javobi meni qattiq hayratga soldi:
— Bugun bitta tanishingiz kelib, kerakli pulni tashlab ketdi. Aytishicha, ismi Taehyung ekan.

Bu ismni eshitganimda, qo‘limdan telefon tushib ketay dedi. Yuragim gupillab urib, avval eshitilmagan ovozlarni chiqarardi go‘yo. Taehyung... Bu ism yillar oldingi hamma xotiralarni o‘z girdobida qayta uyg‘otdi. O‘sha xotiralar... O‘sha og‘riqli va ayni paytda shirin esdaliklar meni o‘rab oldi.

Har bir oddiy lahzada, uning jilmayishi, ko‘zlaridagi issiqlik, meni himoya qilgan qo‘llarining quchog‘ini his qildim. Taehyung... nega? Nega endi, bunday uzoq va mashaqqatli yillar o‘tgandan keyin? Yuragimning ichki quloqlari xuddi uni chaqirayotgandek tuyuldi.

Ich-ichimdan kelayotgan xotiralar meni boshqa dunyoga olib chiqdi. U yerda men o‘zimni butkul boshqa insondek his qilardim – iliqlik va umid bilan yashayotgan bir qiz edim.

Ammo men hozir qaytib kelayotgan bugunning sovuq haqiqatida yashashga mahkum edim.


O‘sha ismning jarangi hali ham qulog‘imda aks-sado berardi. Telefonni asta o‘chirdim va stol ustiga qo‘ydim. Qo‘llarim titrab, yuragim tinmay gupillardi. Taehyung. Bu ism bilan birga har bir xotira qayta-qayta ko‘z oldimda jonlanardi.

U bilan birga o‘tgan damlar... Men uchun nafaqat yorug‘lik, balki quvonchning ham yagona manbai edi. U mening og‘ir kunlarimda suyanadigan tog‘im edi. Ammo hayot bizni ikki xil yo‘ldan yurishga majbur qildi. Men ketdim, u qoldi.

O‘sha damda xayolimga savol kelardi: “Nega u bu ishni qildi? Nega yillar o‘tib, yana mening hayotimga qaytmoqda?” Javobni bilmasdim. Lekin uning ismini eshitib, qalbimdagi sovuq muzliklarni eritadigan qandaydir iliqlikni his qilardim.

Ishni davom ettirishga urinardim, lekin xayolim hamon u yerda, Taehyung bilan band edi. Bu holatni ko‘rib, Min janobning menga o‘girilib, muloyimlik bilan aytgan so‘zlarini eshitdim:
— Hamma joyingiz joyidami, Yucera xonim?

Birdan o‘zimni tutdim va o‘zligimni tiklashga harakat qildim.
— Ha, ha, hammasi yaxshi, — dedim jilmayishga urinib. Lekin ichimdan bir narsa yulqinib, yuzimni fosh qilishdan saqlayotgandek edi.

Kun davomida ishlashga harakat qilgan bo‘lsam-da, kechki payt ish tugashi bilan dadamning oldiga shoshdim. Kasalxonaga yetib borgach, Hanel xonim meni qarshi oldi.
— Dadangizning holati barqaror, Yucera xonim. Sizga kimdir chin dildan yordam bermoqchi ekanligi sezilib turibdi.

Men boshimni asta silkidim, ammo bu gaplar ichimdagi og‘riqni yanada oshirardi. Taehyungning qiyofasi xayolimdan ketmasdi. Hanel xonimning so‘zlari birdan diqqatimni tortdi:
— U kelganida, ko‘zlaridan siz haqingizda qayg‘urayotgani bilinib turardi.

“U kelganmi? Meni ko‘rgani kelganmi?” Yuragimda tug‘yonlar uyg‘ondi. Ammo o‘zimni tuta oldim va sekin savol berdim:
— Uni ko‘rdingizmi? U nima dedi?

Hanel xonim jilmayib qo‘ydi:
— U ko‘p narsa demadi, faqat sizni yaxshi tanishini va har qanday vaziyatda yordamga shay ekanini aytdi.

Bu gaplar meni butkul hayajonga soldi. O‘sha eski tuyg‘ular yana qalbimni chulg‘ab oldi. Ammo hayot qachonlardir menga bir haqiqatni o‘rgatgan edi: orzular bilan yashash, haqiqatni unutish – xato.

Shunday bo‘lsa-da, ichimda bir ovoz: “U bilan yana ko‘rishish kerak,” deb chinqirardi. Shu fikr bilan dadamni kuzatib, hayotimda yana bir savollar to‘lqinida qoldim: taqdir meni yana Taehyung bilan uchrashtirishni xohlarmikan? Yoki bu shunchaki uning uzrmi, kechikkan mehrmi?

Bu savollarning javobini topish uchun vaqt kerak edi. Ammo yuragim bilardi: o‘sha payt kelganda, men bu haqiqat bilan yuzlashishga tayyor bo‘lishim kerak.

𝟭𝘽𝙊𝘽 tugadi

𝑨𝒖𝒕𝒉𝒐𝒓: @D_Sh_Z_S