July 6

DARK RED

𝟮-𝗤𝗜𝗦𝗠

-Bu gapni ògay onamdan eshitib hamma hammasini endi tushuna boshladim unga hech narsa demasdim ammo kòz yoshlarimni sira tiyaolmasdim aslida mening haqiqiy Onam vafot etgan kuni men ham vafot etgandim lekin faqat onamni kòmishdi

~~~

-Sunho sen mashinada bizni kutib tur biz Jungkook bilan gaplashadigan gaplarimiz bor
Bobosi Sunhoga kòz qisib ham tabassum ila tikildi Sunho ham bir ogʻiz soʻz demay tushungandek orqasiga qarab uyini oldidagi mashinaga minib òtirardi

-Shunday qilib senga bo'lajak hotiningni kòrsataman ammo shartim bor
Bobosi Jungkookga tikilib turardi Jungkook esa nima degandek tikilardi

-Òzing ham Kim larni bilasan va Oilasida nimalar bòlganini ham bilasan mening shartim esa Misooga emas Shiaga uylanishing
Bobosi Jungkookga kulimsirab tikilardi Bu esa Jungkookning gʻazabini qoʻzgʻadi

-Lekin nega aynan Shia boshqa qizlar ham borku
Jungkook Bobosiga nafrat bilan tikilardi

Aslida Bobosi Jungkookni Shia ga uylantirmoqchi bòlganining asl sababi Shia Sunghoon ning haqiqiy qizi edi Shuningdek Jungkook ham Leoning haqiqiy ògʻli

-Men bilan bahslashishga urunma. Mashinaga hoziroq o‘tir muhokama qilish vaqti emas

Jungkook bir ogʻiz soʻz demay mashinaga oʻtirdi. Ammo koʻzlari jimjit, yuragi esa gʻala-gʻovur edi. Uning hayoli yana oʻsha qiz atrofida aylanardi. Ich-ichidan oʻksinib oʻyladi:

Koshki u hali tirik boʻlganida... Men uni sevganimni aytgan, unga uylangan boʻlardim. Uni oʻzimning dunyomga aylantirardim. Baxtli qilardim... Lekin endi u yoʻq. Yoki balki bor, lekin boshqa birov bilan... Yoki men yoʻq joylarda yashayotgandir.

Shunday chuqur o‘ylar girdobida g‘arq bo‘lgan edimki, mashina to‘xtaganini ham sezmay qolibman. Manzilga yetib kelganimizni faqat eshik ochilib, tashqaridan kirib kelgan sovuq shamol his qildirganida bildim. Bobom va Sunho bir og‘iz so‘zsiz mashinadan tushib ketishdi. Men ham sukutda, sekinlik bilan ularning ortidan yurdim. Yuragimda esa hanuz o‘sha o‘ylar jaranglab turardi...

Biz uy eshigidan kirar ekanmiz, har doimgidek Sohee honim bizni iliq tabassum bilan qarshi oldi. Ammo nigohim darrov unga tushdi Minaga. U yerda, xuddi vaqt to‘xtagandek, u menga qarab turardi. Ko‘zlari beixtiyor yoshlangan, yuzidagi titroq esa yuragimni zirqiratdi. U yig‘lab yubordi. Men esa bir og‘iz so‘z demasdan, ko‘zlarimni undan uzolmay, joyimda qotib qolgandek tikilib turardim. O‘sha lahzada dunyo faqat ikkovimizdan iboratdek tuyuldi.

— Jungkook, sizga nima bo‘ldi? Nega shunchalik jim qoldingiz? — dedi Sohee honim, uning qotib qolgan holatini payqab.

Jungkook esa o‘zini hech narsa bo‘lmagandek ko‘rsatishga urindi. Ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi-da, so‘ng hech gap demay, asta yurib borib, stol yoniga o‘tirdi.

Sukutni bobosi buzdi. Uning ovozi ammo qat’iy edi:

— Shunday qilib, biz bugun Shia uchun sovchilikka keldik. O‘zingiz bilasiz, Shia ko‘z o‘ngimda ulg‘aydi. Tarbiyasi bor, aqli joyida, odobi bilan har kimni qoyil qoldiradi.

Bu so‘zlar ortidan Sohee honimning yuzida zohir bo‘lgan xavotirli o‘zgarishni hatto jimlik ham yashira olmadi. U ichidan g‘azabga to‘ldi Misoo emas, aynan Shia uchun sovchilikka kelishganini eshitib, yuragi siqildi. Bu xabar uning rejalarini barbod qilgandek edi.

DARK RED

2-QISM TUGADI

Muallif:Aveline