August 27

Corpse bride

Minatozaki Lira: Hoy, ertaga bal bo‘ladi. Taehyung va men birga raqsga tushamiz. Jungkook va Hirai Momo raqsga tushadi. Lekin Mein, sen-chi, sen kim bilan raqsga tushasan? (Lira biroz maqtanayotgandek jilmaydi.)

Mein: Sinfdoshim Sunghoon bilan. (Mein bu gapni oddiy aytadi, lekin ko‘zida biroz hayajon seziladi.)

Jungkook: Taehyung, nega Lira bilan raqsga tushmoqchisan? Mein undan yaxshiroq-ku. (Jungkookning ovozida g‘ashlik bor, u Meinni himoya qilayotgandek gapiradi.)

Taehyung: Menimcha, unday emas. Menga Liraning raqsi yoqadi. (Taehyung sovuqqina gapiradi, xuddi boshqa odamlarning fikri unga qiziq bo‘lmagandek.)

Lira: Menimcha, Taehyung to‘g‘ri aytadi. Men Meindan yaxshiroqman, buni ertaga isbotlayman. (Lira ishonch bilan gapiradi, xuddi hammadan ustunligini ko‘rsatgandek.)

Jungkook: Ishonaver, bunday gaplarni yosh bola ham gapirmaydi. O‘zingni ahmoqligingni ko‘rsatding. (Jungkookning ovozida keskinlik bor, u Lirani umuman yoqtirmasdi.)

Momo: Lira, sen biroz semiribsan. (Momo buni ochiqchasiga aytib yuboradi, yuzida tabassum bilan.)

Lira: Ha, albatta shunday bo‘ladi-da. Taehyung menga har kuni shirinliklar olib keladi. Mein, sen esa juda ozib ketibsan. (Lira o‘zini ustun ko‘rsatmoqchi bo‘lib, Meinga qarab kinoya qiladi.)

Mein beixtiyor Liraning ustiga issiq qahvani to‘kib yubordi.

Lira (qichqirib): Iltimos, yordam beringlar! Bolam o‘lib qolishi mumkin, men homiladorman!

Jungkook (ko‘zlari katta ochilib): NIMAAA?! Bu bola kimdan?!

Momo (hayrat va g‘azab aralash): Ho‘oy, bu hazilmi?!

Meinning qo‘llari qaltirab ketdi, Jungkookning yuzi oqarib ketdi, Momo ham hayratdan qotib qoldi. Barchasi shok holatida edi. Faqat Taehyunggina jim turardi… chunki bola aynan undan edi.

Lira

Taehyung chuqur nafas oldi va boshqalarga qaradi:
— Biz hammamiz do‘stmiz. Bugun buni hammangiz bilishingiz kerak. Liraning qornida 1 haftalik chaqaloq bor, u mendan homilador. Men uni sevaman, Meinni emas. Lira ba’zida qo‘pol ko‘ringani bilan aslida juda ajoyib qiz. Uning kulishi, har bir harakati odamni o‘ziga tortadi.

Taehyung bir zum jim qoldi, keyin davom etdi:
— Lekin men unga uylana olmayman. Uyimdagilar qarshi. Shuning uchun 20 yoshimda Meinga uylanishim kerak bo‘ladi. Chunki ular ikkalasi o‘xshash. Lekin men Lirani ham tashlab qo‘ymayman. Unga mehribonlik qilaman, chaqaloqni ko‘rishga har kuni boraman.

Meinning ko‘zlari yoshga to‘ldi, u qattiq gap qildi:
— Sen shunday deb o‘ylaysanmi? Men senga hech qachon turmushga chiqmayman!

Hamma bir-biriga qarab jim qoldi.

Mein boshqa gap aytmadi. U ko‘z yoshlarini yashira olmadi va restorandan chiqib ketdi. Ko‘chaga chiqqanida yomg‘ir yog‘ayotgan edi. U shoshmasdan, sekin yurardi. Unga yomg‘ir ham, odamlarning qarashi ham qiziq emasdi. Faqat yuragi og‘rirdi.

U yo‘lda ketar ekan, ichida o‘ziga savollar bera boshladi:
— Nega men? Nega hamma narsa shunday bo‘ldi?

Telefonini ham olib chiqmagan, hech kimga qo‘ng‘iroq qilmagan. Faqat yomg‘ir ichida yolg‘iz yurardi.

Mein

Taehyung Liraning qo‘lidan ushlab, uni tashqariga olib chiqib ketdi. Restoranda esa faqat Momo va Jungkook qolishdi.

Momo chuqur xo‘rsindi:
— Mein uni sevardi… 6 yildan beri yuragini unga berib kelgan. Endi esa yillar davomida sevgan odamining asl yuzini ko‘rdi. U juda ko‘p yig‘lasa kerak…

Jungkook jiddiy ohangda boshini silkidi:
— Shunday bo‘lishi aniq. Lekin bitta narsa bor: Taehyung hech qachon Meinga loyiq emas edi. Chunki Mein juda mukammal qiz.

Momo unga qaradi:
— To‘g‘ri aytasan. Mein ham sen uni sevishingni biladi, lekin doim seni e’tiborsiz qildi. Bilasanmi, nega shunday qilganini?..

Jungkook bir zum sukut saqlab, Momo tomonga qaradi. Nigohi hayron, biroz ham achinish bor edi.

Momo jilmayishga harakat qilib gapirdi:
— Chunki men seni sevaman… Mein buni biladi.

Jungkookning ko‘zlari kattalashib ketdi, u past ovozda javob berdi:
— Lekin sen men uchun oddiy do‘stsan, xolos.

Momo chuqur nafas olib, ko‘zlarini yerga tikdi:
— Buni bilaman…

Mein uyiga bordi. Eshikni onasi ochdi. U qizining ahvolini ko‘rib xavotirlandi.
— Mein, nima bo‘ldi? Nega ko‘zlaring qizarib ketgan, qizalog‘im? — dedi onasi.

Mein hech nima demadi, faqatgina onasini qattiq quchoqlab oldi.
— Sizning bitta qizingizning yuragini sindirishdi, ona… meni yuragimni sindirishdi, — dedi u yig‘lagan holda.

Onasi jim bo‘lib qoldi, faqat qizini bag‘riga mahkam bosib turdi.

Onasi qizining boshini silab, sekin gapira boshladi:
— Qizim, hayot shunaqa sinovlarga to‘la bo‘ladi. Kimdir seni qadrlamasa, demak u sening odam­ing emas. Sening yuraging juda toza, sening mehring hamma narsadan ustun. Buni tushunadigan inson albatta topiladi.

Mein onasining gaplariga quloq solib jim o‘tirdi, ko‘z yoshlari yana oqdi.
— Hozir og‘ir bo‘lsa ham vaqt o‘tib, hammasi joyiga tushadi. Faqat o‘zingni qadrlashni unutma, qizalog‘im, — dedi onasi uni quchoqlaganicha.

𝟐-𝒒𝒊𝒔𝒎 𝒕𝒖𝒈𝒂𝒅𝒊