July 24

Dark red

𝑴𝒖𝒂𝒍𝒍𝒊𝒇~𝑽𝒂𝒍𝒍𝒐𝒊𝒔 𝑨𝒗𝒆𝒍𝒊𝒏𝒆

Tong odatdagidan boshqacha boshlandi. Ko‘zlarimni yarim ochganimda, derazadan tushayotgan quyosh nurlari xona devorlariga iliq ranglar bilan chizgandek taralayotgandi. Ammo badaningdagi og‘riqlar — ayniqsa belim va oyoqlarimdagi sanchiqlar — meni to‘liq uyg‘otib yubordi.

Yonimda esa u — Jungkook — sokin va tinch uxlardi. Nafasi asta-sekin ko‘ksiga urilib, shu damning o‘ziga xos osoyishtaligini ifodalardi. Og‘riqqa bardosh bera olmay, ovozimni iloji boricha past qilib, astagina pichirlab yubordim:

— Jungkook... menga dori kerak.

Ko‘zlarimni asta-sekin ochdim. Hali ham yarimxira tong nurlari xonani yoritmas, ammo Shianing mungli chehrasi aniq ko‘rinib turardi. U menga tikilib yotar, ko‘zlari yoshga to‘lib, istalgan daqiqada yig‘lab yuboradigandek edi. Uning shu holatini ko‘rib yuragim zirq etdi. Hech bir so‘zsiz, jimgina o‘rnimdan turdim-da, stol ustida turgan dorini olib unga uzatdim.

U ham bir og‘iz gapirmadi. Faqat ko‘zlarimga bir lahza qarab qo‘ydi, so‘ng o‘sha titroq qo‘llari bilan dorini olib, asta-sekin ko‘kargan joyiga surtishni boshladi. Har harakati, har nafasi og‘riqni yashirishga urinayotgan yurakning jim faryodidek edi...

Shiani asta-sekin bag‘rimga tortdim. Uning titrab turgan yelkasi yuragimni ezib yubordi. Bir zumda u shunchalik ezilgan holda yig‘lab yubordiki, yuragimda nimadir uzilgandek bo‘ldi. Ko‘z yoshlarining issiqligi ko‘ksimga oqayotganini his qilarkanman, bir haqiqatni chuqur angladim — bu qiz juda ko‘p azob ko‘rgan.

U sevgi nima ekanini unutgandek, mehrni tanimaydigan darajada singan. Ammo endi... endi u yolg‘iz emas. Men bor ekanman, u hech qachon egilmaydi. Men uni asrayman. Unga mehr ham, tinchlik ham, sevgi ham beraman. Chunki u bunga loyiq. Chunki... u endi mening himoyamda.

— O‘zingni bos... — Jungkook ohangida qat’iyat va iztirob aralash edi. — Nima bo‘lishidan qat’i nazar, men sening yoningdaman. Hech kim senga qo‘l ko‘tara olmaydi, bunga yo‘l qo‘ymayman. Chunki sen... sen menikisan. Menga tegishli bo‘lgan odamga faqat men yaqinlashaman, faqat men himoya qilaman.

Shia titroq ovoz bilan qarshi javob berdi, ko‘zlaridagi yosh bilan:

— Jungkook... men charchadim. Ichimda urushlar to‘xtamayapti. Endi nima qilishimni ham bilmiman... Faqat, iltimos... menga zararing tegmasin. Meni yana sindirmanglar...

Jungkook va Shia

— Albatta, zararim tegmaydi… qora ko‘zli farishtam, — dedi Jungkook past, tinchlantiruvchi ovozda, so‘zlaridan mehr yog‘ilib turardi.
U Shianing nozik sochlarini sekin siladi, har bir harakati bilan uni ovutmoqchi bo‘lgandek. Shia esa, ko‘zlarini yumgancha, yuragidagi og‘irlik asta-sekin bosilayotganini his qilardi.
Jungkookning shu sokin mehribonligi unga begona emasdi — hatto eng qattiq og‘riqli lahzalarda ham uning bu muloyim teginishlari Shia uchun taskin, sukunat va... xavfsizlik edi.

Shia pov:
Bu mehribonlik… nega menga bu qadar yoqdi? Chunki bu Jungkookdan edi, shunchaki mehr emas, aynan uning qo‘lidan berilgan iliqlik edi.
Uning bag‘rida yotarkanman, o‘zimni go‘yoki qo‘rqoq, mehrga chanqoq bir boladek his qildim. Yuragim sokin tortdi, sochlarimni silagan har bir harakati ichimdagi titroqni asta bosardi.
Bilmayman, balki bu hislarim ham xuddi u kabi xavfli… lekin shu lahzada faqat bitta narsa aniq edi — men o‘zimni birinchi marta haqiqatan ham himoyalangandek his qildim.

— Ha, aytgancha, Shia… men Sunho bilan uch kunga tog‘ tomonga ketmoqchiman, — dedi Jungkook asta, nigohini Shia tomonga yumshoq qaratib. — Sen haqida doim xavotirdaman, shuning uchun seni ishonchli qo‘llarga topshirdim.

— Ha mayli… — Shia yelka qisdi, lekin baribir bilmoqchi edi. — Meni kimga topshirdingiz?

— Albatta, qadrli dugonang Aveline'ga. Bilaman, u senga yoqadi.

Aveline kelishini eshitib yuragim biroz yengillashdi. Chunki u har doim yonimda bo‘lgan, menga quloq solgan, va eng muhimi — ishonchli edi. Uning borligi o‘zimni biroz bo‘lsa ham xavfsiz his qilishimga sabab bo‘lardi.

Jungkook sekin meni bag‘ridan bo‘shatdi. Men esa indamaygina o‘rnidan turib, vannaga kirdim. Issiq suvda yuvinib, o‘zimni toza va yengil his qilganimda, kechagi charchoq ham biroz unutilganday bo‘ldi. Keyin asta pastga tushdim. Oshxonada sokinlik hukm surardi — men, Jungkook, xizmatkor va soqchilar... Uyda bizdan boshqa hech kim yo‘q edi. Qo‘limdagi choyni mayin ho‘plab o‘tirar ekanman, nimadir bo‘lishini yuragim sezayotgandek edi.

~~

Mina pov:
Afsus... endi hammasi o‘zgaribdi. Ilgari bir chaqirig‘imga yugurib keladigan Jungkook — endi mendan yuz o‘girgan. Ko‘zlaridagi o‘sha iliqlik endi menga emas, Shia degan qizga qaralgan.
Bu qanchalik alamli bo‘lmasin, men jim o‘tirmayman. Shia uni qanday qilib o‘ziga rom etgan bo‘lsa, men ularni shunday ayovsiz ajrataman.
Bu urush endi jim yurak bilan emas — harakat bilan bo‘ladi. Jungkook — hali kimga tegishli ekanini eslaydi.

Mina
Mina

Mina pov:
Men unga "senikiman", "faqat seni sevaman" deb necha bor yolgʻon gapirdim… ammo afsuski, haqiqat butunlay boshqacha.
Men Jungkookni hech qachon sevmaganman. Menga kerak bo‘lgan yagona narsa — uning kuchi, nufuzi… va albatta, pullari edi.
U meni yurakdan sevdi, ishonch bilan bag‘riga oldi, lekin men esa faqat foyda izlab yurardim.
Endi esa u qiz — Shia — yuragida joy olgan. Ammo hali hammasi tugamagan. Chunki men taslim bo‘ladiganlardan emasman.

Mina pov:
Shiani yaxshi taniyman. U hech qachon birovdan foyda olishni koʻzlamagan, yuragi samimiy, doim mehribon edi.
U bilan yaqin boʻlish oson – iliq tabassumi, sokin nigohlari bilan insonni o‘ziga tortadi. Ammo… uning qalbiga chuqur kirish, sirlarini bilish – bu oson emas.
Jungkook ham, balki shuning uchun uni sevib qolgandir. Chunki Shia undan foyda ko‘rishni emas, uni inson sifatida qabul qilgan yagona qiz edi.

Qòlimda issiq kofe, yengil bug‘ burunimni yayrab urardi. Ammo yuragim sovuq rejalarga to‘la edi.
Shia va Jungkook… ular meni orqada qoldirishdi deb oʻylashsin.
Men bu shirin hayotdan voz kechmayman. Endi hammasi rejaga binoan boʻladi.

Kofe ichib oʻtirgancha, miyamda har bir qadamni puxta oʻylab chiqardim.
Kimdan foydalanishim mumkin? Kim menga eshik ochadi?
Javob aniq edi – Sunho.
Yaxshi, endi u men uchun eng kerakli qurolga aylanadi. Va men uni ishlatishni bilaman.

Mina

Mina pov:
Meni jahlimni chiqarayotgan narsa bitta – qanday qilib u meni bunchalik tez unutdi?
Axir u menga osmonni va'da qilgandi…
Meni ilhom deb atardi. Har bir chizgan rasmi – mening ko‘zgum edi, har bir yozgan she’ri – yuragimdan o‘tgan edi.
Men unga ilhom, hayot, tuygʻu edim…
Endi esa Shia? Shu qizmi mening o‘rnimni bosayotgan? Shu qiz uchunmi u endi menga begona?

Yo‘q, men bu jim turadigan inson emasman. U menga qaytishi uchun emas – kechikkanini afsus bilan anglash uchun men unga o‘sha alamni tuydiraman.

𝟔-𝒒𝒊𝒔𝒎 𝒕𝒖𝒈𝒂𝒅𝒊

𝑴𝒖𝒂𝒍𝒍𝒊𝒇~𝑽𝒂𝒍𝒍𝒐𝒊𝒔 𝑨𝒗𝒆𝒍𝒊𝒏𝒆