My life
19 yosh. O‘qimaydi, ko‘pincha ishlaydi. Oilada faqat bitta akasi bor – Park Jimin. Ular tug‘ishgan emas. Jiminni chaqaloqligida kimdir ularning eshigi oldiga tashlab ketgan. Harining ota-onasi uni boqib olgan va o‘z farzandlaridek tarbiyalashgan. Bu haqiqatni faqat ota-onasi va Hari bilishadi, lekin Jimin bundan bexabar. U Harini singlisi deb biladi. Ota-onalari esa bir necha yil avval uy bilan yonib ketgan…
Kim Hari
Park Jimin
23 yosh. Universitetda o‘qiydi. U o‘rtacha oiladan, shuning uchun doim mehnat qilishga o‘rganib qolgan. Uning yuragida faqat bitta inson bor – Min Ava. Ular sevishadi, lekin bu sirni hammadan yashirishadi.
Park Jimin
Min Ava
19 yosh. Jimin bilan bir universitetda o‘qiydi. Oilada faqat bitta akasi bor – Min Yoongi. Ota-onalari vafot etganidan beri Yoongi Avani yoqtirmaydi. Chunki onasi Avani dunyoga keltirayotganida vafot etgan. Shu sababli Yoongi uni onasining o‘limi uchun ayblaydi. Ava esa har kuni aka degan insonning qo‘llari ostida azob chekadi. U doim qattiq kaltaklanadi, uriladi, ba’zida esa hatto ovqat ham yemay, xonaga qamab qo‘yiladi.
Jimin va Ava universitetdan qaytayotgandi.
Jimin: Seni sog‘inaman.
Ava: Rostanmi?
Jimin: Ha, juda ham.
Jimin Avaning yuziga tushib qolgan soch tolalarini qulogʼini orqasiga qilib qoʼyayotgan payt yo‘l chetida turgan mashina va unga suyanib turgan odamga ko‘zi tushdi.
Ava: Akam…
Ava qoʼrqganidan Jimindan uzoqlasha boshladi. Yoongi esa ular tomon borib Jiminga mush tushirdi. Ava bundan qoʼrqib ketib baqirib yubordi.
Ava:Akaaaaa
Yoongi: men senga singlimdan uzoqroq tur demaganmidim
Jimin: Men Avani chin dildan sevaman!
Yoongi: Sendan so‘rashmadim. Ava, mashinaga o‘t!
Ava: Yo‘q, men…
Yoongi: Ava dedim, mashinaga o‘t!
Ava qaltirab orqaga qaradi.
Jimin: Iltimos, unga baqirma…
Yoongi keskin qarash qilib, yana bir qadam tashladi.
Yoongi: Sen mendan qochib yurib, singlimni oʼyinchoq qilmoqchi boʼlyabsanmi?
Jimin: Yo‘q, men uni haqiqatan ham sevaman!
Ava: Aka, iltimos…
Yoongi jim bo‘lib, Avaga sovuq nigoh tashladi. U qizning ahvolini, titrab turgan qo‘llarini va ko‘zlarida yig‘ini ko‘rib turardi. Ammo hech qanday ifoda bildirmadi.
Yoongi: Mashinaga o‘t!
Ava ko‘z yoshlarini tiyishga harakat qilib, Jiminga qaradi.
Jimin past ovozda pichirladi: "Hammasi joyida bo‘ladi…"
Ava asta-sekin mashinaga o‘tirdi. Yoongi esa Jimin tomon o‘girildi.
Yoongi unga jirkangandek qaradi va mashinasiga oʼtirib xaydab ketdi. Jimin esa joyida qotib qoldi uni qoʼlidan xech narsa kelmayotgani unga azob berardi
Ava mashinada jim o‘tirardi. Qo‘llari titrar, ko‘z yoshlarini tiya olmasdi. Yoongi esa oldinga qarab, mashinani haydardi.
Yoongi: Senga necha marta aytdim?! Men seni bekorga urayotganim yo‘q, sen o‘zing o‘rningni bilmayapsan!
Ava: Aka, iltimos…
Yoongi: Jim
Yoongi: "Nimani kutyapsan? Kaltaklashimni?"
Yoongi: "Xonangga chiqib uxla, Ava. Bu yerda meni kutganingning nima keragi bor?"
Ava esa xonasiga yugurib chiqib ketdi va yotogʼiga yigʼlab yotdi
Ava povv
Meni nima aybim bor edi
Oʼsha paytda onam emas men oʼlsam boʼlmasmidi. Axir onamni men oʼldirmadimku yoshligimdan azoblab kelasz aka
Ava o‘z xonasida, yotog‘ida yig‘
Ava o‘z xonasida, yotog‘ida yig‘lab yotardi. Ko‘zlaridan oqayotgan yoshlar to‘xtamasdi
Ava oxirgi ko‘z yoshlarini artib, yostig‘iga yuzini qo‘ydi.
Jimin uyga kirishi bilan xonasiga yo‘l oldi. Yuragi g‘ash edi. U shunchaki yotib, shiftga tikildi. Uning qo‘lidan hech narsa kelmasligi azob edi.
Shu payt telefoni jiringladi. Ekranda Ava ismi chaqnardi.
Jimin: Ava! Sen yaxshimisan?!
Ava: Jimiiin…
Jimin: Ava, nima bo‘ldi? Aka senga nimadir qildimi?
Ava: Meni bu yerdan olib ket, iltimos…
Jimin ko‘zlarini yumib, mushtini siqdi. Uning ovozidagi titroq yuragini ezardi.
Jimin: Ava, men sendan voz kechmayman. Seni bu yerdan olib chiqaman. Menga faqat biroz vaqt kerak.
Ava jim bo‘lib qoldi. Bir necha soniyadan so‘ng, sekin pichirladi.
Ava: Men senga ishonaman, Jimin…
Jimin: Menga yana vaqt ber, Ava. Men qanday bo‘lsa ham seni Yoongidan qutqaraman.
Ava: Yaxshi…
Ava ovozi sust chiqdi. U charchagan edi.
Jimin: Yotib dam ol, maylimi? Men hammasini o‘ylab chiqaman.
Jimin qo‘ng‘iroqni tugatib, chuqur nafas oldi. U qanday qilib Yoongini ishontirsa bo‘ladi? Qanday qilib Avani undan tortib ola oladi?
Hari nonushta tayyorlayotgan payt Odatda, akasi allaqachon uyg‘onib, ishlariga ketgan bo‘lardi. Lekin bugun uning xonasidan hech qanday harakat sezilmadi.
Hari: "Jimin? Akajon, uyg‘ondingizmi?"
U eshikni asta ochdi va ichkariga qaradi. Jimin yotoqda yotardi. Odatdagidan ko‘ra jimgina. Hech qanday harakat yo‘q.
Hari: "Jimin?.."
Qo‘rqib, akasining yelkasiga sekin qo‘lini tekkizdi. Ammo u uyg‘onmadi.
Hari: "Iltimos, yordam bering! Akam uyg‘onmayapti! Nafasi zo‘rg‘a chiqyapti!"
Kasalxonaga yetib kelishlari bilan shifokorlar Jiminni zudlik bilan tekshiruvga olib ketishdi. Hari esa eshik oldida qoldi. Shu payt kimdir ortidan kelib, yelkasiga ohista qo‘l qo‘ydi. Hari orqasiga o‘girilib qaradi va ko‘zlariga ishonmadi.
Jeon Jungkook.
Jeon Jungkook 27yoshda Harining sevg
Jeon Jungkook 27yoshda Harining sevgilisi
Jungkook: "Hari? Nima bo‘ldi? Nega bunchalik titrayapsan?"
Hari yig‘lab yubordi va unga o‘zini tashladi.
Hari: "Jimin… u uyg‘onmayapti… men qo‘rqyapman…"
Jungkook hech narsa demadi, shunchaki Harini bag‘riga mahkam qisdi va sochlaridan ohista siladi.
Jungkook: "Hammasi yaxshi bo‘ladi. Men sen bilanman."