Sakura blossom
Taehyung POV
Hanel. U mening zaif tomonim, mening barcha yutug‘imning ma'nosi edi. Men uchun bu dunyoda undan muhimroq hech kim yo‘q edi. Uning kulgusi yuragimdagi har qanday og‘riqni davolardi, lekin hozir... hozir hamma unga qarshi. Hanelni yo‘q qilishga urinishayotganlar meni har doim asabiylashtirar, lekin bu safar his-tuyg‘ularimni nazorat qila olmayapman.
Men u uchun kurashaman. Unga zarar yetkazishlariga yo‘l qo‘ymayman. Hanel faqat meniki.
Jungkook POV
Mikasani so‘zlari ongimda jaranglardi: “Hanelni yo‘q qilishimiz kerak.” Men bu vazifani o‘z bo‘ynimga oldim, lekin o‘zimni qandaydir pastkash, qasoskor his qilardim. Nega? Balki ichimda bir qismim Hanelni aybdor emasligini bilardi, lekin g‘azabim va rashkim hammasini ko‘r qilardi.
Golden klubiga borish yo‘lida haydovchi o‘rindig‘ida o‘tirarkanman, har bir harakatimda qasos oluvchi soyadek g‘amgin hissiyot menga ergashardi. Klubga yetib kelganimda, Jinning yuzida mulohazakorlik ko‘rinib turardi.
— Bu vaziyatda senni tushunib bo‘lmaydi, Jungkook. Lekin Hanel... u faqat Taehyungniki. Uning soya-salini ham boshqa odam yaqiniga keltira olmaydi.
— Menga farqi yo‘q, — dedim sovuq ohangda. — U menga bugun kerak.
Hanelni VIP xona tomon olib ketishdi. Xonada so‘nggi bir necha soniyada shiddatli, sovuq sukunat hukm surardi. Eshik ochildi, va uni zo‘rg‘a ko‘tarib olib kirishdi.
Hanel POV
Xonaga kirishim bilan dahshat ichida qoldim. Xavf meni o‘rab oldi. Oyoqlarim titrab ketdi.
— Iltimos, qo‘yib yuboring... Men sizga hech narsa qilmaganman, — dedim yig‘lamsirab.
Ammo Jungkookning ko‘zlari sovuq va befarq edi. U hech qanday javob bermadi. Qo‘llari qattiq va shavqatsiz edi. Har bir harakati men uchun azob edi.
— Bas qiling, iltimos! Axir men sizga nima yomonlik qildim?! — ovozim larzaga keldi, ko‘z yoshlarim yonoqlarimdan oqar edi.
Ammo u o‘z rashki va g‘azabining o‘zidan ustun kelishiga yo‘l qo‘ymadi.
Oradan vaqt o‘tib, Hanel hushidan ketish arafasida edi. Jungkook o‘rnidan turib, uning yoniga yaqinlashdi. Yonoqlariga ohista qarab, kinoya bilan jilmaydi.
— Taehyungni sevaman deding, ha? — uning ovozida istehzo bor edi. — Bilib qo‘y, u sendan faqat foydalanadi. Unga kerakli bo‘lishing tugashi bilan seni tashlab ketadi.
Bu so‘zlar yuragimni ezdi. Men Taehyungni yaxshi ko‘rardim. Biz uch yil davomida birga bo‘lganmiz, va bu vaqt ichida men uni har qanday shubhalardan ustun qo‘ygan edim. Ammo Jungkookning gaplari ongimni titratdi. Bu haqiqatmikan? Taehyung ham mening sevgiimni suiiste'mol qilayotganmikan?
Yig‘lashdan boshqasiga qodir emasdim.
Hanelning tanasi qaltirardi. Lekin Jungkook hali ham o‘z nafratini qondira olmagandi. U maria va Suhoga o‘girilib, sovuq ohangda buyruq berdi:
— Uni hushidan ketguncha uring.
Hanel POV
Qo‘rqib ketdim. Qo‘llarimni ko‘tardim, iltijo qildim:
— Yo‘q! Iltimos! Shunchalik nafratlanadigan narsa nima qildim?! Meni tinch qo‘ying!
Ammo hech kim meni tinglamadi. Suho va Maria zo‘ravonlik bilan meni urishni boshlashdi. Har bir zarba, har bir tepkilar tanamni ezar, lekin yuragimdagi og‘riq ulardan ham kuchliroq edi.
Men o‘zimga savol berdim: “Nima uchun bu sodir bo‘lyapti? Men faqat sevgi va tinchlik xohlagan edim. Nega bunday shafqatsizlikka loyiqman?”
Hayot bizni sinash uchun azob beradigan ssenariylar yaratadi. Ammo haqiqiy kuch bu azoblarni yengib o‘tishda. Hanel uchun bu faqat boshlanish edi. Har bir zarba uni kuchsizlantirsa-da, ich-ichidan unga qarshi kurashishni boshlardi.
Ular xonadan chiqib ketar ekan, ortlaridan sovuq jimlik qoldi. Xonani faqat yuragimdagi ogʻriq va ichki hayqiriqlarim toʻldirardi. Har bir zarba, har bir tajovuz tanamni oʻzlashtirgan boʻlsa-da, eng qattiq ogʻriq qalbimda edi. Qoʻllarim titrab, oyoqlarimdan kuch ketgandi. Faqat yerda yotib, chorasizlikda yigʻlashga qodir edim.
Koʻzlarimdan oqayotgan yoshlar yuzimni isitardi, lekin bu issiqlik ichimdagi sovuq tuygʻularni eritishga ojizlik qilardi. "Nega?" deb soʻrayverdim oʻzimdan. Nega bunday boʻldi? Axir men faqat sevishni va sevgi evaziga tinch yashashni xohlagandim-ku. Bu qanday gunoh edi, meni bunday shafqatsizliklarga mahkum etgan?
“Shunday boʻlib turadi,” deb oʻzimni aldashga urindim. Bu birinchi marta emas. Lekin nega doim men? Nega meni tanlashadi? Hayotdan tinchlik soʻrash, xato ekanmi?
Ichimda bir qarorga keldim. Bugundan boshlab Taehyungdan uzoqlashaman. Unga qanchalik muhabbatim boʻlmasin, bu muhabbat endi na mening qalbimni isitgandi, na menga hayot berdi. Ehtimol, Taehyungni tark etish menga tinchlik olib kelar. Balki, azoblarimni tugatishning yagona yoʻli shu boʻlar.
Ammo yuragim boshqa narsani his qilardi. U muhabbat bilan toʻlib-toshgan edi. Har bir xotira — Taehyungning jilmayishi, uning qattiq bagʻriga bosgani, qoʻllari haroratini his qilgan lahzalarim yodimga kelardi. “Agar u meni sevsa, menda nima ayb?”
Bu savol ichimni yemirar, javobsiz qolgan har bir oʻy yuragimni qaqshatar edi.
Meni oʻrab olgan azob ichida bir yulduzdek kichik umid uchquni koʻrinardi. Balki bu mening taqdirimdir? Balki bu sinovlarning bari meni kuchliroq qilish uchun berilgandir? Lekin men o‘zimni qanday tiklashni bilmasdim. Faqat yig‘lashga qodir edim.
Yerga boshimni qo‘ygancha, ichimda yashirin bir kuchni uyg‘otishga harakat qildim. Ehtimol, bu sinov oxiri emasdir. Ehtimol, men hali kurashishga qodirman. Lekin bu kecha... bu og‘riq... bu xo‘rlik... Men hech qachon unutolmasdim.
“Taehyung,” dedim ichimda. “Men seni sevaman. Lekin endi bu sevgidan voz kechaman. Chunki bu muhabbat menga faqat azob olib keldi.”
Shunday deb, asta-sekin qoʻlim bilan yerga suyanib, oʻzimni koʻtarishga urindim. Bu azob, bu xo‘rlik meni sindirmasligi kerak edi. Yo‘q, men hanuz yashashni istardim. Va men hayotimning yangi sahifasini ochishga qaror qildim. Shu paytdan boshlab, boshqa hech kim mening ko‘z yoshlarimdan bahramand bo‘lolmasdi.
Bu mening yangi boshlanishim edi. Yoki shunday deb oʻzimni ishontirishga urindim.
𝐖𝐑𝐈𝐓𝐄𝐑: @SUGANA_CR