The end of revenge
Y/n katta keng va xashamatli xonasida uxlar ekan uyğotgich ovozi uni uyğotdi. Y/n darrov turib institutga borish uchun tayyorgarlik kõrishni boshladi.
Y/n õziga bino qõygan olifta va takabbur lekin juda aql-zakovatli, haddan ziyod chiroyli qiz edi.
Y/n tezda tayyorlanib garajga kirdi. U yerda juda kõp va qimmatbaho mashinalar bor edi. U BMW ni kalitini olib mashinani õt oldirdida haydab ketdi. Uning ortidan Y/nning tansoqchilari qora mashinada uni institutgacha xavfsizligini ta'minlab ketishdi.
Y/n 1 para darsda õtirdi keyin amaliyot uchun shifoxonaga bordi. Shifoxonadagi doktor bilan amaliyot haqida suhbatlashar edi. Birdan hamshira doktorni chaqirdi va oğir ahvoldagi bir bemorni olib kelishganini aytdi. Doktor Y/ndan uzur sõrab shoshilib chiqib ketdi.
Bu kim ediki, doktor bilan suhbatimizni buzishga jur'at qildi?
Y/n suhbatni bõlishlarini yoqtirmas edi. U asabiylashib õrnidan turdi va doktorni kuzatishni boshladi. Doktor bemorga tez tibbiy yordam kõrsatdi va uning hayotini asrab qoldi. Doktor eshikdan chiqar ekan unga bir yigit jiddiy ovozda
D: Ha, uni asrab qoldik. Lekn xushsiz. Ahvoli esa juda yomon.
X: Xushiga kelgandan sõng uni olib ketamiz.
D: Lekin u davolanishi kerak, bu ketishda uzoqqa borolmaydi.
X: Bu bilan ishing bõlmasin. Joningdan umiding bõlsa uni asrab qol va hech kimga oğiz ochma.
Doktor Y/nni oldiga qaytdi. Y/n stulda jimgina hech narsa bõlmagandek õtirardi. Doktor undan uzur sõrab suhbatni davom ettirdi. Ular biroz suhbatlashishdi sõngra xayirlashishdi. Bu orada bemor xushiga kelgan edi. Kech tushdi. Y/n shifoxonadan chiqayotib õsha odamga yana kõzi tushdi keyin eslashni boshladi . U bu odamni avval ham shifoxonada kõrgan edi. Õshanda ham oğir ahvoldagi bemorni olib kelgandi. Y/n uning qõlidagi qurolga kõzi tushdi. Bu qurolni faqat otasining odamlari ishlatar edi. Y/n buni otasining odamlari deb õyladi va uni kuzatishni boshladi.
Y/nning otasi juda boy, katta va taniqli biznesmen edi. Undan tashqari shahardagi yirik mafiyalarning egasi va boshqa mafiyalarni qurol bilan ta'minlab turardi. U Y/ni yoshligidan mehr berib asrab avaylab katta qildi. Ammo mafiya ishlariga uni aralashtirmasdi. Buni Y/ndan sir tutdi chunki Y/nning onasi mafiya ishlari tufayli halok bõlgan edi. Shuning uchun u Y/nni ham yõqotishni istamadi. Ammo Y/ndan sir yashirish qiyin. Y/n bundan baribir xabar topdi lekn buni otasiga bildirmadi va unga bõlgan munosabatini õzgartirmadi. Shu kundan boshlab u õzini mafiya bõlishga tayyorlab bordi. Juda qattiqqõl va shafqatsiz inson bõlib ulğaydi. Ammo Y/n otasini juda ham yaxshi kõrardi va u xohlagani uchun tibbiyot institutiga kirdi. Y/n otasining har bir qadamidan xabardor bõlib turardi.
Y/n bu odamni kuzatib borar ekan u bir omborxonaga kelib tõxtadi va bemorni yelkasiga olib qoronğu yõlakdan ichkariga kirib ketdi. Y/n ham uni ortidan sezdirmasdan kirdi. Yõlak juda qoronğu edi shu bois u hech nimani kõrolmadi lekin uzoqdan ovozlar kela boshladi. Y/n buni eshitish uchun ovoz kelayotgan tomonga yurdi. Keyin bir yoruğ xonada õsha odam boshliğiga hisobot beryotganini kõrdi. Ular otasi yetkazib beradigan qurol haqida gaplashyotgan edi. Boshliq bir joyda teskari õgirilib gapirar edi. Shuning uchun uning yuzi kõrinmadi. Y/n barcha mafiyalarni tanirdi va ular haqida ma'lumot bilardi. Ammo uning yuzini kõrolmadi. Shuning uchun xonaga yaqinroq borib uning yuzini kõrish uchun sekin yaqinlashishni boshladi. Y/n sekin yurar ekan kimdir bilagidan qattiq ushlaganini sezdi va qõrqib ketdi. Soqchi uning bilagidan qattiq ushlab boshliğining yoniga sudray boshladi Y/n kõp ham qarshilik qilmadi chunki boshliqni yuzini kõrishga qiziqyotgandi. Soqchi Y/nni boshliqni yoniga olib kelib yerga uloqtirdi. Y/n bundan ğazablandi va qõlini musht qilib sekin boshini kõtarib qarar ekan undan ancha narida turgan kelishgan yigitni kõrdi. Uning sochlari kõziga tushib turar qoshlari qora kõzlari esa jigarrang edi. U har qanday qizni aqldan ozdirar darajada kelishgan edi.
Y/n uni tanimadi. U otasining odami emasligini tushundi. Soqchi uni boshliqni yoniga yaqin olib borish uchun bilagidan qattiq ushladi. Y/n birdan qochish haqida õyladi va soqchiga qattiq zarba berib uni yiqitdi. Boshliq birdan ovoz chiqqan tomonga qaradi va soqchini yiqitgan qizga kõzi tushdi. Qiz juda chiroyli va nozik lekn juda abjir edi. Birdan boshliq baqirib qizni tiriklay tutishni buyurdi qiz buni eshitib qoronğu yõlak tomon qochdi. Y/n bor yõği 18 yoshda bõlsa ham yillar davomida õz ustida ishlab õzini himoya qila oladigan darajada kuchli va mohir edi. Shuning uchun omborxonadan qochish u uchun uncha qiyin bõlmadi, ammo hali bu boshliqning qõlidan hech kim qochishga ulgurmagandi. Boshliq soqchidan juda ğazablandi soqchi uni õldirmasligini sõrab yolvorar edi. Soqchi uni bir ojiz qizchadek kõrib uni qõldan boy berdi. Beshafqat boshliq esa soqchini ayab õtirmay uni otib tashladi. Tuni bõyi qolgan soqchilar Y/nni qidirishdi ammo topa olishmadi. Boshliq ğazabdan har soatda soqchilardan birini õldirardi. Bu payt Y/n uyga kelib yotoğida bõlgan ishlar haqida õylardi.
U kim va nima uchun otamni qurollari bilan qurollangan?
Y/nni bu savol qattiq õylantirdi chunki otasining har bir hamkorini yaxshi tanir edi. Y/n qochib charchagan edi shuning uchun darrov uxlab qoldi. Ertasi kuni tongda u yana Institutga bordi, kun bõyi darsda õtirdi. Otasi Y/nga qõnğiroq qilib unga syurprizi borligini uning sharafiga uyda kechga bazm uyushtirishini aytdi. Y/n bundan juda xursand bõlib uyga keldi va bazm uchun tayyorlanishni boshladi. U xonasida tayyorlanar ekan mehmonlar allaqachon kelishni boshlagandi. U pastga tushar ekan uy ajoyib bezatilgan va hamma mehmonlar unga tikilib turardi. Chunki u ğoyat gõzal va betakror edi.
U pastga tushib õzi tanigan mehmonlar bilan suhbatlashishni boshladi:
M: Salom Y/n. Bugun ochilib ketibsan.
Y/n biroz uyalgandan yanoği qizardi va pastga qarab jilmaydi. Y/n tezroq otasidan syurpriz nima ekanligini bilishga qiziqdi uni uydan izlay boshladi. Bir xizmatkorni tõxtatdi.
Xizmatkor: Xonim , Otangiz biroz avval uyga keldi oxirgi marta mehmonlarni yonida edi.
Y/n: Ha yaxshi, ishingni qilaver!
Y/n uydan otasini izlashni boshladi. Pastki qavatdagi xonalarni tekshirar ekan bir xonaga yaqinlashdi shunda kimdir uning oğzini qõli bilan yopib uni õzi bilan devorni orasiga oldi.