November 9

“SCOPUS” BAZASIDAGI JURNALLAR SARI MUVAFFAQIYATLI QADAM  

Globallashuv davri jahondagi xalqaro universitetlarning ta’lim tizimi, talaba yoshlar erishayotgan yutuqlaridan voqif bo`lish, shuningdek, akademik olimlarning ilm-fandagi dolzarb muammolariga bag`ishlangan tadqiqotlariga e’tibor qaratish, milliy OTMlar bilan o`zaro hamkorlik aloqalarini o`rganishni taqozo etmoqda. Xususan, zamonaviymediakommunikatsiyada sayohat jurnalistikasini rivojlantirish, milliy madaniyat yodgorliklari hamda tillarni asrash tarixiy shaharlar turizmini rivojlantirishning asosiy vositasidir.

Bugungi kunda “Scopus” bazasida nashr qilinadigan maqolalar ko‘plab davlatlarning OTMlarida ilmiy faoliyatini baholashning kriteriyalaridan biri sifatida qabul qilingan. Jumladan, bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimda bu berilganlar bazasiga katta e’tibor qaratilmoqda.

«Scopus» – dunyoning eng nufuzli ilmiy-tahliliy reyting platformalaridan biri bo‘lib, u ilmiy maqolalar mualliflari, olimlar reytingi, jurnallar, tashkilotlar, mamlakatlar reytinglarini tuzish imkonini beradi. Ulardan qanday o‘rin olish mumkinligi haqida gapiradigan bo‘lsak, bajarilishi kerak bo‘lgan asosiy vazifa – ilmiy maqola yozish. Bu masalada O`zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasining professorlari B.S.Jamilova va G.I.Toirovalar Sankt-Peterburg davlat universiteti filologiya fanlari doktori, professor, “Medialingvistika” (Scopus) xalqaro ilmiy jurnali muharriri Duskayeva Liliya Rashidovna hamda filologiya fanlari doktori, professor, "Вестник Томского государственного университета. Филология"(Scopus, Web of Science) jurnalining bosh muharriri Demeshkina Tatyana Alekseevnalar bilan uchrashuvi, ilmiy-metodik maslahatlari BuxDU jamoasining, ayniqsa filologiya yo`nalishidagi tadqiqotlar uchun ahamiyatli bo`ldi. Har ikkala mutaxasis hamkorlik o‘rnatish va tajriba o‘rganish maqsadida 2025-yilda oflayin seminar-trening o`tkazish uchun BuxDUga tashrif buyurishini, jurnal talabi asosida maqola tayyorlash tajribasi bilan o`rtoqlashadigan bo`lishdi. Jurnal tahririyatiga tayyor maqollar topshirildi.

Binobarin, har bir mamlakat uchun zarur hisoblangan zamonaviy mediakommunikatsiya formatlari, media lingvistikasi, yoshlarni jalb etish imkoniyatlari, talaba yoshlarning qiziqishlari o`rganilib, mediastudiyalar, lingvistik labaratoriyalar, mediabozordagi faol sohalarga qiziqtirish, xususan bo`lajak lingvist, journalist, matbuot kotiblarini diqqati avvalo tarixiy obidalar va muzeylarga qaratilishi bilan bog`liq tajribalar diqqatga sazovordir. Oliy iqtisodiyot maktabi departament direktori Nikita Argilov bilan hamkorlikda zamonaviy texnologiyalar asosida sayohat-iqtisodiyot jurnalistikasi uchun multimediformatlar yaratishga doir yangiliklar, turizmni rivojlantirish uchun mediakontentlarni o`zida aks ettirgan o‘quv qo‘llanma tayyorlash loyihasi kelishib olindi.