ANJUMANLAR– KASHFIYOT VA HAMKORLIK MINBARI
Hozirgi globallashuv jarayoni qizg‘in tus olayotgan, xalqaro tillar bo‘lgan ingliz, nemis, rus va fransuz tillar atroflicha rivojlanib, miqyosi kengayib borayotgan bir sharoitda, boshqada milliy tillarning dunyo sahnasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, maqomini saqlab qolishi katta muammo bo‘lib qolmoqda.
Bugungi kunda tillarni saqlab qolishning va rivojlantirishning asosiy omillarining biri, uni «internet tili»ga, «kompyuter tili»ga aylantirishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-aprelda “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori va 2020-yil 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6084-sonli Farmoni qabul qilindi.
Turkiy xalqlar adabiyotshunosligi va tilshunosligi doirasida o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlar tarixan bir-biriga tutash qadriyatlar, madaniyatlar hamkorligini tobora rivojlantirishdagi muhim omillardan hisoblanadi. Uning dunyo miqiyosidagi nufuzini oshirishda esa ilg‘or kommunikatsiya va texnologiya vositalariga ehtiyoj katta. Shu ma’noda, turkiy tillarni kompyuterda qayta ishlash bo‘yicha Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “TurkLang-2024” XII xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida o‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasining professorlari B.S.Jamilova, G.I.Toirovalarning ishtiroki o‘zaro hamkorlik, yangi kashfiyotlarga yo‘l ochdi, deyish mumkin.
Darhaqiqat, Istanbul texnika universiteti professori Eshref Adalining “Логика турецкого языка” nomli ma’ruzasi, Rossiya fanlari akademiyasi Tilshunoslik instituti(Moskva) professori Anna Vladimirovna Diboning “Тюркологический исследования в Сибири с использованием информационных технологий” taqdimoti, Rossiya Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qo‘llanma semiotika instituti professori Djao‘det Shevketovich Sulaymonovning "Turkiy tillar va sun’iy intellekt" mavzusidagi ma’ruza bayoni, shuningdek, "Научный результат. Вопросы теоретической и прикладной лингвистики" (Scopus) jurnali bosh muharriri, professor Olga Vitalyevna Dexnichning "Ilmiy nashrlarda muvaffaqiyatli muallif bo‘lish sirlari" mavzusidagi ma’ruzalari jahon olimlarining ayni paytdagi global ahamiyatga ega muammolarga e’tibor qaratilgakni bilan ahamiyatli bo‘ldi. Turkiy xalqlar adabiyoti va tiliga bag‘ishlangan korpus va mashina tarjimalari kelgusida texnik vositalarga muttasil qiziquvchi yosh avlod ma’naviyatini ta’minlash kaliti hamdir.