November 6
"Abdurauf Fitratning turkiy filologiyaga qo'shgan hissasi" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi
Joriy yilning 6-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti O'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi 70230101-Lingvistikа: о‘zbеk tili (qishki) yo'nalishi magistranti Navro'zova Aziza tomonidan Tilshunoslik nazariyasi fanidan "Abdurauf Fitratning turkiy filologiyaga qo'shgan hissasi" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.
Zamonaviy dars o'tish maqsadida yangi pedagogik metodlardan foydalanildi. Ochiq dars kafedra o'qituvchilari: G. Xayrullayeva, D. Yusupova va magistrantlar tomonidan tahlil qilinib, yaxshi baholandi.
Magistrantning dars tahlili shuni ko'rsatdiki, ochiq dars davomida o'qituvchi mavzuni tushuntirish bo'yicha o'z maqsadiga erishdi.