January 19

Beautiful strangers

2 - bob

School of Archonts

Author : Astrid Hofferson

Chapter 2

" Insonlar jirkanib tarki dunyo qiladigan o‘sha maxluqlarda nima ayb?. Bilaman biz ularning ko‘p qardoshlari , yoru birodarlar va bolalarini o‘ldirgandirmiz, Lekin biz buni zavq uchun emas tirik qolish uchun qigandik. Umuman olganda men sizlardan kechirim so‘rayman. Bu gunohlarim va ayblarimni hech narsa yuva olmaydi. Men Astrid Hofferson qayerda tug‘ulganidan ham kimlardan dunyoga kelganini ham bilmaydigan va qaysi turdagi maxluq ekanimni ham bilmaydigan bir qizaloq edim. Yillar o‘tib menda shakllangan g‘ayri oddiy qobilyatlar va chidab bo‘lmas og‘riqlar meni inson emasligimni anglatib borar edi. Og‘riqlar gohida judayam kuchli bo‘lar ediki , hushimdan ketgan paytlarim ham bo‘lgan. Esimni taniganimdan beri men yashayotgan diyorda ghoullar istiqomat qiladi. Bu qanchalar ajoyib va daxshatli!! Biz va insonlar yeya olgan taomlar ghoullar uchun achib - irib ketgan tamni berardi. Vaholangki ular faqat insonlar go'shti bilan oziqlanishadi. Buni tasavvur qilish judayam daxshatli.. Agar ular vaqtida ovqatlanmasalar ochlik ularni aqldan ozdirardi xuddi Telba Jonatan singari" xo‘rsinib qo‘ydi Astrid.. Poyezd oynasidan tashqarini tomosha qilgan bo‘ldi.

- Hoy Astrid nimani o‘ylayapsan !! Axir orzuying amalga oshyapti - ku!!
Birdan Felix gapirib uning hayollarini bo‘lib yubordi.

- Eh Felix ! Kechirasan.!! Ukam haqida o‘ylanib qolibman. U hozir yaxshimi ? Tuzalib ketadi - ya !!_ biroz yolg‘on gapirgan bo‘ldi .
Uni gapini tushungan Felix sekin qizni oldiga o‘tgancha uni o‘zi tomon suyadi.

- Ha yaxshi!! Sen ham ko‘rinib olganing yaxshi edi. Theo hozir dam olyapti yonida mehribon Mia si turibdi._ kulimsiradi o‘z gapini tasdiqlagandek. Astrid ham kulib yuborar ekan , Felixdan uzoqlashdi. - Balki uyingda nimalar bo‘lganini aytib berarsan!

- Shart emasdi . Lekin bunga haqqing bor . Aytganim bo‘lsin. Kecha...

~ 9 soat oldin ~
Uyga qaytishgach Astrid Felixning oyisi bog‘lab , yaralarni tozalab qo‘ygan oyog‘ini sudrab ichkariga kirib bordi. Qo‘lidagi ikki shisha alkagolni hali ham og‘aynilari bilan o‘tirgan janob Adisonni oldiga qo‘ydi. Erkaklar unga kulimsirab tikilishar ekan, o‘qraygancha ulardan uzoqlashdi.

- Men senga uchta shishaga pul bergan edim. Nega shisha ikkita?!! Nega oshnalarimga behurmatlik qilyapsan? Ular seni qancha kutishdi!!..
Yurishdan to‘xtagan Astrid zinada unga qarab turgan ukasiga bir qaradida so‘ng yo‘lida davom etdi. Ikkita pillapoyani bosib ulgurmasidan boshiga kelib urilgan idish tufayli to‘xtab qoldi. Boshiga kelib urulgan uni yaralab yerda chilparchin bo‘ldi. Ko‘zlari katta katta ochilgan kichkina Theo endi boraman deganda Astrid uni to‘xtatib qoldi.

- Salomlashdim - ku !! YANA NIMA QILAY? Nega meni kutishadi aa!! Nima endi qo‘yniga o‘tirib xursand qilaymi? O‘tgan safargi shilqimligiga indamadim !! Jin ursin ! Ikkita shihsa olib kelganimga xursand bo‘ling... Boqib olganman deb har narsa qilaverasizmi !! Kechgacha o‘sha siz topgan restoranda birovlarni axlatini tozalab, shu shishaga pul topganim yetmagandek endi manavi qurumsoqlar bilan o‘tirishimni so‘rayapsizmi!!
Asabiylik bilan unga o‘qrayib yeb qo‘ygudek qarab turgan erkakka qichqirib baqirdi. Oshnalari oldida o‘zini izza bo‘lgandek his qilgan Adison darrov o‘rnidan turdida Astrid tomon bostirib bora boshladi.

- Nima deding ko‘rnamak!! Men bo‘lmaganimda allaqachon o‘lib ketgan bo‘larding o‘sha ukang bilan. Tuzimni yeb tuzlug‘imga tupuryapsanmi kichkina bitch !! Buyoqqa kell!! _ deb o‘shqirdi Adison. So‘ng do‘stlariga qarab - Sizlar o‘turib turing !! Hozir kelaman .

Vajohatidan qo‘rqib ketgan qiz kiyimlarini ushlab g‘ijimlar ekan , Theo tezda pastga tushib qo‘lidan tordi. Yuqoriga ko‘tarilib ketishdi. Ortlariga qo‘rquv bilan qarab qo‘yishar ekan , Adison kelyaptimi yo‘qmi deb. Chol ortlaridan baqirib kelardi , so‘ng tezda Theo ni xonasiga otilib kirishdida eshikni tamballashdi.Qo‘rquv va havotir bilan opasi Astridni oldiga borar ekan oyog‘idan oqayotgan qonni ko‘rib hayrat aralash qo‘rquv bilan Astridga boqdi.

- Nima qilyapsan ahmoq!! U hozir oyoqlaringni singuni

cha urib , yana hayvondek bog‘lab qo‘yadi.! Yana nimani boshladingiz _ asabiy opasini oyoqlariga yopishib shimini yuqoriga ko‘tarib ko‘rgan manzarasidan qotib qoldi. - Bu nima bu!!

- Eshikni ochlaring la'natilar !! THEO OCH ESHIKNI !! YO‘QSA UNGA QO‘SHIB SENI HAM O‘LDIRAMAN!_ deb qichqirdi janob Adison eshik ortidan.

- Theo!! Theo faqat tog‘ri tushun. Iltimos!! Men men.. Jonatan meni yemoqchi bo‘ldi.. Oyoqlarimni suyagigacha g‘ajib tashladi keyin bilmay uni o‘ldirib !!! O‘LDIRIB QO‘YDIM..kallasi uzulib ketdi. Ichimdagi manabu la'nati uyg‘onib ketdi. Men uni o‘ldirib qo‘ydim.- deb allaqachon qon oqayotgan oyog‘idagi bog‘ichni yulib oldi.
Unda hali ham tiklanish jarayoni ketayotgan edi. Muskul to‘qimalari o‘sib uzilib ketgan joyidan yangilanar va bun tiklanishiga biroz vaqt kerak bo‘lardi.
Chuqur - chuqur nafas olgan bolakay tezda bog'ichni olib , ko‘zlarini yumgancha bu daxshatli narsani berkitish uchun bog‘lab , Astridni o‘rnidan turg‘azdi.

- Mayli jin ursin!! Hozir qochishimiz....
Gapini tugatmasidan butun xonani o‘q ovozi tutib ketdi. Quloqlarini berkitgan bolalar asta pastdan eshik tomon qarashar ekan , eshikni buzib miltiq bilan Adison bostirib kirib keldi..
Ukasini ortiga olgan Astrid qo‘rquv to‘la ko‘zlarini unga qaratdi. Miltiqni o‘qlab qizolqni peshonasiga tiragan erkak ortidagi bolani yulib uloqtirib yubordi.

Theo

Peshonasiga tralgan miltiq uchi borgan sari qattiqroq botar ekan , qanchalik qo‘rqmasin qarshisidagi erkakka Astrid tik qarab turardi. Ammo yurak urushi buni aksini bajarardi. Qo‘llaridan sovuq ter oqar ekan , asta yerda yotgan ukasiga tepadan qarab qo‘yardi.

- Opaa!! Iltimos Adison amaki unday qilmang!!. Yolvoraman. Meni jazolang faqat uni emas .Yolvoraman..
" Jin ursin faqat bu emas.!! Faqat bu emas. Men men.. agar o‘q tasir qilsachi!! Bu o‘q oddiy o‘qligini juda yaxshi bilaman ammo faqat men o‘ylagan narsa emas.. Jin ursin miyyamga har balo kelyapti. Bu safar nima qiladi . Oldingidek oyoq qo‘limni bog‘lab , yalang‘ochlab ustimdan muzdek suvni quyadimi!! Yoki bo‘lmasa tirnoqlarimni sug‘uradimi to‘g‘ri bu ishni hali qilmagan lekin bu maxluqni qo‘lidan har balo keladi. Aslida men emas u hayvon . Jin ursin qaysi tentak yoshligimizda bizni shu maxluqni qo‘liga tashlab ketgan... Qanchadan qancha hayvonni ko‘z oldimizda so‘yib tashlagan .. Meni aynan bundan keyingi qiynoqlar qo‘rqitmoqda.. Uni bu qiynog‘i odam o‘ldirishdan ham qo‘rqinchi tuyuladi. Jin ursin!! Theo .. Ukam. Menga qo‘shib uni ham jazolaydi. "
Shularni hayolidan o‘tqizar ekan, birdan o‘rnidan turgan Theo Adisonni turtib yubordi. Eshik tomon yuguraman deyishganda Adison Astridni oyog‘idan tortib ostiga oldi. Keyingi soniyalarda qizaloqni tanasida binafsha rangli dog‘lar paydo bo‘la boshladi. Bor kuchi bilan qizni urar ekan , Astrid hatto qarshilik qilishga ham urinmas edi. Opasini qutqaraman deb darrov o‘rnidan turgan bolakay janob Adisonni qo‘lidan miltiqni olaman deb tirmashgan edi , bexosdan tepki bosilib to‘g‘ri yelkasiga o‘q tegdi... Soniyalar ichida xonani quloqni qomatga keltiradigan chinqiriq ovozlari qoplab oldi.

~~ Flesh back~~ Hozirgi vaqt.
- Uyog‘ini o‘zing bilasan Felix!! Agar kirib qolmaganingizda va bo‘ynimga manabu radahanni taqmaganingizda o‘sha yerni o‘zida bir emas to‘rtta murda chiqardi. Jin ursin ! Nega aynan men.!!??_ deb sochlarini g‘ijimlagan bo‘ldi.

- Astrid Theo tuzalyapti . Muhimi shu emasmi?

- Undan tashqari kechagi o‘sha Jonatan voqeasi jin ursin. Men buni xohlamagandim. Vaholangki u faqat qornini toyg‘izmoqchi bo‘lgan va bolakay Owenni yegan.!! Men Jonatanni o‘lishini xohlamasdim biroq !! Manashu panjalarim bilan uni kallasini uzib qayta tiklana olmaydigan darajaga keltirdim. Balki tanasi qayta o‘sib chiqaandir aa!! _ dedi Astrid allaqachon xanjardek o‘sib chiqqan tirnoqlariga boqib..
Felix uni yolg‘iz qolmoqchiligini tushunib shunchaki indamadi va boshqa do‘stlari oldiga ketdi. Boshini ko‘targan bo‘lib, qayta poyezd oynasidan manzarani tomosha qila boshladi. Deraza ortidagi manzara biroz bo‘lsada uni tinchlantirardi. Kupedagi ongni eshitish qobilyatiga ega bolakay uni ichida o‘ylayotgan narsasini eshitib daxshatga tushdi . So‘ng Astridni hayolini o‘qishni tugatib do‘stlari bilan gaplashishda davom etdi. Ko‘p o‘tmay Astridning yoniga ukasi tengi bir qizaloq kelib , uni yana bezovta qildi.

- Astrid Opa !!

- Mhmm nima deysan Mia !! Iltimos bir muddat tinch qo‘y !

- Mmm Theo uyg‘ondi. Sizni so‘rayapti. Keyin manabu qon bo‘lgan kiyimingizni almashtiramiz . Yuring_ jilmayib dedi qizaloq Mia o‘zidan ikki yosh katta bo‘lgan qizni yuzini ko‘rib hozir ortiqcha gap kerak emasligini tushundi .
Indamay o‘rnidan turgan qiz sekin Mia ning ortidan ergasha boshladi. Mianing so‘zidan so‘ng kiyimiga e'tibor qaratgan Astrid butun boshli oppoq kiyimi qon bilan qoplanganini ko‘rdi. Theoni oldiga kirgandan so‘ng uni oldiga asta joylashib bag‘riga oldi. Sochlarini silab, yuz ko‘zlaridan o‘pib qo‘ydi. Deyarli yarim soatcha u bilan yotib dam olgandan so‘ng Mia bergan kiyimlarni alishtira boshladi.

- Opaa !!Yo xudoyim ahir bu yerda Theo borku ._ deb uyalgandek ko‘zlarini yumdi.
Uni uyalib ketganini ko‘rgan Theo miyig‘ida jilmayib boshqa tomonga o‘girilib oldi. Kiyimlarini kiyib bo‘lgan Astrid qoshini chimirib qo‘ydi. Ko‘ylak tugmalarini qadar ekan qo‘llari bilan hali ham ko‘zlarini yopib turgan qizni ko‘rib ensasini qotirdi..

- Mia hozir mendan uyalyapsanmi yoki Theodan !! Tavba Boshdan oyoq yechinganim yo‘q - ku nimadan uyalay . Uni ustiga u menga emas BOSHQAAA TOMONGA qarab turgandi_ atayin o‘sha " boshq tomon " so‘ziga urg‘u berib aytdi.
Shu payt Richart bilan yonida bir ayol kirib keldi.. Richart kiyimlar Astridga yarashganini ko‘rib jilmayib qo‘ydi..

- Kiyimlar senga juda yarashibdi qizaloq.

- Rahmat. Richart ! Kahlen qachon maktabga yetib boramiz !! .

- Oz qoldi !! Borib joyingda dam olishing mumkin.
Eshik yopilib , Astrid u yerni tark etdi. Qayta joyiga borar ekan , u yer to‘la ekanligini ko‘rib qovoqlari uyildi. Kupening oxirigacha borib faqat bittagina joy bo‘shligini ko‘rdi . Unda ham faqat bir bola o‘tirardi. Charchoq bilan unga yaqinlashar ekan , bolakay o‘qiyotgan kitobini yopib qo‘ydi..
- Urz shu yerga o‘tirsam bo‘ladimi? Joyimga bolalar o‘tirib olibdi shungaa..

- Mayli o‘tir

- Rahmat !!
Minnatdorchilik tariqasida boshini egib Adamsning qarshisiga joylashdi. So‘ng yana oynadan tashqariga qarab termula boshladi...

Adams Zane

~ ~ ~●~ ~ ~

Kattakon qal'a. Atroflarida kamida 6 taga yaqin soqchi saf turar edi. Ichkari yo‘laklar har tomonda soqchilar izg‘ib yurardi. Qal'aning zah bosgan , sovuq , nur arang o‘tadigan zindonida ikki qo‘li zanjirlangan ayol arang nafas olardi. Xona burchaklarida kalamushlar chiyillashib yurishardi.. Temir eshiklar ochilib kelishgan bir erkak kirib keldi. Sochlari uzun, yalang tansini berkitib turgan uzun yengsiz kiyim va katta va bahaybat mushaklarga ega inson edi. Kirishi bilan temir zindon eshiklari tars etib yopildi. Darken Rhall ayolning oldiga borib unga biroz tikildi. Kichik jussani asta siltab , iyagidan yuqoriga ko‘tardi.

- Azizim Denna juda sovuq emasmi ?

Denna indamadi. Shunchaki qimirlab qo‘ydi halos. Bundan so‘ng Rhallning buyrug‘i bilan chelakda muzdek suv olib kelishdi. Suvni o‘z qo‘liga olgan Rhall birin ketin ayolning yuziga sachib ishqalay boshladi. Sovuqdan seskangan qiz hali ham ko‘zlarini ocha olmasdi. Oxiri butun boshli chelakdagi suvni Dennani ustidan quyib yuborar ekan , uning ko‘zlari katta katta ochilib ketdi.

- Ahh..Rha..ll . Meni ushlab nimaga erishmoqchisan. Baribir maqsadinga yeta olmaysan.

- Yo‘q Dennam!! Adashding. Men Darking Rhalman. O‘z otasini tab totmay o‘ldirgan o‘sha Rhallman. O‘sha kitobni va oshiqlar toshini qo‘lga kiritsam bas. Menga esa seni yordaming kerak..

- Hmm. Bilaman. Ammo baribir Richard sendan zo‘rroq. Tan ol!!._ dedi Denna yuzlariga yopishib qolgan sochlarini puflab.
Nafas olib ulgurmasidan yuziga tushgan tarsaki tufayli qo‘zg‘alib ketdi yuzi esa boshqa tomonga qarab qoldi.

- O‘chir ovozingni!! Iztopar va rohibalar vaqti o‘tdi. Sen aytayotgan Darken Rhall va Richart Rhall o‘lib ketishgan va qarabsanki maxluqlar va asfungarlar , iztoparlar va rohibala onalar davri birlashgan bir vaqta biz qayta dunyoga keldik. Bu shuni ko‘rsatadiki hali bizni qilinmagan ishlarimiz bor azizam Denna ..
Rhall Dennani yuzlarini silab peshonasidan o‘pib qo‘ydi. Hozir undan foyda chiqmasligini anglagandan so‘ng asta eshik tomon yaqinlashdi. Zindon eshiklari ochilar ekan , ortidan kelgan bo‘g‘iq ovoz tufayli yurishdan to‘xtab qoldi..

- Rhall qaysi davrda tug‘ulma baribir sendek yovuzni yengadigan bir inson tug‘ulaveradi. Eshitishimcha bashoratda aytilgan maxluq bolalar tirik ekan va ular bizga yaqinlashib qolishibdi. Hihh demak o‘sha kechada hamma chaqaloqlarni qiribsan - u, mitti Hoffersonlarni o‘ldirolmabsanda._ jilmayib dedi Denna.
Uni gaplarini eshitgan Rhall g‘azablanib soqchilarga qaradi - yu :

.- Ilonni qo‘yib yuboring _ dedi - yu , u yerdan g‘oyib bo‘ldi.
Ketgandan so‘ng qopdagi tim qora ilonni qo‘yib yuborgan soqchilar eshikni yaxshilab maxkamlab , quloqlarini berkitishdi. Xona ichiga sudralib kirgan ilon asta Dennani oyoqlariga o‘ralib libosi ichiga kirib ketdi. Xonani daxshatli , chidab bo‘lmas chinqiriq ovozlari qoplab oldi. Tashqaridagi soqchilar ovozlarni eshitmaslik uchun quloqlarini yaxshilab berkitishib , xonadan uzoqlashihsdi. Ichkarida esa Denna tanasi bo‘ylab aylanib chaqayotgan ilonni tushirish uchun tinmay tipirchilab baqirardi...

Darken Rhall

~~~~

Ilon

2 bob o‘z nihoyasiga yetdi

E'tiboringiz uchun rahmat Lunaris

Sizlar bilan Astrid bo‘ldi