Thantophobia
Ikkita kitobni qo‘liga olib, ortiga burilgancha Astridga yaqinlashib muloyim ohangda, unga yuzlandi.
- Oppog‘oy bir hafta oldin aytgan ishing shumidi?
- Bu senga yarashadi _ dedi Zane chuqur ohangda - Xo‘sh aytasanmi?
- Nimani nazarda tutyapsan ? Kutubxonanimi? Yo‘q shunchaki bo‘sh vaqtim bor edi va kitob o‘qigani keldim . Shu xalos Adams !! _ kursiga suyangancha Zanega qaradi . - Xo‘sh qaysi kitob .!
Qiziqsinib yigitning qo‘lidagi kitobga nazar tashladi. Ko‘zlari bir muncha kitob muqovasida kezgancha oxiri hech qanday ifodasiz yigitga tikildi. Zane u tomon qadam tashlab kitoblarni stol ustiga qo‘ydida , o‘ziga tikilib turgan qizga yaqinroq egildi.
- Bizda ikkita kitob bor qaysini o‘qiymiz _ ko‘zlari bilan ishora qildi Zane so‘ng Astridning ko‘zlariga boqdi .
Ko‘zlarini olib qochgan Astrid unga egilib turgan yigitdan biroz stulini surib uzoqlashdi. Chuqur ho‘rsonib yana kitoblarga qaradi. " Uff qaysi biri ! Ming la'nat Astrid! U ataylab shu kitoblarni tanlagan . Nima qilmoqchi o‘zi - uu? Zanee!!! Nega o‘zi unga rozilik bildirdim.!! Deb lablarini ishirib yana og‘ir uh tortdi.. Hozir manshu kitoblarni birini tanlash kerak , u chun bu juda qiyin tanlov huddiki notog‘ri tanlov va hammasi barbod bo‘ladigandek. Ammo hech qachon kitobni yomoni bo‘lmagan shundaymi.. Uzoq muddat tikilib turgandan ko‘ng stoldagi iķki kitob : " Haunting Adeline " va " Toxic" dan biri yani albatta " Haunting Adeline " ni asta o‘zining nozik qo‘llari bilan ushlab Zanega uzatdi..
- Ho‘p qayerda o‘qiymiz Oppog‘oy!?
- Anavi yerdagi divanga borib o‘tirib tur hozir oldinga boraman! Qahva ichasanmi? _ o‘zini arang bosishga harakat qildi.
Uning savoliga boshini " ha " degandek irg‘igan yigit shunchaki u ko‘rsatgan tomonga ketdi. Ortidan qarab qolgan Astrid shunchaki yengil tortdi.
Ikkita chashkaga qahvani damlab , yoniga shirinliklarni qo‘yib patnisga joyladi. Patnisni olgancha tog‘ri Zane o‘tirgan divan oldiga borib , patnisni stol ustiga qo‘ydi. Kitob o‘qib, unga e'tibor ham qilmagan yigitni yoniga joylashib , nima o‘qiyotganiga qiziqdi. Boshini asta suqib kitobga ko‘z yugurtirdi. O‘ziga juda yaqin o‘tirgan qizga qarab jilmaygan Zane uning harakatlarini kuzatdi.
- Nima o‘qiyapsan ! Anna Karenina _ hamma narsani unutgancha o‘ynoqilik bilan yigitga savol berdi.
- Sen kelguncha o‘qib turgandim.
- Vaahhh men bu sherni shunchalik sevaman. Bilasanmi bu kitob menga nimalar berganini .. Ehh men bu kitobni o‘qib juda ko‘p narsani o‘rgandim ammo manashu 52 - betdagi to‘rt qator she' r hech qachon yodimdan chiqmaydi_ ko‘zlarini chirt yumib , kulib yubordi. Sadafdek tishlari ko‘rinish berib , chiroyiga yanada chiroy qo‘shgandek bo‘ldi. Kulganda ko‘zlari qisilib , yanoqlari tobora qizarib borar ekan Zane beixtiyor undan ko‘z uzolmay qoldi. O‘zgacha soflik barq urib turuvchi o‘sha nigohlar jilvalanib , yanada porlab turardi. Kitobdan boshini ko‘targan Astrid Zane ning o‘sha qahvarang ko‘zlariga duch keldi. Sochlarini quloqlari orqasiga o‘tqizar ekan , yuzlari yaqinligidan yigitning nafasi uning yuzlariga urilib turardi. . Undan ko‘zlarini uzmagan holda biroz uzoqlashgan qiz , asta lablarini qimirlatdi. Uning lablariga qarab , so‘zlarini u bilan birga aytgan Zane shunchaki she'rni maromida aytishni boshladi.
- Himmlisch ist's wenn ich bezwugen
Meine irdische Begier ;
Aber noch wenn's nicht geltngen
Hatt' ich auch recht hubs Plaisir!
( Eslatma sher Leo Talstoyning Anna Karenina asaridan olingan.)
Ko‘zlaridan o‘t chaqnab bir - biriga o‘zgacha ishtiyoq , xohish bilan boqayotgan Astrid va Zane hech qanday uyalish, bezovtalik hissisiz tikilib jilmaygancha she'r aytishar ekan go‘yoki vaqt to‘xtab atroflarida o‘sha kitobdagi ballarda bo‘ladigan musiqa yangrayotgandek bo‘lardi. ..
- Rostan ham ajoyib she' r tog‘rimi _ dedi Adams tabassumini yashirolmay
- Sen telbasan _ asta yuzini burib qaddini rostladi. - Bilasanmi Zane qanchalik ahmoqona va telbalik bo‘lmasin , tan olaman men kitob o‘qiganimda passion
his qilaman... Goh g‘amgin bo‘lsin , goh hissiyotli . Umuman farqi yo‘q . Ammo bu kitob, bu asar shu darajada mukammal yozilganki tariflashga til ojiz , har bir satr men uchun bir olam bu kitobning. _ ko'zlarini ishqalab o‘zini divanga to‘liq tashlab suyandi.
- Bu she'rni manosini bilasanmi Oppog‘oy!!
- Hazillashyapsanmi ? Qanday qilib bilmasligim mumkin xohlasang aytib beraman.Janob Adams
- Yo‘q . Shunchaki so‘radim ._ deb qo‘llarini qizning yelkalari ortidan o‘tqazdi.- Aytib berasanmi?
Ko‘zlarini yumib boshini ortga tashladi. Zanega g‘alati qarash qilib shunchaki sherni o‘qiy boshladi.
- O‘z ehtirosimga bo‘lsaydim hokim,
Bu g‘oyat go‘zal ish bo‘lardi, albat;
Bunga erishmagan bo‘lsam ham, lekin
Har qalay kayf qildim, oldim ko‘p lazzat!!
Birdan uyalib ketib , yuzlari qizarib ketar ekan qo‘lidagi uzun yengi bilan yuzini berkitdi .
So‘ng yana o‘rnidan qo‘zg‘alib , stol ustidagi shirinlikdan olib Zane tomon surildi.
- O‘qib berasanmi yoki o‘qiymi ?
- Xohishing Oppog‘oy. Qizlarni hurmat qilamiz !
Birdan ikkisi ham kulib yubordi. So‘ng qahvadan ichishib birga shirinlik va pishiriqlarni yeyishgandan so‘ng birga kitob o‘qishdi. Kitobdagi har bir satr har bir voqea Astridni hayajonlantirib yuborardi. Kitobni Zane bilan o‘qiyotgani uchunmi , yoki boshqa narsagami o‘zini g‘alati his qilardi. Tushunib bo‘lmas hislar uni chulg‘ab olgandi. Bir necha daqiqa oldingi voqeani o‘ylab qoldi. Zane bir qo‘lini Astridning yelkalariga qo‘ygancha kitob o‘qir ekan , birdan titrab ketgan qiz sabab nihohlarini olib o‘tdi.
- Hammasi joyda _ deb yana biroz titrab , lablarini qimtidi ...
Qizning sochlarini to'zg'itib qo‘li unga halaqit berayotgani uchun asta qo‘lini oldi.
Kitobni o‘qib bo‘lishgandan so‘ng , Adams Astrid bilan xayrlashib , o‘z uyiga bordi. Xonasiga kirib paltosini kiyim ilgichga ildida , kiyimlaridan xalos bo‘lib yuvinish xonasiga kirib ketdi.
Yuvinib chiqqandan so‘ng , ovqatlanish xonasiga kirdi . U yerni yig‘ishtirayotgan Fiona uni ko‘rib jilmaydida , ishida davom etdi.
- Fiona buvim qayerdalar ? _ dedi unga yordamlasha turib .
- Xonalarida ! Ha yana Zane ubu narsa kerak emasmi ? Bugun darslarim bor edi shunga xonangizni yig‘ishtirib chiqsam degandim agar ruhsat bersangiz . Shu bilan ikki kundan keyin kelaman..
- Bemalol! O‘qishda omad tilayman _ deb buvisining xonasiga yo‘l oldi.
Buvisining xonasiga kirib ular bilan biroz o‘tirgach yana o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Kechga yaqin ko‘chaga chiqib tashqarini sayr qilishga qaror qilib , yo‘lga chiqdi..Sovuq ammo yoqimli havo uning yuziga urilib , o‘z tasirini ko‘rsatardi. Havo salqin bo‘lishiga qaramay New York ko‘chalari hamon odamlar bilan liq to‘la edi. Kimdirlar uyga yana kimdirlar boshqa manzilga shoshilishardi. Yo‘lda shahar manzarasini ya'ni 10 yoshli bola singari alanglab kuzatar ekan, kulib turgan yuzlari tekislandi. Umuman olganda ertalabki chaqnab turgan , Astridga boshqacha mehr bilan boqqan ko‘zlardan umuman asar ham qolmagan.Yo‘lning narigi betidagi o‘rindiqda o‘tirgan ikki bolakayga ko‘zi tushib , yanada mahzunlashdi. Kichkina deyarli olti yosh atrofidagi qizaloq va uning yonida o‘n yoshlar atrofidagi bolakay uni quchib o‘tirardi. Bolalikdagi xotiralar yodiga tushib , bir muddat o‘sha shirintoylarga tikilib qoldi. Beixtiyor oyoqlari ular tomon qadam tashlay boshladi. Chorraxani kesib o‘tgach bolalar o‘tirgan o‘rindiqqa yaqinlashdi .
- Aka oyim qachon keladi ? Sovuqqotim !_ dedi qizaloq yig‘lamsirab.
- Hozir keladilar! Ma buni ol _ dedi - yu ustidagi paltoni singlisini ustiga ildi .
- Sovuq emas! Kiyib ol . Hozir oyim keladilar..
Asta bolakayning yonidan joy olib unga yaqinroq o‘tirdi. Sovuqdan yuzlari qizargan bolakay , titrab turardi.. Ikkilanishsiz kiyimini yechib bolakayning ustiga ilgan Zane ularga qarab jilmayishga harakat qildi.
- Bolakay amaki bo‘lishga hali yoshlik qilaman! Ismim Zane ! Sizlarnikichi ?_ qo‘llari bilan bolakaylarni quchib isitgande
- Meniki Daniela_ o‘yinqaroqlik bilan javob berdi qizaloq jilmayib . - Bu esa Benjamin meni akam .!
- Oh buncha ismlaringiz chiroyli bo‘lmasa ? Nega shunday tilla bolalar shu sovuqda o‘tirishibdi?
Savol berib bo‘lishi bilan ular oldiga kelgan ayol bolalarini qo‘lidan ushlab sudray boshladi. Ayol Zanega rahmat aytib undan uzoqlashdi. Bolalar ortidan qarab qolgan Zane biroz muddat hayollarga cho‘mib o‘sha zah o‘rindiqda o‘tirishiga to‘g‘ri keldi. ...
Stivani oldidan qaytgandan so‘ng Astrid anchadan beri qaytishini kutayotgan insonning uyiga yo‘l oldi. Qo‘llari sovuqdan qizargan. Sovuq, izg‘irin shaboda qalin kiyimini teshib ketgudek esyapti..Kvartira oldiga kelib, ikkinchi qavatga zinalardan ko‘tarildi. Eshikka yaqinlashishi bilan , ichkaridan chinqiriq ovozlar eshitila boshladi. Astrid eshikni tutqichidan ushlab eshikni ochgan ham edi- ki , qarshisida paydo bo‘lgan qizni ko‘rib , yuzini bujmaytirdi.
- Ooov Hofferson bizni eslab qolibdimi!!? Nega kelding ? Yana o‘sha qotilni qidirib yuribsanmi . Bilib qo‘y u agar shu yerda bo‘lganda va seni yaxshi ko‘rganida allaqachon uni topib birga bo‘larding. Allaqachon o‘sha qotil akang seni esdan chiqargan va hozir sevgilisi bilan hordig‘ini chiqaryapti._ deb piching qildi Mia Astridni o‘zidan itarib .
Mia eshik oldagi qizga yuqoridan qarab , mensimaygina qo‘l uchida itardi - yu , piching qila boshladi. G‘azab otiga mingan qiz akasi haqidagi haqoratga chidolmay Miyani shartta bo‘g‘zidan olib devorga tiradi. Ko‘zlari qizarib , yuzi tundlashdi. Uni ancha muncha narsa asabini buzolmasdi , har qanday holatda Astrid g‘azabini bosib muloyim gapirishga harakat qilardi . Ammo gap akasi haqida ketsa u hech kimni ayab o‘tirmaydi. Ha u shunaqa tushunarsiz tabiatga ega qiz edi. Mia jon talvasasida Astridning qo‘llariga yopishar ekan, Astridning qo‘llari borgan sari qattiqlashib havo yo‘lini to‘sib borardi.
- Seni ishing bo‘lmasin! Agar yana ..
- Qo‘yib yubor maxluq! Sen ham akang ham bir go‘rsanlar _ deb Astridning yuziga tupurdi.
Ko‘zlarini yumgan qiz Miani bo‘g‘ib turgan qo‘llarini asta bo‘shatdi. Havo yetishmay egilgancha chuqur chuqur nafas olayotgan Mia hech narsani anglab ulgurmasidan yuziga kelgan tarsakidan orqaga yiqilib ketdi..
- Men sen bilan pachakilashga kelmadim. Akang qani?! Mikee! Michael shu yerdamisan _ yuzini yengiga artgancha ichkariga Miani oldidan o‘tib ketdi.
Dahlizdan o‘tib ichkari zalga kirdi. Xonalarni birma - bir ko‘rib chiqa boshladi. Michaelning xonasiga kelganda eshikni taqillata boshladi. Ammo hech kim yo‘q, birdan ortiga qaragandi katta bir tanaga urilib ketdi.
- Nima shovqin desam sen keldingmi tirmizak!! Miani nima qilding?_ dedi Michael qizni sochini silagan bo‘lib, birdan g‘ijimlab oldi.
- Ayy! Singlingni tili yomon azizim. Manabu kuchingni menga ishlatguncha aka bo‘lib singlingni tarbiyala .._ deb ko‘zlariga tik qarab yalang qo‘ĺaridan ushlab itardi. Ammo kuchi yetmay joyida qoldi. - Sochimni qo‘yib yubor ahmoq!!
- Meni tinchimni buzgani shuncha yo‘l bosdingmi tirmizak ..
- Ko‘zim uchib turgani yo‘q ! Tinchgina kelib bir ikki narsani so‘ramoqchi edim halos ! Ammo Miani o‘zi ancha xohlab qolgan ekan._ dedi Astrid.
- Kaini o‘zisan ! Kichkina maxluq ! Nima so‘ramoqchi eding so‘ra va ket bu yerdan ..
- Jin ursin seni ! Sen ikkalang ado qilding meni .. Men qayerdan bilaman akangni o‘ynashi bilan yurgandirda ..
- Nega uni bunchalik yomon ko‘rasan! Aldama o‘tgan kuni uni kvartirangdan chiqqanini ko‘rdim . ? Aytsang qaytib ko‘zinga ko‘rinmayman chin so‘zim . _ dedi homush tortib Astrid . - Iltimos ! Michael yolvoraman aytaqol uni qayerdaligini bilasan - ku _ chidolmay yig‘lamsirab , g‘ururini chetga surgancha yalina boshladi.
Bir muddat Astridga tikilgan yigit chuqur nafas olidi . " Sen qanday odamsan - aa o‘zi. Seni deb g‘ururini chetga surib turgani ko‘zlaridan yuz ifodalaridan ma'lum . U hech qachon bunday qilmaydi Lekin senga kelganda hamma narsa qiladi. " deb ichidan o‘tkazdi. Xonasiga kirgancha kichik qog‘oz olib unga allanimadirlar yoza boshladi. Yozib bo‘lgach qog‘ozchani asta Astridga uzatdi. Xursandligidan Astrid darrov Mike ni quchib , qo‘llarini o‘pa boshladi.
Scolfieldga minnatdorchilik bildirib so‘ng kvartirani tark etdi. Qog‘ozchani ko‘ksiga bosgancha uyi tomon yugurdi.
Uyga yetib kelgach hech narsaga e'tibor bermay to‘g‘ri xonasiga kirdi. Xonani qulflab asta eshikka suyandi. Boshini eshikka suyab qog‘ozga qaradi. Qog‘ozda yozilgan manzilga bir muncha tikilib qarab turdi - yu, ko‘zlari yoshlandi.
- Seni juda sog‘indim akajon !
O‘rnidan asta turib ustidagi kiyimni yechdi. Og‘ir kiyimlardan halos bo‘lgach , ularni o‘z joylariga ilib qo‘ydi . Xonaning bir chekkasida qiyshayib turgan sumkasini olib , ichidagi kitoblarni bo‘shatishga qaror qildi. Kitoblarni olar ekan bir muncha o‘ylanib qoldi. Birdan ko‘z oldida ertalabki voqealar aylanar ekan , ich ichidan sevinib ketdi." Esingni yebsan sen qiz. Shit . Ayshhh nega u bilan manavi la'nati kitobni o‘qidim . Ming la'nat o‘ylagan sarim kitobdagi voqealar va u " lablarini qimtidi. Qo‘lidagi kitobni ertalab sumkasiga Zane solib qo‘yganini eslab , peshonasini uqaladi. Beixtiyor yuziga tabassum yugurdi. Kitobdagi o‘sha sahnalarni Zane bilan o‘qiganini o‘ylab , lablari yanada keng yoyilib , uyatdan ko‘zlarini ishqaladi..
- Sen rostan ham telbasan Astrid ! _ deb o‘zini o‘zi koyigan bo‘ldi