January 4

Beautiful strangers

1 - bob

Allaqachon kech tushgan. Osmonda yulduzlar nur sochib turardi. Yuvinish xonasidan chiqqan qizaloq oyna oldiga kelib, sochlarini qurita boshladi. Hayollga berilgancha sochlarini quritar ekan , birdan yonida paydo bo‘lgan inson tufayli qichqirib yubordi.

- Astrid qichqirishni bas qil! Yarim kechasi nima qilyapsan!!?

Tashqaridan Adoson xonimni yoqimsiz ovozi yangradi. Tilini chiqarib yuzini bujmaytirgan Astrid yoqimtoy yuzi bilan yonidagi bolaga qaradi. Uning bu qilig‘idan kulib yuborgan Felix , kulgudan yerga yiqilib tushdi.

- Hoy nega kulasan ahmoq!! Kech bo‘lganda uyslmaysanmi aa? Qayerdan kirding xonamga _ qoshlarini chimirib hali ham kulayotgan bolaga doq popsa qilib - Tentak yuragim chiqib ketdi. Kulma dedim! Qachondan beri shu yerdasan.? Hoy kulmasangchi!!
Yerga tizzalab bolakayning yelkasiga musht tushirdi. Kulishdan to‘xtagan o‘spirin tepasida turgan qizaloqqa mayin jilmayib yuzidan chimdaladi..

- Jinni ! Og‘riyapti .. Nega kelding telba..

- Astrid!! Qahvaxona orqasida ..

- Nima ? Felix cho‘zmasangchi_ dedi Astrid qizargan yuzini uqalash bilan birga.

- Sumkam qolib ketibdi? Ichida dorilar bilan Macdonaldning barmoqlari bor edi . Anavi qog‘ozlar ham bor edi._ deb lablarini tishladi.

- Esing joyidami seni.._ sekin ovozini paslatdi- Nega kecha murdani yoqib yubormadingmi ? Agar hujjatlarni yo‘q qilmasak o‘sha maktabga kira olmaymiz - ku!!

O‘zini yerga tashladi.Daxshatdan tipirchilab nam sochlarini to‘zg‘ita boshladi.So‘ng darrov o‘ziga kelgach kiyimlarini almashtirib boshiga kepka bostirdi. Hali ham yerda o‘tirgan bolani o‘rnidan turg‘izib , biroz jilmaydi.

- Felix men uydan chiqquncha uyinga borib tayyorlanib tur . O‘n daqiqada chiqaman ho‘p boraqol .

Xursand bo‘lgan Felix Astridni qo‘laridan o‘pib, tezda oynadan oshib g‘oyib bo‘ldi. U ketganiga ishonch hosil qilgan qiz oynalarni yopib, pardalarni tushurdi. Ha u atigi o‘n besh yosh lekin qilayotgan ishlari umuman yoshiga mos kelmasdi. Yig‘ma pichoqni yengi orasiga yopishtirgancha xonani asta tark etdi. Zinalardan pastga tushib televizor ko‘rib o‘tirgan janob Adison oldiga bordi.

- Janob pul bering ketyapman!Soat 23 : 00 da shu yetda bo‘laman.
Astridga suqmalanib qaragan janob Adison kiyimining cho‘ntagidan pul chiqazib uning yuziga otdi..Yuziga uchib kelgan pulni yerdan tera boshlagan qiz asabiy ko‘zlarini kosasida aylantirdi. Pullarni yig‘ib asta kurtkasining cho‘ntagiga soldida ortiga o‘girilmay eshik tomon yaqinlashdi. Eshikni ochib chiqayotganida ortidan Adisonning ovozini eshitdi.

- Uch shisha olib kel ! Kam bo‘lsa kuningni ko‘rsataman.
Eshikni tars etib yopib tashqariga chiqib ketdi- yu , uydan uzoqlashgach uncha uzoq bopagan joyda har doimgi uchrashuv joyi tomon yugurib ketdi. Jon jahdi bilan yugurar ekan yuzidagi niqob havo o‘tishiga to‘sqinlik qilardi. " Jin ursin inson bo‘lgim kelyapti! Boshqa insonlar kabi yashagim kelyapti.! Tezroq Macdonaldni murdasini yo‘q qilish kerak. Atrofda ghoullar ko‘p . Yaponiyadan Amerikaga ham kelishyapti. Jin ursin tezroq borishim kerak.." deb ichida bir nimalar deb so‘kingancha qahvaxona oldiga yetib keldi. Yugurishdan to‘xtab tizzalariga tayanib chuqur chuqur nafas oldi. Atrofda odamlar gavjum. Hamma Anteiku qahvaxonasiga kirish uchun shoshilishardi. Atrofdan do‘stini qidirgan Astrid ber ko‘chaga kiruvchi yo‘lakda turgan sharpaga ko‘zi tushdi..O‘ylab o‘tirmay u yerga borgan edi hamki birdan zarb bilan devorga urildi. Ko‘zlarini katta katta ochgan Astrid yigitga qarar ekan Felix jim degandek ishora qildi.

- Jim anavi yerda telba Jonitan bor . Jin ursin sumkam o‘sha terda _ tishlari orasida vishilladi Felix .- U ovqatlanyapti.!!
Chuqur xo‘rsingan bolalar asta oyoq uchida berk ko‘cha tomon kirib borishdi. Ko‘chaning zah devorlarida qon izlari , yerlardan esa murdalarning chidab bo‘lmas ammo ghoullarga xush yoquvchi ifori anqir edi. Badbo‘y hiddan burnini to‘sgan bolalar sekinlik bilan o‘sha yerga yaqinlashishdi. Ko‘chaning oxirida telba Jonitan odamning az'olarini yeb aqldan ozardi. Hamma yoq odamning tana a'zolari bilan to

‘layotgan edi. Barmoqlarni g‘ajib yutayotgan erkak ortidagi bolalarni ham sezmadi.

- Oh qanday rohat! QANDAY ROHAT!!ANCHADAN BERI BUNAQA GO‘SHT YEMAGANDIM . JIN URSIN BU QANAQA MO‘JIZAKOR IFOR .!! _aqldan tobora ozib inson bo‘laklarini qayta qayta hidlab, telbalardek baqirib butunligicha og‘ziga solardi.- Ahh naqadar shirin BOLAKAY!!!!

- Astrid uni chalg‘itib tur men sumkani olaman_ dedi Felix quzdan uzoqlashgancha..

Astrid Jonatan yeyayotgan kichik qo‘lchaga qarar ekan , ko‘zlari katta katta ochilib , birdan yerga yiqilib tushdi. Tanish qo‘l.. O‘zi sovg‘a qilgan bilag uzuk yerda sochilib yotardi. Bolakay Owen allaqchon yo‘q edi . Ko‘zlari qonga to‘lgan Astrid baqirib , qo‘lidagi pichoqni Jonatanga qarab otib yubordi.

- Jin ursin seni .. La'nati !!! LA'NATI.OWENNI NIMA QILDING !!
Og‘zidagi oyoq bo‘lagini tuplab yuborgan Jonatan boshini asta ko‘tarib Astrid tomon qaradi. Iblisona jilmayib , og‘zidagi qonni yalab so‘rib oldi. O‘rnidan turgancha nabirasi tengi qizga qarab yaqinlasha boshladi.

- Oh qahramon Astrid ku !! Qizalog‘im kel o‘zimga bir bag‘rimga bosay . Ahir har doim ham Yo‘lbars odam va ghouldan tug‘ilgan qiz bizni yo‘qlab kelavermaydi ...

- Astrid Kettiki!!!
Felix sumkani yelkasiga ilgancha qizni qo‘lidan ushlab sudrab ketdi. Astridning ko‘zlari yerdagi bilaguzukka qadalgancha qolib ketdi. So‘ng do‘sti bilan yugurib ko‘chaning boshiga yetganida birdan ikkisining ortidan kelgan o‘tkir tig‘ tanalirini teshib o‘tib ketdi...Og‘zidan qon otilib chiqqan bolalarning tanalari yuqoriga ko‘tarilib ko‘cha ichiga kirib ketdi...

Ko‘cha

°°°°°

Astrid..

- Mendan qochib qutulaman deb o‘ylaganmidinglar ! Eh bolalar bolalar !!._ dedi Jonatan dumida sanchilib turgan kichik tanalarni yerga tashlab.- Birinchi seni yeyman qizim !!
Endi dumi bilan Astridga hujum qilmoqchi bo‘lganda bo‘riga aylangan Felix dumini g‘ajib , Jonatanning yuziga chang soldi. Yuzi ko‘rimsiz ahvolga kelgan Jonatan ikkilanmay qayta qayta bo‘riga qarab xujum qilib o‘tkir va mustahkam dumini bilan tanasini teshib uzoqqa uloqtirib yubordi. Butun tanasi qon bilan qoplangan Felix qayta inson tanasiga qaytib , asta Astrid tomon sudraldi...

- Felix!! Felix!!_deb qichqirdi Astrid.

- Asal qizim qo‘y uni kel bir tatib ko‘ray seni.

Oyoqlariga o‘ralgan ghoulning dumi zumda qizning jajji tanasini o‘ziga tortib oldi. Tanasi qayta tiklangan Astrid jonlangancha tipirchilar ekan , oyog‘ini ololmay qichqirardi... Soniya ichida ko‘chani Astridning ovozi tutib ketdi. Oyog‘ini tishlab olgan erkak og‘zidagi g‘oshtni chaynab irillab yubordi..

- Aaaaaa!!.. aaaa!!..

- Astrid!! ASTRID!!!_ bor kuchini toplab Felix tomon otildi..

- Ahhh!! QIZIM NAMUNCHA SHIRIN BO‘LMASANG ..JIN URSIN! JIN URSIN .UMRIM DAVOMIDA BUNAQA GO‘SHT YEMAGANMAN. !!!AAAHHHHH.

- Qo‘yib yubor !!Qo‘yib yubor !! Qo‘yib yubor! Oyog‘imni qo‘yib yubor la'nat CHOLLLL. QO‘YIB YUBOR _ ko‘zlaridan yoshlar oqar ekan daxshatli og‘riqdab chinqirib baqirardi.
Atrofni qiynoqli chidab bo‘lmas og‘riqli ovozlar o‘rab oldi. Qizaloqni oyog‘ini hidlab , telbaga aylanayotgan maxluq to‘xtay demasdi.

" Butun tanam qaqshab og‘riyapti. Bu telba erkak go‘shtimni yeb rohatlanyapti.. Jin ursin Qonimni yalab !!, tinmay hidlayapti. JIRKANAM .Jirkanam .. Kuchsizlikdan nafratlanam. Nafratlanam. Felix!! Felix jin ursin meni deb bo‘lyapti hammasi.."
Endi qayta Astridning oyog‘ini og‘ziga olaman deganda boshi tanasidan uzilib uzoqqa uchib ketdi. Yerga tars etib qulagan tana , butunlay harkatsiz qoldi. Qip qizil rangga kirgan panjasiga qaragan qizaloq asta yerga cho‘zildi. Asta osmonga qarab yulduzlarni tomosha qila boshladi. Yuzida esa g‘alati , tushunarsiz ifoda aks etdi.

- Naqadar chiroyli tun shunday emasmi?

- Ufff Siz yana kim bo‘ldingiz.!! Yashasam maylimi. Xudo xayringizni bersin tinchgina yashagim kelyapti. Bola deb ham o‘tirishmaydi._ osmonga tikilgancha vaysay boshladi Astrid !! Hattoki u kim ekanligi ham qiziq emas edi. - Siz ham meni yemoqchimisiz ! Hozirgina bittasini o‘ldirdim. U men yaxshi ko‘rgan insonimni tortib oldi.
Jonatanni boshini tuflisi bilan tepgan erkak yerda yotgan qizaloqning oldiga joylashdi..

- Seni deb yangi kiyimim iflos bo‘ldi qizaloq!! Yerdan yotib yulduzlarni tomosha qilish zo‘r - aa!. ..

- Meni koyimoqchimisiz endi ? U shunga loyiq edi.

- Yo‘q shunchaki Arxontlar maktabiga qabul qilindingiz shuni aytgani oldinga kelganidim , lekin uyda yo‘q ekansan.!!
Eshitgan gapidan ko‘zlari chaqnab ketgan Astrid asta boshini notanish inson tarafga burdi. Richard ham u tarafga o‘girilib qizaloqning yoqimtoy yuziga termuldi. Astridning munchoq kabi ko‘zlariga termulib , to‘zg‘ib ketgan sochlarini quloqlari orqasiga o‘tkazib qo‘ydi. Qon bilan kir bo‘lib ketgan yuzchasini yengiga artib qo‘ydi.

- ismim Richard qizaloq.

- Rostan ham qabul qilindikmi !! Rostanmi?

- Ha albatta mittivoy . Do‘sting Felix ham .

"Felix" so‘zini eshitgan o‘spirin do‘stini eslab , yuzi yanada tushkun holatga kirdi. Qo‘llari bilan sudralib sekin Felixning oldiga bordi . Richard esa o‘rnidan turib ust boshini qoqdi. Asta Felixni quchog‘iga olgan qizaloq yuzlarini silab , peshonalarini o‘pa boshladi. Ko‘zlarini asta ochgan bolakay do‘stini tirikligini ko‘rib quvondi.. Ancha muddat shunday holatda yulduzlarni tomosha qilib o‘tirishdi. Ko‘chadagi odamlar esa hech narsadan habari yo‘qdek o‘z manzillariga shoshilishardi . Qayta bo‘riga aylangan yigit Astridni ustiga o‘tqazib u yerdan g‘oyib bo‘ldi . Sumkani ilgan Astrid o‘z bo‘risini quchgancha mayin shamoldan bahramand olardi.

●●●

Felix ning sumkasi

1 bob o‘z nihoyasiga yetdi. Tasurotlarimni sizga tushunarli qilib yetkaza oldim degan umiddaman. Vaqtingizni ayamay o‘qiganingiz uchun kattakon rahmat