January 10

Thantophobia

Chapter 9

Author : Astrid Hofferson

Ill mio tesoro ( mening duru xazinam

Eshik qo‘ng‘irog‘i jiringlagani uchun darrov ustidagi fartugini yechgan yigit eshikni ochish uchun shoshildi. Tezroq sevgilisi Ellaning visoliga yetsa , uni tabassumini ko‘rib bag‘riga bosib , u bilan birga ovqatlanishni o‘ylagan sari baxtdan sarmast bo‘lardi. Eshikni ochishi bilan qarshisidagi bolakayni ko‘rib yuzlari tekkislanib, bujmayib ketdi. Bolakay ham atayin uni oyog‘iga tepib huddi u kabi yuzini burushtirgancha qo‘lchalarini beliga qo‘ydi.
Og‘riqdan oyog‘ini ushlagan Thomas bolakay Cruzni koyiy ketdi.:

- Ertalabdan opang kayfiyatimni buzish uchun chiqarib yubordimi zumrasha!! Semizligingdan kuching ham ko‘p , oyog‘im sinay dedi !! Jin ursin sal ozsang bo‘lmaydimi..

- O‘zingizni biling ! Hozir shamol tursa uchib ketasiz! Opamga til tekkizishga haqqingiz yo‘q_ o‘dag‘ayladi Cruz

- Sendaqa semiz bo‘lganimdan ko‘ra shamolda uchib ketganim yaxshi. Nega kelding? _ dedi zarda bilan Thomas .
Cruz unga baqrayib turar ekan , atayin Thomasning asab tolalarini uzardi. Biroz muddat jim turgach ichkaridan kelayotgan shirin hiddan ancha oldinga chiqib qolgan qorinchasini silab qo‘ydi..

- Bitta berasizmi ?_ lablarini yalab g‘alati jilmaydi.

- Qurumsoq nega kelding deyapman?_ qoshlarini chimirib Cruz tengi egildi.

- Ehh nega turtaverasiz bitta bersangiz kamaymaysiz ? Anavi yerda bir qiz sizni chaqirib yuborishimni so‘radi.,
Ko‘chaga alanglagan Thomas kulaverib bukchayib qolgan qizni ko‘rib xursand bo‘ldi. Ella Thomas kichkina yumaloq Cruz bilan urshayotganini ko‘rib o‘zini kulgidan tiyolmasdi. Har qancha o‘zini bosishga harakat qilmasin Thomasning yuz ifodasi uni aqldan ozdirardi. Ko‘p kulganidan ichida og‘riq sezgan zahoti bukchayib qoldi , yuzida esa hali ham tabassum yarq etib turardi. Yoniga yugurib kelgan Thomas unga g‘alati qarar ekan Ella uning ko‘ksiga jajji qo‘llarini qo‘ygancha qiqirlab kulardi.

- Ella! Hoy nima qilyapsan ? Nega kulyapsan ? Xudo xayringni bersin nega kulyapsan.

- ... Tho ..Thomas iltimos gapirma o‘tinaman . !!
Xandon otib kulgan Ella biroz bo‘lsa ham tinchlanib asta Thomasning bag‘riga kirdi . Quchoqlashgandan so‘ng uyga kirishdi. Bu vaqtda bolakay Cruz allaqachon o‘z uyiga kirib ketgan edi. Uyga kirishlari bilan Ellaning dimog‘ini o‘ta xushboy rad etib bo‘lmas bir ifor qitiqladi. Xursandligidan yugurib zalga kirgan qiz zalda bezatilgan stolni ko‘rib hayratdan og‘zi ochilib qoldi. Xuddi kitoblardagidek o‘rtada chiroyli sham lippillab yonib turardi. Ikki kishilik stullar , bejirim idishlar odamning ko‘zlarini o‘ynatardi. Stol ustida turgan guldastani olgan Thomas shahzodalar misol tazim qilib uni Ellaga asta uzatdi. O‘zi sevgan Pionlarni ko‘rgan Ellaning ko‘zlari chaqnab baxtdan o‘la yozdi. Gullarni olgancha unga tikilib turgan yigitning yuzida mayin o‘pich qoldirdi. Keyin ikkisi ham stullarga o‘tirishib birgalikda tushlik qila boshladilar. Steklarni yegancha o‘rtalarida qiziq suhbat boshlanib ketdi. Bir - biriga xuddi uzoq vaqtlardan beri ko‘rishmagan tanishlarga singari ora orada tikilib, telbalarcha kulib qo‘yishardi. Oldilaridagi ikki shisha alkagol allaqachon bo‘shab ulgurgan edi. Birdan Ella boyadan beri qiynab kelayotgan savollarni berish uchun og‘iz ochdi.

- Thomas !! Bir narsa so‘rasam maylimi ? Nega oldinroq hech hayolimga kelmagan tavba _ boshiga yengil urib ovqatlanishda davom etdi Ella.
Thomas esa shunchaki ha degandek bosh irg‘ab qo‘ygan edi, Ella birdan yorilib ichidagi hamma gapni ayta boshladi:

- Nega Astrid bilan bir uyda yashaysiz? G‘alati emasmi bir - biriga qarshi ixm...ixm_ tiqilib qolib ayta olmay qoldi.
Boshini ko‘targan yigit boyadan beri gapini ayta olmayotgan qizga qarab qoshini uchirdi..
- Xo‘sh. Nima qilibdi shunga !
- Aytmoqchimanki bir biringizga kim bo‘lasiz?_dedi Ella butulkadagi alkagoldan ho‘plab.
Ikkisi ham rasmiyatchilikni yig‘ishtirib shunchaki shishaning o‘zidan ichishni maqul ko‘rishdi. Ella har doim Astrid bilan Thomasning o‘rtasidagi munosabatga qiziqqan va bunga oydinlik kiritish bugunga nasib qilgan edi. Stulning suyanchig‘iga suyangan Thomas xo‘rsini

b qo‘ygach qayta Ellaga yaqinlashdi.

- Do‘stlar ! Oila a‘zolari ! Deyarli aka singil! Everything! Baby! ..

- Qanday qilib! Sizlar o‘gay ham emassiz ! Qanday qilib ! Men shunga tushunmayapman. Nega u sen bilan yashaydi , men esa seni faqat maktabda ko‘raman._dedi Ella qizishib.
Uning bu gaplaridan nima demoqchi bo‘lganini tushungan Thomas lablarini qimtib jim o‘tirishda davom etdi..

- Bo‘pti boshqa savol beraman. Necha yil bo‘ldi u bilan yashayotganingga ..

- Ahh. Adashmasam taxminan o‘n besh yil !

- Aaa!! Nahotki o‘rtalaringda hech qanday munosabat bo‘lmaganmi?

- Sen meni sevgilimmisan yoki begona.! Agar men uni sevganimda senga qiyo ham boqmas edim quyoshim_ dedi Thomas qizning qo‘llaridan ushlab uzun barmoqlari bilan ularni silay boshladi.
Ko‘zlarini pirpiratgan qiz alkagol tasirida allaqachon o‘zini yo‘qotishga ulgurgan. Naq ikki shishani o‘zi tugatgani uchun aljirashga tushgan edi. Tanasidagi chidab bo‘lmas issiqlik tufayli yanoqlari ham allaqachon qizarib ulgurgan edi... Birdan shartta o‘rnidan turib gangdralagancha Thomasga yaqinlashib , tizzalaridan joy oldi. Uni bu harakatlarini kuzatayotgan yigit miyig‘ida jilmayib qo‘ydi. Qo‘llarini asta yigitning bo‘ynidan o‘tqazgan qiz noqulaylik sabab qimirlab qo‘ydi..

- Azizim sen nega meni emas Astridni malikam deb erkalab , bo‘lar bo‘lmasga bag‘ringa olaverasan. Nima uni mendan ham ko‘proq yaxshi ko‘rasanmi _ dedi Ella noligan ohangda.
Qo‘ynidagi qizning moviy ko‘zlariga tikilgan Thomas qo‘llarini uning belidan o‘rab o‘zi tomon tortdi. Ellaning oyoqlarini o‘zining keng va mukamnal tanasidan o‘ragan zahoti Ella hayajondan g‘alati ovoz chiqarib yubarayozdi.

- Nega bunday deyapsan Quyoshim. Seni hammadan ko‘p yaxshi ko‘raman. Hayotimni yoritib turuvchi so‘nmas quyoshsan miss Ella.
Lablarini asta qizning nam lablariga bosdi. Avvaliga asta va ehtiyotkorlik bilan bo‘lgan bo‘salar bir necha daqiqadan so‘ng ehtirosga boy ,qo‘pol va betartib holatga ko‘chdi. Tasavvur qilib bo‘lmas va betartib hissiyotlar qurshovida qolgan juftlik tashnalik sabab boshqaruvni qo‘ldan boy berishgan. Yigitning ko‘ylagini yoqasi tomon yo‘nalgan jajji qo‘llar ulardan ancha kuchli bo‘lgan kaftlar tomonidan cheklandi. Bir biridan uzoqlashgan juftlik betartib nafas olishar ekan , allaqachon butun xonani ularning xirillagan tovushlari tutib ketgandi.

- Quyoshim hozir emas . Sen mastsan !!

- Nima qilibdi mast bo‘lsam . Kel birga bo‘laqolaylik ..

- Afsuski buni iloji yo‘q !! Yaxshisi birga uxlay qolaylik _ dedi Thomas qizni ko‘tarib olgancha asta xonasi tomon yuqorilab ..

~●~●~

Ustida kiyimi bor deb tasavvur qiling hap

Erta tong 6 : 00

Tong sahardan uyg‘ongan yigit quchog‘ida jajjigina bo‘lib uxlab yotgan qizni ko‘rib jilmayib qo‘ydi. Bir qo‘lini uning belidan o‘ragancha o‘ziga yaqinroq tortdi. Derazadan tushib turgan nur qizning yuziga yana ham ko‘rk qo‘shib porlashiga sabab bo‘lardi. Ellaning yuziga bir muncha tikilgan Thomas yuzini asta uning ko‘ksiga ko‘mdi..

- Ellam.

- Hmm..

- Seni manshu millardlab sayyoralarni o‘z bag‘riga oluvchi koinot kabi sevaman..

8 - qism o‘z nihoyasiga yetdi . Etibor uchun katta rahmat. Sizlarni yaxshi ko‘raman