Thantophobia
Il mio tesoro ( mening duru xazinam)
Oxiri asta egilib singlisini bag‘riga olgan yigit , sekin uning sochlarin silagan bo‘ldi. Astrid uni qattiq bag‘riga bosdi- yu, yuzini yigitning ko‘ksiga ko‘mdi. O‘z hislariga erkinlik berib singlisini qatya qo‘llariga oldi. Hofferson piqqillab yig‘lar ekan , butun kvartirani uning mungli ovozi tutgandi.
- Nega qizaloqni yig‘latyapsiz Kai !
Pastki qavatdan ular oldiga kelgan yigit otasi bilan ularga qarab turishardi. Anchagina tanish bo‘lgan o‘sha turqi tarovat , kelishgan va baquvat tanalarni ko‘rgan Kai Hofferson tishlari orasida so‘kinib , ularga yuzlandi. U Astriddan havotirda ekanligi shunday bilinib turardi. Astridni bag‘ridan chiqarib ortiga oldi.
- Kech bo‘lganda nega kelding Larenzo !
- Gaplashib olishimiz kerak bo‘lgan ba'zi gaplar bor _ ko‘z qiri bilan Astridga nazar tashlagancha dedi Larenzo hech qanday hissiyotlarsiz.- Uyga kiramizmi ?
- Ha albatta ! Marhamat _ qoshlarini biroz uyib o‘qraygancha Larenzoga qaradi
Eshikni asta ochib Ricciga kirishga ishora qildi.
Larenzo yuz tuzilishini o‘zgartirmay tepaga ko‘tarilib eshikdan ichkariga kirib ketdi. Hofferson singlisi va pastroqdagi yigitga bir qarab ichkariga ikkilanibgina kirib ketdi. Astrid nima bo‘lganiga tushunmay aksining orqasidan qarab qoldi. Uning harakatlaridan ancha jiddiy narsa sodir bo‘layotganini tushunib og‘ir xo‘rsindi. Astrid bilardi akasining oddiy hayot kechirmasligini. Eshikdan ko‘zlarini uzib zinalar tomon ko‘chirganida unga qarab turgan yigitni ko‘rdi. Lablarida jilmayish aks ettirgan yigit zinalardan shaxdam qadamlar bilan ko‘tarilib Astridning qarshisida to‘xtadi.
Ketishga shaylangandi Ryan yo‘liga turib oldi. Astrid qoshlarini chimirib uzoqlashdi.
- Oh nega yig‘layapsan ! Kai seni xafa qildimi ? Oldin sira seni ko‘rmagan ekanman. Unga kim bo‘lasan ?
- Uhh. Nima edi? Tanishiman. Uni ko‘rgani keldim. Mazur tutsangiz ketaqolsam. _ dedi- yu , Ryanni aylanib pastlay boshladi.
Qaddini tik tutgan holda pastga tushib borar ekan , yuzi nohushlikdan so‘lib borardi. Pastda akasini yolg‘iz qolishini kutishga ahd qildi. Tashqariga chiqqach shu atrofdagi o‘rindiqqa borib o‘tirdi
" Jin ursin hammasini !!. Charchadim.. U hozir nima qilyapti ekan - a? Meni ulardan berkitishga qaraganda ular juda xavli.. Nega u shunaqa . Ah Kai!! Uni juda sog‘indim. " deb yig‘lab yubordi. Qo‘llari bilan yuzlarini ushlab yig‘lar ekan, ichida tog‘lar ag‘darilgandek bo‘lardi. Ko‘chaning izg‘irin shamollari esib yuzini achishtirardi. Bir zum ko‘zlarini yumib o‘zini ortga tashladi. Bir necha daqiqadan so‘ng oldiga kimdir joylashganini payqadi. Lunjlari yana burushib , yonidagi insonga qarashga qaror qildi. Ko‘zlarini ochar ekan unga juda yaqin turgan haligi yigitni ko‘rib qotib qoldi.
- Nega yig‘layapsan? Senga yig‘lash yarashmas ekan ! Qizaloq isming nima ?
- .. To‘g‘ri kelgan odamga ismimni aytaveramanmi?
Holatini o‘zgartirmay gapirdi. Ryan tulki ko‘zlarini qisib , jilmaydi. Astridning bosiq tabiatga zid bo‘lgan harakatlari unga nisbatan Ryanda katta qiziqish uyg‘otgandi. Ryan yaqinlashganda har bir qizda bo‘lgan singari yuz qizarishi, tortinish , qattiq yurak urishi bo‘lsada, Astrid indamay joyida qimirlamasdi. U shunchaki o‘zini boshqarishga harakat qilardi halos. Lekin Ricci sezib turardiki hamada bo‘lgan o‘zgarishlar unda ham borligini. Asta Astridddan uzoqlashgan Ricci muloyimlik bilan unga yuzlandi.
- Ryan Ricci!! Tanishganimdan xursandman._ deb qo‘lini uzatdi.
Qiz asta boshini ko‘tarib yigitga uzoq tikilar ekan negadir unga qilgan muomilasidan uyalib ketdi. " Unda nima ayb! Yo xudo !! Alamingni boshqalardan olishni bas qilsangchi. " deb hayolidan o‘tkazdi. Aybini yuvish uchun yuzida jilmayish chizib , yogitning qo‘lini siqib qo‘ydi.
- Mazur tuting , hozir o‘zimda emasman. Men ham tanishganimdan xursandman. Qo‘polligim uchun yana bir bor uzr so‘rayman..
- Qizaloq jilmaysang juda chiroyli bo‘lib ketar ekansan ! Lekin senga bergan savollarim javobsiz qoldi .
- Astrid !.Ismim Astrid. Mayli suhbatni tugata qolaylik !Sizni kutishyapti._ deb bir necha metr uzoqlikdagi insonga ishora qildi.
O‘rnidan turib asta uzoqlashgancha qayta kvartira ichiga kirib ketdi . Ryan ortidan qarab turar ekan, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgach uni kutib turgan yordamchi oldiga bordi. Kastyumini bir ikki tog‘irlab , yordamchiga yuzlandi.
- Ho‘sh Mason amaki ? Nimadur bo‘ldimi..
- O‘g‘lim seni otang chaqiryapti . Tepaga chiqar ekansan .
Ryan chuqur xo‘rsinib Mason ning yelkasini qoqqancha Astridning ortidan ko‘tarilib ketdi.
Ichkariga kirgach atrofdan nimadir qidirgandek bo‘ldi - yu !! , qidirgan narsasini topolmagan bola singari yuzini burushtirdi. Ichkarilab Kai va otasi Larenzo o‘tirgan xonaga kirdi. Otasining oldiga joylashgach , yana bir bor atrofga qarab chiqdi.
Ertasi kuni ertalab tong sahar quyosh nurlari derazadan o‘tib akasining quchog‘ida uxlab yotgan qizni yuzlarini silardi. Kechqurungi muhokamalar , yig‘i sig‘ilar uni ancha holdan toydirgandi. Kai asta Astridning boshini yostiqqa qo‘yib , bir muddat unga termuldi. Yoshligida yashirincha bir birini xonasiga kirib uxlaganlari esiga tushib jilmaydi. Chunki hech qachon Sophia xonim Astridni Kaini xonasiga yo‘latmasdi. Yuzlariga tushib qolgan kokillarini quloqlari orasiga o‘tkazib , singlisidan uzoqlashdi. Qaddini rostlagancha oshxonada bir narsalar pishirayotgan Zoe oldiga chiqdi.
- Hammasi joyidami azizim ! U yaxshimi?
Kai Hofferson asta kelib qizning belidan quchib , yuzini ko‘ksiga ko‘mdi.
- Yaxshi emas shekilli ! Hammasi joyidami?
- Qo‘rqyapman. Havotirdaman Zoe ! Uni yo‘qotishdan qo‘rqyapman. Agar unga men sabab nimadir bo‘lsa o‘zimni kechira olmayman. Men atayin Larenzodan uzoqroqda tutish uchun Vashingtonga kelgandim. Jin ursin kecha u Astridni ko‘rdi. Agar bitta noto‘g‘ri harakat va uni garovga olib o‘ldirib yuborishi mumkin.
- Azizim bo‘ldi tinchlan. Hammasi yaxshi bo‘ladi.Uni juda yaxshi ko‘ramiz. Bugunoq uni qayta New Yorkka jo‘natib yuboriz. O‘sha yer xavfsiz. _ deb Kaini bag‘riga bosdi.- Kel yaxshisi oilaviy nonushta qilib olamiz. Uni juda sog‘inganman. Qara u sevgan shorinlikni tayyorladim.
Qizni lablaridan o‘pich qoldirib , xonasiga kirib ketdi. Zoe dasturxon tuzab bo‘lgandan so‘ng hamma bir joyga yig‘ildi. Astrid yuvinib dasturxon oldiga akasining yoniga o‘tirdi. Astrid yoqtirgan shirinligini ko‘rib ko‘zlari chaqnab ketdi. Ikkilanmay olib og‘ziga solgancha chaynay boshladi. O‘sha sevgan tam , tanasi birdan bo‘shashib ketdi.. Shirinlikdan rohatlangancha o‘rnidan turib Zoeni bag‘riga bosdi.
- Omo opajonim juda juda shirin!! Hech kim sizdek pishira olmaydi. Ah men buni necha yildan beri yemagandim. Judayam shirin chiqibdi. Rahma..
- Arzimaydi ? Men ham seni juda sog‘indim Astrid._ deb jilmaydi Zoe.
Astrid qayta joyiga joylashgancha ovqatlanishda davom etdi. Yuzidan nur porlab turardi. Akasini topganidan o‘sha sevimli opasining shirinligini qayta tatib ko‘rganidan o‘zida yo‘q xursand edi. Og‘zi qulog‘ida jilmyib nonushta qilayotgan qizni tomosha qilayotgan Kai qayta o‘sha jajji, quvnoq malikasini ko‘rib bir muncha hayolga berildi. Qayta yana o‘sha damlarni qaytargisi keldi. Ammo ichidagi o‘sha g‘ashlik uni bir zumga ham tark etmasdi. Oldidagi qahvani bir ho‘plab so‘ng Astridga yuzlandi.
- Astrid nonushtadan so‘ng ketishing kerak! Bu yer xavli .
Jilmayib baxtdan sarmast bo‘lgan qizning yuzi birdan tushkunlik egallab nima bo‘lyapti degandek qarshisidagi opasiga qaradi. Zoe ham chuqur xo‘rsinib qo‘ydi . Quvonchi uzoqqa cho‘zilmagan qiz ko‘zlariga yosh qalqidi.
- Aka.. Balki bas qilarsiz shu ishingizni ? Akajon .. Men sizni 4 yil qidirdim butun New Yorkni ag‘dar to‘ntar qildim. Har kuni maktabdan so‘ng qamoqxona tagiga borardim.
- Ahir aka meni ham siz bilan bo‘lgim keladi. Oilam bilan nonushta qilib vaqt o‘tqazgim keladi..
Aymoqchi bo‘lgan gaplarini aytolmay duduqlanib piqillab yig‘lab yubordi.
- Yosh bola bo‘lma Astrid!! Men ham seni sog‘indim. Seni jonimdan ortiq ko‘raman . Nega tushunmaysan axir seni xavfsizliging uchun men Vashingtonga keldim! Hamma narsani tashlab keldim. Singlim borligini bilishganda seni o‘ldirishardi.
- Iltimos sendan Astrid!! Meni qiynama .. Bugunoq jo‘nab ketasan New Yorkka _ dedi Kai
Ovqatni qo‘yib o‘rnidan turdi. Hech kimga hech narsa demay oshxonani tark etdi. Zoe esa qotib qolgan Astridni quchib yupata boshladi. Xonasiga kirgan Kai tog‘ri yuvinish xonasiga kirdi. Tomog‘iga tiqilib kelayotgan narsani qayt qilib , rakvinadan sovuq suvni ochdi. Yuziga bir necha marta sovuq suv sochdi. Asta sovuq polga o‘tirib , devorga suyandi..
Har qanday maxluqni ham o‘z zaif tomoni bo‘ladi. Hissiz, vahshiy maxluq deb atalgan o‘sha Kai ham singlisini yo‘qotishdan butun vujudi bilan qo‘rqardi. Birdan yana tomog‘iga kelgan taxiir ta'mdan ko‘ngli bexuzur bo‘l
gancha qayta rakvinaga qayt qila boshladi. Og‘zidan qon aralash suyuqlik chiqar ekan , suvni katta ochgancha og‘zini chaya boshladi..Sog‘lig‘idagi bu o‘zgarishlar uni tom ma'noda aqldan ozdirib , so‘lib borishiga sababchi bo‘lardi.
Bir necha soatdan so‘ng Astrid Zoe bilan xayrlashib , akasi bilan Vashington vakzaliga borishdi. Yelkasiga ilib olgan sumkasini o‘ynab , asabiy chayqalardi. Yuzlarida ertalabki nurdan asar ham yo‘q. Ora orada ortidan kelayotgan akasiga nazar tashlab qo‘yardi. Poyezd kelishini kutish uchun o‘rindiqlarni biriga o‘tirdi. Qo‘lidagi chiptaga uzoq tikilib , tomog‘iga nimadir tiqilgandek o‘zini yomon his qildi.So‘ng oldiga Kai qo‘lida qahva va bir necha paket bilan kelib o‘tirdi. Qahvani Astridga uzatib qo‘lidagi paketlarni sumkasiga sola boshladi.
- Uyga borganda ochasan! Qahvangni ich bu yer salqin.
Astrid indamay qaynoq qahvani ho‘plab poyezdni kutishda davom etdi. Hayollari esa qayoqlargadir uchib ketdi. Bir necha o‘n daqiqadan so‘ng uzoqdan Poyezd pishqirib o‘zining baland ovozi bilan vakzalga yetib keldi. Mashinist poyezd eshiklarini ochib o‘zi ovqatlangani pastga tushib olomon ichiga kirib ketdi. Atrofda odamlar soni ortib gavjumlashdi. Poyezd ichidan shoshilib tushib ketayotgan odamlar qayoqqadir yugurishardi. Astrid ularga tikilib turar ekan , oldidan o‘tib ketgan inson diqqatini tortdi. Tanish chehrani ko‘rgandek ko‘zlarini ishqalab uning ortidan tikilib qoldi. Qora uzun palto kiyib olgan yigit qo‘lidagi sumkani mahkam ushlab Astridni oldidan o‘tib ketar ekan , sekin jilmaydi. Oldidagi akasiga ko‘z qiri bilan qarab qo‘ygach yuzlari tekkislanib, sekin kupega qarab keta boshladi. U Hoffersonni oldinlari qayerlardadir ko‘rgani esida lekin Astridga qanday aloqasi borligini tushunmasdi. Adams poyezd kupesiga kirib ketgach, Astrid va Kai o‘rnidan turib o‘sha kupe oldiga borishdi. Astrid akasini mahkam quchoqlab oldi. Kai ham uni bag‘riga bosib :
- Astrid !! Poyezd to‘lay dedi. Va'da beraman bugundan keyin albatta seni ko‘rgani borib turaman . Lekin bu yerga kelma iltimos sendan. Ho‘p . Va'da beraman Yangi yilni uchalamiz nishonlaymiz . Ilojini topaman.
- Sizni yaxshi ko‘raman akajon ! _ deb Kaini yizida o‘pich qoldirdi.
- Men ham quyoshim.
Kai ham singlisini yuzlaridan o‘pib kupega kirgizib yubordi. Astridni kuzatgach zumda vakzaldan g‘oyib bo‘ldi. Kupedan o‘z o‘rnini egallagan qiz asta hammaga ko‘z yugurtira boshladi. Hamma o‘zi bilan o‘zi ovora edi, bir xillar yaqin insonlari bilan suhbatlashib o‘tirishaar edi. Poyezd ichi issiq bo‘lgani uchun ustidagi kiyimni tugmalarini yechib tashladi. Biron narsa bilan chalg‘ish uchun sumkasidan o‘zi yoqtirgan kitobni oldi. Kerakli sahifani topgach kelgan joyidan o‘qiy boshladi. U kitobdagi qahramon ayolga judayam havasi kelardi. Shu darajada kirib ketganidan qahramonlarning harakatlarini qaytargisi kelardi..O‘ntacha sahifa o‘qigach yuragidagi g‘ashlik sabab ortiq o‘qigisi kelmadi. Kitobni qayta joyiga solib qo‘ydi. Fikri xayoli yana akasiga borib taqaldi. Uni o‘ylab yuragi yanada notinch ura boshladi. Atrofda shovqin suron ko‘tarilib yana tinchib qoldi. Borgansari yuragi siqilib ketayotgan Astrid yana odamlarga qarab chiqdi. Hamma yoqqa alanglab o‘tirar ekan ko‘zlari yana o‘sha tanish insonni ilg‘agandek bo‘ldi. U tomon yaqinlashib kelayotganini ko‘rib o‘sha insonga yana qattiqroq tikildi. Bir necha qadamdan so‘ng o‘sha qora paltolik inson o‘zini namoyish qildi. Ko‘rgan insonidan hayratga tushgan qiz behtiyor o‘rnidan turib ketdi.
- Sen!! Sen bu yerda nima qilyapsan ?
- Shunchalik qiziqmi Oppog‘oy !. Seni ko‘rgim keldi..
8 - qism o‘z nihoyasiga yetdi. Sizlar bilan Astrid Hofferson bo‘ldi. Etiboringiz uchun rahmat