February 10

Thantophobia

Il mio tesoro ( mening duru xazinam)

Author : Astrid Hofferson

O‘sha kungi tushlikdan bir necha hafta o‘tib Zanening otasi - Janob Adams bu olamdan ko‘z yumdi. Hech kimi qolmagan Zane Kanadaga dafn marosimiga borishga majbur bo‘ldi . Zudlik bilan pasportlarini olib aeraportdan Kanadaga ketuvchi samalyotga o‘tirib uchib ketdi. O‘shandan beri Astrid Zaneni umuman qaytib ko‘rmadi. Keyingi daqiqalar uning uchun judayam daxshatli o‘ta boshladi. Yuragi siqilib kutubxonaga borar , ikki soatcha qahva bilan kitob o‘qib yana ortiga qaytardi. Thomas bilan Ella doim birga bo‘lgani uchun Astrid ular bilan bo‘la olmasdi. Katherina xonim esa singlisinikiga Vashingtonga ketib qoldi. Har kuni Katherina xonim yo‘qligi uchun sovuqda ko‘cha aylanar , yurib - yurib yana ortiga qaytar edi. Borgan sari Zane ga o‘rganib qolganini tushungan Astrid ora - orada o‘ziga o‘zi " Oppog‘oy " deb ming‘irlab qo‘yadigan bo‘ldi. Undan tashqari har kuni uni qidirib qandaydir odamlar oyisi Sophia xonimni qarzlarini to‘lashini so‘rab tinch qo‘yishmaydigan bo‘lib qolishdi. Bundan charchagan Astrid arang barzangilarni haydab ketqizib yuborardi.
Bugun ham shanba bo‘lishiga qaramay kun juda og‘ir o‘tgan edi. O‘qishlari tushib ketganligi uchun bugun unuman dars o‘tilmadi desa ham bo‘lardi. Kitoblarini ko‘targancha arang sinfdan chiqar ekan qarshiga kelib olgan Luke ( u parallel sinfdoshi edi )ni ko‘rib , ensasini qotirdi - yu narsalarini sumkasiga sola boshladi .

- Ochilib ketibsanmi !?

- Vaqtim yo‘q yo‘limdan qoch Luke..

- Kel bir quchoqlay seni sog‘inib ketdim ! Sen maktabga kelmaganingga direktor rossa qiynadi meni.._ hazillashgan bo‘ldi Luke

O‘rta barmog‘ini chiqarib yurishda davom etgan Astrid bu quvnoq va asab buzar boladan uzoqlashishga harakat qildi .

- Ha ha !! Astrid ! To‘xtasangchi ..?
Astrid yurishdan to‘xtab u tomon yugurib kelayotgan yigit tomon o‘girildi.

- Nima deysan Luke ! Vaqtim yo‘q deyapman - ku !! Senlarni deb anavi sinfimdagi ilon meni qayoqdagi bir.. Hullas o‘shalarga o‘xshatyapti . _ chuqur nafas olib o‘zini bosdi _ Mana bo‘ldi ! Gapir azizim Luke ! Nima deysan ? Qulog‘im senda !! Faqat yaxshi xabar deb umid qilaman.
Kulib turgan yuzi tekkislangan yigit , yutunib Astridga tikildi . Lablarini qimtib sekin unga yaqinlashdi . Bundan battar g‘ashi kelgan Astrid o‘xraygancha :

- Eshityapman !

- Jin ursin anavilar seni yana kutyapti !! Maktab darvozasi tagida ! Onangni ham ushlab olishgan !! Astrid yur men orqa tomonda hech kim bilmaydigan chiqish ...

- Kerak emas !! Sen aralashma ! La' natilar ! Endi oshib tushdi bunisi !! Qarib quyilmagan xotin !! Akamni qamoqqa aralashishiga ham siz sababchisiz !!!
Vishillagancha yugurib darvoza oldiga bordi. Luke esa uning ortidan yugurib ham yetolmay hansiragancha qolib ketdi. Chindan ham Luke aytganchalik ikkita baquvat odamlar turardi . Mashina ichida esa Sophia chinqirib tinmay o‘zini eshikka urardi. Buni ko‘rgan Astrid yuzini bujmaytirdi - yu , sumkasini barzangi janob Owenga otib , ikkinchisidan kalitni olgancha mashina eshigini ochdi.

- Bu yerda qancha bor !

- Keragidan ortiq! Sizlar bilan ishimiz tugadi . Qaytib bezovta qilmang !! Faqat pulni olib sumkamni qaytaring.
Astrid Sophia xonimni mashinadan tushurib oyoq qo‘llarini yechib , ust boshini to‘g‘irlagan bo‘ldi.

- Qizaloq sumkangni ol! Juda kuchli qiz ekansan . Meni hayron qoldirding. Mayli biz kettik _ deb sumkani Astridga otib so‘ng g‘oyib bo‘lishdi.
Sumkasini ilib olga qiz oyisini turgizgandan so‘ng indamay uyi tomon keta boshladi .

- Hoy pulni qayerdan olding !_ dedi Sophia xonim indamay ketayotgan qizga qarab o‘shqirdi. - Senga gapiryapman !! Astrid!!
Quloqlarini yaxshilab berkitgancha yo‘l yurishda davom etgan Astrid , to‘g‘ri uyiga yo‘l oldi. Sophia xonim baqirgancha o‘sha yerda qolib ketdi. Bugun uyda yolg‘izligi uchun uyga Stivani chaqirgani yodiga tushib o‘sha yerdagi do‘konlarning biriga kirishga qaror qildi. Cho‘ntagiga qo‘lini tiqib ozgina pul qolganini ko‘rib , chuqur xo‘rsindi. Thomas tashlab ketgan edi ishlatasan deb , vaholangki bu pulni berganiga ham bir oydan oshgan , shuning uchun har na

deb do‘konga kirib aylana boshladi. " Endi nima qilaman ! Dorilarimni barchasini sotib yubordim. Vaholangki ularni barchasi chet elniki . Jin ursin Stivaga ham nimadir olishim kerak . Bu yerdagi hamma narsa qimmat . Aylanib aylanib oxiri ikkita shisha olishga majbur bo‘ldim. Juda charchadim. Anavilar ham qaytib kelmaydi endi. Huh " - deb o‘yladi - yu , qanday qilib kassa oldiga kelganini bilmay qoldi.
Kassaga bor pulini berib , uyiga qaytdi . Uyda uni Stiva kutib o‘tirgan ekan . Uni ko‘rib xursand bo‘lib ketgan Astrid mayin jilmayib Stiva bilan quchoqlashib , yuzlaridan o‘pib qo‘ydi. Stiva shifoxonadan chiqqanidan beri ancha tetik ko‘rinardi. Yuzidan nur taralib insonga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlab turardi. Astrid qo‘lidagi ikkita shishani ko‘rsatib jilmaydi . O‘zi sevgan ichimlikni ko‘rgan Steve ularni olib qizni peshonasidan o‘pib qo‘ydi.

- Seni yaxshi ko‘ramanda Astrid !! Nima yoqishini bilasana ? Anchadan beri ichmagandim .

- Men ham seni yaxshi ko‘raman Stiva _ deb kiyimlarini alishtirgani xonasiga kirib ketdi. Yengil dush qabul qilib , o‘zi yoqtirgan keng futbolka va shortikni kiyib oshxonada nimadirlar qilayotgan Steve oldiga bordi. Stol ustidagi paketlarni ko‘rib ko‘zlari katta - katta ochildi.

- Oho bular nima ? Stiva nima qilarding bularni olib o‘zimda borku bular _ dedi Astrid . Yolg‘on gapirgani uchun yanoqlari biroz qizardi. So‘ng muzlatkichni ochgandi , bombosh muzlatkich to‘lib qolganini ko‘rdi. Bir oy oldin Katherina , Thomas va Ella Vashingtonga ketgani , oyisi va dadasini har kuni pul so‘rab kelgani va yetmaganiga ularning qarzini to‘lagani bois deyarli ovqat yemay qo‘ygandi.

- Ozib ketibsanku Asti !! Muzlatkiching ham bo‘shab qolibdi. Ovqat yemayabsanmi - aa ? _ deb fartukni ustiga ilib , ozib to‘zib ketgan qizni divanga o‘tqazdi. - O‘zim senga steak pishirib beraman ichimlik bilan zo‘r ketadi.
Astrid o‘tirgandan so‘ng , Steve ni kuzata boshladi. Orada bir ikki suhbatdan so‘ng yana jimib qolishdi. Steve steakni pishirayotganda Astrid telefonini titkilab o‘tirdi. Butun oshxonani steakning hidi tutib , qizni dimog‘ini qitiqladi. Gaz plitadan uzoqlashgan Steve divanda yotgan qizni turg‘azib dasturxon sola boshladi.

- Oh Stiva qo‘ling biram shirin ehh!! Seni ovqatlaringni juda sog‘ingandim .

- To‘g‘risi palatada yotaverib siqilib ketgandim !! U yerda anavi Aiden ham qo‘li sinib yotgan ekan , biram ko‘p gapiradiki _ dedi xunob bo‘lib Steve
Uning bu gapidan Hofferson hoholab kulib yubordi.

- Rostanmi !! Bechora !! Ha o‘zingni ahvoling yaxshimi ? Dorilarni ichyapsanmi vaqtida ?_ havotir bilan so‘radi Astrid steaklarni stol ustiga qo‘ygancha . So‘ng stakanlarga to‘ldirib ichimlikni quyib yastanib o‘tirib oldi .

- Ha ichyapman! Ertaga uchib ketaman ! Germaniyaga ! Shuning uchun sizlarni ko‘rgim keldi . Lekin Thomas bilan Ella yo‘q ekan! Azizim Fyodr amakim o‘sha yerda !!
Ertaga Ellaning tug‘ilgan kuni ekanligi esiga tushgan Astrid Stevega uni eslatib yuragini siqqisi kelmasdi. Chunki Steve Thomasdan ham oldin Ellani yaxshi ko‘rardi.

- Oho buncha zo‘r!! Xudo xohlasa tuzalib ketasan Stiva siqilma !! Germaniyaga borganingdan so‘ng menga rasmlardan tashlash esingdan chiqmasin. U yerlar juda sovuq deb eshitganman . Qalin kiyinish esingdan chiqmasin.
Miyig‘ida jilmaygan Steve steakni yeyishda davom etib :

- U yerni aylanish niyatim bor ! Arxetekturasi juda ajoyib va boshqacha deb eshitganman. Sensiz zerikamanda Asti ! Biletga pul jo‘natsam oldimga kelasanmi.. Hamma joyni aylanar edik .

- Sog‘ bo‘lsak bo‘lgani ! Sog‘lig‘ing uchun Stiva ! Qani ko‘tardik .!!
Jiringlatib qadahlarni urushtirishib , ko‘tarib ichishdi. Ovqatlanib uzoq suhbat qurishdi. Stiva bilan bo‘lgan tushlikdan so‘ng Astrid barcha charchoqlarini unutgandek bo‘ldi.

Steve

●●●

Astrid

Yakshanba tongi . Soat o‘nlardan o‘tgan. Kuchli bosh og‘rig‘i bilan uyg‘ongan qiz asta atrofga alanglab , o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Ko‘rpani ochishi bilan ustodagi kiyimni ko‘rib , ko‘zlari katta ochildi.

- Jin ursin!!. STEVE ! STIVA !! Shu yerdamisan .

Yotoqdan gursillab tushgan Astrid o‘zini arang o‘nglab o‘rnidan turib xonasidan sudralib chiqdi.

- Stiva ! Hoy shu yerdamisan !. Jin ursin boshim otilib ketadi hozir._ deb sochlarini g‘ijimlagan bo‘ldi.
Zinalardan pastga tushib borar ekan , uydagi jimlik g‘ashini keltira boshladi. Zalni qaradi hammayoq pala partish , hovlida hech kim yo‘q !. Steve ketib qolgan degan hayolda qaytib ichkariga kirgan ham ediki , poldagi qon izlariga ko‘zi tushdi . Izlar bo‘ylab yurar ekan , izlar ular tunda ovqatlanib o‘tirgan divan oldiga olib bordi . Divan qon bilan qoplanganini ko‘rgan Astrid bir o‘ziga , bir divanga qarar ekan daxshatdan butun tanasi muzlab qoldi.

- Steve ! Steve !! Shu yerdamisan. _ dedi ba'zor atrofga alanglagancha.
Qayta ustiga qaradi . O‘sha keng futbolka va sho‘rtik . So‘ng o‘rnidan asta turib oshxonaga yaqinlashgan ham ediki ko‘rgan manzarasidan qichqirib yubordi. Polda Steve qonga belanib yotgancha, ko‘ksida esa pichoq qadalib turardi boshidan esa o‘q yegan . Keyingi daqiqalarda yugurib borgan qiz yigitni quchog‘iga olar ekan , daxshatdan tinmay qichqirib ko‘z yosh to‘kardi.

- STEVE !! AAAA !! STEVE !! STEVE ..MEN MEN..STEVE !!! STEEEEEVVEEE!! HOY HOY . TASHLAB KETMA !! STEEVEE !
Birin ketin yigitni yuziga shapati solib , bag‘riga olib quchoqlar ekan kiyimlari qonga bo‘yala boshladi. Yuz ko‘zlaridan o‘pib , tinmay ismini aytar ekan, birdan eshik ochilib uyda qadam tovushlari yangray boshladi.

< 9 soatdan so‘ng >
Bor ovozi bilan qichqirib hamma narsani ostun ustun qilayotgan qiz tinmay aybsizligini aytib baqirar ekan , hech kim unga ishonmas edi. Tergovchi u bilan bo‘lgan har suhbatda uning tutib qoladigan jazavasidan uni ruhiy kasal deb o‘ylab tinmay tanafussiz so‘roq qilib mahkamada ushlab o‘tirardi.

- MEN SIZGA AYTYAPMAN ! O‘LDIRMADIM DEB! YANA QANCHA AYTAY JIN URSIN ! MEN O‘LDIRMADIM. STEVENI MEN O‘LDIRMADIMM !!
Qo‘llarini stolga urib hamma narsani uloqtirgancha , baqirayotgan Astrid stolni ag‘darib tinmay bir so‘zni qaytarardi. Notebookini olib qochib qolgan tergovchi tezda xonadan chiqib ketdi. Ko‘zlari qizarib ketgan qiz uni harakatidan jimib qolgach , asta stulga joylashib oldi . Oyoqlarini quchoqlab , yuzini ko‘mib oldi. Buni kameradan kuzatib turgan xodim chuqur nafas olgancha o‘rnidan turdi . Yoniga kelgan sherigini yelkasiga qoqib tergovchini xonasiga yo‘l oldi . Eshikni ehtiyotkorlik bilan ochib kirishga izn so‘radi .

- Kiring Ada xonim !!

- Janob Lincolin mana hozir topilgan ma'lumotlar ! Ammo hali ham marhumni jarohatlab o‘ldirgan qurollarni topa olmadik ! Pichoqda esa qizni barmoq izlari topilmadi._ deb qo‘lidagi hujjatlarni uzatdi

- Kai Hoffersonning singlisi shundaymi ?

- Huddi shunday janob !
O‘ylanib qolgan erkak moylovini o‘ynadida miyig‘ida jilmaydi.

- Mayli boravering ! Bo‘shsiz ! Yaqin atrofdagi kameralarni tekshiring ?

- ho‘p bo‘ladi !!
Ada xonim shu so‘zlarni aytdi - yu , ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi . U chiqib ketgandan so‘ng hujjatlarga ko‘z yugurtirgan Lincolin o‘qigan narsalaridan hayratga tushdi. So‘ng ularni qayta ovoz chiqarib o‘qiy boshladi.

- Astrid Hofferson . 18 yoshda . Yuqori maktab o‘quvchisi . 15 yoshida katta jinoyatchilar tomonidan qiynoqqa solinib, tirnoq va terisi shilinib ruhiy bosim ostida 6 oy yerto‘lada saqlangan.!!!. _ ovozi balandlashib ketdi. Uyog‘ini o‘qiy olmadi . So‘ng chuqur o‘yga botib . . - G‘alati Ikki yil oldin otam yopgan ish aynan manshu ish bo‘lgan va ular nafaqaga chiqqanlar. Xuddi o‘sha yili uning akasi qamoqdan ozod qilingan. _ dedi - yu , shoshilib xonadan otilib chiqib ketdi..
Bu vaqtda esa Astridni mahkamadan qo‘yib yuborishdi. Tashqariga chiqqach chuqur nafas olgan Astrid o‘sha yerdagi o‘rindiqlarning biriga o‘tirib oldi.Titroq qo‘llari bilan telefonini qo‘liga olgandan so‘ng kontaktidan kimnidir raqamini qidira boshladi. Kerakli raqamni topgach qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi.

- Kechirasiz hisobingizda pul yetarli emas.

Qizilni bosib , uzoqqa uloqtirib yubordi. Yerga tushgan telefon chilparchin bo‘lib sinib har yoqqa sochilib ketdi...

11 - qism o‘z nihoyasiga yetdi. E' tiboringiz uchun rahmat