December 15, 2025

Thantophobia

Chapter 7

Yoshiga nisbatan ancha yosh va kelishgan erkak zalga kirib keldi. Katta stol atrofida uni kutib o‘tirganlarning bari o‘rnidan turib , salom tariqasida boshini egdi. Xashamatli to‘q qizil rangdagi dasturxon, usti turli noz ne'matlar bilan to‘lgan edi . Dasturxon boshiga kelib joylashgan erkakdan so‘ng butun boshli oila a'zolari o‘z joylarini egallashdi.. Pashsha uchgani bilinadigan sukut ichida birdan daraqlagan tovush yangradi.

- Men sizlarga o‘tir dedimmi_ deb baqirdi Larenzo Ricci .

Cho‘chib tushganidan o‘rnidan qo‘zg‘algan Niki ayoli Misorani qo‘lidan ushlab tortqiladi.

- Turaqolsangchi_ deb shivirladi

- Azizim sabr qilsangchi hozir _ deb o‘rnidan turdi Misora .
Hamma o‘rnidan turib Larenzoni gapirishini kutardi. Niki ayolini turg‘azib o‘ziga tortdi. Larezo oilaning boshlig‘i edi shuning uchun hamma miq etmay uning aytganiga kirardi. Otasidan so‘ng oila boshqaruvini qo‘lga olgan. Ukasi Niki bilan birga yirik shirkatni yuritishadi. Sukutdan so‘ng uning ayoli asta bosh ko‘tarib savol berdi.

- Azizim Larenzo hammasi joyidami..?

- Qachondan sizlar o‘zboshimchalik bilan ish ko‘ryapsizlar ! Meni ruxsatimsiz nimalar qilib yuribsizlar aa_ vazminlik bilan dedi Larenzo stol atrofidagilarga ko‘z yugurtirib.
Bu vazminlik va chuqur ovozdan bira to‘la hamma jimib qoldi. Stol atrofida Larenzoning singlisi Anna va uning eri Christian va ularning yonida Larenzoning o‘g‘li Ryan o‘tirardi. Chap tomonda esa Niki va Misora 6 qizalog‘i Felicia bilan o‘tirishardi..

- Kechiring aka !

- Agar yana shu xolat takrorlansa mendan yaxshilik kutmang!_ dedi Larenzo yig‘lashga tayyor turgan Felicia ni ko‘rib o‘zini bosishga harakat qildi. - O‘tiringlar !
Birin ketin o‘tirishgandan so‘ng, hammalari ovqatlana boshlashdi..

Larenzo Ricci

Ovqatlanib bo‘lishgach hamma o‘z xonasiga tarqab kirib ketishdi. Niki va Misora qizaloqlari Feliciani xonasiga kuzatib o‘z yotoqxonalariga kirib ketishdi.

- Azizim bir narsadan juda xavotirdaman

Misora asta kiyimlarini egnidan yechib , garderobga kirib ketdi. Niki ham kiyimlaridan halos bo‘lib , tungi kiyim kiyayotgan ayoli yoniga bordi. U bu xavotir haqida juda yaxshi bilardi. Chunki qizi Felicianing zabonsizligi ularni har doim havotirga qo‘ygan. Bundan bir necha yil oldin Felicia amakisi va otasini qotillik ustida ko‘rib qolib gapirmay qo‘ygan. O‘shandan beri ular bunday ish qilmay qo‘yishdi. Niki asta ayolining belidan o‘rab o‘ziga tortdida Misoraning yuzini ko‘ksiga ko‘mdi. Yig‘ilib kelgan ko‘zyoshlarini tiya olmay ularga erk bergan Misora erini qattiq quchgancha yig‘lab yubordi.

- Kechir! Sevgilim kechir. Bu meni aybim! Meni aybim._ dedi Niki Misorani sochlarini silagancha .

Xonani mungli yig‘i ovozi tutdi. Misora qizi Felicianing ahvoli uchun har kecha ko‘z yosh to‘kardi. Niki asta uni qo‘liga olib yotoqqa yotqizdi. Ustlaridan ko‘rpani tashlab har kecha qiladigan ishini qildi . Chuqur xo‘rsingancha ayolining yuzidan mayin o‘pich qoldirib qayta bag‘riga oldi. O‘sha voqeadan so‘ng ular biror marta yaqinlik qilishmaganini hisobga olsa bu ular uchun odatiy holat tusiga aylangandi..
Ko‘zlarini yumib yana erta tongni kutishdan boshqa ilojlari yo‘q edi.

Niki Nishimura Ricci
Mrs Misora Nishimura Ricci

•••

Misora Nishimura Ricci

Keng , shinam va biroz xiraroq xonada rasm chizib o‘tirgan Felicia charchoqdan o‘zini kresloga yengil tashladi. U yo‘rug‘likda o‘zini noqulay sezib , titrashi sabab xonasiga xiraroq nur taratuvchi chiroq qo‘yib berishgan. Xona juda ham katta bo‘lgani uchun ichida hamma narsa bor edi. Mudhish voqea nafaqat ovoziga balki ongiga ham ta'dir qilgandi. Har narsadan tez cho‘chib qo‘rqadigan bo‘lib qolgan. Hech kim bilan o‘ynamaydi ham quchoqlashmaydi ham. Ammo bundan faqtgina Ryan mustasno edi. O‘sha voqeada u do‘sti bo‘lib qolgan janob Rodericni o‘limini ko‘rganida Ryan uni o‘sha joydan olib ketgan edi. O‘rnidan asta turib o‘yinchog‘ini olib o‘ynamoqchi bo‘lganda eshik taqillab qoldi. Birdan cho‘chib qulog‘ini berkitgan Felicia ko‘zlarini asta yerdan uzib eshik tomon qo‘rqibgina qaradi.. Eshik ochilib Ryan Larenzo Ricci kirib keldi. Yerdagi g‘ujanak singlisini ko‘rib sekinlik bilan yaqinlashdi - yu, yerga tiz cho‘kdi. Tanish chehrani ko‘rgan Felicia qaddini rostladi. Ehtiyotkorlik bilan qizning jajji tanasini qo‘liga olgan Ryan uni bag‘riga bosdi.

- Shirintoyim meni ! Hammasi yaxshi . Nega indamaysan Feliciam ? Gapira olishingni bilaman. Qo‘lingdan keladi. _ deb sochlarini silab peshonasidan o‘pdi. Felicia indamagach chuqur xo‘rsindi - yu , qizning kokillarini o‘ynab savol berdi . - Xo‘sh nimalar qilayotgan eding ! Ouvv rasm chizyapsanmi ?
Hech qanday sado yo‘q! Ammo Felicia asta Ryanning quchog‘idan chiqdi. Stol ustidagi suratni olib Ryanga uzatdi - yu , qayta quchog‘iga joylashdi. O‘ziga qizaloqni yaxshilab tortgancha rasmga nazar solgan Ryan bir muddat tikilib qoldi. Suratda o‘zi va Felicianing ko‘rinishi aks etgandi. Surat juda chiroyli huddi jonlidek turardi. Feliciada o‘zgacha iqtidor borligini shu rasmlardan bilsa bo‘lardi.Lablari yuqoroga ko‘tarilgan Ryan chaqnab turgan ko‘zlarini singlisi Feliciaga tikdi. Yuz ko‘zlaridan o‘pib yanda qattiqroq quchoqladi. Bir zum uning bu harakatlaridan qizaloqning yuzlarida o‘zgarish sodir bo‘ldi.

- Feliciam , shirintoyim meni borlig‘im buni rostan o‘zing chizdingmi ? Oh my god . Judayam chiroyli ! Xuddi o‘zi.. O‘zimni ko‘rgamdek bo‘ldim. Qulupnay sen judayam zo‘rsan _ deb jilmaydi Ryan yana qizaloqning yuzlaridan o‘pib.
O‘z suratiga yana bir bor tikilgan Felicia akasining javobidan ich ichidan xursand bo‘ldi. Ammo tabassum qila olmadi.

- Qulupnay yeysanmi ? Yaxshi ovqatlanmading ! Xonamda bir talay shirinliklar bor yeysanmi ..
Boshini ha degandek irg‘igan qizaloq akasiga boqdi. Qizni bag‘ridan chiqrib tiz cho‘kkan Ryan singlisiga opich degandek ishora qildi. Bir necha daqiqa unga hissiz tikilib turgan qizni ko‘rgan yigit indamay o‘zi yelkasiga opichib xonadan yugurib chiqib ketdi..

Ryan Larenzo Ricci🫠🫠🫠

●●■■

Felicia Nishimura Ricci

Vashington kechki soat 9 : 00
Tez yurar poyezdda deyarli 2 soatda yetib kelgan qiz , poyezddan pastga tushdi. Atrofga alangladi - yu , yana yo‘lida davom etdi.
" Aniq hozir Thomas meni qidirib yurgandir. Aytib ketganim yaxshi edi. Ammo aytgan taqdirimda meni bu yerga qo‘yib yuborishmas edi. Jin ursin bugungi kun juda og‘ir o‘tdi. Katerina oyim ( u Thomas bilan bolalikdan katta bo‘lgani uchun oyisi Katerinani ona der edi) ham mendan havotir olayotgandir. Ming la'nat !! Juda yomon farzandman. Qon bosimlari oshib ketadi. Kamiga bugun Ella bilan Thomas birga vaqt o‘tkazmoqchi edi. Aniq oyim uchrashuvni buzib Thomasga qo‘ng‘iroq qiladi . Jin ursin seni Astrid !! Aniq qaytganimda yamlab yutishadi... Shit !" deb o‘yladi - yu, vakzaldan chiqib taksi to‘xtatdi. Ko‘cha ancha salqin qish yaqinlashib qolganidan darak berardi. Vakzal atrofida hali ham odamlar ser gavjum edi. Ko‘chadagi chiroqlar esa milt - milt etib nur sochardi. Allaqchon yangi yil shukuhi kirib kelgandi. Astrid muzlab qolgan qo‘llarini isitish uchun bir biriga ishqalab taksi to‘xtatishga harakat qildi. Bir necha daqiqadan so‘ng oldiga mashina kelib to‘xtadi. Mashina ancha qimmat va yangi edi. Astrid ko‘zlarini pirpiratdi - yu undan uzoqlashdi. Mashinadan tushgan yigit qizga qarab baqirdi.

- Hoy qiz ketmaysanmi? Yur tashlab qo‘yaman.
Yigitga g‘alati qarash qilgan qiz bir mashinaga bir unga qarab :

- Yo‘q mayli o‘zim ketaman. Shart emas! Ovora bo‘lmang !! _ dedi Astrid hadiksirab .

- Mayli o‘zing bilasan!! _dedi Ryan mashinaga qayta joylashib.
Mashinaga o‘tirgach matorni qizdirgancha u yerdan g‘oyib bo‘ldi. Do‘stlari bilan ziyofatdan qaytayotgan Ryan , kech bo‘lganda ortiqcha bosh qotirgisi kelmay Astridga indamay qo‘ya qoldi. Ryan ketgandan so‘ng taksi to‘xtatgan Astrid unga o‘tirib , haydovchiga kerakli manzilni aytdi.

...

~~~~

Vashington

Kerakli manzilga kelgandan so‘ng yo‘l haqqini to‘lagan Astrid , binoga tikilgancha taksi eshigini yopdi. Yuragi tez ura boshladi. Hayajonlanib , yuzlari qizardi. Anchagacha ko‘p qavatli uy tagida turgan qiz sovuqdan muzlagan qollarini cho‘ntagiga solib zinalardan yuqoriladi. Miyasidagi savollar allqachon uni aqldan ozdirgani aniq edi.
" Ancha bo‘ldi akajonim uchrashmaganimizga? Sizni juda sog‘indim.. Judayam xursandman. Akamni ko‘raman . Urra...U uxlamayaptimikin.? Aa? Kech bo‘ldi. .Balki Mike aldab boshqa manzil vergandir.Yo‘q menga baribir bir marta bo‘lsa ham urinib ko‘rishim kerak. Hech narsa bu yo‘ldan to‘xtata olmaydi. " o‘ziga o‘zi bir nimalar deb uchinchi qavatga chiqdi. Adashmadimmikin deb yana o‘sha qog‘ozchaga qaradi. 23 - xonadon. Eshik yoniga borib , ikkilanishsiz qo‘ng‘iroqni bosdi. Eshik qo‘ng‘irog‘i aks sado berar ekan u yana qayta bosdi.. Yuzlari oldingidanda qizarib , o‘zida yo‘q xursand edi. Yurak urushi oldingidanda tezlashib, nafas olishi tezlashdi. Ko‘zlarini pirpiratib , sabirsizlik bilan qo‘ng‘iroqqa qayta barmog‘ini qo‘ygandi shilq etib eshik ochildi. .Eshikdan chiqqan inson Astridni bir muddat qotib qoldi. Astrid unga allaqachon yoshlangan ko‘zlari bilan tikilar ekan , hech narsani o‘ylamay o‘zini Kaining bag‘riga otdi.

- Aka!! Akajon!!Akajonim ... Kai. Sizni sog‘indim_ dedi hiqqillab Astrid

- Nega kelding?

Qo‘llari bir zum singlisini quchish uchun ko‘tarilgan Kai asta ularni tushirdi. U ham Astridni juda sog‘ingandi ammo buni hech iloji yo‘q edi.Astridni siltab o‘zidan uzoqlashtirgandan so‘ng eshikni yopishga shaylandi . Birdan sarosimaga tusgib eshikka yopishgan Astrid yig‘lagancha yolvora boshladi.

- Ket bu yerdan!!

- Aka!! Kai senga nima bo‘ldi . Akajon unday qilma itmos yolvoraman. Aka unday qilma iltimos. Endi topganimda akajon.!! Aka Yolvoraman. Bir marta bir marta imkon ber . Iltimos bir marta imkon ber._ yolvorib Kaining oyog‘lariga yopishib oldi - Axir seni sog‘indim.! Nega unday qilyapsan ? Akaaa...

- Jo‘na dedim.!_ deb oyog‘ini siltaladi ammo hech foydasi yo‘qedi. - Astrid ket dedim senga!!

- Ketmayman! Iltimos imkon ber yolvoraman. Akajon. Bir marta diydoringa to‘yay . Keyin umuman hayotingdan chiqib ketaman. Qaytib ko‘zinga ko‘rinmayman. Yolvoraman. Iltimos..

7 - qism o‘z nihoyasiga yetdi. Siz bilan Astrid Hofferson bo‘ldi. Yoqimli mutola. Imlo hatolar bo‘lsa uzr..