January 31

Beautiful strangers

3 - bob

Author Astrid Hofferson

School of Archonts

Kattakon chiroyli , hammayoq gullar bilan burkangan, osmonida mitti qushlar chug'urlashib uchib yurgan qars oldida turgan yuzlab bolalar hayratdan og'izlari ochilib qolishgandi. Bu yer Neverlandning eng buyuk , qadimiy va yagona hisoblangan " School of Archont" yani " Axtontlar maktabi " edi. Bu yerda o‘z kuchini va maxluqni boshqarishni bilmaydigan bolalar o‘qitilardi. Undan tashqari bu yerda qo‘shimcha qilib afsungarlik saboqlari bo‘yicha alohida ilm berilgan. Bolalar guruh guruh bo‘lib turar ekan Astrid Kahlan bilan kiyimlari va ba'zi narsalarni suhbatlashib kelguncha hamma o‘z sherigi bilan turardi. Qasrga ham ahamiyat bermay atrofdan Felixni qidirar ekan birdan ko‘rgan manzarasidan ko‘ngli o‘ksib qoldi.. bolalikdan birga o‘sgan do‘sti hozir o‘zi tengi qizaloq bilan shirin suhbat qurarayotganini ko‘rolmay jahli chiqa boshladi. " Jin ursin nega jahlim chiqyapti!! Nega oldinroq menga u qiz haqida aytmadi. Nega aytmadi. Jin ursin doim men bilan yuravermaydi - ku , enagam bo‘lib shunday emasmi ? . Theo u qayerda bo‘lishi mumkin. Uni ham atrofdan qidirdim . Lekin u ham Mia bilan va o‘zlariga allaqachon do‘stlar orttirgan bular. Qachon ular shuncha do‘st orttirishga ulgurdi" deb asabiylashgancha o‘zi bilmagan holda jahl otiga mindi.

- Borib shunchaki o‘ldir ularni! _ sirli ovoz quloqlari ostida jarang sochdi.
Eshitgan ovozidan to‘xtab qolgan qiz atrofga nazar solar ekan , ammo unga gapirgan insonni topa olmadi. Qo‘llarida turgan og‘riq sabab ularga qaradi - yu, allaqachon o‘sib chiqqan yunglar va uzun tirnoqlarni ko‘rib darrov ularni ortiga yashirdi.

- Hoyyy tirmizak borib o‘ldirsangchi!! Go‘shtini titib yeb tashlamaysanmi !! Axir ular seni unutishdi - ku !! Bo‘laqol . Bo‘laqol meni qornim ochdi._ quloqni qomatga keltiruvchi ovoz yana quloqlari ostida yangrab , ko‘z oldi xiralasha boshladi.
Quloqlarini berkitgan qiz , ongini egallab olgan ovoz egasini yana atrofdan qidirib topa olmadi. Birozdan so‘ng bu ovozlar tinib , ko‘zlari oldingi holatga qaytdi.

- Hamma o‘z sherigi bilan tursin !!

Qasr ichidan qariroq inson ovozi yangradi.. Hamma o‘z sherigini qo‘lidan ushlab birga qator bo‘lib tura boshladi. Astrid indamay o‘sha yerdagi daraxtga suyanib indamay turishni maqul ko‘rdi. Katta temir darvozalar ochilib , bolalar ehtiyotkorlik bilan kira boshladi. Ularni darvoza tagida chamasi yoshi qirqlar atrofidagi erkak va ayol kutib olishdi. Astrid indamay Theo turgan qatorga turib , ular ortidan qasr ichiga kirib bordi. Qasr ichida qushlardan tashqari har xil sharpalar uchib yurar , ulardan biri ichkariga kirib kelayotgan Hoffersonlar tomon uchib ularni yuqoridan kuzatisha boshlashdi.

- Hehe !!_ jilmaydi ulardan biri . So‘ng tezda uchib Theoni oldiga turib oldi . - Yigitcha qayerga ketyapsan .
Uni ko‘rgan Theo cho‘chib ketib , baqirmoqchi bo‘ldi - yu , birdan unga odamni o‘ldirib qo‘ygudek qarab turgan Astridni ko‘rib yutindi. Barcha bolalar sharpalarni sezishib chinqirishga tushar ekan , ularni boshlab ketayotgan ayol ulardan qo‘rqmaslikni aytib tinchlantirdi.

- Yigitcha negadir yuz tuzilishing bittasini eslatyaptida, ! Ha mayli uni buni qo‘y bu yerga kelishingdan maqsad nima ?

- Amaki nega endi menga qiziqib qoldiz ? Bu yerga kelishimdan maqsad manabu ichimdagi maxluqni bo‘ysindirish va anavi ortimizdagi o‘qrayib turgan qizni ko‘ryapsizmi _ deb Astridga ishora qildi. Sharpa asta Theo ko‘rsatgan tomonga qarab ha degandek bosh irg‘adi . - O‘sha qizni balolardan asrashga . Turush turmog‘i bir muommo ..

- Tayinli maqsading yo‘q ekan , bu degani senga bu yerda joy yo‘q! O‘lib ketasan. Hosh !! Isming nima ?

- Theo Hofferson ! Janob arvoh ismim Hofferson Theo_ atayin ikki marta qaytarib sharpaga qaragan ham ediki , birdan sharpa indamay yuqoriga uchib ketdi. - g‘alati.
Hammalari qasr ichiga kirib qandaydir kattakon eshik oldida to‘xtashdi. Qasr shu darajada g‘alati va katta ediki , hayron qolmaslikni iloji yo‘q. Qasrga ilingan kattakon portretlar ichidagi suratlar tilga kirib gapirar , qasr shiftida esa g‘ira shira , ko‘z ilg‘amas sharpalar uchib yurar edi. Ularni ayrim bolalar

anniq ko‘ra olishardi. Hovlisidagi daraxtlar tebranib quloqqa dim yoqadigan mayin musiqa chalar ekan , uning ovozi butun qasrga tarovat tarqatib turardi. Qayerdandir esa tansiq taomlarni ifori esib dimoqni qitiqlardi. Qayerdandir paydo bo‘lgan mitti jahldor gnomchalar bolalarga maxsus yopinchiqni berib ustlariga kiyib olishlarini aytib g‘oyib bo‘lishdi. Baz'ilarini hayratdan og‘izlari lang ochilib qolgan , ba'zi bolalarni esa jag‘i tinmay allanimarnidir gaplashishardi. Bahaybat eshiklar katta ochildi. Hammalari birin ketin kattakon zalga kira boshlashdi. Zal shu darajada katta ediki ichiga kirgan odam yuqoridan chumolidek ko‘rinardi. To‘rida esa to‘rtta inson ularni kutib o‘tirardi. Ko‘rinishlaridan bu yerning egalari bo‘lishi aniq. Ustlaridagi o‘zgacha oddiy ko‘ringani bilan ancha qimmat bo‘lgan ustki kiyimlar , o‘zgacha katta ko‘zli uzuklar, yuzlaridagi ifoda buni yaqqol tasviri edi. O‘rtadagi soch - soqoli uzun va oppoq bo‘lgan kishi o‘rnidan turib zaldagi bolalarga yuzlandi.

- Avallam bor hammangizni Archontlar maktabida ko‘rib turganimdan xursandman ! Bu yerda barcha professorlar nazoratida o‘z kuchingizni boshqarishni o‘rganasiz. Va yil bo‘yi ko‘rsatgan mahoratingiz uchun guruhingizga ballar berilib taqdirlanasiz. Hozir esa sizni kuchingiz va maxluqingizga qarab ikki sinfga bo‘lishadi.
Ortiqcha hech narsa demadi. Joyiga o‘tirdi. Undan so‘ng qolgan a'zolar turib o‘zini tanishtira boshladi. Umuman olganda bu yerda juda ko‘p professorlar bo‘lishi kerak , ammo bu to‘rttalasi eng kattasi va muhimligi aniq edi. Ikki chekkada esa Kahlen bilan Richard o‘tirardi. Astrid ularga qaragan ham ediki, Richard asta ko‘zini qisib qo‘ydi. So‘ng o‘rtada paydo bo‘lgan taxtsimon shoxona stul paydo bo‘ldi. Hamma birin - ketin stulga o‘tira boshladi. Bu xuddi o‘sha hammaga mashxur Hogvarst sehirgarlar maktabi kabi saralash bosqichiga o‘xshardi. Faqat unda o‘quvchilarga qalpoq kiydirishardi va o‘quvchilarning barchasi sehirgar . Bu yerda esa hamma maxluq edi. Insonning o‘zi yo‘q edi halos. Saralash davomida stulga o'tirgan o‘quvchi atrofida olov paydo bo‘ladi. Kimni olovi qora va katta bo‘lsa o‘sha o‘quvchi Cimmerian sinfiga o‘qishga kirardi. Qolgani esa Anhedonia da o‘qirdi.. Birdan ro‘yxatda Hofferson familiyasi o‘qildi.

- Janob bizda ikkita Hofferson bor _ dedi Felix arazdan qovoqlaridan qor yog‘ayotgan do‘stini turtgancha .!

- Theo Hofferson sizni navbatingiz !_ e'lon qildi qariya Mariya .
O‘z ismini eshitgan Theo asta borib stulga o‘tirdi. Uni kuzatib turgan Astrid chuqur yutindi - yu , jahl va g‘azab o‘rnini havotir egalladi. Barmoqlarini tishlab Theoni harakatlarini kuzatishni boshladi - yu , negadr butun vujudini havotir egallab yuragi qattiq ura boshladi. Stulga o‘tirishi bilan xonada qattiq shamol esib, stul atrofini kattakon qora alanga o‘rab oldi. Devorlardagi shag‘amlardagi chiroqlar o‘chib hamma yoqni zulmat qoplab oldi. Faqatgina stul atrofidagi olov o‘zidan nur taratib turardi halos. Borgan sari tanasi qizib og‘riyotgan mitti Theo tinmay ichida " Iltimos faqat Cimnerianga emas ! Cimmerianga emas !! Yolvoraman faqat Anhedoniaga tushay iltimos sizdan . O‘tinaman.! Iltimos ..!!" deb qaytarardi. Soniyalar ichida stul tilga kirib , qasrda qaytadan chiroqlar nur socha boshladi.

- Anhedonia ga .
Xursandligidan sakrab tushgan Theo yugurib Felixni oldiga turib oldi. Felix uni sochlarini to‘zg‘itib , quchog‘iga oldi.

- Janob Adams sizning navbatingiz !

Bolalar orasidan yorib chiqib , asta stulga o‘tirgan Adams Zane ko‘zlari butunlay qoraydi. Kuchli shamol esib hamma chiroqlarni qayta o‘chirdi. Stul atrofida Theonikidan katta alanga yonib , hammani hayratda qoldirdi. Tashqarida musiqa chalayotgan daraxtlar ham jimib qoldi. So‘ng zumda qayta chiroqlar yonib , butun zanli yoritdi.

- Cimmerianga _ dedi stul qayta tilga kirib.
Zane pastga tushib bolalar orasiga singib ketdi. Astrid borgan sari asabiylashar ekan quloqlari ostida yana o‘sha tovush jarang socha boshladi. " Qo‘rqma. Mittivoy !! Meni qabul qil ! Qabul qil !! Bo‘laqol.! " derdi o‘sha ovoz. Boshida chiyillash tu

rgan qiz quloqlarini berkitib , boshini siqimlar ekan , birdan ko‘zlari butunlay qora tusga kirdi. Yuzida iblisona jilmayish aks etgan Astrid o‘z ismini eshitib shaxdam qadamlar bilan stul yoniga bordi - yu , o‘sha oq soqolga qarab tazim qilgach o‘riniga qulay joylashib oldi. Buni ko‘rgan Felix va Theo ning ko‘zlari kattalashib u tomon yuguraman deganda butun zalni kattakon alanga qoplab hammani yondirib azablay boshladi. Olov shiftgacha yetib , shiftni ham kuydira boshladi. Sharpalarning barchasi zalga toplanar ekan , tashqaridagi daraxtlar ham kuy chalish o‘rniga qandaydir chinqiriq ovozlarini chiqarishardi, Maktab ostida joylashgan zindondagi barcha mavjudotlar qutirib o‘zlarini devorga ura boshlashdi. Osmonni bulut qoplab chaqmoq chalar ekan , bundan barcha daxshatga tushardi. O‘quvchilar og‘riqdan dodlashar ekan Theo va Felix o‘rnidan turishmoqchi bo‘lishdi ammo tura olishmadi. Stuldan turgan qiz ustidagi kiyimni qoqib tashlar ekan , ko‘zi birdan uni bir chekkada kuzatib turgan bolaga tushdi. Yuzlab o‘quvchilar orasida faqat bittagina bola qimir etmay unga termulib turardi. Bu bola poyezdda unga joy berganini eslagan qiz unga ko‘z qisib qo‘ydi. Turishi bilan o‘chgan olov sabab , ortiga o‘girilib qaragan qiz uni sehr bilan kishanlamoqchi bo‘lgan qariya Forestni sezib , Astridning tanasini egallab olgan maxluq Kira birdan handon otib kula boshadi..

- Hahaaa. Qariya Forest ko‘rishmaganimizga ancha bo‘libdi. !_ dedi Kira Astrid kiygan yoping‘ichni yechib uloqtirgancha - Yo xudo xali ham bu yoping‘ich bormi ??

- Bas qil Kira !! Joyinga qaytib kir _ dedi oqsoqol Forest !

- Eh. Bu nima deganingiz o‘n besh yil deganda endigina ozodlikka chiqqanimda qayta joyinga kir deyapsizmi? Hah Qaysi xatoyim uchun bunday nimjon tanaga joylashdim. Bu ham boshqalariga o‘xshab o‘n oltiga kirmay o‘lib ketadi. Haya bechora Astrid middi ye . Haha u endigina o‘n besh yoshda - ku , bir yil umri qopti eff.. Mayli keling yana bir bor talabangiz bo‘lay !_ dedi Kira asta stulga qo‘llarini yugurtirgancha uzoqqa uloqtirib yubordi..
Ustidagi qalin kiyimni yechgancha atrofga ko‘z yugurtirar ekan to‘rt stullardan biri bo‘shab qolganini payqadi. Ortga asta qadam tashlab endi qochaman deganda , tanasini teshib o‘tgan qilich uni butunlay harakatsiz qoldirdi. Qarshisidagi insonga qarar ekan , ko‘zlari birdan yoshlanib oldingi qahvarang ko‘zlariga qaytdi.

Astrid ( Astrid ichidagi maxluq 😭)

●●●●

Astridning ko‘zlari

~●~~●~

Erta tongdan toshdek qattiq yotoqda uyg‘ongan qiz bir muddat jim yotdi. Hamma yoq jim jit!. Eski shift. Yog‘ochdan qilingan xona . Hammayoqdan g‘alati o‘t va damlamalarning ifori anqirdi. Birdan o‘rnidan turgan ham ediki , ko‘ksida turgan og‘riq sabab qayta joyiga yotdi. Qo‘llari kishanlangan. Qimirlashni sira iloji yo‘q edi. Belidan yuqorisi butunlay bint bilan o‘ralgan . Qayta o‘rnidan turaman deganda yon tomonidan kelgan ovoz tufayli o‘sha ovoz sohibi tomon qaradi.

- Uyg‘ondingmi? _ dedi Adams qo‘lidagi patnisni yotoq oldidagi stolchaga qo‘ya turib.
Unga tikilib qolgan Astrid hamma narsani unutar ekan , Zane asta qarshisiga joylashdi. So‘ng patnisdagi qandaydir malhamni qo‘llariga oldi.

- Ko‘ksing qattiq og‘riyaptimi ? Boshingchi ?

- Nima!??_ birdan baqirib yuborgan qiz badanidagi va boshidagi bog‘ichlarga diqqatini qaratar ekan , uyatdan yerga kirib ketgudek bo‘lib , boshqa tomonga asta o‘girilib oldi. Har qimirlaganda turgan og‘riqdan ingrab yuborar ekan , hatto ko‘zlaridan yosh sizib chiqa boshladi. - Menga bunday qara..qarama.

- Ko‘zim ham uchib turgani yo‘q shunchaki tabib aytgan ishni qilyapman. Hozir o‘zi keladi. Manabuni yararalaringa surtishing kerak.! Ikkinchidan sendan kattaman. _ mahzuhgina gapirdi. - Yaxshisi kel!! Qo‘llaringni yechaman. O‘zing surtishga harakat qilasan.
Astrid jimib qolar ekan, bir zumda tepasida paydo bo‘lgan bolani ko‘rib ko‘zlari kattalashdi. Zane ustiga egilib , cho‘ntagidan kalitni chiqardida Astridning qo‘llarini ushlab kishanlarni yecha boshladi. Butun xayolini kishan yechishga qaratib , ularni birin ketin yecha boshladi. Astrid borgan sari qizarib ketar ekan , ko‘ksidagi qilich izi battar og‘riq berardi.

- Menga tikilishni bas qil! Bu o‘zinga ziyon. _ dedi so‘ngi kishanni yecha turib. - Bo‘ldi meni ishim tugadi.
Indamay turib eshik tomon yurdi. Orqasidan qarab qolgan qizaloq malhamni olaman deganda gursullab yerga qulab tushdi. Og‘riqdan qichqirar ekan , yarasi ochilib sharillab qon oqa boshladi.

- Jin ursin ! Nega haligacha yaram bitmadi !! Ahh. Ming la'nat nega o‘zi bu yerda yotibman.?

Tishlari orasida so‘kinishga tushgan qiz arillab yig‘lashga tushar ekan , mitti jussasini tumbachaga tirab o‘rnidan turishga harakat qildi. Tabib xonasidan uzoqlashgan Adams ortidagi yig‘i va chinqiriq ovozini eshitib , yurishdan to‘xtadi. Borgan sari ovozlar balandlashib bora boshlab butun yo‘lakni qoplab oldi.. Xona tomon yugurib eshikni ochgan bola ko‘rgan manzarasidan qoshlari chimirildi. Tanasidan oqayotgan qonga qaramay o‘rnidan turgan qiz oyoqda arang turgan ham edi - ki , muvozanatni yo‘qotib qayta yerga quladi.

- Jin ursin! Qayerga shoshyapsan !!_ deb o‘shqirgan bo‘ldi Zane Astridni qo‘llariga olgancha.

- Malhamni olishim kerak - ku!! Ayyy !! Ayy og‘riyapti.. OG‘RIYAPTI !! TEGMA !! TEZROQ QO‘YSANGCHI PASTGA .. AYY.

Zane Adams

●●

3 - bob o‘z nihoyasiga yetdi. Etiboringiz uchun rahmat