November 15, 2025

Thantophobia

5 - qisim

Author : Astrid Hofferson

Il mio tesoro

Sinfxonadan hamma birin ketin chiqib ketishi bilan asta Ella tomon yaqinlashgan Steve uning nozik va chiroyli bilaklaridan ushlab to‘xtatdi. Uning bu ishidan hayratlangan Ella nigohlarini unga tikdi.

- Nimadir bo‘ldimi Steve !

- Ella senga bir narsa bermoqchi edim_ deb qo‘llarini chontagiga soldi - yu , ichidan nimadirni olib qizga yaqinlashdi.- Tug‘ilgan kuning bilan Ella !!_ dedi Steve taqinchoqni uzatib.
Bejirim , havorang gullar bilan bezatilgan tog‘nog‘ich . O‘ta nafis va bu qandaydir o‘zgacha ma‘noni aks etardi. Ko‘zlari quvnab ketgan Ella, asta unga qo‘l uzatgan bo‘ldi. Go‘yoki bu tog‘nog‘ichga teginsa zarar berishi mumkindek his qildi.

- Omo Steve nega bunchalar chiroyli bu!! Oyy . Juda xursand bo‘ldim . Ammo meni tug‘ilgan kunimga ancha bor - ku . Nega buncha erta tabriklayapsan !

- Shunchaki o‘sha kuni men bu yerda bo‘lmayman ! Afsusdaman .. Kechir buni xohlamagandim. Kichik bo‘lsada qabul qilasan degan umiddam . Tog‘risi nima sovg‘a qilishni bilmadim _ dedi Steve sochlarini to‘zg‘itib..
Ella unga termulib turar ekan, shunchaki jilmayib qo‘ydi. Tog‘nog‘ichni sochlari orasiga asta qadab Stevega qaradi.

- Yarashdimi?

- Senga hamma narsa yarashadi_ beixtiyor jilmayib qo‘ydi.So‘ng ohista uning qo‘llarini qo‘yib yubordi. Yelkasini qoqib qo‘ygan qiz unga darsga chiqishini aytib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Steve yelkasiga qarab qo‘ydi - yu , og‘ir xo‘rsindi.- Kechir ! ..
Jismoniy tarbiya darsi bo‘lgani uchun hamma sport zalga yig‘ildi. Formasini kiyib saflanishga turishgandan so‘ng o‘qituvchi birma bir familyalarni o‘qiy boshladi.

- Hofferson?

- U kelmagan !

- Tushunarli._ deb sanashda davom etdi.
Davomat tugagandan so‘ng bolalar ikki guruhga bo‘linib basketbol o‘ynay boshlashdi. Ella va Thomas har doimgidek bir jamoada birga o‘yinni davomlashdi. Top ovozi butun zalni tutar ekan, unga o‘yinchilarning qichqiriqlari jo‘r bo‘lardi.Steve qarshi jamoaga o‘tib Elladan top olaman deganda quloqlari eshitishdan to‘xtab, ko‘z oldi qorong‘ulasha boshladi. Ammo ko‘zlarini qattiq ochib yumgancha topni Elladan zumda olib savatga otgandi,miyyasi chiyillab yerga quladi. Boshini changallab g‘ujanak bo‘lgancha uyoqdan bu yoqqa dumalay boshladi. Tezda o‘yinni to‘xtatib yugurib kelgan bolalar uning atrofini o‘rab olishdi.

- Steve !! Hoy Steve _ deb yuzlariga urgan bo‘ldi Thomas - Tez yordamni chaqiring !! Tezzz!!! - Steve ! Do‘stim hoy... Ella ustozni chaqir bo‘l tez ..
Ella tez yugurib ustozni oldiga yugurib ketdi. Yerda hali ham boshini changallagan do‘stiga qarab shartta ko‘targan Thomas eshik tomon otildi...

Steve Vance

• • •

Yotoqda uyqudirab bazo‘r qimirlab yotgan qiz yonidagi yigitga qarab qo‘ydi. Atrof tozg‘ib ketgan, xona tartibdiz , polda guldon siniqlari yotardi. Qiya ochiq derazadan kirayotgan shamol qizning yalang tanasini seskantirishiga asos bo‘libgina qolmay , yigitni o‘rnidan turishga majbur qildi. Mushakdor tanasi yaqqol bilinib turgan yigitni kuzatgan qiz iljaydi. Shkafdan o‘ziga qulay kiyim olib ustiga ilgancha unga qarab iljayib turgan Zoe ga qaragan Kai shunchaki qiyofasini o‘zgartirmay oyna oldiga bordi. Kechki soat 2 : 00. Tashqaridan toza havodan nafas olishga qaror qilgan Kai oynani kattaroq ochib chuqur chuqur nafas oldi. Bundan battar sovqotgan Zoe ko‘rpa ichiga kirib bir nimalar deb ming‘irladi. Biroz muddat to‘yib nafas olgandan so‘ng Kai oynani yopib, joyiga qaytdi. Oyoq ostidagi siniqlarni olib burchakdagi chelakka uloqtirdi. Yotoq chetiga o‘tib stakanga suv quyayotganda Zoe ko‘rpa tagidan bosh chiqarib savol berdi.

- Uni sog‘inmadingmi azizim! Axir u singling ..

- Ovozingni o‘chirib uxla! _ sovuq javob qildi Kai , so‘ng qo‘lidagi suvni sekin icha boshladi.

- Nima qilibdi!! Bilasanmi u har kuni qo‘ng‘iroq qiladi. Nimaga har kuni yo‘lidan chiqib yana o‘zingni unga eslatyapsan , Tog‘risi Astridga achinaman!

Stakanni tumbaga tarsillatib qo‘ygan Kai Zoe tomon o‘girildi...

- Birinchidan hech qachon u men bilan teng bo‘lmagan . Kichikligidan uni mening yoshimga tog‘irlab hujjatini sohtalashtirishgan va bu muommoga aylangan. U har doim menga muommo bo‘lgan . Ikkinchidan agar u men bo‘lsa seni menga umuman keraging bo‘lmaydi Zoe va ular u haqida bilib qolishsa yaxshi bo‘lmaydi , albatta u uchun. _ qo‘llarini qizning yarasiga bosib yotoqqa qadadi - Mendan ajralishni xohlaysanmi Zoe !

- Ahhh Kai ! Kai og‘riyapti yelkamni qo‘yib yubor ! Qo‘ling olll .. _ dedi yig‘lamsirab Zoe, og‘riqqa chidolmay ingrab yubordi.
Kai ning qo‘llariga yopishar ekan, qo‘lini yelkasidan ololmay qiynalardi. Uning harakatlarini kuzatib yuziga tabassum yugurgan Kai qizni qo‘yib yuborib, peshonasidan o‘pich qoldirdi..

Zoe ..

●●●

Kai Hofferson

Uyqusi buzilib, uxlay olmagan Kai oshxonaga kirib o‘zi uchun qahva tayyorlay boshladi. Hammayoq jim - jit. Chiroqni yoqib gaz plitasiga yaqinlashdi. O‘zi uchun kerakli masalliqlarni idishga solib , gazga qo‘ydi. Shkafga butun gavdasi bilan suyangancha qahvaga qarab termuldi. Astrid haqida , u bilan o‘tgan vaqtlarini o‘ylab beixtiyor jilmaydi. Singlisi haqida o‘ylaganda ichida nimadir doim g‘ulg‘ula solib uni tinch qo‘ymaydi. Ming harakat qilmasin uni unutolmay qiynaladi.
Tayyor bo‘lgan qahvani damlab uni o‘zi yoqtirgan chashkaga quyib oldi. Stolga yaqinlashib, unga o‘tirdi. Chashkani stol ustiga qo‘yib boshini orqaga tashlab irrilllab yubordi. Charchoq hissi butun tanasini egallab olgan. Shiftga bir muddat tikilib turgandan so‘ng qaddini roslab , chashkadagi qahvadan ho‘pladi. " Chindan ham u hozir nima qilyapti ?. Uni sog‘indim. Uni yana o‘sha lo‘ppi yuzlaridan o‘pib bag‘rimga bosgim kelyapti! Aka deb alamdan emas quvonchdan aytib chaqirishini xohlayman.. So‘ngi bor meni topib olmasidan oldin uni ko‘rishim kerak. Qaytib New Yorkka kelmayman keyin" hayollaridan o‘tqazdi. Bo‘ynidagi tumorni olib ichidagi suratga termuldi. Tumor ichida Kai va uning singlisi Astrid bilan bolalikda tushgan surati turardi.

- U ajoyib va nihoyatda chiroyli qiz!!

Chashkadagi qahvani ohirgacha ho‘plab , o‘rnidan turdi. Idishlarni olib to‘lab qo‘ygancha , Eshik tomon otlandi. Kiyim ilgichdan qalinroq kiyimini olib uydan chiqib ketdi...
Ko‘cha salqin, hammayoq jim - jit! Faqatgina ora - orada daydi mushuk va itlarning ovozlari quloqqa chalinib turardi. Sovuq havodan yuzlari allqachon qizargan Kai qo‘llarini yuziga yaqin olib kelib huhlab issiq nafas chiqardi. Qorong‘u yo‘lak bo‘ylab chapga burilgach , uchta uy nariga to‘xtab uyga nazar soldi. Tanish uy , o‘sha o‘sha deraza ...
O‘zi uchun kerakli derazani topib undan ichkariga mo‘ralashga qaror qildi...

6 kundan so‘ng..
Shahar kutubxonasida dam olib , maroq bilan kitob o‘qiyotgan qiz , qo‘lidagi kitobni chekkaga qo‘ygancha kutubxonachi oldiga bordi.

- Dolli qahva bormi?

- Ha Astrid bor ! Faqat o‘zing bu yerga qarab tur meni qiladigan ishlarim bor_ dedi kutubxonachi Dolli

- Albatta Dolli ! Boravering ._ deb javob qaytardi Astrid Dollini qucha turib - Bugun ishim tugasa ertaga maktab .

- Mayli omad senga _ dedi - yu yugurib chiqib ketdi.
Jilmaygancha uning o‘rnini egallagan Astrid o‘zi uchun qahva tayyorlay boshladi. Besh daqiqa o‘tar o‘tmas kutubxona eshigi ochilib ichkariga kimdir kirdi. Dolli nimasinidir unutibdi degan o‘yda eshikka nazar solib so‘ng ishida davom etdi.

- Dolli nimadirni unutdingizmi ?

Ammo hechqanday javob yo‘q. Buni shunchaki e'tiborsiz qoldirib, qahvani damladi. Orom kursisiga o‘tirib ko‘zlarini yumdi - yu , chuqur xo‘rsindi . So‘ng asta qaddini rostlab chaskadagi qahvani hidlab , yuzida jilmayish aks ettirdi. Qahvani hammasini ichib bo‘shagan idishni stol ustiga qo‘ydi - yu , qayta kursiga og‘irligini tashladi.

- Ahh Qahvani menchalik sevadigan inson bo‘lmasa kerak shunday emasmi? ..

- Yo‘q!
Qo‘llarida notanish qo‘llarni his qilgan qiz tezda qo‘rquvdan ko‘zlarini ochdi.Ortida tog‘rirog‘i uning tepasida turgan yigitni ko‘rib birdan o‘rnidan sakrab turib ketdi.

- Nega kitoblardan qahvani hidi kelib turadi desam gap bu yoqda ekanda! Bekorga ular sarg‘ayib ketishmagan _ dedi Zane Astridga bir qadam yaqinlashib.

- Esingni yeganmisan!! Telba !! Yuragimni yording _ dedi Astrid o‘shqirgancha . Zane yaqinlashar ekan, ortga tisarilib kitob javonga tiralib to‘xtab qoldi.Ich - ichidan qizishni boshlab , nafasi bo‘g‘ila boshladi. Oralarida bor yo‘go bir metr joy qolganda , Zane bir qo‘li bilan javonga suyanib , nigohlarini kitoblarga qaratdi. Yuzida jilmayish aks etgan Zane shunchaki ikkinchi bo‘sh qo‘li bilan kitoblarni ko‘ra boshladi.

- Xo‘sh men bilan kitob o‘qishga nima deysan Oppog‘oy.!!

Adams

- Yo‘q demasdim agar kitobga bo‘lsa! Endi yo‘limdan qoch Adams _ kichik qo‘llarini Zane ning keng ko‘ksiga qo‘yib uni o‘zidan itargan bo‘ldi. Ammo joyidan jilmagan yigit qizga yuqoridan jilmayib qo‘ydi.

Qovoqlarini uyib Zanega qaragan Astrid undan qochishini talab qilib turib oldi. Yo‘ldan qochgan Zane Astridni qo‘yib yuborib , o‘z ishida davom etdi. Kitoblar orasidan bir kitobni ko‘rib lablari yanada keng yoyildi.

Sizlar bilan Astrid Hofferson bo‘ldi. Vaqtingizni ayamay o‘qiganingiz uchun katta rahmat !! .