Thantophobia
Il mio tesoro ( mening duru xazinam )
New Yorkka ketayotgan poyezd avalgidan ancha tezlashgandi. Poyezd ichidagi odamlar hali hamon yaqinlari bilan suhbatlashishardi. Kechasi bilan yig'lab chiqqan qiz , ko‘zlaridagi og‘riq sabab ularni qayta ochib yumdi. Yonidagi kitob o‘qib o‘tirgan yigitga bir nazar tashlab sekin ortga surildi.. Oxiri kitobni yopgan Zane yonidagi qizga kitobni uzatib, unga yaqinlashdi.
- Akangni topdingmi? Seni kuzatib qo‘ygan odam akang edi shundaymi? _ dedi Adams qizga yanada yaqinlashib.
Ko‘zlarini yumgan Astrid chuqur nafas olgancha boshini irg‘adi :
- Ha topdim! Lekin shuncha yildan so‘ng juda osson topdim . Juda g‘alati !! Akamdek insonni juda tez topilgani meni tashvishga solyapti?
- Nega endi? Bunday deysan?
Zane asta qizni ustini yopib isitgandek bo‘ldi. Buni sezga Astrid ko‘zlarini ochar ekan , qarshisidagi yigitni ko‘rib ko‘zlari kattalashdi. Ammo buni sezdirmaslik uchun savolga javob berishda davom etdi.
- Chunki akam qotil va jinoyatchi! Shuning uchun mendan uzoqda yashaydi. To‘g‘risini aytsam u meni qutqaraman deb shu ahvolga tushdi. Hammasiga men aybdorman. Akamni hayotini barbod qildim. Lekinchi meni akam eng dunyodagi eng yaxshi aka!! My super hero ! Nega aytyapman o‘zi tavba.
Birdan qotib qolgan Zane , ko‘zlarida yosh miltilladi.. Quloqlari tagida kichkina Elenaning ovozlari yangray boshladi. " Meni akam qanday bo‘lmasin dunyodagi eng yaxshi aka !!.", " Zane!! Akaaa!!Akajon menga nima olib keldingiz " , " Akam keldi!! Oyijon akam maktabdan qaytib keldi. Akajon qarang sizga shirinlik qildim".. Singlisi yodiga tushdi - yu , qayta joyiga o‘tirdi. Astrid uning harakatlarini kuzatar ekan uning yuzidagi o‘zgarish unga ham ta'sir qildi. Lablarini qimtib , tishlaganini ko‘rgan Astrid Zane ga asta yaqinlashib , yelkasidan turtib qo‘ydi..
- Hoy nimadir xato gapirdimmi !
- Yo‘q! Xato gapirmading Oppog‘oy ! Shunchaki akangga havasim keldi !_ ba'zor jilmaydi Adams.
- Har holda akang seni himoya qila olgan!!
Qo‘llarini musht qildi. Ko‘z oldida yana o‘sha Elenaning aka deb qichqirgancha balkondan tushib ketgan holati gavdalandi. Boshini chayqagancha yon tomoniga burar ekan , bir juft qahvarang ko‘zlarga duch keldi. Bir muddat hamma narsani unutgudek bo‘lib tikilib qoldi. Qizdan taralayotgan ifor uni tamoman aqldan ozdira boshlar ekan , bir tomondan bu ifor singlisi Elenani eslatardi.
" Jin ursin uni ko‘zlari shu darajada chiroyliki , tashqaridan tushayotgan nur uni yanada go‘zal ko‘rsatardi. Erta tongdan ichiladigan o‘sha qahva ranglarini eslatuvchi bu ko‘zlar tan olish joizki judayam go‘zal. Tariflashga so‘zlar yetmaydigan darajada chiroyli. Tim qora uzun kipriklar manshu gavharlarni berkitib turardi. Mittigina jussasidan taralayotgan bu ifor shu darajada kichkina Elenamnikiga o‘xshardiki , hozirdan menda bu iforga nisbatan egalik hissi uyg‘ona boshladi. Allaqachon mengacha bo‘lgan insonlardan bu iforni qizg‘ona boshladim"
- Oppog‘oy ! Senga hech ko‘zlaring chiroyli ekanini aytishganmi?_ deya asta qizning sochlariga qo‘llarini botirib ularni silay boshladi .
- Yo‘q! Chunki hech kim menga senga o‘xshab bezbetlarcha tikilmagan!! _ kesatdi Astrid.
- Birinchisi bo‘lganimdan xursandman Oppog‘oy!_ mag‘rurona jilmayib qo‘ydi.
Qo‘llarini asta qizning bo‘yin sohasiga yo‘latib , yaqinlashdi. Astridning yurak urushi eshitilibturar ekan , allaqachon qotib qolgandi. Jovdiragan ko‘zlari bilan Zane ga tikilar , yuzlari esa uyatdan qizarib lovullab yonardi. Astridning tabiiy shishgan, mukammal shaklga ega va qizg‘ish rangdagi lablari yigitni e'tiborini tortibgina qolmay , uni yana bir bor hayratda qoldirgandi.
- Hoy sen qiz nega bunchalar mukammalsan !! _ deb qizning lablarini o‘paman deganda mitti barmoqchalar uni to‘xtatib qoldi.
- Tushhh Zane hozir emas ! Qara hamma bizga qarayapti .
Uning so‘zlaridan so‘ng atrofga qaragan Zane hamma ularga qarab turganini payqagandan keyin Astridni qo‘yib yubormagan holda , undan biroz uzoqlashdi.
- Xo‘sh unda qachon? Bir marta tishlay iltimos ?
- Jin ursin seni!! Bilmayman qachonligini
? Balki umuman bo‘lmas . Yaxshi bola bo‘lib manabu kitobni o‘qisangchi - aa!! _ deb boshqa tomonga qarab oldi. Balki New Yorkka yetib qolgandirmiz . Yoqamdan qo‘limni olsanchi yaramas!! Bir to‘da jinoyatchi oldida o‘tirganimda ham bunchalik bezovta bo‘lmagandim!
- Ko‘p gapiradigan odamlar uncha yoqmasdi , lekin sen bundan mustasnosan Oppog‘oy! Gaplaringni eshitish judayam maroqli. Ayniqsa jahling chiqqanida_ dedi Zane Astridning yoqasidan qo‘llarini olib oldingi holatiga qaytdi.
- Bekor gap ! Hamma jahling chiqqanida itdan battar xunuk bo‘lasan deydi _ xo‘mrayib qo‘ydi Astrid. Aslida esa bu qilig‘i unga juda ham yarashardi. - Jin ursin Nega o‘zi senga bularni aytyapman !! Uff
- Odamlar o‘zi ko‘rishni xohlagan narsasiga ishonadi va ko‘radi. Asl haqiqatni emas ! Xafa bo‘lma shu qilig‘ing senga juda yarashadi ishonaver.!!
Poyezd NewYork vakzaliga yetib kelgandan so‘ng yo‘lovchilar birma bir pastga tusha boshlashdi. Vakzal bir zumda odamlar bilan liq to‘ldi.. Yo‘lovchilar tushib ulgurgincha paravozchi ham poyezddan pastga tushib qayergadir g‘oyib bo‘ldi.. Kupedan tushib kelgan yigit qo‘lidagi katta sumkani yaxshilab ushlab , yo‘lida davom etdi. Ortidan charchab zo‘rg‘a yurayotgan qiz oldinlab ketayotgan bola tufayli g‘inshib , sumkasini qayta yelkasiga ildi. Buni sezgan Zane to‘xtab , ortidagi qizni qilig‘larini kuzata boshladi. Astrid oyoqlarini sudragancha asta Zanening oldidan o‘tib ketar ekan , sumkasidan tortgan qo‘llar tufayli bir zumda yana Zane ning oldida paydo bo‘ldi..
- Hey!! Jinnimisan ! O‘zi charchab yotibman. Qo‘ygin endi. Hozir sen bilan o‘ynaydigan ahvolda emasma aaaan !! _charchoqdan ming‘irladi Astrid.
Yelkasidan tushib ketayotgan sumkasini endi taqaman deganda Zane asra uni yechib oldi. So‘ng indamay vakzaldan chiqish tomonga yurib ketdi.
Uyga kelgandan so‘ng , Astrid darrov uyda kimdir bormi yo‘qmi tekshira boshladi. Thomasni xonasini eshigini ochishi bilan ko‘rgan manzarasiidan ensasini qotirib , eshikni ehtiyotkorlik bilan berkitdi. " Nahotki yo‘qligimni umuman sezishmagan bo‘lsa , tavba !! Demak kecha Ella uni xonasida bo‘lgan va kechasi ketganimni payqamagan. Yo xudo ! Qanday baxtli odammana !!" deb o‘yladi - yu , xonasiga kirib ketdi. Zil zambildek og‘ir sumkasini asta yelkasidan tushurib , o‘zini yumshoqqina yotoqqa tashladi. Tanasida turgan kuchli og‘riq sabab ingrab yubordi. Xafsala bilan o‘rnidan turib sumkasini bo‘shata boshladi . Akasi bergan paketlar , o‘zi o‘qiyotgan asari va bir qancha mayda chuyda narsalarni olib yotoq ustiga bo‘shatdi. Paketlarni birida Astridga ancha tanish bo‘lib qolgan dorilar , yana birida esa shirinliklar bor edi. Og‘ir xo‘rsinish bilan dorilarni ko‘zdan kechirdi. Ko‘rinishidan oddiy emas , chet elnikiligi ko‘rinib turibdi va bularning bari palon pul turishini hamma biladi. Dorilarni ko‘tardida yuvinish xonasiga sekin kirib ketdi..
Hamma dasturxon atrofida yig‘ilgan faqatgina bu yerda Katerina xonim yo‘q edi xalos. Kattagina dasturxon, o‘rtada hamma narsa bor edi. Miltillab yonayotgan sham atrofga o‘zgacha tarovat bag‘ishlardi. Zane ni ham tushlikka chaqirishgani uchun ba'zor kelgandi, ammo Astridni ko‘rishi bilan biroz ko‘ngli yumshadi. Bahonada Thomas , Ella va Steve bilan yaqindan tanishib , ular bilan chiqishib ketdi.. Davrada qizg‘in suhbat ketar ekan , Zane yuzlarida o‘zgarish berib, qovoqlari osilib ketayotgan qizga qarab - qarab qo‘yardi..Tanasiga surtilgan malhamlar tasirida lanjlanib ketayotgan qiz , qovoqlarini arang ko‘tarib , jilmayishga harakat qilardi..
- Ahvoling yaxshimi Oppog‘oy!! _ dedi Zane sanchiqini qo‘yaturib.
- Hmmm_ ba'zor ovoz chiqarib u tomonga qaradi.
- Yaxshimi yoki yo‘qmi!!? Yaxshimasliging anniq ! Tur o‘rningdan.
- Yaxshiman dedim - ku ? Nega endi g‘amxo‘rlik qilaverasan !Meni turg‘azib nima qilmoqchisan o‘zi! Qo‘ysangchi Zane ! Ahvolim yaxshi._ birdan ovozi balandlashib ketdi.
Hamma baravariga unga qarar ekan , asabiy ko‘zlarini aylantirdi.
- Astrid ahvoling yaxshimi ? _ dedi Thomas unga yaqinroq kelib. Yuz ko‘zlarini tekshirar ekan undagi so‘lg‘inlikni ko‘rib , yuzi tekkislandi.
Astrid unga yaxshi ekanini aytib , o‘zini ovqatga urdi. Ella bilan Steve ham undan havotir olgandek qarab qo‘yishdi. Nega asabiylashayotganini ham bilmay qiynalayotgan Zane , Astridni qilig‘ini ko‘rib o‘zini tiyib turolmasdi. Kuchli uyqu sabab ko‘zlari yumilib ketayotgan qiz , oxiri boshini stolga tars etib qo‘ydi. O‘rnidan turgan Zane uning oldiga borib , qo‘llari bilan boshini asta ko‘tardi , so‘ng Astridni turishiga yordamlashdi.
- Bolalar kechiring ! Juda charchadim. Yotib dam olmasam bo‘lmaydi . Yoqimli ishtaha !_ dedi Astrid Zane ga qarab ko‘zlarini pirpiratgancha .
- Hoy anniq yaxshimisan! _ koyigan bo‘ldi Ella .
- Yaxshiman dedim - ku! Shunchaki char ..._ o‘zini tutolmay qoqilib tushay dedi - yu , Zane qo‘lidan ushlab qoldi. - Charchadim.!!
" Yaxshi emasligi yuzidan ma'lumku! Qanaqa dugona ekan - aa!! Jin ursin ! Ko‘zlari yumilib , o‘zini arang tutib turibdi. Yaxshiman deyishga nima bor? O‘jar! " chuqur nafas olib qo‘lidan ushlab olgan qizni o‘ziga suyab xonasiga olib bora boshladi. Xonaga kirgach ehtiyotkorlik bilan yotqizdi. Astridni ustini yopib , xonani tark etaman deganda tumba ustidagi dorilar e'tiborini tortdi. Qizni ustini yopib , tumba oldiga yaqinlashdi - yu, dorilarni sinchiklab tekshira boshladi. Bularning barchasi jarohatlangan teri , juda qattiq kuyib ketgan terini oldingi holatiga qaytarish uchun ishlatilar edi. Bu surtmalarni Astridning xonasida turgani uni juda ajablantirdi. Dorini shovqinsiz qayta joyiga qo‘ydi. Bir muddat yotoqda be'ozorgina bo‘lib uxlab yotgan qizga termuldi. Uzun va mayin sochlari qizning yuziga tushib g‘ashini keltirib , uxlashga qo‘ymasdi. Qiziqqonlik ustun kelib asta Astridni yoniga o‘tirdi. Sochlarini quloqlari orqasiga o‘tkazib , to‘g‘irlab qo‘ydi - yu , endi kiyimiga qo‘lini uzataman deganda Astridning jajji qo‘llari to‘xtatib qoldi.
- Kerak emas ! Iltimos !! Bas qilinglar ..
10 - qism o‘z nihoyasiga yetdi. E'tiboringiz uchun rahmat azizlarim
~•~• Keyingi qismda ~•~•
- Men o‘ldirmadim Zane !! O‘tinaman ! O‘tinaman meni qutqar.. Iltimos Adams yordam ber.
- Ho‘p ! ho‘p . Oppog‘oy bilaman sen o‘ldirmagansan . Senga ishonaman . Hozir kelaman shu yerda o‘tirib tur. _ deb qizni tinchlantirgancha panjaradan uzoqlashib go‘yib bo‘ldi.