~ A child born out of wedlock ~
3 - qism .
Author : Shinoa Moreau
Qahvaxona oldida to'xtagan mashina ichidan sakrab tushgan qiz. Xursanligidan sakrab qo'yardi.
- Ahh qutilganimga shukur qaytib bu lanatiga o‘tirmayman. . . Ha aytgancha ichkariga kirsang issiq shokolad tayyorlab beraman qarzimni uzish uchun. Nima deysan ?
Mashina oynasidan ichkariga qarab gapira boshladi. Negadir bu bola bilan tez chiqishib ketdi. Lekin bu uzoqqa bormasligini o'ylab jimib qoldi.
- Nimadir bo'ldimi ? Hoy.
Taehyun qizni ko'zlari atrofida bir necha marta qo'llarini qimirlatdi. So'ng baland signal chaldi. Bundan o'ziga kelgan qiz Taehyunga qarab qoldi.
- Aa !! Hech narsa. Mayli men ketishim kerak vaqtingni olmay. Anavi mahluq kirishi bilan quvgandir. Mayli xayr. Lekin taklifimni o'ylab ko‘r.
- U mahluqni ismi Beomgyu! Dera deb chaqirishing ham mumkin. _ deb kulib yubordi. Minju uni kulganini ko'rib , kulib yubordi. - Mayli kech qolding yugur.
Mashinani o‘t oldirgancha bir zumda g'oyib bo'ldi . Minju yana hayol surgancha orqasida turgan qahvaxonaga qaradi. Deyarli bir necha oydan beri shu yerda. Hozir kirsa boshlig‘ini baqirishini eslab burnini jiyirdi va ichkariga kirib ketdi. Keng va shinam qahvaxona yashillik bilan burkangan. Hattoki shiftida ham gullarni topish mumkin . Ichksrida esa sokin musiqa yangrab turardi .Endi bildirmay xodimlar xonasiga kirmoqchi edi , doimgidek yo'liga peshvoz chiqqan erkak unga qoshini chimirib o‘shqira ketdi.
- Yana kech qolding. Nima qilib yuribsan !! Seni deb mijozlar qaytib ketyapti . Tez bo‘l! !
- Chanmini ishi ko'p boshqa ish qilyapti. U mijozlarga qaray olmayapti. Yuk tashishga yordam beryapti!
Yanada ichkariladi. Xodimlar xonasiga borib kiyimini alishtirdi. Ustiga fartukni taqib o'z joyiga keldi. Qahva uchun idishlarni tayyorladi. Birozdan so'ng mijozlar kirib kela boshladi .
Maktab o'quvchisi kelib u bilan salomlashgandan so'ng to‘g‘risiga o‘tirdi.
- Oh xayrli kun Junhyuk! O‘qishlaring yaxshimi.
- Ha maktabgacha bir hafta qoldi. Hozircha bir ikkita qo‘shimcham bor.
- Omo mayli charchama nima istaysan?
- Har doimgidek shokolad va shirinliklar. ..
- Mayli bironta joyda o'tirib tur ho‘p. Hozir besh daqiqada tayyor bo'ladi
Idishga shokolad va sutni solib, plitaga qo'ydi. Tepadan shokoladni bezatish uchun mashmello ba shirinliklarni olaman degan edi bo‘yi yetmadi. Stolni qo'yib asta chiqa boshladi . Shkafdan kerakli narsalarni qidirdi , lekin topa olmadi. So'ng omborxonaga kirib ketayotgan Chanmini ko‘rdi. Qo'llarini ko‘tarib, uni e'tiborini tortmoqchi bo'ldi. Uni ko'rgan qiz yo'lida to'xtab jilmaydi.
- Senga ham salom . Chanmi mana bu yerda mashmello va ba'zi narsalar bor edi ko‘rmadingmi.
- Ha ularni hali yig‘ishtirganimda narigi tarafga qo‘ygandim.
- Rahmat. Ha qo‘lingdagilar og'ir emasmi. Ko‘ratishib yuboraymi?
Chanmi yo'q degandek yukni ko‘tarib kirib ketdi. Minju narigi tarafga qo'lini cho‘zdi, ammo qo‘li yetmadi. Og'ir xo‘rsinib , stulni olishga majbur bo'ldi. Qaytib tushaman deganda bellaridan o'ralgan qo'llar tufayli baqirib yubordi ammo zudlik bilan og'zi katta kaft bilan yopilgani tufayli battar sarosimaga tushib tipirchilay boshladi. Yuragi qinidan chiqay deb urar ekan uni qattiq qochgan insonga qaradi. Bir zumda ko'zlari moshdek ochilgan qiz unga shahvoniy qarash qilib turgan boshlig‘ini ko‘rdi. Janob Joo qo'lini olishi bilan uni o'zidan itardi.
- Hoy nega o'zingni olib qochasan. Seni qancha kutganimni bilasanmi?
- Hoy chegaradan chiqyapsiz ! O‘zingizni biling. _ asabiy chuqur chuqur nafas olib gapirardi.
- Qo‘ysanchi bu ham senga yoqadiku. Qolaversa sendek haromdan tug'ilgan qiz yana nima qila olardi. Aaa! ! Ular birovlarni qondirishdan boshqa narsani eplay olishmaydi !!!
Janob Joo Minjuga yaqinlashib sochlaridan silagancha yana o'ziga tortdi. Belidan qattiq siqib o'ziga mahkamlab, barmen stoliga tirab unga egildi. Minju ko‘zlaridan yosh oqar, o'zidan qancha itarmasin bu chol hech qo‘yvoray demasdi. Tinmay qimirlab qochishga harakat qilar ekan . Birdan plitadagi idishga qo‘li tegib, uni to'kib yubordi. Janob Joo esa uni itargancha undan uzoqlashdi. Natijada idishdagi barcha qaynoq shokoladni Minjuni ustiga to‘kildi.
Orqaga qochdi. O'ng qo'li deyarli issiqdan qip qizil tusga kirib, kuyib kelgandi . Ko‘zlaridan yosh oqar ekan . U yerdan tezda uzoqlashdi. Yuvinish xonasiga kiraman deganda kimdir uni ismini aytib chaqirdi . Ko‘z yoshlarini artgancha jilmayishga harakat qildi.
- Minju opa darsim boshlanishiga oz qoldi, kechroq kelarman. Mayli yaxshi qoling.
Bolakay chiqib ketishi bilan yugurib xodimlar uchun yuvinishxonasiga kirib eshikni qulfladi . Yerga o'tirib yig‘lay boshladi. Qo'lidagi og‘riqqa chidab bo'lmas edi. Kiyimini asta yecha boshladi, issiq shokolad sachrab, to‘kilgani bois deyarli tirsak qismigacha kuygandi . Ko‘ftasini deyarli ba'zi joylari terisiga yopishib qolgan edi. Yechaman desa yechilmasdi. .. O'rnidan asta turib suvni ochdi. Qulog'i tagida tinmay boshlig'i aytgan gaplar aylanardi. . .
- Sizni yomon ko'raman. Nega meni dunyoga keltirdingiz? .. Birgina xatoyingiz butun boshli hayotimni belgilab berganini bilasizmi?
Tinmay yuziga sovuq suvni sochib, ko'zlarini ishqalardi. Boshlig'i tikkan hamma joyni suv bilan yuva boshladi . Qo'liga suv tegar ekan dahshatli og‘riqdan baqirib yig‘lagisi kelardi. Hech kim eshitmasligi uchun fartukni bir qismini o'g‘ziga solib yengini yecha boshladi.
Usta xonasiga qadam qo'ygan yigit asta, vazmin qadamlar bilan ichkariladi. Kelishgan, katta tanasi, biroz sovuq ifoda butun boshli xonani aurasini o‘zgartirgandek bo'ldi. O'zining uzun barmoqlari bilan chiroqni yoqib xonaga nazar soldi. Hammayoq usti o'ralgan katta jismlar bilan to'la edi. Xona o'rtasida usti oq mato bilan yopilgan jismning oldiga borib matoni olib tashladi. Ana endi mato ostidagi jism o‘z ko'rinishini bergan edi.
Ajoyib betakror ko‘rinish. O'ziga bir qarashda jalb qiladigan haykal. Tizzalariga bosh qo'ymoqchi bo'lgan qanotli ayol mahorat bilan yasalgan edi. Sochlaridagi har bir burma ehtiyotkorlik bilan ishlangan. Yuzidagi xotirjamlik, yumiq ko'zlar , bilinar bilinmas kiprik tolalari , burun jag‘ qismi o‘ta nafis ko'rinadi. Qanotlariga kelsak biroz qayirilgan lekin u ham bu san'at asari bir bo‘lagi . Patlari xuddi jonlidek ko'rinadi. Ustidagi kiyimlar ular ham haykalga nafislik bag‘ishlab turardi. Tariflashga til ojiz. Ba'zilar uchun bu oddiy haykaldek ko‘rinar ammo uni yaratgan insonga yoki haykaltarosh va rassom uchun bu hamma narsani anglatardi. Beomgyu asta instrumentlardan birini olib o'sha o'zi yaratgan mo‘jizaga yana ishlov bera boshladi. Derazadan tushayotgan nur haykalni yanada jonlantirar edi.
Kechki soat 20 : 00
Ishini arang tugatgan qiz ketaman deganda yana bir mijoz kirib keldi. Qaytib joyiga bordi. Mijoz uchun yana fartukni taqib tayyorlanar ekan , chashka shunga o'xshash narsalarni tayyorladi.
- Keling nima xizmat! Nima buyurtma berasiz?
Boshini ko'tarib jilmayishga harakat qildi. Ammo bu uzoqqa bormadi. Ko'rgan insonidan cho'chib oyoqlari qaltiray boshladi. Unga qarab turar ekan yoniga kelgan dugonasini ham payqamadi.
- Hoy qiz nima qilib turibsan! ..
Chanmi Minjuni o'ng qo'lini ushlab oldi. Minju og‘riqdan tilini tishlab , o'tirib qoldi. Ko'zlari qarshisidagi insondan uzilmas ekan nimaga qo‘rqayotganini ham bilmas edi. Chanmi darrov qo'lini olib , mijozdan uzur so‘ragancha Minjuni turg'azdi. Beomgyu uni harakatlarini kuzatar ekan yuzida yana o'sha mahzunlik aks etdi. Minju uzur so'rab u yerdan uzoqlashdi. .
Pov Beomgyu : Ishlarimni tugatib ochiq havoda biroz qolgim keldi. Birozdan so'ng Taehyun aytgan qahvaxonaga bordim. U yer juda ajoyib , o'zgacha hammayoq yashillikka burkangan. Hamma yoq shisha oyna bilan qoplangani uchun ichkari yaqqol ko‘rinar edi. Eshik tutqichiga qo‘limni olib borar ekanman, men tarafga kelayotgan qizni ko‘rdim. Yaramas bola ataylab shu manzilni bergan. Endi ketaman desam nimadir meni orqaga tortdi. Yana endi kiraman desam unga tikilib qoldim. U juda kichkina va yarimimdan kelsa kerak. Yuzlarida charchoq hissi yaqqol bilinib turibdi , ko'zlari shishganmi nima? Sochlari biroz tozg‘igan ammo unga juda yarashib turibdi. Juda ham yoqimtoy. O'zimni bosa olmay ichkariga kirishim bilan meni ko'rib yana joyiga qaytdi. Deyarli qaramadi ham .. Qo'llari! !nega qo‘lqop kiyib olgan. Nima ish kiyimida ketyaptimi. Shu ahvoldaya .. La'nati o'ziga magnitdek tortyapti bu qiz. Narsalarni tayyorlar ekan, mendan nima buyurtma berishimni so'radi va bazo‘r jilmayib boshini ko'tardi. Ah kulganida yuzidan nur porlaydi. Judayam chiroyli! Mittigina oppog‘oy. .. Bu tabassumni yana ko'rishni xoxhlardim ammo meni ko'rishi bilan oyoqlari qaltiray boshladi, hech qanaqa so'zsiz mendan tikilib turardi. Birdan dugonasi kelib qo'lidan ushladi. O'sha zahoti yuzi burushib, yerga o'tirib qoldi. Nimadir noto'g'ri yig‘lamsirab yugurgilab ketib qoldi.
- Janob mazur tutasiz. Dugonamni ozroq mazasi yo'qqa o'xshaydi. Bugun unga qiyin kun bo'ldi.
- Oddiy qahva va yoniga shirinliklar.
- Albatta! siz o‘zizga biron joy tanlab o'tirib turing. Dugonam sizga olib boradi. .
Beomgyu bosh chayqagancha stullardan biriga o'tirdi. Nigohi Minju ketgan tomonda. .
Bu vaqtda esa Minju ichkariga kirib tezda yengini ochdi. Terisini ba'zi joylari ko'chib ketgan. Lablarini tishlagancha sumkasidan malham olib surta boshladi. Shu payt eshik taqillab qoldi.
- Minju iltimos mijozga qarab tur please! ! Bir joyga borib kelishim kerak. Meni kutishyapti. ..
Bir zumda g'oyib bo'ldi. Minju tezda tashqariga chiqdi. Chanmi tayyorlab qo'ygan patnisni olib Beomgyuni stoliga qarab bordi. Iloji boricha o'zini tutishga harakat qilayotgan qiz tinmay qo'liga qarab turgan yigitning stoliga kelib, ularni oldiga qo'ydi. . .
- Mana janob yoqimli ishtaha!! boyagi holat uchun uzur so'rayman. .
Deb ketmoqchi edi qo'lidan tortgan qo'llar uni joyiga qaytardi.
Minju qoshlarini chimirgancha uning qo'lini siltab o‘z joyiga qaytdi.Beomgyu hali ham unga qarab turar ekan , unga yaqinlashayotgan erkakni ko‘rdi .Minju qo‘lqopini yechar ekin, barmoqlarini ozod qilib yengil nafas oldi. Yana ortidan kelib quchgan qo'llar sababli baqirib yubordi.
- Hoy tishshsh. Nega buncha baqirasan aa? Bugun juda charchading kel men bilan dam ol. O'zim seni charchoqlaringni chiqaraman. .
- Qo'yib yuboring. Qo'yib yuboring dedim. ..
- Nega yana o'zingni tortasan qizaloq. . Biram ovozing chiroyli , o'sha paytda ham shunday baqirarmikinsan. Og‘zinga siqqanicha pul to‘layman .
Minjuga yaqinroq kelib uni yana qurshoviga olar ekan Minju xo‘rligi kelib tinmay yig‘lardi. Buni ko'rib turgan Beomgyuni yuzi tundlashib, g'azab otiga mingan edi. Shiddat bilan ular tomon borar ekan Janob Jooni harakatlari asab tolalarini uzardi. Minju tinmay qarshilik qilib o'zini olib qochar ekan, Janob Joo fursatdan foydalanib qizni kuygan qo'lidan qattiq siqib torta boshladi. Birdan hammayoqni qizning ingroq ovozi tutib ketdi... Bir necha soniyaga bormasdan Janob Jooning yuziga kelib tushgan mushtdan har ikkalasi gangib qoldi. Deyarli hech kim bo'lmagani uchun ularni hech kim ajratay demasdi. Joo hech narsani anglab ulgurmasidan Beomgyu ustiga chiqib do‘pposlay ketdi. Ko'ziga g‘azabdan ko‘r bo'lgan yigit Janob Jooni bo‘g‘ib, boshini stolga ura boshladi. Bu holat uning hushidan ketgunicha davom etdi. Hammayoq, hamma narsa chil chil sinib, ag‘dar to‘ntar bo'lib ulgurgandi . .
- Oppog‘oy yaxshimisan!
Qizga havotir bilan qarab unga yaqinlashdi. Minju esa boshlig'iga qarab nimadurlar derdi.
- U.. u meni zo‘rlamoqchi bo'ldi. U. .uu. . Meni zo‘rlamoqchi bo'ldi.
Sochlarini g‘ijimlab yig‘lay boshladi... Bu safar u ko‘zyoshlariga erk bergandi. Ovozi boricha yig‘lab baqira boshladi. . Beomgyu sekin qizni oldiga cho‘kkalab uni bag'riga oldi.
- Tishshsh hech narsa bo'lmadi. .Bo'ldi tinchlan hammasi joyida. . Bo'ldi u qaytib senga tegmaydi. .