Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Yuldasheva Dilorom Nigmatovna tomonidan 2024-yil 7-noyabr kuni Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishida 6-1Uzb-23, 6-2Uzb-23-guruh talabalariga “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi. 2-bosqich talabalariga (211-auditoriyada birinchi dars juftligida) “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan (reja asosida) “Leksikaning sestem tabiati. Leksemalararo lisoniy ziddiyatlar” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Ochiq ma’ruza mashg‘ulotida til va nutq farqlanishi asosida leksemalarning zotiy tabiati, nutqiy so‘zlarning leksemalasuvi hamda leksemalararo lisoniy ziddiyatning to‘rt turi, shuningdek, lisoniy ziddiyat falsafadagi qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining tildagi xususiylashuvi, ko‘rinishi ekanligi haqida ma’lumot berildi. Tayyorlangan slaydlar, tarqatmalar, talabalar bilan qizg‘in savol-javob tarzida tashkil etilgan “subyekt-subyekt” xarakteridagi ma’ruza mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qildi. Ma’ruzada kafedraning yosh mutaxassislari dotsentlar Umida Ahmadova, Sharof Rahmatullayev, Nilufar Adizova, Dilnoza Sobirova, Maxfirat Hojiyeva, Maftuna Sharipova; o‘qituvchilar Shahnoza Yoqubova, G.Xayrullayevalar ishtirok etishdi.