November 15, 2024

“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi

2024-yilning 14-noyabr kuni ‒ 1-dars juftligida o‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Yuldasheva Dilorom Nigmatovna tomonidan (313-auditoriyada) Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 6-3Uzb-23, 6-4Uzb-23, 6-5Uzb-23-guruh talabalariga “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ochiq ma’ruza “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan “O‘zbek tili leksikasi tasnifi” mavzusida tashkil etildi.

Ochiq ma’ruzada o'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professor-o'qituvchilari, jumladan, kafedraning yosh mutaxassislari ishtirok etishdi.

Mavzu va rejalar aks etgan slaydlardan foydalanildi. Ma’ruza mashg‘uloti davomida o‘qituvchi “Ven diagrammasi”, “Muammoli vaziyat” kabi turli xildagi pedagogik metodlardan unumli foydalandi. Ma’ruza mashg‘ulotida talabalarning faollashtirib borilganligi, o‘qituvchining ilmiy asoslangan ravon tutqi, pishiq fikrlari va dars mashg'ulotini bosiqlik bilan olib borishi kishi e’tiborini tortadi. Dalillar aniq, ilmiy asoslangan, muhimi, o‘qituvchi darsda o‘zini yo‘qotmaydi, talabani zeriktirmaydi. Darsda nafaqat talaba, yosh o‘qituvchilar ham anchagina narsa o‘rgandi.

Professor Dilorom Nigmatovna boshchiligida tashkil etilgan ochiq dars qizg‘in bahs-munozara ruhida o`tdi.