CRUEL LOVE
Hamma qiz tungi liboslarni kiyishni boshladi..men faqat yigʻlagan holatda bir burchakda oʻtirardim..bir soatdan soʻng,xonaga yaqinlashayotgan ogʻir qadamlar shovqini eshitildi...
Xonaga oʻsha erkak kirib keldi,va birinchi menga qaradi..
--nima seni oʻlging kelyaptimi?..
--meni qoʻyib yuboring iltimos..
U qurolini chiqardi va menga qaratdi..
..-Sen qiz yashashni istamaysan chogʻi?..
U mazah ohangida gapirdi..
Va endi sochimni changallab ushlamoqchi boʻlganida eshik ochildi..eshikdan kirgan erkakni koʻrib,bu yerdagi har bir kishi qotib qoldi va qurollarini tushurdi..u ham meni biroz qoʻyib yuborib ortga chekindi..
...--Janob Jeon xush kelibsiz..Kelishingizni aytganingizda siz uchun allaqachon tayyor qilib turardik..
Ular avvaliga nima haqida gapirishayotganini tushunmadim,ammo undan hamma qoʻrqayabdi..u shu yerni egasi boʻlsa kerak deb oʻyladim..
--Uzr janob Jeon..boshqa bunday xatolik boʻlmaydi..
Oʻsha kishi xonaga kirgan erkakdan nimadir uchun uzr soʻradi..
Jungkook u kishiga gapini tugatib menga qaradi..koʻzlarida qandaydir sovuqlik va nafrat sezilardi..Men juda qoʻrqib ketdim,ammo gʻururim sabab,buni yashirishga harakat qildim.Tanam buni inkor qilsa ham..
Men u yerda turar ekanman..Jeon menga yaqinlashdi..Biroz egilgan holatda qulogʻimga shivirladi..
Men hali ham nega bunday boʻlayotganini tushunmadim..ammo boshqa qizlar mendan ham koʻproq qoʻrqishayotgan edi..
Men gapirmaslikni lozim topdim..yerga qaragancha unga hech narsa demadim..
U esa yuzimga tushayotgan sochni quloqlarim orqasiga oldi va dedi..
Bor kuchimni toʻplab oxiri gapirishga muvofaq boʻldim..ammo unga aytgan gaplarim yoqmadi shekilli bitta urunishi ila meni devorga itardi..
--..Men alanglagan holatda devorga yiqildim va shukurki boshim devorga tegmadi..
Endi tanam ham ogʻriyapti..va yigʻlashni istayapman..bu lanati gʻurur esa osha kishilar oldida yigʻlashga yoʻl qoʻymayabdi..
--Jeon kishilarga qaradi va dedi..
..-buni tanladim.Bir kechaga emas.Uni olib ketaman..uyga xizmatkor kerak edi..
..mashinga olib chiqinglar buni.
Uning bir gapi ila ikkala erkak qoʻllarimdan ushlab mashina tomon sudradi..qancha harakat qilmay ularga qarshilik qila olmadim..
Ular meni mashinaga olib chiqishdi va orqa oʻrindiqqa oʻtkazib,mashinani qulflab binoga qayta kirib ketishdi..chiqishga yoʻl izladim topa olmadim..oradan 2 daqiqa oʻtgandan soʻng Jeon shaxsan oʻzi binodan chiqdi..
Uni kayfiyati yaxshi emas edi..Keldi,mashinani haydovchi oʻrindigʻiga joylashdi va mashinani ishga tushirdi..
Unga qarshi chiqib gapirishga urundim ammo uni koʻzlariga qarashim bilan soʻzlarimni topa olmay qoldim..
Mashina harakatlanishi davomida chidab tura olmadim va ovoz chiqarmasdan yigʻlashni boshladim..
U esa mashina qorongʻu jilmayib qoʻydi..
Meni nafasim boʻgʻzimga tiqildi..endi nimadir deyishni oʻylab kuch toʻplayotganda,uni yoʻgon ovozi mashinani egalladi..
--..nihoyat,gʻururingni yengding..
Bu masxara ohangida tuyuldi,yana bilmadim..
Men hech narsa deya olmadim..yoʻl boʻyi faqat ovoz chiqarmasdan yigʻladim..
Biroz vaqtdan soʻng mashina katta uy darvozalaridan ichkariga kirdi va toʻxtadi..
U mashinadan tushdi,biroz vaqt oʻtgach orqa eshiklar ochildi..u deb oʻylab hayron boʻlayotgandim ammo uni ishchilari ekan..
Mashinadan tushdim..u esa menga qaramasdan turib..
Men unga ergashdim..yuragim tez tez urayotgandi,nima boʻlayotganini oʻzim ham hayron qoldim..u esa meni oshxonaga olib bordi,u yerda 2 ta xizmatchi yoshi katta ayollar bor edi..
...--bunga uy ishlarini oʻrgating.Buni zimmasiga meni xonamni,mashgʻulot zalini tozalash boʻladi..
..mrs: xoʻp boʻladi janob..faqat sizni xonangiz va mashgʻulot zalingiz.
--Agar nimanidir notoʻgʻri qilsa,sizlar ham bu ham jazolanadi..
U shunday degancha xonadan chiqib ketdi..
Xizmatkor ayollar mehribon edi..ular menga mashgʻulot zali va uni xonasini koʻrsatishdi..
U yer qanday tozalanishi kerakligi va uni kiyimlari qanday yuvilib dazmollanishiga qadar aytishdi..ammo men oliftaligim sababli bunday qilishni istamayman..
Bugun tunda oʻzim uchun ajratilgan kichik va shinam xonada uxlab dam oldim..Ertasi kuni hamma juda erta uygʻonibdi..Bu uy qonun qoidasi ekan.Men esa uxlayotgan edim..
Xizmatkorlar meni uygʻotishdi..dangasalik bilan zoʻrgʻa uygʻondim..
Tayyorlanib boʻlib,uni xonasini yigʻishtirishga borayotgan edim..eshikni taqillatmasdan toʻgʻri kirdim..
U kiyinayotgan ekan..nima qilishni bilmasdan biroz qotib turdimu darxol oʻzimga kelib ortimga oʻgirildim..
U maykasini kiydi va menga qaradi..
--..xoʻsh bu mushukcha mani xonamda nimaga adashib yuribdi..
Uni ohangida masxara.Menimcha kayfiyati yaxshi edi..
--...xona yigʻishtirim kerak emasmi?..
--..albatta yigʻishtirishing kerak..tezroq qilaver..
U masxara ohangini davom etdi..men esa xona boʻylab yigʻishni boshladim..
U esha meni kuzatib turdi..Menga uni harakatlari yoqmayotgan edi ammo jim boʻlishga majburman.Chunki bu hali aniq kimligini bilib olmadim..
U meni oldimga keldi..men unga qarab ulgurmasimdan kuchli qoʻllar belimga oʻraldi..men qotib qoldim...