May 11, 2025

ZULMATDAGI YORUGʻLIK

Birinchi qism: Boshlanish, qirollik tomon yoʻl.

Hamma joyni qop qorongʻu zulmat egallagan edi. Osmon esa bulutlar bilan qoplangan, sharros yomgʻir yogʻardi. Chaqmoq va momaqaldiroq ovozlari butun oʻrmonni titratardi. Shu oʻrmonda, kichik bir kulbada yashovchi qizning yigʻi ovozi momaqaldiroqdanda balandroq edi goʻyo. Kulba yogʻoch va paxsa loydan qurilgan, ichkarida faqat ikkita hona bor edi. Stol ustida yogʻochli idish tovoqlar tartib bilan joylashgan. Derazalar ochiq boʻlganligi uchun shamol yomgʻir tomchilarini uy ichiga tushishini taminlardi. Oʻsha kulbada bir qiz yaqindagina oʻlgan va tanasi hali sovub ulgurmagan jasadni quchoqlagancha baqirib, yigʻlardi.

Seoyeon: Oyiiiii!!!!!, oyijon!!! Yoʻoʻoʻq!!! Iltimooos oʻlmang oyiiii!!!

Seoyeon qanchalik qattiq yigʻlasa yomgʻir ham shunchalik kuchayar edi. Goʻyo osmon ham uning dardini his qilayotgandek, koʻz yoshlarini toʻkardi. Oradan besh soatcha vaqt oʻtgach, tana sovub, Seoyeonning koʻz yoshlari ham qurib boʻldi. Chaqmoq va momaqaldiroq ham tindi. Ammo yomgʻir hali hamon yogʻardi. U oʻrnidan turib, atrofga nazar soldi. Atrofni zulmat qoplaganini koʻrib, onasining soʻzlarini esladi.

U taxminan oʻn yoshligida yiqilib tushganligi uchun qattiq yigʻlab yuborgandi. Natijada atrofni zulmat qoplagandi. Buni koʻrgan onasi darhol uning yoniga yugurib kelib uning yuziga tarsaki tushirdi. Koʻzlarida qoʻrquv namoyon edi. Buni koʻrib Seoyeon hatto yigʻlashni ham toʻxtatdi.

Seoyeon: Oyi?

Onasi darhol uni bagʻriga bosib, yigʻlab yubordi.

Sumin: Qizalogʻim, iltimos. Iltimos sendan. Hech qachon bu kuchingni namoyon qilma. Har doim hissiyotlariningni boshqar. Iltimos qizim. Vada ber menga.

Yosh qizaloq onasining bu soʻzlarini yaxshi tushunmadi. Ammo onasi bundan qoʻrqayotganini his qildi.

Seoyeon: Vada beraman oyijon. Faqat yigʻlamang iltimos.

Seoyeon bu hotirani eslar ekan. Koʻzidan bir tomchi yosh oqdi. Lekin u darhol koʻz yoshini artib, oʻzini qoʻlga oldi. Bulutlar va zulmat bir zumda tarqalib hamma joyni yana yorugʻlik egalladi. U sekin engashib onasining peshonasidan oʻpdi.

Seoyeon: Kechiring oyi. Vadamni buzdim. Ammo bundan keyin hissiyotlarimni boshqarishga bor kuchim bilan harakat qilaman.

U eshik yonida turgan belkurakni olib oʻrmonning ichiga yoʻl oldi. Har bir qadami juda ogʻir edi. Koʻnglidagi iztiroblarni chuntirib berishning iloji yoʻq albatta. Nihoyat bir chaqirim yoʻl bosgach, u oʻrmonning ichidagi bir qabrning oldiga yetib keldi.

Seoyeon: Dada, oyim ketdi. Sizning oldingizga yetib bordimi? Bir birlaringizni koʻrganingizdan juda hursand boʻlsangiz kerak. Oyim siz haqingizda koʻp gapirmasdi. Faqat men tugʻilishidan oldin oʻlganingizni aytgandi. Oyim mendan hursanmikana? Men haqimda sizga nimalar dedi? Hozir men oyimga bergan vadamni buzdim. Mendan hafa boʻlmadimi? Tez orada onamni yoningizga koʻmaman. Va tanangiz ham bir biriga yaqinroq boʻladi.

Seoyeon otasining qabri yonidan onasi uchun qabr qazishni boshladi. Kechgacha faqat qazish bilan ovora boʻldi. Nihoyat tugatib, kulbaga qaytdi. Onasining jasadini tobutga solib, qabrga aravada olib keldi. Soʻng uni qabrga joylashtirib, ustidan tuproq tashladi. Koʻmib boʻlganida qorongʻu tushib qolgan edi. Seoyeon atrofdan bir nechta gullardan terib ikkita guldasta qilib bogʻladi. Va ularni ota onasining qabriga qoʻydi.

Seoyeon: Oyi, dada joylaringiz jannatdan boʻlsin. Men ertaga oʻrmonning tashqarisidagi qirollikga ketayapman. U yerda ish topaman. Oyim bu oʻrmonda kasal boʻlib vafot etdi. Men ortiq bu yerda qolishni hohlamayman. Yangi joylarni koʻrgim kelyapti. Koʻp odamlar bilan doʻstlashmoqchiman. Negadir oyim bunga qarshilik qilardi. Ammo men ortiq yolgʻiz qolishni istayman. Sizlarni koʻrgani tez tez kelib turaman. Hayr..

Shundan soʻng Seoyeon uyiga qaytdi. Tun boʻyi yangi joylarni koʻrishi haqida oʻylab hatto miriqib uxlay ham olmadi. Bu juda hayajonli boʻlsada bir tomondan qoʻrqitardi. Umrining oʻn sakkiz yili yolgʻiz onasi bilan shu kimsasiz oʻrmonda oʻtgan bu qiz uchun katta dunyoga sayr qilish, koʻp odamlar bilan uchrashish katta yangilik edi.

Ertasi kuni u erta uygʻonib, qirollik tomon yoʻl oldi. Oʻrmondan yaqqol koʻrinib turadigan bu qirollik aslida unchalik ham yaqin emas edi. Ertalab yoʻlga chiqqan qiz tushlikka yaqin oʻz manziliga yetib keldi.

Qirollik juda katta, ulkan devorlar ichkarini koʻrishga imkon bermasdi. Seoyeon savdogarlar orasiga berkinib shahar ichiga kirib oldi. Hamma joy juda keng, atrofda esa odamlar koʻp edi. Umrida bunchalik koʻp odamni koʻrmagan Seoyeonning ogʻzi hayratdan ochilib qoldi. Oʻzini ushlab tura olmay har bir eshigu teshikga alanglab chiqdi. Shahar markazida joylashgan bozorga yetib kelganda har bir rastaga bosh suqib koʻrdi.

Seoyeon: Bu yerda gullar. Bu yerda mevalar. Anavi yerda shirinliklar. Ahh qanday mazali.

U shirinlikdan bir boʻlak olib yeb koʻrdi. Buni koʻrgan sotuvchi ayolning jahli chiqdi.

Sotuvchi: Hey avval pulini toʻla.

Seoyeon: Kechrasiz hozir yonimda pul yoʻq edi. Bu yerga ish topish uchun kelganman. Qayerdan ish topsam boʻladi?

Sotuvchi: Ha ishmi ? Hozir saroyga hizmatchi olishayapti deb eshitdim. Istasang oʻsha yerga borib koʻr. Faqat orqa eshikdan kir, old eshikdan seni kirgizishmaydi.

Seoyeon: Voy rostanmi? Kattakon rahmat honim. Ishlab pul topsam yegan shirinligimning pulini albatta qaytaraman.

Sotuvchi pov: Yoqimtoygina qiz ekan. Yana odobli ham. Bu yerda yangi shekilli. Ishqilib chiroyliligi uchun shagʻzodaga hizmatkor qilib qoʻyishmasa boʻldi.

Sotuvchi: Mayli qizaloq yaxshi bor. Omad.

Seoyeon: Rahmat, koʻrishguncha honim.

Shundan soʻng Seoyeon qasr tomon yoʻl oldi. Yetib kelgach bu uzun va bahaybat, uning kichgina kulbasidan yuz barobar katta qasrga bir zum tikilib qoldi. Hattoki minoraning oʻzi ham shu darajada katta ediki, Seoyeon undan koʻzlarini uz olmas edi.

Kimdirning qasrga qarab turganini koʻrgan soqchilar darhol uning oldiga yugurishdi. Seoyeonning ikki qoʻlidan ushlab qasr ichiga olib kirib ketishdi.

Seoyeon judayam qoʻrqib ketdi. Ammo oʻz kuchidan foydalanmaslikga iloji boricha harakat qildi.

Seoyeon: Men shunchaki ish izlab kelgan edim. Ulkan qasrni koʻrib undan koʻz uza olmay qoldim.

Uning gaplarini eshitganch soqchilar bir borlariga qarab nima qilish haqida oʻylashdi.

Soqchi¹: Rostanam ish izlab keldingmi?

Seoyeon ha deya bosh silkidi.

Soqchi²: Balki uni nazoratchining oldiga olib borarmiz. Hozir u yangi hizmatkorlarni izlayaptiku.

Soqchi¹: Balki bu qiz aygʻoqchidir. Qayerdan bilamiz?

Seoyeonning yuragini qoʻrquv egalladi. Oddiygina ish izlab kelib, umrining davomini qasr zindonida zanjirband holatda otkazsaya. Balki onasi qirollikga kelishiga ruhsat bermay toʻgʻri qilgandir.

Seoyeon: Yoʻq!! Yoʻq!!! Men aygʻoqchi emasman. Menga shunchaki ish kerak. Iltimos.

Soqchi²: Bu qizni boshqaruvchining oldiga olib borish eng toʻgʻri yoʻl. Shundoq ham uning oʻzi buni ayogʻchi yoki yoʻqligini aniqlavoladi.

Soqchi¹: Toʻgʻri aytasan. Mayli unda boshqaruvchining oldiga boramiz.

Soqchilar Seoyeonning qoʻllarini qoʻyib yubormay, ichki hovliga olib borishdi. Boshqaruvchining oldiga yetgach toʻxtab unga salom berishdi.

Soqchi¹" Hayrli kun Lena honim. Bu qiz ish izlab kelgan ekan. Shunga sizning oldingizga olib keldik.

Lena pov: Hmm chiroyli qiz ekan. Shahzodaga hizmatkor boʻla oladi.

Lena: Yaxshi uni boshqa hizmatkorlar oldiga olib boring.

Soqchilar darhol Seoyeonni boshqa hizmatkorlar oldiga olib borib tashlashdi. Bu yerda Seoyeon kabi yangi kelganlardan tortib oʻn yillik hizmatkorlargacha bor edi. Seoyeon esa ularga nima deyishni bilmay hayron tikilib turardi. Oʻzini tovuqlar katagiga tushib qolgan jajji joʻjadek his qildi. Shunda ulardan biri hursand holatda unga yaqinlashdi.

Dina: Salom mening ismim Kim Dina. Seniki nima?

Seoyeon: Seoyeon. Cho Seoyeon.

Dina: Ajoyib, tanishganimdan hursanman. Bu yerga bugun kelgansan shekilli. Men esa ikki yildan beri shu yerda ishlayman. Ota onam shahar chekkasida yashaydi. Mendan keyingi ikkita ukamni uylantirish uchun pul topishga ota onam meni bu yerga yuborishdi. Balki oʻz taqdirimni ham shu yerda uchratarman. Yoki allaqachon uchratib boʻldim. Oʻzingchi qasrga nega kelding?

Seoyeon: Men... haligi...

Namra: Hey Dina boʻldi bas qil. Namuncha koʻp gapirasan. Yaxshisi hammomni tayyorla. Seoyeonni yuvintirib, tayyorlash kerak. Hozir Lena honim kelsa yana gap eshitasan.

Lena ismini eshitishi bilanoq Dinaning tanasi qoʻrquvdan titrab ketdi.

Dina: Ha.. ha.. ha.. Albatda. Hoziroq hammomni tayyorlayman.

Dina darhol hammomga yoʻl oldi. Namra esa boshqalarga ham buyruq berishni davom ettirdi.

Namra: Jia sen bu qizga yangi kiyim olib kel. Hey sen yangi kelgan isming Yunamidi? Hullas nega haliyam tayyorlanmading? Hoziroq kiyimingni kiyib ol.

Bir payt kimdir Seoyeonning oldiga kelib pichirladi.

Sun: Tanish bu Lena honimdan keyingi bizning ikkinchi boshqaruvchimiz Namra onni. Aytgancha mening ismim Sun tanishganimdan hursandman.

Sun Seoyonga qoʻl uzatdi. Buni koʻrgan Namraning jahli chiqdi.

Namra: Hoy ikkingiz. Tanishishga hali koʻp vaqtingiz boʻladi. Hoziroq oʻz ishingizga joʻnang. Kechga hammamiz yaxshilab tanishib olamiz.

Keyin hamma oʻz ishi bilan ovora boʻlib ketdi. Birozdan soʻng Dina Seoyeonni hammomga olib borib, yuvinishiga yordam berdi. Soʻng Jia unga yangi kiyim olib keldi. Seoyeon tozza va yangi kiyimlar kiyganidan juda hursand edi.

Kech tushgach Lena honim hammani tekshirib ishlarni boʻlib berish uchun keldi.

Lena: Hoʻsh qizlar bugun bizning oramizga bir nechta yangi odamlar qoʻshildi. Shu tufayli hozir ishlarni qaytadan taqsimlab chiqaman.
Namra sen qirol va qirolichaning shaxsiy hizmatkori boʻlishni davom ettirasan.
Sun yaxshi pazandasan shu tufayli sen ham oʻz ishingda qolasan. Oshpazga yordam berishda davom ettirasan.
Jia sen kutubxonaga borasan. Cristalleni ham oʻzing bilan ovol. Bizning tilimizni yaxshilab oʻrganib oladi bahonada. Keganiga bir yildan oshdi. Lekin hamon tutilib gapiradi.
Yuri sen uy hayvonlariga gʻamxoʻrlik qilishni davom ettir. Faqat hushyor boʻlgin Jjangu oʻlib qolgach shahzodamizning qattiq jahli chiqqanidan habaring bor.
Chaemin oxirgi marotaba beshta idishni sindirganingni hisobga olsak seni ishingni almashtirish kerak. Hoʻsh... Endi sen kirlarni yuvasan....

Dina pov: Aaa nihoyat mening ishimni boshqaga berdi. Endi iltimos meni shahzodaga hizmatkor qilsin. Iltimos. iltimos. iltimos.

Lena: Hey qiz bunchalik hursand boʻlma sen uning oʻrniga oshxonada Sunga qarashasan. Idishlarni yuvasan.

Dina: Nahotki Lena honim menga zarracha rahmingiz kelmasa?

Lena: Ha kelmaydi. Avval oʻz ishingni bajar.

Dina: Hoʻp

Lena: Yaxshi endi yangi kelganlarga navbat.
Sena sen Kira va Hana bilan qasr tozaligini taminlashingiz kerak.

Kira: Ammo Lena honim butun boshli qasrga uchtagina qiz kamlik qilmaydimi?

Lena: Hozircha oʻzinglar eplab turilar. Minsu opam kelgach Yuna sizlarga qoʻshiladi. Ungacha opamning oʻrniga bogʻga qaraydi. Aytgancha gullarni parvarish qila olasanmi Yuna?

Yuna: Ha albatta men yoshligimdan bogʻlarga qiziqqanman.

Lena: Ha yaxshi unda.

Hana: Lena honim ammo Minsu onni qachon qaytarkan?

Lena: Hali bir hafta bor. Shu bechora opamni tinch qoʻyinglar. Biroz dam olsin. Hammang pinjiga kirib ketasana?

Kira: Shu opangizni biram avaylaysize. Onamizdek boʻlib qolganidan keyin sogʻinamizda.

Lena: Sen qizni tiling yomon uzun boʻlib ketibdimi? Asabimga tegsang butun qasrni bir oʻzingga tozalataman.

Kira: Yoʻq yoʻq rahmat shartmas. Uzr soʻriman.

Lena: Ha unda mayli. Aytgancha Seoyeon qolib ketibdiku. Sen shahzodaning shaxsiy hizmatkori boʻlasan.

Dina: Nima.. yoʻq. Lena honim nega ahir?

Lena: Sen shahzodaga oshiqsan. Oldiga borvolib nimalar qilishingni bilib boʻladimi?

Dina: Men bunaqa yomon qizmasmanu.

Lena: Yoʻq dedimmi yoʻq. Hoziroq hammangiz uxlashga yoting.

Shundan soʻng Lena chiqib ketdi. Hamma oʻz joylarini solib uxlashga tayyorlandi.

Dina: Rostanam uxlamoqchimisizlar? Gaplashmaymizmi?

Sun: Albatta gaplashamiza.

Hamma aylana shaklida oʻtirib oldi. Bazilar yostiqni quchoqlab oʻtirdi.

Namra: Hamma oʻzini tanishtirishni boshlasin. Men Yoon Namra

Sena: Park Sena

Yuna: Min Yuna

Yuri: Kang Yuri

Hana: Jeon Hana

Dina: Kim Dina

Seoyeon: Cho Seoyeon

Sun: Lim Sun

Jia: Hwang Jia

Chaemin: Park Chaemin

Kira: Kim Kira

Cristalle: Williams Cristalle

Sun: Bu yerda yoʻqlar: Cho Minsu va Jeon Lena

Yuna: Lena honim biz bilan birga uxlamaydimi?

Jia: Albatta birga uxlaydi. Hozir qasrni koʻzdan kechirish uchun ketgan. U kelguncha gaplashib olishga ulgurishimiz kerak. Yoʻqsa tun boʻyi qasrni boshdan oyoq tozalattiradi.

Dina: Hoʻsh Seoyeon sening unsuring qanday?

Seoyeon: Qanday unsur?

Dina: Nima habaring yoʻqmi? Har bir insonda unsur qudrati boʻladi. Toʻrtta unsur mavjud: Olov, suv, shamol, yer yani daraxt oʻsimliklarni oʻstira oladi. Har bir insonda bit ikkita uchta va toʻrttagacha unsurni boshqarish qobiliyati boʻladi. Faqat toʻrtta unsurni ham boshqara oladiganlargina qirol boʻla oldi. Bundan insonlar har ellik yilda bir martotaba tugʻiladi. Va bu oddiy halq orasida boʻladi. Qirollar farzand koʻra olmaydi. Negaligi nomaʼlum. Keyingi qirolni aniqlash uchun billur shar bilan har bir chaqaloqning nechta unsurga egaligini tekshirishadi. Hullas bu huddi tabaqalashtirishga oʻxshaydi. Bitta unsurga egalar bizga oʻxshab hizmatkor yoki oddiy halq boʻlishi mumkin yoki shunga oʻxshash. Ikkita unsurlilar zodagonlar. Uchta unsurlilar esa askarlar. Ularning martabasi zodagonlardanda balandroq. Mening unsurim olov.

Namra: Yer

Sena: Suv

Yuna: Yer

Yuri: Olov

Hana: Olov

Sun: Shamol

Jia: Yer

Chaemin: Yer

Kira: Suv

Cristalle: Shamol

Chaemin: Minsu onniniki ham yer. Lena honimniki esa shamol.

Seoyeon: Ammo menda bunday qobiliyat yoʻq. Tugʻilganimdan beri onam bilan oʻrmonda yashayman.

Seoyeon pov: Kechiring qizlar sizlarga oʻz kuchim haqida aytolmayman. Onamga vada berganman. Ammo nega hech kim zulmat unsurini boshqarmaydi. Buni aniqlash kerak.

Dina: Havotir olma. Balki kech uygʻonar. Meniki ham olti yoshimda paydo boʻlgan. Odatda tugʻilgan zahoti boʻladi. Ammo zaif tugʻilganlarni kechroq boʻladi. Shuning uchun ham chaqaloqlarning qoʻliga qoʻlqop kiygizib qoʻyishadi.

Sun: Boʻlmasa tasavvur qil yosh bola butun uyni yoqvorishi mumkin.

Hamma kula boshladi. Shundan soʻng Dina yana gapirdi.

Dina: Eh Seoyeon senga rosa havasim kelyapti. Kimsan shahzodaga hizmatkor boʻlasan. Lena honimni esa menga rahmi kelmaydi.

Sena: Oʻsha shahzodaning ismi nima?

Dina: Buyuk va qudratli Kim Seokjin.

Seoyon: Hahahaha nima ismi shunchalik uzunmi?

Yuri: Yoʻq lekin shu soʻzlarsiz uning ismini aytish taqiqlangan. Aytishlaricha u ichkilikga ruju qoʻygan va koʻp qizlar bilan gaplashar ekan.

Dina: Lekin u shunaqangi chiroyli. Haqiqiy WWH men uni bir bor koʻrishdayoq yoqtirib qolganman.

Seoyeon: WWH nima degani?

Dina: Ajnabiy tilda dunyodagi eng kelishgan odam degani. Cristalle aytgan.

Seoyon: Agar uni shunchalik yoqtirsang bazi paytlarda sen bilan oʻrin almashishimiz mumkin.

Dina shu darajada hursand boʻlib ketganligidan Seoyeonni quchoqlab oldi.

Dina: Rahmat rahmat rahmat rahmat. Sen endi mening eng yaqin dugonamsan.

Shu payt Sun rashk qilib ularga qarardi. Dina buni payqab, hatosini toʻgʻirlashga harakat qildi.

Dina: Ikkinchi raqamli eng yaqin dugona.

Soʻng honaga Lena kirib keldi. Hech kim uxlamayotganligini koʻrib judayam jahli chiqib ketdi.

Lena: Nima haliyam uxlamadingizmi? Unday boʻlsa hoziroq hamma qasr tozalashga.

Hamma darhol oʻz joyiga yotib oldi. Lena ham biroz tinchlanib shamlarni oʻchirdi. Keyin hamma uyquga ketdi. Ammo Seoyeon uxlay olmadi. Hayollari onasi bilan band edi. Bugun shuncha yaxshi narsalar boʻlganligiga qaramay bular barbir onasini unutishga yordam berolmadi.

Ertasi kuni hamma ertalab, nonushtadan soʻng hamma oʻz ishiga tushib ketdi. Bir ikkita qizlar Seoyeonga shahzodaning honasini koʻrsatib yubordi. U honaga kirishi bilan tamakining oʻtkir hidi dimogʻiga urildi. Toʻshak ustida esa sharopdan sarmast boʻlgan odam yotardi. Seoyeon indamay oʻz ishini qilishni boshladi.

Ammo haligi odam uygʻonib honada qandaydir qiz koʻrib hayron qoldi.

Seokjin: Hoy qiz bu yerga kel.

Seoyeon pov: Nima qilish kerak? U hozir mast shu tufayli unga etibor bermayman.

Seokjin: Nima garangmisan? Hoziroq kel dedim.

Seoyeon pov: Uff lanati javob bermasam boʻlmaydi.

U darhol shahzodaning oyoqlari oldiga tiz choʻkib, bosh egdi.

Seoyeon: Mazur tuting shahzodam hayol bilan boʻlib sizning soʻzlaringizni eshitmay qolibman.

Seokjin uning iyagidan ushab boshini koʻtarib yuziga tikildi.

Seokjin pov: Chiroyli qiz ekan ertalabdan shirinlik yer ekanmanda.

U shu hayol bilan darhol Seoyeonning kiyimiga yopishdi. Bundan qoʻrqib ketgan Seoyeon esa beixtiyor oʻz qobiliyatidan foydalanib yubordi.....