April 28, 2025

MURAKKAB MUNOSABATLAR

Uchinchi qism

Min-suning baqirishiga sabab, barmog‘iga zirapcha kirib ketgan edi. Jimin jahl ustida uning boshiga urdi.

Jm: "Ahmoq qiz, nimalar qilib qo‘yding! Men shuncha kutgan onlarni rasvo qilding. Agar jim bo‘lganingda Kim oilasi boshlig‘ining ismini bilib olgan bo‘lardik."

Minsu Jiminga yig‘lab yubormoqchi bo‘lib qaradi.

Mn: "Janob, meni kechiring. Shunchaki barmog‘im juda qattiq og‘ridi."

Jimin Minsuning barmog‘iga zirapcha chuqur kirganini ko‘rib, rahmi keldi. Ammo to‘satdan Kim oilasining qochayotganini payqab qoldi. Biroq Cho oilasi a’zolari joyidan qimirlamay turardi.
Jimin ikkilanmay, Kim oilasidan gapirgan o‘sha odamning ortidan quvladi.

Bu orada Kim, bor kuchi bilan qochayotgan edi, ammo Jimin uning yetib olishiga oz qolgandi. Kim yugurib ketar ekan, to‘satdan uning qo‘lidan kimdir tortib, yashirinishiga yordam berdi. Jimin o‘tib ketgach, Kimni qutqargan odamga e’tibor berdi va hayratdan og‘zi ochildi. Darhol tazim qildi.

Kim: "H… h… honim, siz bu yerda nima qilayapsiz?"
Haligi ayol sovuq ohangda javob berdi.

Kim: "Me... meni kechiring, honim. Men ayibdorman. Men... shunchaki oʻzimni bosa olmay qoldim. Ammo siz aytgandek, bizni kuzatib turishganini payqagan zahotim u yerdan qochdim. Ammo nega qochishni buyurdingiz? Ahir, ularni mag‘lub eta olardik."

____

Bu paytda, Jimin Kimni topa olmay sarson edi. Bir necha daqiqadan so‘ng, uning ortidan hansiragan holda Minsu ham yetib keldi. U nafas yetishmaganidan zo‘rg‘a gapirdi.

Mn: "J... Ja... janob huu... Nega... bunchalik tez yugurasiz? Men ortingizdan yetib kelguncha nafas ololmay qoldim."

Minsu biroz nafas olgach yana gapirdi.

Mn: "Uni tutmadingizmi?"
Jiminning jahli chiqdi, va sal qolsa telefonini otib yuboray dedi. Shu payt, Minsu uning oldiga o‘tdi va qo‘lini ushlab qoldi. Ammo bir-biriga juda yaqin kelib qolishgan edi.
Mn: "Janob, bu telefonda ularning ovozini yozib olgansiz-ku. Jahl ustida shuncha mehnatingizni barbod qilmang."

Minsu shu gaplarni gapirarkan, nafasi Jiminning yuziga urildi. Va ular nima qilishayotganini tushunib, darhol bir-biridan uzoqlashdi. Ikkalasining ham yuzlari qizarib ketgan edi. Bir muddat shu holatda turgach, Jimin Minsuning barmog‘idagi zirapchani esladi.

Buni eslaganida, uni tashlab ketganidan hafa bo‘ldi. Qasos olish ilinjida yana yaqin insonlarini yo‘qotib qo‘yishi mumkinligini o‘yladi. Jimin asta Minsuning oldiga bordi, uning qo‘lini ushlab, barmog‘ini ko‘rish uchun yaqinroq olib keldi. Minsu bundan qattiq uyalib ketdi, yuzlari qip-qizil bo‘lib ketgandi.

Jm: "Ofisga qaytishimiz kerak."

Mn: "Nega?"

Jm: "Barmog‘ingdagi zirapchani olib tashlash kerak. Chuqur kiribdi, tezda olib tashlamasak, teri ichiga kirib, iringlab ketadi."

Mn: "Ha, to‘g‘ri, tezroq ofisga qaytishimiz kerak."

Jimin Minsuni quchoqlab oldi.

Jm: "Meni kechir."

Mn: "Aslida siz meni kechiring. Meni deb ular qochib ketdi."

Jm: "Havotir olma. Biz buni albatta aniqlaymiz, faqat ko‘proq dalil yig‘ishimiz kerak. Shuning uchun yana o‘sha omborga qaytib borishimiz kerak."

Mn: "Nima... nega... u yerda yana odamlar bo‘lsachi, ular bizni tirik qoldirishmaydi?"

Jm: "Qo‘rqayotganingni tushunaman, ammo bunga hojat yo‘q. Ular allaqachon ketib bo‘lishgan. Unday odamlar politsiya kelishidan qo‘rqib, darhol qochib qoladi."

Mn: "Agar ular rostdan ham qo‘rqishsa, balki barcha dalillarni yo‘q qilishgandir."

Jimin tabassum qilgan holda Minsuning boshini siladi.

Jm: "Ancha aqlli bo‘lib qolibsanmi. Sen haqsan, unday odamlar ortlaridan iz qoldirishmaydi. Ammo o‘zing "balki" deb aytding, demak, tekshirib ko‘rish kerak, har holda omborini ko‘tarib ketishmagandir."

Bir ozdan so‘ng, ular omborga qaytib borishdi. Ammo ular chindan ham omborini ko‘tarib ketishgan shekilli, ombordan asar ham yo‘q edi.

Jm: "Rostan ham barcha dalillarni yo‘q qilishgan ko‘rinadi."

Minsu, haqligidan hursand bo‘lib, Jiminni masxara qilish uchun kulib qo‘ydi.

Mn: "Men nima degan edim?"
Jimin g‘azablandi, uni hech kim shu paytgacha bunchalik masxara qilmagan edi.

Jm: "Hey, bir marotaba haq bo‘lish, mendan aqlli ekanligingni anglatmaydi. Yana sen omborini ham yo‘q qilishadi, demaganding."

Mn: "Ammo ular barcha dalillarni yo‘q qilishlarini aytgandim, va men haq bo‘lib chiqdim. Bir marotaba haq bo‘lsam nima qilibdi? Axir, har doim ham siz haq bo‘lavermaysiz-ku. Bu dunyoda sizdan aqillilar ham mavjud."

Jiminning judayam jahli chiqdi. Qo‘llarini musht qilib siqdi.

Jm: "Yaxshi unda mendan yaxshirogʻini oldiga bor. Ahir sen eng yaxshisiga loyiqsan."

Mn: "Nima topa olmaydi deb oʻylaysizmi? Sizdan yaxshirogʻini bir kunda topaman."

Bu gapdan, Jiminning yuragi og‘ridi. Aslida, Minsu uni noto‘g‘ri tushungan edi. Bunga misol qilib, Jiminning "Sen esa eng yaxshisiga loyiqsan" degan gapini olish mumkin edi. Ammo Jimin ham past ketgisi kelmadi.

Jm: "Topgan taqdiringda ham, seni qabul qilishlariga shubham bor. Chunki, juda ham qo‘polsan. Seni aniq bir kundayoq haydab yuborishadi."

Mn: "Nima?"