MURAKKAB MUNOSABATLAR
Sn pov: "Yordam unga kerak lekin oʻzimni yalingandek his qilayapman. Kibirtoy lekin yoqimtoy."
Sena ustoz qaramayotganligiga ishonch hosil qilgach, sekin Minhoning masalasini yecha boshladi.
Sn pov: "Alfa-parchalanish natijasidagi yadro demak Dadastlabki yadroda 92 ta proton va 238 ta nuklon (proton + neutronlar) mavjud. Alfa-parchalanishda yadrodan 2 ta proton va 2 ta neutron chiqadi, ya'ni yadroning zaryadi 2 taga kamayadi va uning umumiy nuklonlari soni 4 taga kamayadi.
Shunda yangi yadro quyidagicha bo'ladi:
Protonlar soni: 92 - 2 = 90
Nuklonlar soni: 238 - 4 = 234
Javob esa Alfa-parchalanish natijasida hosil bo'lgan yangi yadroda 90 ta proton va 234 ta nuklon mavjud."
( Boʻldi boshqa silarga bunaqa dars oʻtmayman. Tagʻin zerikib qolmanglar😅)
Ularni kuzatib turgan Bora Minhoni rashk qila boshladi. Qoʻllarini musht qilib, oʻzini bosib turishga harakat qildi.
Br pov: "Nega Sena Minhoga yordam berayapti? Yoʻq bu shunchaki yordam. Oʻzingni bos Bora. Ahir Sena sening dugonang va allaqachon Minhoni sevishingni sezgan boʻlsa kerak. Senga bunday qilay... Toʻxtachi ahir u mening raqibim hamku, balki uni sevishimni sezib unga yaqinlashayotgan boʻlsachi. Yoʻq yoʻq e hudo iltimos Sena Minhoni sevishimni sezmasin. Endi sevgimni koʻrsatmaslikka bor kuchim bilan harakat qilaman. Shunda hammasi yaxshi boʻladi."
Sena Minhoning ham masalasini yechib boʻlgach, tekshirishi uchun oʻqtuvchini chaqirdi.
Oʻqituvchi ikkalasining ham masalasiga bir kpz yugurtirib chiqgach, toʻgʻriligini tasdiqlab, ularning oʻtirishiga ruhsat berdi.
Yana birozdan soʻng fizika darsi tugadi. Va keyingi dars jismoniy tarbiya edi. Hamma kiyinib sport zalga bordi. Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi ularni kutib oldi.
Oʻqituvchi: "Hammaga salom. Darsni boshlashdan oldin yoʻqlama qilib olamiz. Soʻng bugungi dars basketbol boʻyicha oʻyin oʻynaymiz. .......Han Bora?"
Oʻqituvchi: "....... Kim Sena?"
Oʻqituvchi: "......... Park Minho?"
Oʻqituvchi: "Yaxshi hamma shu yerda ekan, oʻyinni boshlaymiz. Guruhlarga boʻlining."
Hamma bir ikkiga sanash orqali guruhga boʻlindi. Sena va Minho bir guruhga tushishdi. Bora esa boshqa guruhga.
Borani bundan jahli chiqdi. Aniqrogʻi rashk qildi. U qoʻllarini musht qilib, tishlarini gʻichirlatdi.
Br pov: "Nega ular yana birga boʻlayapti? Jin ursin, nega Minho bilan hatto bir guruhga ham tusha olmayman? Nega doim Sena meni magʻlub qilaveradi? Nima men dugonamga hasad qilayapmanmi? Qanday ahvolga tushib qoldim? Shu darajaga yetdimmi? Sevgimni yuragimga koʻmishim kerak. Ammo bu juda qiyin. Yuragim azoblanayapti...."
Oʻyin boshlandi. Minho topni yerga urib, tezlik bilan oldinga intildi. U chaqqon harakatlari bilan raqiblarni chalgʻitib, Sena tomonga uzatdi. Sena mohirona tarzda topni ilib olib savat tomon uloqtirdi. Ammo top savat chetiga tegib, ortga qaytdi. Endi top raqib jamodan boʻlgan Boraning qoʻliga borib tushdi. Uning yuzida mamnuniyat aks etib, oldinga intildi.
Bora birin ketin barcha raqiblarni chalgʻitib oʻtib keta boshladi. Ammo Minho uning yoʻlini toʻsatdan tirsagi Boraning burniga tegib ketdi.
Mh: "Voy meni kechir. Toʻsatdan boʻldi. Ahvoling yaxshimi?"
Minho undan havotirlanib gapirganiga Bora juda hursand boʻldi. Tabbasumini zoʻrgʻa ichiga yutdi.
Br pov: "Nima Minho mendan havotir oldimi? Bu qanday yoqimli.. aaaa hozir erib ketaman. Yoʻq nega hursand boʻlayapman? Shunchaki uning aybi boʻlganligi uchun afsuslandi holos. Umid qilishni bas qil Bora."
Br: "Ha yaxshiman. Havotir olma."
Bora shunday deyar ekan burnidan qon oqdi. Ular tomon kelayotgan Sena Boraning burnidan qon oqayotganini koʻrib, ular tomon yugurdi. Koʻzlarida havotir yaqqol namoyon edi. Bora yagona dugonasi boʻlganligi uchun, uni judayam yaxshi koʻrardi. U ham ukalari singari oila azosidek edi.
Sn: "Bora!! Bora!!! Yaxshimisan? Burning qotayapti. Yur hamshira honasiga boramiz."
Sena uni olib ketar ekan Minhoga gʻazab bilan qarab qoʻydi. Huddi "bu uchun hali javob berasan" degandek. Minho esa boshini qashlagan holda ularning ortidan qarab qoldi.
Mh pov: "Atayin qilmadimku. Nega Senaning bunchalik jahli chiqdi?"
Shu payt yelkasiga kimdirning qoʻli tekganini sezgan Minho seskanib ketdi. Ortiga oʻgirilib qaraganda oʻqituvchi turardi.
Oʻqituvchi: "Yaxshi ish boʻlmadi. Undan uzr soʻrab qoʻy."
Oʻqituvchi: "Unday boʻlsa yaxshi. Oʻyinni davom ettiramiz. Sena va Boraning oʻrniga kim oʻyinga tushadi?..."
Bu paytda Sena va Bora Hamshira honasiga yetib keldi. Hamshira yoʻq boʻlganligi uchun honaga kirib, uni kutishdi. Sena qonni toʻxtatish uchun Boraning burniga doka qoʻydi.
Bora matin tabassum qilib gapirdi.
Br: "Albatta yaxshiman. Havotir olma. Qonim ham ancha toʻxtab qoldi."
Bora burnidan dokani oldi. Sena Boraning burni va ogʻzi atrofiga chaplangan qonni koʻrib kulib yubordi.
Sn: "hahahaha.... Lekin ajoyib koʻrinayapsan. Kel rasmga olib qoʻyay."
Br: "Zombiga oʻxshab qolibmanmi? Mayli rasmga ol. Men zombi rolini oʻynab beraman."
Sena uni bir necha marotaba rasmga olgach, rasmni Boraga koʻrsatib, yana kulib gapirdi.
Sn: "Zombining huddi oʻzi boʻlding. Kelajakda aktrisa boʻlsang boʻlarkan."
Senaning hayron qolgan yuzini koʻrib jilmayib qoʻydi.
Br: "Hehe.. Aktrisa boʻlishimnida."
Sn: "Haa.. shuni nazarda tutayotganmiding? Shoshma.. Aktrisa boʻlmoqchimisan? Men seni Detektiv boʻlasan deb oʻylagandim. Ahir butun ajdoding detektivlardan iboratku."
Br: "Ha toʻgʻri lekin men detektiv boʻlishni hohlamayman. Bu juda qiyin. Menga aktrisalik yoqadi."
Bora aktrisalik boʻyicha usta edi. Sevgisini yashirish uchun Minhoning yonida doim rol oʻynashiga toʻgʻri kelardi.
Sn: "Ha mayli bu seni hohshing. Istaganingni qilishga haqlisan."
Br pov: "Sena juda ajoyib qizda. Doim meni qoʻllab quvvatlaydi. Men boʻlsa uni raqib koʻrib uni yengishga harakat qilaman. Minhoni undan rashk qilaman. Sena boʻlsa meni hatto raqib sifatida ham koʻrmaydi."
Shu payt honaga hamshira kirib keldi. Burni qon qizni koʻrib darhol uning oldiga keldi.
Br: "Shunchaki bir insonning tirsagi tegib ketdi."
Hamshira darhol Borani tekshirib, havotirlanadigan narsa yoʻqligini bildi.
Hamshira: "Havotirlanishga hojat yoʻq. Burniga jiddiy jarohat yetmagan."
Br: "Ana koʻrdinmi? Havotirlanishga hojat yoʻq."
Sn: "Buni eshitganimdan hursandman. Lekin sen yuzingni yuvib olishing kerak."
Br: "Hehe toʻgʻri. Sen sinfga boraver, men qizlar honasiga borib yuzimni yuvib kelaman. Dars ham tugab boʻldi."
Sn: "Ok unda men ketdim. Sen ham tezroq borgin."
Shundan soʻng Sena sinfga ketdi. Bora esa qizlar honasiga yoʻl oldi. Ammo hayyollari bugun boʻlgan voqealar bilan band edi. U hozir oʻzidan nafratlanardi. Chunki sevgisi tufayli Senani yomon koʻrib qolayotgan edi. Sena uning eng yaqin dugonasi. U uchun hatto sevgisidan kechishga ham tayyor ammo bu gapirganchalik osson emas. Yuragi aziblanardi. Garchi Sena va Minho hali sevishmayotgan boʻlsa ham.
Nihoyat qizlar honasiga yetib kelgach tuzini yuvib, hojatxonaga kirib ketdi. Undan soʻng kirgan qizlar esa basketbol paytida boʻlgan voqealarni muhokama qilishayotgan edi.
Qiz¹: "Boya koʻrdingmi? Boraning yuzini?"
Qiz²: "Ha albatta, oʻzicha kibrlanib yuradi. Detektivlar oilasidanman deb, u uchun aslida Minhoning tirsagiga teginish ham baxt."
Qiz¹: "Nimasini aytasan.. Menimcha atayin oʻzini unga otgan boʻlsa kerak. Ahir Minho hammaning curashi Bora ham chetda qolmagan boʻlsa kerak."
Ular shu gaplarni aytgancha ishlarini tugatib, qizlar honasidan chiqib ketishdi.
Bora esa yigʻlay boshladi. Nega yogʻayotganini esa oʻzi ham bilmasdi. Minhoni sevib qolganini payqashganigami? Yo shunchaki uni yerga urushganigami?
Biroz oʻtgach Bora hojathonadan chiqib, koʻz yoshlarini artdi. Boshqalar yigʻllganini bilib qolmasligi uchun yuzini yuvib, sinfga yoʻl oldi.
Sinfga kirib oʻz joyiga oʻtirdi. Sena unga nimadir demoqchi boʻldi ammo oʻqituvchi kirib kelib qoldi. Va dars boshlandi.....
( Oʻtkazib yuboramiz😁 yana dars oʻrgatib, sizlarni zeriktirib qoʻymay😅)
Darslar tugagandan soʻng Sena ishga yoʻl oldi. Avval aytganmidim? Yoki yoʻq? Sena ingliz tili repititori boʻlib ishlaydi. Chunki ingliz tilini yaxshi biladi. Ammo Senaning ortidan Minho ham ergashdi. U nega bunday qilganini bilmaydi. Negadir unga yaqin boʻlishni istadi.
Ularni birga koʻrgan Bora yuzi mayus tortib, oʻz uyiga yoʻl oldi.
Minho Senaning oldiga borib, gapira boshladi.
Sena qoʻpol ovozda javob berdi.
Senaning birdan qoʻpol boʻlib qolganidan Minho hayron boʻlib qoshlarini koʻtardi.
Mh: "Nega bunaqa qoʻpol boʻlib qolding?"
Sena gʻazablangan ohangda javob berdi.
Sn: "Huuh Ishga ketayapman. Boʻldimi?"
Sena qoʻllarini chalishtirib, arazlagan holda gapini davom ettirdi.
Sn: "Ha chunki sen Borani hafa qilding."
Minho hijolatli yuz bilan boʻynini qashlab qoʻydi.
Mh: "Ha boya behosdan turtilib ketgan qizimmi? Kechirasan."
Sn: "Mendan emas. Borib undan uzr soʻra."
Mh: "Okey ertaga undan shaxsan oʻzim uzr soʻrayman. Oʻzi nega uni bunchalik yaxshi koʻrasan?"
Sn: "Chunki u mening yagona doʻstim."
Senaning yuzi mayus tortib qoldi. Buni koʻrib Minho ham hafa boʻldi.
Mh: "Koʻproq doʻst ortirgan yaxshiroq. Men bilan ham doʻst boʻlasanmi?"
Senaning yuzidagi maʼyuslik bir zumda ayyorona tabbasumga aylandi.
Sn: "Men bilan doʻst boʻlishni istaysanmi? Mayli roziman faqat bitta shartim bor."