MURAKKAB MUNOSABATLAR
Orqasida Minho turardi. Sena uning ishidan jahli chiqib boshiga musht tushirmoqchi boʻldi ammo qoʻlidan kelmadi. Negadir yuragi buni istamadi. Qoʻli havoda qotib qoldi. Lekin gʻazabi hali hamon bosilmagan edi. Shuning uchun oʻvozini biroz koʻtarib gʻazab bilan gapirdi.
Sn: "Padaringa chelpak pomidor. Choʻchitib yubording. Agar yana bir marotaba shunday qilsang bir urib ketchupga aylantirib qoʻyaman."
Minho oʻzini arazlagandek tutib qoʻllarini chalishdirdi. Ammo aslida uni gʻazablangan holda koʻrib juda quvondi. Chunki jaxli chiqganda Sena juda ham chiroyli boʻlib ketardi.
Mh: "Eh afsus men senga yordam bermoqchi edim. Ammo ketchupga aylantirib qoʻysang qanday qilib yordam beraman."
Sena qoʻlini yana boshiga qoʻyar ekan qiziqib soʻradi.
Mh: "Albatta sinfga kirib ketishininggada ahmoqvoy."
Senaning yuzi hursandligidan quyosh singari porlab ketdi.
Sn: "Rostanmi? Rostdanmi? Yordam berasanmi? Qanday qilib?"
Minho Senaning boshini silab yoqimli tabbasum qildi. Chunki u Senaning nurida erib ketdi.
Mh: "Men hozir nazoratchini chalgʻitib turaman . Sen esa tezda maktabga kirib ket. Ok?"
Minho shunday deb nazoratchi yoniga bordi. Endi telefonda gaplashib boʻlib, ortiga oʻgirilaman deb turgan nazoratchining yelkasiga qoʻlini qoʻyib, ortga oʻgirilishiga toʻsqinlik qildi.
Nazoratchi Minhoni yana kech qolganini koʻrar ekan hafsalasi pir boʻlib gapirdi.
Nazoratchi: "Minho yana kech qoldingmi?
Mh: "Ishda biroz ushlanib qoldimda janob...."
Ular gaplashib turgan paytda Sena yugurib maktab ichiga kirib ketdi. U tez tez qadam tashlab, oʻz sinfiga borar ekan endi unda faqat bir toʻsiq qolgan edi. Sinfga oʻqituvchiga bildirmay kirib olish. Ammo bu qiyin boʻlmadi. Doskada misol yechayotgan Bora Senani deraza orqali koʻrib, darhol shundoq ham tushunib turgan misoliga oʻqituvchidan yordam soʻradi. Oʻqituvchi Boraga yordam berar ekan Sena bildirmay sinfga kirib oldi....
Qoʻngʻiroq chalinib, dars tugaganidan dalolat bergach, bazi oʻquvchilar sinfdan chiqib ketdi. Bora Senadan nima uchun kech qolganligini soʻrash uchun oldiga bormoqchi boʻlib turganida, sinfga endi kirib kelgan Minho Senaning oldiga oʻtirib oldi. Buni koʻrib Boraning yuragi ogʻridi. Ularni bunchalik yaqin holatda koʻrish u uchun azobli edi. Ammo nega Sena sezmayapti? Borani Minhoga boʻlgan his tuygʻularini yoki Bora shunchalik yaxshi roʻl oʻynaganidan buni payqash qiyinmikan?
Sena Minhoning birdaniga oldida paydo boʻlib qolganidan avval qoʻrqib ketdi. Keyin esa qanday qilib kirib kelganidan hayron boʻldi. Chunki u nazoratchi Minhoni kun boʻyi oʻsha yerda olib oʻtiradi deb oʻylagan edi.
Sn: "Qanday qilib kirding. Nazoratchi senga indamadimi?"
Bu savoldan Minho magʻrurona jilmayib, maqtamgancha qoʻlini sochlari orasidan olib oʻtdi.
Mh: "Bizning ham oʻz usullarimiz bor. Qoʻlimizdan koʻp ishlar keladi."
Sena uning bu javobidan beixtiyor kulib yubordi. Minho uning tabbasumini koʻrar ekan har doim saryogʻdek eeib ketar edi. U hozir pomidordek qizarishini sezib, sinfdan chiqib ketishga qaror qildi.
Mh: "Boʻpti men hozir qaytaman."
Minho shunday deb sinfdan chiqib ketdi. Minho ketgach, Bora Senaning oldiga borib oʻtirdi. Va undan nimalar boʻlganini soʻradi.
Br: "Nima boʻldi Sena? Nega kech qolding?"
Sn: "Havotir olma. Shunchaki kecha ishdan charchab kelib uxlab qolibman."
Sena mayin jilmayib qoʻydi. Bora esa ishni deb bunchalik charchamasligini bilar edi. Shuning uchun qiziqib soʻradi.
Br: "Hoynahoy oʻsha ukalaring yana bir baloni boshlagan boʻlsa kerak. Toʻgʻrimi?"
Ikkalasi ham kulib yubordi. Chunki ular Senaning shumtaka ukalari haqida bilishar edi.
Sn: "Toʻgʻri ular men uchun ovqat tayyorlayman deb hamma joyni rasvo qilishibdi."
Br: "Ah senga ham qiyin. Yolgʻiz oʻzing bu kichkintoylarni katta qilyapsan."
Ular bir zum maʼyus tortib qoldi. Chindan ham bu bolalarni bir oʻzi katta qilish Senaga ogʻir edi. U har doim ularning kelajagidan havotirlanib yashashga majbur edi. Soʻng Bora yana gap boshladi.
Br: "Sen ularni juda ham erkalatib yubording. Ularni jazolasang qaytib senga bunday halaqit qilishmaydi."
Sena javob berishdan oldin bir zum oʻylanib qoldi. Ahir qanday qilib bunday yoqimtoy ukalarini jazolashi mumkin.
Sn: "Yoʻq men ularni jazolay olmayman. Ular shunchaki menga yordam berishmoqchi endi. Shundoq ham ertalab ularga nonushta berishni unutganim uchun oʻzimdan jahlim chiqayapti."
Bora Senaga achinish hissi bilan gapirdi. Nima boʻlgan taqdirda ham Sena uni eng yaqin dugonasi edi.
Br: "Demak ular oʻz ayblariga yarasha jazosini olishayapti ekan. Sen ulardan bunchalik havotir olma. Oʻzing haqingda ham biroz oʻyla. Menimcha oʻzing ham ertalab hech narsa yemagansan. Ukalaringni deb kechqurun ham hech vaqo yemagan boʻlsang kerak."
Bu gaplarni eshitib, Sena qalbining tub tubidan minnatdorlikni his qildi.
Bora birdan mavzuni boshqa tomonga oʻzgartirib ketdi. Shunday qilmasa Minho bilan orasidagi munosabatlar haqida bila olmas edi ahir.
Br: "Hoʻsh Minho bilan nima haqida gaplashayotgan edilar."
Minho haqida soʻz oʻchilgach Senaning yuzida tabassum paydo boʻldi.
Sn: "Ha pomidormi? U meni maktabga kirishimga yordam berdi."
Pomidor- bu laqabni eshitib, Bora rashk qila boshladi. Nima uchun Sena unga bunday laqab qoʻydi? Balki bu shunchaki doʻstlikning bir belgisidir.
Br: "Pomidor?! Qanday qilib senga yordam berdi."
Sena unga Minho bilan tanishganidan tortib hozirgacha boʻlgan barcha voqeani aytib berdi. Va oxirida "yoqimtoy pomidor" deya qoʻshib qoʻydi. Bu soʻzlarni eshitgan Bora beixtiyor oʻrnidan sakrab turdi-da baqirib yubordi.
Br: " Nima uni sevib qoldingmi?!!!!!"
Sinfdagi barcha odamlar Sena va Boraga qaradi. Sena bundan uyalib, Boraning yengidan tortib oʻtirishiga ishora qildi.
Sn: "Yoʻq, jinnimisan? U shunchaki ukalarim singari yoqimtoyligini nazarda tutdim."
Bora soxta tabassum qildi. Ich ichidan Senada Minhoga nisbatan tuygʻular paydo boʻlayotganini his qildi.
Br: "Ha ukalaring chindan ham juda yoqimtoy."
Ular kula boshladi. Shu payt sinfga Minho kirib keldi. Senaning kulgusini koʻrib, beixtiyor tabassum qildi. Va ularning oldiga bordi. Soʻng Senaning yonida Borani koʻrib, undan uzr soʻrashi kerakligi yodiga tushdi.
Mh: "Bora meni kechir. Kecha seni burning meni deb qoʻnadi. Yaxshilab uzr ham soʻray olmadim. Hozir ahvoling yaxshimi?"
Bora Minhoning uzridan juda hursand boʻldi. Unga etibor berganligidan u uchun qandaydir ahamiyatga ega ekanligiga umid qildi. Ammo u bilmas ediki Minho Sena aytgani uchungina uzr sotayotganligini.
Br: "Hechqisi yoʻq. Ahvolim yaxshi. Soʻraganing uchun minnatdorman."
Barcha darslar tugadi. Sena koʻchaga chiqganida, Minho uni kutib turardi. Sena indamay uni oldiga bordi va ikkalasi birga keta boshladi. Birdan orqadan bir ovoz eshitildi va ularni toʻxtashga majbur qildi.
Br: "Hoy toʻxtang meni kutib turing!!"
Nihoyat Bora ularga yetib olgach hammasi birga keta boshladi. Ammo Bora qilgan ishidan hursand emas edi. Bu orqali oʻz yuragini oʻzi ogʻritayotganligini his qilardi. Ammo shu orqali biroz boʻlsada Minhoga yaqin boʻla olardi.
Nihoyat uzoq sukutdan soʻng, Minho gap boshladi.
Mh: "Sena bugun ishga bormaysanmi?"
Sena endi gapirmoqchi edi. Ammo Bora undan birinchi javob berdi.
Br: "Uning ishi faqat dushanba, chorshanba va juma kunlari boʻladi."
Minho Boraning gapini eshitdi ammo uning oʻziga etibor bermay yana Senaga gapirdi.
Mh: "Mana endi sen bilan qachon keta olishimni bilaman."
Shundan soʻng Bora oʻzini ortiqchadek his qila boshladi. Birozdan soʻng esa boshqa yoʻldan ketishga qaror qildi. Chunki endi uning yuragi ularni bunday kulishib, gaplashib ketishiga bardosh bera olmas edi.
Sn: "Seni uying bu tomonda emas ediku."
Br: "Bugun xolamnikiga borishim kerak edi. Sizlar esa yaxshi yetib olinglar."
Bora ulardan uzoqlashib boshqa koʻchaga burilib ketdi. Uning yuragi juda qattiq ogʻridi. U hozir sevgi va doʻstlik orasida qolib ketgan edi. Yigʻlamoqchi boʻldi ammo koʻzlariga yosh kelmadi. Tomogʻi esa huddi kimdur boʻgʻib turgandek qattiq boʻgʻilar edi.
Boshqa yoʻldan yurganligi uchun uyga yarim soatcha kech yetib bordi. Uyning eshigini ochar ekan onasi uni kutib oldi. Gʻazab bilan Boraga qarab baqira boshladi.
Br onasi: "Hoy qiz qayerlarda yuribsan? Nega kech qolding? Bu yurishingda hech qachon birinchi oʻrinni ola oʻlmaysan. Sen Han oilasidansan oʻzingni shunga yarasha tut. Sen har doim birinchi boʻlishing kerak. Ahir kelajakda detektiv boʻlasan."
U ichida toʻlib ketgan bir dunyo gaplarini yana qaytadan ichiga yutib, onasidan uzr soʻradi. Va oʻz honasiga kirib ketdi. Honaga kirgan zahoti borib, oynadan koʻchani tomosha qilar ekan hayolidan shu soʻzlar oʻtdi.
Br pov: "Hozir negadir judayam Minho va Senaning ota onasi yoʻqligiga havas qilayapman."
Oradan vaqtlar oʻtar, Sena va Minho qadrdon doʻstlarga aylanib qoldi. Ammo Bora ularning his tuygʻulari doʻstlikdan koʻproq ekanligini sezib turardi. Shundan soʻng Bora ularning orasiga aralashmaslikka qaror qildi. Har doim har hil bahonalar bilan ulardan uzoqlashdi.
Nihoyat maktab tugab universitetga topshoradigan vaqt ham keldi. Sena imtihonlardan osongina oʻtib, Seul universitetiga kirdi. Bora ota onasining qistovi bilan imtihonga kirib, atayin notoʻgʻri javoblarni belgilab chiqdi. Minho hech qayerga oʻqishga topshirmadi. Chunki u faqat ishlardi.
Bora Minhoni unutish uchun bir yigit bilan tanishdi. Ular endi universitetga kirgan paytlar edi. Va bu bolani Sena va Minhoga tanishtirishni hohladi. Shu orqali sizlarga halaqit bermayman demoqchi boʻlgandir balki.
Br: "Salom meni sizlarga syurprizim bor. Tadam!! Tanishing bu meni yigitim Hyunwoo. Sen ham tanish bu mening doʻstlarim Minho va Sena."
Hyunwoo tabassum bilan tazim qildi.
Hw: "Sizlar bilan tanishganimdan judayam hursandman."
Sena va Minho ham tabbasum qilgan holda tanishganidan hursand ekanligini bildirdi.
Bugun Sena oylik oldi. Shuning uchun uyiga oziq ovqat mahsulotlarini sotib oldi. Ukalarini ham unutmagan holda Taehyung uchun kichik ayiqcha oʻyinchogʻi, Namjoon uchun kitob va Seokjin uchun manga kitobini sotib oldi. U juda hursand holatda uyiga qaytdi.
Sena uyning eshigini ochib ichkariga kirarkan uydagi odamni koʻrib tanasi muzlab qolganday tuyuldi. Qoʻlidagi barcha narsa yerga tushib ketdi. Shivirlab zoʻrgʻa shu soʻzni aytdi.