April 6, 2025

MURAKKAB MUNOSABATLAR

Oʻn toʻqqizinchi qism

Mh: "Qanday shart?"

Sena Minhoning yuziga yaqin bordi. Yuzida haliyam oʻsha ayyorona tabbasumi bor edi.

Sn: "Agar men bilan doʻst boʻlishni istasang. Senga pomidor deb laqab qoʻyaman. Va doim shunday chaqiraman."

Soʻng undan uzoqlashdi va qoʻlini orqaga qilib, takabbur ohangda gapirdi.

Sn: "Rozi boʻlsang shu boʻlmasa yoʻq."

Minho uning bu shartidan hayron boʻldi. Va kulib yubordi.

Mh: "Sen har doim doʻstlashayotganda laqab qoʻyasanmi?"

Sena bir zumda jiddiy koʻrinishga oʻtib oldi. Va endi qoʻllarini oldinga qilib chalishtirdi.

Sn: "Yoʻq, faqat senga laqab qoʻyapman."

Minho negadir quvonib ketdi. Nahotki Minho Sena laqab qoʻygan birinchi odam boʻlsa? Shoshmachi. Bu oʻzi yaxshimi yoki yoʻq? Senani faqat ikkita doʻsti bor Bora va hozir doʻst boʻlish arafasida turgan Minho.

Mh: "Hoʻsh yaxshi. Ammo nega aynan "pomidor"?

Bu savolni eshitib, Sena Minhoga qarab yura boshladi. Minho esa ortga qadam tashlardi Yuzida ayyor tabassum paydo boʻldi. Oxiri Minho bir devorga borib toʻxtadi. Ortiq yuradigan joy yoʻq edi. Sena esa unga yaqinlashishda davom etdi. Nihoyat unga juda yaqin kelib qolganidan bir birining nafasini his qila olishardi. Minhoning yuzi qizarib, ketdi. Ammo bu uyatdan emas edi. Birdan Sena uzoqlashib, Minhoni mazax qilishga tushdi.

Sn: "Mana shuning uchun men seni pomidor deb atayman. Chunki uyalganingda pomidor kabi qizarib ketasan. Lekin pomidor yuzing bilan biram yoqimtoy boʻlib qolasan."

Minho gapirishga soʻz topa olmadi. Sena yoqimtoy degach bundanda battar qizarib ketdi. Sena esa Minhoni mazax qilishdan hursand boʻlib jilmayib qoʻydi.

Sn: "Boʻpti pomidor ertaga koʻrishguncha."

Sena shunday deb keta boshladi. Minho esa uni qoʻlidan ushlab oldi. Bu huddi refleks singari tez sodir boʻldi. Minho hatto nima qilganini ham tushunishga ulgurmay, tili beixtiyor gapira boshladi.

Mh: "Qayerga ketayapsan?"

Sn: "Haligi ishga yoki menga qandaydir gaping bormi?"

Minho Senaning qoʻlini qoʻyib yubordi. U nima qilayotganini anglab, duduqlangancha javob berdi.

Mh: "Yoʻq... M..men haligi.. Hech qanday gapim yoʻq ketishing mumkin."

Sena ketdi. Minho esa ortidan kuzatib qoldi. U hozir butunlay oʻzida emas edi. Yuzi qizarib ketgan, tanasi esa qizib ketayotgan edi.

Mh pov: "Menga nimalar qilayapsan Sena? Sen tufayli ongim tugul, tanamni ham boshqara olmayapman."

Sena Minhoga koʻrinmaydigan joyga borgach, darhol yerga oʻtirib oldi. Yuzi esa qizarib ketdi.

Sena pov: "Nimalar qildim oʻzi? Pomidor.. hm u judayam yoqimtoy. Ammo buni deb unga bunchalik yaqin borish shart emas edi. Oʻzimi qizarishdan zoʻrgʻa ushlab turdim."

Birozdan soʻng Sena oʻrnidan turib ishga bordi.....

Ishdan soʻng oyoqlarini zoʻrgʻa sudragancha uyga qarab yoʻl oldi. Yana oʻsha dengiz oldidan oʻtayotganda bir zum toʻxtab qoldi. Koʻzlaridan yosh oqa boshladi. Negadir bu dengiz unga qutilishi qiyin boʻlgan oʻtmishi hamda tomirida oqayotgan iflos qon haqida eslatib turardi.

Sn: "Qiziq pomidor hozir qayerda ekan?"

Sena birinchi marotaba bu dengiz yonida kimnidir ismini tilga oldi. U huddi suyanishga inson topgandek edi. Minhoga nisbatan tuygʻulari keskin oʻsib borayotganini oʻzi ham payqagan ammo rad etishga harakat qilayotgan edi. Agar yuragidagi bu tuygʻular sevgiga aylanib ketsa keyin nima qiladi?

U uyiga yetib kelgach eshikni ochdi. Ichkarida hech kimni koʻrmagach, havotirlanib ichkariga yugurib kirib ukalarini qidirdi. Chunki odatda bu paytda ukalari toʻpolon qilib oʻtirishardi. Sena nihoyat ularni topdi. Ukalari shiringina boʻlib divanda uxlab yotardi. Uning boshidan qush uchganday yengil boʻlib qoldi. Atrofga nazar solar ekan stol ustida, chala pishgan, kuyib ketgan ovqatlarni koʻrdi. Va kulib yubordi. Aftidan ukalari u uchun ovqat tayyorlashgan edi. U borib ukalarini sekin uygʻotdi.

Sn: "Jin, Namjoon, Tae Taeim qani turilar. Oʻz honangizga borib yotilar."

Seokjin oʻrnidan turarkan hali koʻzini ham ochmay turib opasini quchoqlab oldi.

Jin: "Opajon biz siz uchun ovqat pishirdik."

Sena Seokjinnning peshonasidan oʻpib qoʻydi.

Sn: "Koʻrdim ukajon koʻrdim. Rahmat judayam zoʻr chiqibdi."

Sn pov: "Garchi kuyib ketgan boʻlsa ham."

Sena ukasini koʻtarib divandan tushurdi va qolganlarini ham uygʻotdi.

Sn: "Qani endi hamma oʻz honasiga borsin."

Namjoon ham asta uygʻonib, oʻz honasiga yoʻl oldi. Tae esa uygʻonmadi. Sena uni koʻtarib oʻz joyiga olib borib yotqizdi. Soʻng hammasini peshonasidan oʻpib honadan chiqib ketdi.

Sena juda hursan edi. Ukalari u uchun ovqat tayyorlashga harakat qilishibdi. Garchi unchalik oʻxshamagan boʻlsada buni mehr bilan tayyorlashgani aniq. U mamnun edi toki oshxonaga kirib koʻrmaguncha. Oshxona juda rasvo holatda edi. Hamma joy toʻzgʻib ketgan, tuxumlar polda sinib yotibdi. Poʻchoqlar idishlarning ichida, yerga un ham toʻkilgan, qozonga kuyib ketgan ovqat yopishib qolgan. Sena buni koʻrib (shunchaki kulib qoʻydi😂) juda ham jahli chiqdi. Bunday qilib pishrishganidan koʻra pishirishmagani maʼqul edi ahir. Qoʻllarini musht qildi. Hoziroq borib ukalarini kaltaklagisi keldi. Ammo ukalarini buni u uchun qilgani haqida oʻylab oʻzini bosib oldi.

Soʻng yigʻishtirishni boshladi. Hamma joyni tozzalagach charchab stolga boshini qoʻygancha uxlab qoldi. Hatto oʻz joyiga ham bora olmadi.

Ertasi kun.

Jin: "Opa opa uygʻoning!!"

Sena asta koʻzlarini ochar ekan yonida ulari turar edi.

Nm: "Opa turing! Maktabga kech qolayapmiz."

Bu gapni eshitib Sena oʻrnidan sakrab turdi. Endi bu tush emasligiga ishonchi komil edi. Ukalari esa allaqachon maktabga tayyor boʻlib olishgan edi.

Sn: "Jin ursin!!! Uxlab qolibman. Lanati!!!"

Sena baqirgancha oʻz honasiga yugurdi. Va darhol kiyimlarini kiya boshladi. Soʻng choy ham ichmay ukalarini olib maktabga joʻnadi.

Nihoyat ularni maktabiga yetib keldi. Sena ularning peshonasidan oʻpib qoʻydi.

Sn: "Hayr Jin, Namjoon, Tae Tae, koʻrishguncha shirintoylarim."

Sena endi ketmoqchi boʻlganida Taehyung unung yengidan ushlab oldi.

Tae: "Opa... Haligi.."

Tae pov: " Nonushta qilmadikku. Ha mayli bu kechagi bemaza ovqatimiz uchun jazo."

Taehyung tabassum qilib opasining yengini qoʻyib yubordi.

Tae: "Yaxshi borib keling opajon."

Sena hursand boʻlib ketdi. Ukasidan bu soʻzlarni eshitish juda yoqimli edi. Oʻzini yettinchi osmonga uchib ketgandek his qildi. U ukasining yuzini oxista chimchilab qoʻydi.

Sn: "Boʻpti shirintoyim men ketdim."

Sena shunday deb oʻz maktabiga qarab yugurdi. Ammo yetib kelganida allaqachon oʻn daqiqa kech qolgan edi. Maktab darvozasi oldida turgan nazoratchi uni toʻxtatdi.

Nazoratchi: "Hoziroq toʻxta. Oʻn daqiqa kech qolayapsan. Bu nima degan gap? Hamma allaqachon oʻz sinfiga kirib boʻldi. Bugun darslar tugaguncha shu yerda qolasan. Qani tizzalab oʻtirchi, qoʻllaringni ham boshingga qoʻy."

Sena uning aytganlarini qildi. Shu payt nazoratchiga qoʻngʻiroq qilib qolishdi.

Nazoratchi: "Alo... Ha janob sizmisiz? Yaxshimisiz?...."

Nazoratchi telefonda gaplashar ekan, Senaning oldidan uzoqlashdi.

Sn pov: "Lanati!!! Agar uxlab qolmaganimda kech qolmagan boʻlar edim. Endi kun boʻyi shu yerda turishga majburman. Shoshmachi, voy esim qursin. Ertalab ukalarim nonushta qilmadiku. Endi tushlik vaqtigacha och qoladi. Ahmoq Sena, uxlamay oʻl."

Sena shularni oʻylab turgan edi. Kimdir uning quchogʻiga pufladi. Senaning eti junjikib ketdi. Ortiga oʻgirilib qaraganda....