May 21, 2025

ZULMATDAGI YORUGʻLIK

ZULMATDAGI YORUGʻLIK
Ikkinchi qism: Oʻzgargan tuygʻular.

Birdan xona qorongʻulik bilan qoplandi. Seoyeonning koʻzlarini esa parda qopladi. Endi u nima qilayotganini umuman tushunmasdi. Tikka turgan holda shunchaki qotib turardi. Yerdan qandaydir qora tutunga oʻxshash ammo arqondek mustahkam boʻlgan narsa paydo boʻlib, Seokjinni chirmab oldi va boʻynidan boʻgʻa boshladi. Unga havo yetishmasdi, qimirlashiga esa tutun halaqit qilardi.

Seokjin oʻlishiga bir lahza qolganida Seoyeonning qulogʻiga qandaydir ovoz eshitildi.

Sumin: Seoyeon, toʻxta!!!

Hamma zulmat toʻsatdan gʻoyib boʻldi. Hatto oʻsha Seokjinni boʻgʻayotgan tutun ham. Seoyeon oʻziga keldi. Atrofga qaraganida shahzodaning yerda yotganini koʻrib, qoʻrqib ketdi.

Seoyon:Aaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa.

Uning qichqirigʻini eshik yonidan oʻtib ketayotgan soqchilar eshitib qoldi va darhol honaga yugurib kirishdi. Yerda yotgan shahzoda va uning yonida turgan qizni koʻrib, darhol Seoyeonni gumondor sifatida hibsga olishdi va zindonga olib borib tashlashdi.

Seoyon hozir nimalar qilib qoʻyganini bilib oʻzidan nafratlanardi. Chunki u yana bir bor onasiga bergan vaʼdasini buzdi.

Seoyon pov: Jin ursin.. men... Men yana kuchimdan foydalanib yubordim. Oyi... Oyijon meni kechiring. Iltimos kechiring. Men bu kuchdan qutulishni istardim... Kun kelib oʻz yaqinlarimga ham... zarar yetkazsamchi? Nega oʻzi bu kuchlarni olganman? Nega oyi nega? Nega menda bu kuch bor?

Seoyon yigʻlay boshladi. Oradan besh soat vaqt oʻtsa hamki koʻz yoshlari tinmasdi. Birdan zindon eshigi ochildi va soqchi kirdi.

Soqchi: Taʼzim qil hoy qiz. Seni shahzoda koʻrmoqchi.

Seoyon darhol koʻz yoshlarini artib tazim qildi. Seokjin kirib kelgach, u asta boshini koʻtardi. Va Seokjinning boʻyni iz boʻlib qolganini koʻrdi. U esa boʻynini ushlagancha gapirdi.

Seokjin: Hoy qiz, isming nima edi? Ehh nima boʻlsa ham, menga nima qilding-a? Javob ber.

Seoyon: Hazrati oliylari men.. mening ismim Seoyon. Men.. bilmayman sizga nima boʻlganini. Birdan hamma joyni zulmat qopladi. Yana yorugʻ boʻlganda esa siz yerda yotgan edingiz.

Seokjin pov: Boya nima boʻldi oʻzi? Har holda seni gaplarimga ishonishimni kutmayotgandirsan. Nima boʻlgan taqdirda ham yoqimtoy qizaloq hali seni oʻzimniki qilaman. Menga qilgan ishing uchun javob berasan.

Seokjin: Ahh demak shunaqa degin. Yaxshi uni ozod qililar. Ammo menga hizmatkor boʻlishni davom ettirasan.

Seoyon: Haligi... Ammo...

Seokjin: Nima biror eʼtirozing bormi?

Seoyon: Yoʻq. Hazrati oliylari.

Seoyon pov: Lanati, unga yana nimadir qilib qoʻysamchi. Oʻzimni nazorga olishni oʻrganishim kerak.

Shundan soʻng Seoyeon ozod etildi. Va ichki saroyga qaytib bordi. Bu vaqtda esa Seoyeon zindonga tushdi degan gap butun ichki saroyga tarqalib ketgandi.

Yigirma besh soat oldin:

Jia xonaga yugurib keldi.

Jia: Qizlar yomon yangilik! Men hozirgina Seoyeonni zindonga olib ketishayotganini koʻrdim.

Hamma ishga ketganligi uchun honada faqat Lena, Kira, Hana va Sena bor edi. Lena ularga qasrning qayerini tozalash kerak ekanligini tushuntirayotgan edi. Jianing soʻzlarini eshitib hammasi hayratdan qotib qoldi.

Lena: Nima u qiz tushmagur nimalar qildi? Zindonga tushadigan darajada.

Kira: Qandaydir ayb qilganki zindonga tushgan, endi oʻz aybiga javob bersin.

Lena Kiraning qulogʻidan tortdi.

Lena: Ahmoq qiz sen bir qizni urib zindonga tushganingda biz seni tashlab ketmagan edik.

Kira: Ay ay ay, ogʻriyapti qoʻyvoring. U qizning oʻzi aybdor edi. Meni jahlimni chiqardi.

Lena: Sen qiz judayam oʻzingdan ketib qolding. Minsu opam kelsa sen haqingda aytib bermasammi.

Kira hozirgina Lenaning qoʻlidan ogʻriq bilan chiqqan qulogʻini siladi.

Kira: Hoʻp hoʻp mana gapirmadim.

Kira pov: Bu qiz kecha keldi biz esa bir necha yildan beri tanishmiz. Qanday adolatli dunyo. Huh. Nima u mendan koʻra qadrliroq boʻlib qoldimi?.

Kira va Lena gaplashayotganda orqada Hana va Sena ham gaplashishayotgan edi.

Sena: Biz nimadir qilishimiz kerakmi?

Hana: Menaga qiziq emas u qiz kechagina kelgan boʻlsa men u bilan hatto yaqin ham emasman.

Sena: Biz oʻzi hech kim bilan yaqin emasmiz. Hahaha.

Lena: Hey senlar negakulyapsanlar. Qani tezda barchani chaqirib kelilar. Hammamiz birgalikda shahzodadan Seoyon uchun kechirim soʻraymiz.

Hana: Yaxshi mana ketyapmiz.

Hana pov: Hatto kulib ham boʻlmaydiya tovba.

Ular barchani chaqirgani ketdi. Lena esa Jiadan bor tafsilotlarni soʻray boshladi.

Lena: Jia Seoyeonni zindonga olib ketishayotgani qayerdan bilding?

Jia: Kutubxonada kitoblarni taxlayotgan edim. Keyin kimdirning shahzodaga nima qilding degan gapini eshitib qoldim. Darhol tashqariga chiqib qaraganimda ikkita soqchi Seoyeonni zindonga olib ketishayotganini koʻrdim. Seoyeon gʻalati boʻlib qolgan edi. Huddi arvoh koʻrgandek yuzlari oqarib ketgandi.

Kira: Shahzoda unga tegingan boʻlsa kerakda, Seoyeon esa urvorganmi. Nozlanmay ket. Kimsan shahzodaga rozi boʻlmaydimi?

Lena: Sen qizga qachon aql kiradi aa? Hoʻsh shahzoda senga teginganida nima qilar eding?

Kira: Birinchidan mening sevgan insonim bor Seoyeonda esa yoʻq. Ikkinchidan shahzodaning etiboriga tushish boshingga baxt qushi qoʻngandek gap ekanligini yaxshi bilamiz. Mana Dina ham shuning uchun harakat qilib yuribdida.

Lena: Sevgani boʻlmasa ham kim teginsa oʻshani sevib ketavermaydiku odam.

Jia: Lena honim shoshmay turing. Kira nahotki seni yigiting bormi? Tilingdan ilndingku pismiqcha. Nega bizga shu paytgacha aytmagansan? Qani tez aytib berchi.

Kira: Nega men u haqida sizlarga aytishim kerak. Yaxshisi borib Seoyeonni qutqaringlar.

Jia: Qoʻysangchi Kira aytaqol endi. Men bu haqida bilmasam oʻlib qolaman.

Lena Jianing qulogʻidan tortib oʻzi bilan olib keta boshaldi.

Lena: Qiziquvchan honimcha oʻlishga shoshilma hali bunga vaqting boʻladi. Biz Seoyeonni qutqarishimiz kerakligi yodingdami?

Jia: Ha ha yodimda. Faqat iltimos qulogʻimni qoʻyib yuboring. Hozir uzib olasiz.

Lena uning qulogʻini qoʻyib yubordi. Jia esa qulogʻini silab qoʻydi.

Jia pov: Oʻzi shu Lena honim boshqaruvchi emas quloq tortuvchi boʻlib ishlashi kerak edi.

Jia va Lena Namra, Yuri va Yunani chaqirib kelishdi. Hana va Sena esa qolganlarni, hammasi ichki hovlida toʻplanishdi.

Namra: Endi nima qilamiz?

Lena: Uzr soʻrash marosimini oʻtkazamiz.

Hana: Yangi qiz uchun buni qilishimiz shartmi?

Lena: Har biringiz bir paytlar yangi edingiz. Va opam hech biringizni tashlab qoʻymadi. Har doim yoningizda turdi. Endi opam yoʻqligida oramizda tarqoqlik boʻlishini istamayman. Opam ham buni koʻrganda juda hafa boʻlgan boʻlardi. Shuning uchun sizlardan soʻramoqchi boʻlgan narsam, bu ishni Seoyeon uchun qilmasangiz ham, Minsu opamiz uchun qiling. Hoʻsh endi qarshilar bormi?

Seoyon eshikni ochib ichkariga kirar ekan. Hamma qizlar tiz choʻkib turganini koʻrdi. Seoyeonning kelganini koʻrib hamma darhol uning oldiga yugurdi.

Namra: Nima boʻldi? Seoyon yaxshimisan?

Seoyon: Ha yaxshiman.

Yuna: Bizga nimalar boʻlganini aytib bera olasanmi?

Cristalle: Men ham bilmoqchi.

Seoyon: Oʻzim ham bilmayman. Birdan hamma joyni qorongʻulik qopladi. Yana yorugʻlik qaytganida esa shahzoda yerda yotgandi.

Dina: U senga nimadir qilmoqchi boʻldimi?

Seoyon: Nima? Yoʻq.

Kira: Anniqmi? Senga teginmadimi? Ishonish qiyin.

Dina: Seoyeon. Qoʻrqma. Bizga aytishing mumkin. Men buni bilishim kerak.

Seoyon: Haligi...

Sun birdan Seoyeonning bilagidan mahkam ushlab, oʻziga tortdi.

Sun: Menga qara, tezroq aytsang ayt. Bu yerdagi hamma sen uchun uzr soʻrash marosimini oʻtkazdi. Toʻrt soat shu yerda tizzalab oʻtirdik. Endi nozlanmay aytsang ayt.

Seoyon: Ha shunday boʻldi!! Ammo zulmat paydo boʻlib meni asrab qoldi.

Dina: Seoyeon ertaga sening oʻrningga shahzodani oldiga men borsam boʻladimi?

Seoyon: Ammo shahzoda senga ham...

Dina: Sen vada berganding esingdami? Endi oʻsha vadani bajar.

Dina pov: Men yaxshi koʻrayotgan odam qanday ekanligini bilishim kerak.

Seoyon: Ammo.... ha mayli.

Seoyon pov: Agar biror narsa yuz bersa oʻsha atrofda boʻlishga harakat qilaman.

Lena: Bu Dinaga gapirishdan foyda yoʻq. Barbir oʻzini bilganini qiladi. Shuning uchun qani hamma oʻz ishiga olgʻa.

Shundan soʻng hamma oʻz ishiga tarqaldi. Dina esa yuragida ming hayajon bilan shahzodaning honasi tomon yoʻl oldi. Uning orqasidan esa undan havotirlanib Seoyon ham bordi.

Dina eshikni ochib ichkariga kirarkan, shahzoda tamaki chekib oʻtirgan edi. Tabiiyki butun honani tamaki hidi qoplagandi. Nafas olish qiyin boʻlsada Dina oʻz ishini boshladi.

Kimdir kirganini payqagan Seokjin asta tabbasum qilib, koʻzlarini ochdi. Ammo qarshisida turgan odam Seoyeon emasligini koʻrgach, tabassum bir zumda yuzini tark etdi.

Seokjin: Boyagi qiz qayerda?

Dina: Shahzodam Seoyeonning biroz tobi yoʻgʻligi uchun uning oʻrniga men keldim.

Seokjin: Hoziroq yoʻqol va menga oʻsha qizni joʻnat.

Dina: Shahzodam ammo...

Seokjin: Nima mening buyrugʻimga boʻysunmayapsanmi?

Seokjin shu soʻzlarni aytib, Dinaning ham javobini kutmasdan yer unsuridan foydalanib uni daraxt bilan chirmab oldi. Dina esa olov unsuridan foydalanib daraxtni bir zumda yoqib yubordi.

Seokjin: Nima birgina olov unsuridan foydalanib menga qarshi chiqa olaman deb oʻylayapsanmi?

Shundan soʻng Seokjin suv unsuri yordamida Dinaning atrofini suv bilan qopladi. Dina nafas ololmay qoldi. Qancha chiranmasin suvli shardan chiqib keta olmasdi. Olov unsuri esa suv ichida mutloq befoyda edi. Birozdan soʻng Dina havo yetishmasligi tufayli hushini yoʻqotdi. Dinadan havotirlanib honaga kirgan Seoyeon uni suv ichida koʻrib, gʻazabini zoʻrgʻa jilovlay oldi.

Seoyon darhol tazim qilgan holda shahzodadan uzr soʻray boshladi.

Seoyon: Shahzodam oʻtinib soʻrayman, Dinani qoʻyib yuboring.

Seokjin suvli sharni yoʻq qildi. Dina yirga tushayotganda Seoyeon uni ushlab qoldi. Va darhol yerga yotqizib, sunʼiy nafas berdi. Nihoyat Dina yutib yuborgan suvlarini chiqarib tashladi.

Dina: Qhe qhe... Hozirgina meni oʻpdingmi? Nima meni sevib qoldingmi? Hahahaha

Ikkala qiz ham handon otib kula boshladi. Buni koʻrib Seokjinning jahli chiqib ketdi.

Seokjin: Qani endi ikkalang ham tezda bu yerdan yoʻqol!!!

Seoyon Dinani turishiga yordamlashdi soʻng qoʻlini yelkasidan oshirib yurishiga qarashib yubordi.

Seokjin: Aytgancha ertaga oʻzing kel. Agar yana oʻrningga boshqa odamni joʻnatsang. Boshqa uni tirik holda koʻrmaysan.

Seoyon hech narsa demay honani tark etdi.

Seoyon pov: Vahshiy haqiqiy telba. Odam shunchalikga ham borishi mumkinmi? Ahir Dina oʻlib qolishi mumkin ediku. Agar ertaroq kirmaganimda.... U oʻzi odammi?

Dina pov: Sevgan insonim haqiqiy telba boʻlib chiqdiku.. hahahaha... Oʻzi boshidanoq bilardim menda imkoniyat yoʻqligini. U allaqachon seni sevib qolibdi Seoyeon.

Dina shular haqida oʻylab, Seoyeonga tikilib qoldi.

Seoyon: Nima?

Dina: Yoʻq hech narsa. Tezroq ichki saroyga qaytaylik biroz dam olmoqchiman.

Seoyon: Hozir yetib boramiz. Va sen biroz yotib dam olasan. Boshqa mendan seni shahzodaning oldiga yuborishimni soʻrama hech qachon rozi boʻlmayman.

Dina: Hoʻp soʻrayman.

Seoyon pov: Qiziq nega bunchalik tez rozi boʻldi? Men Dinani qaysar qiz deb oʻylagandim. Yoʻq albatta shahzodani bu holatda koʻrgach undan qoʻrqib qolganligi aniq.

Ular ichki saroyga yetib kelishdi. Bu paytda allaqachon kech tushib qolganligi uchun hamma yotishga tayyorgarlik koʻrayotgan edi. Seoyon va Dinani kelayotganini koʻrgach hamma darhol ularning oldiga bordi.

Lena: Yana nima boʻldi siz ikkalangizga? Dina nega sening ust boshing hoʻl?

Seoyon: Hammasini keyinroq oʻzim tushuntirib beraman. Avval Dinani alohida bir honaga olib boraylik. Shunday hona bormi?

Lena: Ha bor. Mening honamga olib boramiz uni.

Yuna: Lena honim, sizning alohida honangiz bormi? Nega u yerda uxlamaysiz?

Lena: Ehh bu shaytonchalarni yolgʻiz qoldirib boʻladimi? Bir zumda hamma joyni vayron qilib urush janjal boshlashadi. Bosh rollarda esa Kira va Sun. Mening quloqsizlarim.

Sun: Opajon men Kirachalik koʻp urushmaymanku. U doim birinchi janjal chiqaradi.

Kira: Oʻoʻ nima deding? Gaping boʻlsa yuzimga ayt Sun. Orqamdan opangga yomonlamasdan.

Sun: Kim sani orqangdan yomonlabdi? Oʻldimda turibsanku.

Seoyon: Boʻldi!! Ikkalangiz ham bas qiling!! Hozir Dinaga tinchlik kerak. U bir oʻlimdan qoldi ahir.

Lena: Seoyon haq. Qani hammangiz menga honani tartibga keltirib, Dinani yotqizishimiz kerak.

Ular Lenaning honasiga borib, u yerni tozzalshga kirishib ketishdi.

Sena: Lena honim bu honaga qanchadan beri kirmagansiz oʻzi?

Yuri: Rostanam juda chang boʻlib ketibdi.

Lena: Menga berilgandan beri hali kirganim yoʻq. Sizlar bilan birga uxlash menga koʻproq yoqadi.

Cristalle: Men chiqaman tashqariga. Havo yoʻq ekan.

Chaemin: Hoy Cristalle honim yoʻl boʻlsin. Bir oʻzingiz hech qayerga qochib keta olmaysiz. Qani tozzalshingchi hamma joyni.

Cristalle: Ammo Seoyeon ham tozzalmayaptiku.

Hana: Rostan ham men arz qilaman. Nega u tozzalamyapti?

Yuna: Boʻldi qilsanglarchi qizlar. Seoyon Dinaga qarab turibdiku. Seniki meniki demasdan hammamiz birdek harakat qilsak tezda tozzalab boʻlamiz.

Lena: Yuna toʻgʻri aytayapti. Qani hammang ishga olgʻa.

Yarim soatda ular hamma joyni chinni chiroqday qilib qoʻyishdi.

Jia: Seoyeon biz tugatdik. Dinani olib kiraver.

Seoyon Dinani olib kirib toʻshakka yotqizdi. Va ustini yopib qoʻydi. Dina zum oʻtmay uyquga ketdi. Soʻng hamma honani tark etib oʻz joylariga borib oʻtirishdi.

Jia: Qani endi bizga nima boʻlganligini aytib berchi.

Seoyon: Shahzoda... Dinani oʻldirmoqchi boʻldi.

Sun: Bu nima deganing? Nega oʻldirmoqchi boʻladi?

Seoyon: Bilmadim, honaga kirganimda shahzoda Dinani suv unsuri yordamida oʻldirishga harakat qilayotgandi. Dina oʻlishiga oz qoldi. Ketish oldidan esa shahzoda menga agar yana oʻrnimga boshqa odam borsa uni oʻldirishini aytdi.

Kira: Hamma ayb senda ekanda. Agar oʻsha yerga oʻzing borganingda Dina bu holatga tushmagan boʻlardi.

Sena: Dinani oʻzida ham ayb bor. U oʻzi boraman deb turib oldi.

Sun: Hamma ayb aslida shahzodada.

Jia: Hozir aybdorni izlab oʻtirishning vaqti emas. Bu orqali Dinaga yordam bera olmaymiz. Aslida hammamiz aybdormiz. Hech birimiz uni toʻxtatishga harakat qilamadik.

Kira: Men barbir haqman. Toʻgʻrimi Namra? Namra? Namra? Bu qiz qayerda qoldi?

Lena: Rostanam bu qiz hech qachon bunchalik kech qolmasdi.

Seoyon: Rostan ham barchasiga men aybdorman.

Seoyon yigʻlab yubordi. Cristalle uning kallasiga urdi.

Cristalle: Jim tur. Hozir hech kim sendan ayibdormisan demadi. Namra yoʻq.

Hana: Oʻoʻoʻ Cristalle honim siz ham urishni oʻrganibsizmi?

Cristalle: Albatta. Axir bir yildan oshiq kelganimga.

Lena: Hamma jim boʻlsin. Hoziroq Namrani qidirgani boramiz.

Shu payt eshik ochilib, undan holdan toygan holda Namra kirib keldi.

Namra: Qizlar, oʻlyapman. Tort soat tizzada oʻtirdim. Yetmaganiga qirolicha buning uchun meni jazolab kechgacha itday ishlatdi. Nihoyat qirolicha uxlagach kelishga muvaffaq boʻldim. Axx

Kira darhol uning oldiga yugurib borib, koʻtarib oldi.

Namra: Nima qilayapsan? Yerga tushir meni.

Kira: Yoʻq. Bugun sen bazi odamlarni deb koʻp qiynalding shundoq ham.

Kira Seoyonga teshib yuboray deb qaradi. Soʻng Namrani oʻlib borib oʻz joyiga yotqizdi.

Lena: Qani muhokama tugadi. Hamma uxlashga yotsin. Bugun barchamiz judayam charchadik. Namra, Kiraning oʻzi ertaga nima boʻlganini aytib beradi.

Bu paytda Namra allaqachon uxlab qolgandi. Shundan soʻng hamma birin ketin uxlashga yotdi.

Ertasi kuni Dina ishga chiqmadi. Shuning uchun Sun ham ovqat pishirib, idishlarni ham oʻzi yuvishiga toʻgʻri keldi. Lena boʻlsa saroy tabibini chaqirib Dinani tekshirtirdi. Tabib Dina shunchaki holsiz ekanligini aytib, giyohli choy retseptini berib ketdi. Soʻngi bir necha kun ham Dina ishga chiqmadi. Nihoyat Seoyeonning oʻzi Dinaning oldiga kirdi.

Seoyon: Dina bugun ham ishga chiqmaysanmi?

Dina: Yana biroz dam olmoqchiman. Maylimi Seoyeon?

Seoyon: Ha mayli. Yaxshi boʻlganingda oʻzing chiqarsan.

.............

Bugungi kun ham tugadi. Hamma yana uxlashga yotdi. Ertasi kuni ertalab, Jia barchani uygʻotdi.

Jia: Hamma uygʻonsin. Nihoyat u kelyapti ekan.

Lena: Erta tongdan nimalar qilib yuribsana Jia? Yana kim kelyapti?